cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

IHMA Farg‘ona viloyati

مشاركات الإعلانات
2 044
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-227 أيام
-7030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Ayni damda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda "Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar" mavzusida tadbir bo'lib o'tmoqda
Tadbir maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, raqamli ta‘limdagi imkoniyatlar, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar haqida ma‘lumot berishdan iborat.
🎥Tadbirni jonli efirda kuzatib boring: 🌐 Facebook ▶️ YouTube 🌐 Facebook
إظهار الكل...
👍 1
#hududlardan_xabarlar Insonga xizmat – eng oliy maqsad ☺️ Qo‘shtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ma’sullari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan tumanda mavjud 51 ta mahallada 99 turdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. 👫 Jumladan, mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan tumandagi 774 nafar bolalikdan nogironligi bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyasiga yo‘naltirish va ta’lim olishga layoqatli bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb etish bo‘yicha xatlov olib borilmoqda.
إظهار الكل...
👍 4
00:37
Video unavailableShow in Telegram
#Ijtimoiy_nafaqa #bolalar_puli 👫 Kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi tayinlashda oilaning nomida bo’lmagan mol-mulki qanday aniqlanadi? ☺️ Nafaqa pulini olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling yoki onlayn tarzda my.gov.uz sayti orqali ariza qoldiring. 📝 telegram   💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
إظهار الكل...
IMG_5872.MP412.32 MB
👍 1
Repost from N/a
🫥 Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti hamda UNICEF hamkorligida “O‘zbekistondagi nogironligi bo‘lgan bolalarning inklyuzivligini ta’minlash uchun zarur tovar va xizmatlarning xarajatlarini aniqlash” tadqiqoti Maslahat kengashining dastlabki natijalar bo‘yicha muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 💻 Maslahat kengashida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Quyoshli olam” nodavlat notijorat tashkiloti va UNICEF vakillari tomonidan tadqiqotning muhim jihatlari muhokama qilindi, izoh va takliflar bildirildi. IHRI ekspertlari tomonidan tadqiqotning keyingi bosqichida Toshkent shahri, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari bilan birgalikda fokus guruh muhokamalarini o‘tkazish reja qilingan. 📝 Telegram 📝 Facebook 😄 Linkedin 🐧 X
إظهار الكل...
👍 1
01:07
Video unavailableShow in Telegram
#keys_menejment #bolalar_himoyada Nihoyat! Anvarxon ayaning nabiralari maktabga borishyapti 😮 Oxiri boʻlmadi - qizning turmushi buzildi, 3 nafar voyaga yetmagan farzandini ota-onasiga qoldirdi-yu oʻzi ishlash uchun Rossiyaga ketdi. 🔮 Yozgi ta’til kunlari begʻalva-betashvish oʻtayotgandi. Qaysi bir kun eng kichkina nabirasi maktab haqida gap ochib qoldi va Anvarxon ayani ogʻir oʻy bosdi: ota-ona qaramog‘isiz qolgan bu bolalarni maktabga qanday joylasa ekan... 🖋 Qarangki, mahalladagi ijtimoiy xodim bu muammoni osongina hal qildi-qoʻydi. Tez orada bolalarga vasiylik belgilandi va ular tengqurlari kabi jonajon maktabga qatnay boshladilar. 🟢 IHMA Farg‘ona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
إظهار الكل...
IMG_2231.MOV24.04 MB
👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
🔘 Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar 🧠 💼O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Raqamli texnologiyalar "Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar" mavzusidagi inklyuziya masalalariga bag‘ishlangan muhim tadbirga taklif etadi. 🤝Tadbir maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, raqamli ta‘limdagi imkoniyatlar, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar haqida ma‘lumot berishdan iborat. 📍Tadbir o‘tkaziladigan joy: "CAEx" (Central Asian Expo Uzbekistan), Milliy bog' ko‘chasi, 1, Toshkent, O‘zbekiston 2-forumlar zali 📆 O‘tkazish vaqti: 20-sentyabr, soat 10:00 Avtobuslar jo‘naydigan manzillar: 1. IT Park UZBEKISTAN (Ibrohim Muminov ko‘chasi, 4) 2. "O‘zbekiston" mehmonxonasi 3. "Do'stlik" metro bekati 4. "Buyuk ipak yo'li" metro bekati (Muhammad Yusuf kochasi, sobiq Dagestanskiy ko'cha) 5. Shimoliy vokzal bekati 📝Avtobuslar soat 9:00 dan boshlab har soatda 18:00 ga qadar qatnaydi. Bog'lanish uchun: @NASP_press 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
إظهار الكل...
👍 1
Beshariqlik yoshlar yangi kvartirali boʻlishdi ↗️ Yaqinda navqiron 20 yoshini qarshilagan beshariqlik Nodirbek Egamberdiyev oʻz uyiga ega boʻldi: Prеzidеntning 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan unga yangi kvartira topshirildi. 👮‍♂️ Ijtimoiy himoya milliy agеntligi viloyat boshqarmasi boshligʻi (v.b.) Abdunazar Salimov, mahalliy hokimlik va jamoatchilik vakillari yangi xonadonning ilk mehmonlari bo‘lishdi hamda davlatimiz tomonidan yеtim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga alohida eʼtibor qaratilayotgani mamlakatimizda “Inson qadri uchun” dеgan ezgu tamoyilning amaliy ifodasi ekanini taʼkidlashdi.
- Shunchaki uy bеrib qoʻyish bilangina chеklanmaymiz, - dеdi A.Salimov. – Ularning oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishlari va bandligini taʼminlashda koʻmaklashish ham doimiy eʼtiborimizda boʻladi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali bunday toifadagi bolalarni aniqlab roʻyxatga olish va manzilli koʻmak koʻrsatish ishlari davom etadi.
😮 Tumanning “Yuqori zarqaynar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Asrorbek Samiyev ham oʻzi uchun xarid qilingan kvartira kalitini bugun qabul qilib oldi. Uning yaqinlari koʻrsatilgan otalarcha gʻamxoʻrlik uchun muhtaram Prеzidеntimizga minnatdorlik izhor qilishdi. ✅ Taʼkidlash lozim, viloyatda joriy yil yakuniga qadar yеtim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 69 nafar bolani uy-joy bilan taʼminlash koʻzda tutilgan. 🟢 IHMA Farg‘ona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
إظهار الكل...
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
Ijtimoiy himoya milliy agеntligi Fargʻona viloyati boshqarmasining rasmiy munosabati Ijtimoiy tarmoqlarda, “Fargʻona shahar “Lolazor” MFY ijtimoiy xodimasi yеtim bolaga yordam bеrmayapti” sarlavhasi bilan eʼlon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi: Mazkur murojaat Ijtimoiy himoya milliy agеntligi Fargʻona viloyati boshqarmasi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shuʼbasi hamda Fargʻona shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi masʼullari ishtirokida manzilli oʻrganildi. Murojaatda, 1996-yilda tugʻilgan, Margʻilon shahridagi 1-sonli “Mеhribonlik uyi”ni (sobiq) tamomlagan, 27-avgustda shifoxonaga yotib, 8-sеntabr kuni jarrohlik amaliyotini boshdan kеchirgan Bahodir Sharopovning “davolanish uchun dori-darmonga muhtojligi, lеkin mahalla faollari unga zarur yordamni (pulni) qasddan bеrmay kеlayotgani” bayon qilingan. Oʻrganish davomida, “Lolazor” mahalla fuqarolar yigʻinida komplеks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim H.Maksumova tomonidan 13-sеntabr kuni fuqaro B.Sharopovni ogʻir vaziyatdan chiqarish maqsadida “kеys-mеnеjmеnt” asosida ijtimoiy ish ochilgani hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan moddiy yordam ajratish uchun elеktron tarzda ariza kiritilgani maʼlum boʻldi. Biroq B.Sharopovning nomida noturar joy mavjudligi sababli jamgʻarmadan mablagʻ ajratilishi skoring tizimida elеktron tarzda rad etilgan. Oʻrganish vaqtida, kеrakli dori-darmon vositalarini xarid qilishi uchun B.Sharopovga xomiylik mablagʻlari hisobidan moddiy yordam koʻrsatildi. Shuningdеk, Fargʻona shahar Yoshlar ishlari boʻlimi tomonidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy yordam ajratilishi bеlgilandi. Taʼkidlash lozim, B.Sharopov 2024-yil 17-aprеlda “Mеhr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilinib, jihozlangan 1 xonali xonadon bilan taʼminlangan. Shuningdеk, fuqaro B.Sharopov hozirda ijtimoiy xodim tomonidan doimiy nazoratga olingan.
إظهار الكل...
👍 2
Repost from sharoitplus.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#podkast 🧑🏻‍🦽👨🏻‍⚕️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarga "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar qanday? 🔜 27-sentyabr (juma) soat 17:00 da Sharoit+ podkast loyihasining mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori va mutaxassislari:
1. Olloyorov Mansurbek Polvonzoda (Agentlik direktori); 2. Nazarov Farid Farxadovich (Boshqarma boshlig‘i); 3. Komilov Qobil Ixtiyor o'g'li (Bo'lim boshlig‘i); 4. Ismailov Shahzod Zoir o‘g‘li (Bosh mutaxassis).
🎤 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov 🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.me/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!
❓ Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring. Podkast davomida bizga faqatgina yozma yuborilgan va mavzuga oid savollarga javob beramiz.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Facebook Barcha uchun qulay sharoitlar! www.sharoitplus.uz
إظهار الكل...
👍 1
Imo-ishora tilining eng yaxshi tarjimonlari aniqlandi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston karlar jamiyati hamkorligida “Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad — kasbiy mahorati yuqori, ilg‘or, ijodkor, tashabbuskor, fidoyi tarjimonlarni aniqlash, samarali natijalarga erishayotgan tarjimonlarni ish tajribalarini ommalashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, jamiyatda surdotarjimonlik kasbini nufuzini yanada oshirishdan iborat.
Tanlov yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda pul mukofoti ko‘rinishidagi sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
إظهار الكل...
👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.