cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Yurisprudensiya

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi! Murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
9 275
المشتركون
+1924 ساعات
+2237 أيام
+1 30930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Yer sotib oling, chunki yer ishlab chiqarilmaydi) @yurisprudensiya
إظهار الكل...
👍 25
⚡️Abu Rayxon Beruniy universitetining litsenziyasi bekor qilinishi mumkin Maʼlum bo'lishicha, Yurisprudensiya yo'nalishiga berilgan litsenziya masʼul departament ijobiy xulosasi orqali emas, texnik xatolik tufayli shakllangan. Vazirlik MCHJ taʼsischilarini ogohlantirib, abituriyentlarni qabul qilmaslikka chaqirgan. Maʼlumotlarga koʻra, hozirda vazirlik sudga taqdimnoma kiritish jarayonida. Texnik xatolik qanchaga tushdi? Sizlar nima qilsangiz ham qonunga to'g'ri kelaveradi, Bektosh Khatamov shu masalani ko'tarmaganida texnik xatolik ham yo'q ediku...? Toshkent Xalqaro Universiteti va Toshkent Metropolitian Unversitga berilgan litsenziyada texnik xatolik yo'qmi? Yoki ularga ham texnik xatolik sababli berilganmi? Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉 Yurisprudensiya
إظهار الكل...
415135-220e8b289c8b2286f2f566ed9432835e.pdf7.83 KB
👍 15😁 13🤔 3
Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadlardan: bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan ( 1-oktyabrdan 306 075 so'm) kam bo‘lmasligi kerak Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...
👍 2
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limda ham perevod bormi? Misol uchun, bu yil xususiy OTM "Yurisprudensiya" yo'nalishiga o'qishga kirgan talaba keyingi yil davlat OTM "Yurisprudensiya" yo'nalishiga imtihon orqali (BMBA tomonidan olinadi) o'qishini ko'chirishi mumkin bo'ladi Kirish imtihonlari 5 ta fandan bo'lib o'tadi, maksimal ball 189 ballni tashkil etadi: majburiy fanlar 33 ball; xorijiy til 63 ball; huquq 93 ball; yurisprudensiya yo'nalishi uchun o'tish balli 140 ball etib belgilangan, ya'ni o'qishni ko'chirish uchun kamida 140 ball yig'ishingiz kerak Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...
👍 10 4
Quyidagi nodavlat OTMlarga "Yurisprudensiya" yo'nlashida ta'lim berish uchun litsenziya berilgan 🔰Toshkent Xalqaro Universiteti "Yurisprudensiya: xalqaro huquq" va "Yurisprudensiya: biznes huquqi"; 🔰Mehnat va ijtimoiy munosablar Akademiyasi "Yurisprudensiya: mehnat huquqi" ; 🔰 Toshkent Metropolitian Unversity "Yurisprudensiya: faoliyat turlari" 🔰 Abu Rayxon Beruniy universiteti "Yurisprudensiya: faoliyat turlari"; 🔰M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetining Chirchiq shahridagi filiali "Yurisprudensiya". ❗️Ayni damda yuqoridagi OTMlarda qabul jarayonlar davom etmoqda Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...
🔥 13👍 10👎 2
⚡️2024/2025 o'quv yilidan boshlab ta'lim kretidi ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalariga baholari 3 dan past bo'lganda taqdirda kretit ko'pi bilan 80 foiz miqdorda ajdatiladi, bunda to'lov -kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to'langandan keyin ajratiladi Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉 Yurisprudensiya
إظهار الكل...
7105261.pdf1.15 MB
👍 15👎 5
Paxta terimi uchun oylikdan ushlab qolish holatlari kuzatilmoqda Xususan, Kitob tumani yoshlar yetakchilarining oyliklaridan paxta terimi uchun 3 mln so'mdan pul ushlab qolinganligi aytilmoda. Eskicha fikrlaydigan rahbarlar bilan ko'p ishlash kerak emas, mehnat shartnomasini bekor qilish kerak, tamom... Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...
👍 26💯 6🔥 1
Yaxshi Ey doʻstlarim,bu dunyoda Ortda qolgan iz yaxshi, Bulbuli yoʻq bahordan Qumri toʻla kuz yaxshi. Minnat toʻla halvodan Ayvondagi muz yaxshi, Oʻpich koʻrgan paridan Sepkil toshgan yuz yaxshi, Ichmasang ham qimiz zoʻr, Quchmasang ham qiz yaxshi. Ey doʻstlarim,dunyoda Ortda qolgon yod yaxshi, Toʻqligingda yoʻqlagan Qarindoshdan yot yaxshi, Oʻnta nomard doʻstingdan Bitta choʻloq ot yaxshi. Olisdagi oltindan Quchoqdagi gard yaxshi, Vafosi yoʻq xotindan Davosi yoʻq dard yaxshi, Gʻalamis bergan gʻaznadan Burda arpa non yaxshi, Qirqta chala mulladan Bitta musulmon yaxshi.
Muhammad Yusuf
Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...
Yurisprudensiya

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi! Murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot

👍 21 7🔥 4
Boqimandalik illatdir, g'urur emas! Davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalardan maqsad: ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga qiyin vaziyatdan chiqib ketishlari uchun "turtki" berishdir. Ayrimlarda esa mutlaqo teskari qarash shakillangan,  bu yil "Ayollar daftari"da turdim keyingi yil ham "Ayollar daftari"da turishim kerak (iloji bo'lsa umrini oxirigacha "Ayollar daftari"da qolsam deydiganlar ham topiladi), boqimandalik kayfiyatida bo'lish, shaxsning o'zi uchun ham, davlat va jamiyat uchun ham katta zarardir. ❗️Har xil daftarlarda turish haqida emas, o'sha daftarda turadiganlarga yordam berish haqida o'ylash kerak!! Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...
Yurisprudensiya

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi! Murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot

👍 31🤔 2
Repost from GENERALISSIMUS
Шунчаки фикр Атом электр станцияси қурмай қўя қолайлик, дахшатли тушга ўхшаб кўриняпти, Бойсундаги авариядан кейин. Иккинчи Чернобил керакмас. @generalissimo_marshal
إظهار الكل...
👍 39😁 6
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.