cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Jizzax shahar 2-son IMI

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
302
المشتركون
-324 ساعات
+37 أيام
-330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Jizzax_shahar_2_IMI #uchrashuv 📌 Yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta'siridan asrash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi hamkorligida Jizzax shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati yoshlari bilan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. 👉 @Jizzax_2_IMI 👈
إظهار الكل...
👍 7🔥 1
#Jizzax_shahar_2_IMI 📌 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o'rinbosari Bosit Taxirov Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'ldi. ⚡️ Mazkur maktab-internatida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va yangi barpo etilayotgan o'quv binosining qurilish ishlari bilan tanishdi. 👉 @Jizzax_2_IMI 👈
إظهار الكل...
👍 13🔥 1
00:42
Video unavailableShow in Telegram
🔴Live #Jizzax_shahar_2_IMI #shaxmat 📌 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5-7- sinf o'quvchilari o'rtasida shaxmat musobaqasi bo'lib o'tmoqda. 👉 @Jizzax_2_IMI 👈
إظهار الكل...
IMG_9125.MOV32.65 MB
🔥 7👍 1
#Jizzax_shahar_2_IMI #xon_atlas_festivali ⚡️Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Xon atlas” festivali doirasida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, modalar namoyishi, chellenjlar davom etmoqda. Mazkur tadbirlarda faol ishtirok etayotgan oʻquvchilarimiz milliy matolarimiz, liboslarimiz kabi xalqimizning koʻp asrlik oʻtmishi, urf-odat va an'analari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam boʻlgan madaniy ildizlarimizga ehtirom va qiziqishi yanada kuchaymoqda. 👉 @Jizzax_2_IMI 👈
إظهار الكل...
🔥 7🥰 6 4👍 1🤩 1
#Jizzax_shahar_2_IMI #trening_mashģulot ⚡️ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ingliz tili va fizika fan o'qituvchilari tajriba almashish maqsadida Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'lishdi. 1-son maktab-internatining ilg'or o'qituvchilari bilan o'zaro tajriba almashinib,  darslarda interfaol metodlardan foydalanish samaralari xaqida trening-mashg'ulot o'tkazishdi. 👉 @Jizzax_2_IMI 👈
إظهار الكل...
🔥 10👏 6
Repost from Hilola Umarova
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Bugun juda muhim, oʻziga xos tarixiy marosimda ishtirok etdik. Toshkent shahrida ochilishi rejalishtirilgan Pedagog kadrlar malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun tamal toshi qoʻydik. Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Janubiy Koreyaning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligidagi ushbu yirik loyihani ikki davlat doʻstligining yuksak namunasi deyish mumkin. Loyihada katta natijalar kutilmoqda. Jumladan, erta yoshda taʼlim olish imkoniyatlarini yaxshilash, shaxsga-yoʻnaltirilgan yondashuv dasturlari boʻyicha tayyorlangan pedagoglar sonini koʻpaytirish, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish kabi koʻrsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish rejalashtirilmoqda. Umumiy qiymati 11 million AQSh dollari boʻlgan mazkur loyiha 500 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, yiliga 4000 pedagogning malakasini oshirishga xizmat qiladigan markazni oʻz ichiga oladi. Natijada 66 ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilmoqda. Oʻylaymanki, bugun tamal toshi qoʻyilgan ushbu loyiha keyingi tashabbuslar uchun namuna va butun tizimimiz uchun manfaatli boʻladi. Koreyalik hamkorlarimizning bu boradagi boy tajribalarini oʻrganishga doimo tayyormiz🇺🇿🤝🇰🇷 @hilola_umarova
إظهار الكل...
IMG_8714.MP416.55 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish #transfer_piima_uz 🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA! 🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz. 📆 Arizalarni joriy yilning 10-sentyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin. ✅ Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz. 📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha: O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi; arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi); o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi; ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi. ❗️ESLAB QOLING! ✅Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin. ⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer
إظهار الكل...
👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#natija ⚡️Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchisi Jonibek G'aniyev matematika fanidan Xalqaro sertifikat SAT imtihonida 1350 balni qo'lga kiritdi. 👉 @Jizzax_2_IMI 👈
إظهار الكل...
🔥 35👍 11
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълимни ривожлантириш, иқтидорли ёшлар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию дошкольного образования и совершенствованию системы работы с одаренной молодежью. #Mirziyoyev #taqdimot #maktabgachatalim #fanolimpiadalari Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
🔥 2
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli ustozlar, Qadrli o‘quvchilar! Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman. Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda. Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi. Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir. Aziz o‘quvchilar! Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
إظهار الكل...
👍 2🔥 2🤩 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.