cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Daqiqa qadri

Ko'z ochib yumgulik umrimiz har lahzasining qadriga yetaylik!

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
365
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Alamli qo'shiq O‘zgani sevsang, sevgin, Men ham senga zormasman! Kel, yonimga, kela qol deb Chorlasang ham bormasman! O‘zi seni nega sevdim? Buncha bo‘lmasam ojiz. Go‘zalmassan, sen shunchaki Nayrang-makri ko‘proq qiz. Rostin aytsam arzimaysan, Na she’rim, na sevgimga. Men balandman! Qo‘ling etmas! Ketavergin tenging-la... Nima deding! Aslo, hech ham Ko‘zimdagi yosh emas. Yosh bo‘lsa ham sening uchun To‘kmayapman... Bo‘ldi... Bas... Ketgin endi. Sevmayman-ku, Meni qoldirgin yolg‘iz! Tugayapti sabrim... Tag‘in — Oyog‘ingga cho‘kmay tiz... ©Usmon Azim
إظهار الكل...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Usmon Azim ijodidan
إظهار الكل...
1
MEN O’ZIMNI YENGDIM Men o’zimni yengdim – seni unutdim. Yana bakor keldi kuchli irodam. Yana gul hayotga yuzimni tutdim, Yana el qatori odamman, odam. Ammo yo’l qo’ymayman unutishingga, Chekkan jabrim uchun tortgaysan jazo. Kechalar sharpadek kirib tushingga Eslataveraman men – Iqbol Mirzo. Kitob muqovasin eshikdek ochib, O’rnashib olaman fikru o’yingga. Qaygayam borarding zamondan qochib, Qo’shig’im bostirib kirar uyingga. Abadiy tirikdir shoir qarg’ishi, Men yutsam, seni deb iztirob yutdim. Alvido! Buyog’i xudoning ishi, Men o’zimni yengdim – seni unutdim https://t.me/daqiqa_uztv
إظهار الكل...
Daqiqa qadri

Ko'z ochib yumgulik umrimiz har lahzasining qadriga yetaylik!

1
Tengdoshini sevgan boʻlar teng tentak, Toʻyda bildim, ancha ekan deng tentak. Oʻsha kuni sal yigʻlabman men tentak... Tugunchagin tugib qoʻygan tayyor qiz, Yolgʻon yigʻlab, erga borar ayyor qiz. © Iqbol Mirzo "Ayyor qiz" 🫀
إظهار الكل...
Daqiqa qadri

Ko'z ochib yumgulik umrimiz har lahzasining qadriga yetaylik!

Bilmaysanmi? Bilaman — uyat, Andishani chetga suraman. Ishoning, yoʻq hech yomon niyat, Sizni yomon yaxshi koʻraman. ©Iqbol Mirzo "Yaxshi koʻraman" ❤️)))
إظهار الكل...
1
* * * Yelkamga ortmoqlab dunyo dardini, Ming yillik yoʻllardan boraman oʻtib. Kimdir yutib-yutib izim gardini, Yerda qoqilmogʻim yotadi kutib! Doʻst niqobin kiygan dushman eng zoʻri, Tinmay sadoqatdan ichadi qasam! Oshiga tushgandek peshonam shoʻri, Na yursam yoqmayman, naki, yiqilsam! Birov boʻgʻzigacha tiqilib, tinmay, Bir nafas qizgʻanar menga havodan. Kimdir tavbalarim sanogʻin bilmay, Hato qilishimni soʻrar Xudodan! Badboʻy tumshugʻidan sachratib tupik, Kimlardir gunohim toʻkar betinim. Ichi tundan qaro yana bir shoʻrlik Menga oʻlim soʻrar Xaqdan oʻtinib! Men yana yoʻlimda etaman davom, Karvonim ortida itlar talatoʻp. Tirikman! Sababi, duoga qoʻl ochib mudom, Boshim omonligin soʻraganlar koʻp! Yelkamga ortmoqlab dunyo dardini, Ming yillik yoʻllardan boraman oʻtib. Kimdir yutib-yutib izim gardini, Yerda qoqilmogʻim yotadi kutib! Malika Tavfiq @Malika_Salimova_sheriyati
إظهار الكل...
1
Photo unavailableShow in Telegram
* * * Сени севиб яшаш осон бўлмади, То бошдан сўнгича рутубатли йўл. Во ажаб, бир бора, бир бор тўлмади, Сенинг меҳринг тилаб узатилган қўл. Сени севиб яшаш осон бўлмади, Бир тўда йўлбарсни қамаб юракка. Такрор қулайвердим қайта ва қайта, Битта қанот билан учиб фалакка. Сени севиб яшаш осон бўлмади, Совуқ еб елвизак яшар маконда. Гўё баҳори бор ватанлар йўқдек, Гўё ўзга меҳр йўқдек жахонда. Сени севиб яшаш осон бўлмади, Инон, англатмоғим мушкул бу ҳолни. Кундузлар Қуёшни қоқдим кўшкига, Тунлар ёстуғинга қўйдим Хилолни. Сени севиб яшаш осон бўлмади, Соғиниблар тўйдим, кутиблар тўйдим. Энди музлаб кетган юрагим билан, Энди севмай қўйдим, соғинмай қўйдим! Малика Тавфиқ ✨ @daqiqa_uztv1
إظهار الكل...
* * * Eshigimdan ramazon  aytib, Kelmasmilar iftorlik payti, Sogʻintirib, bir kuni  qaytib, Kelguningcha bormizmi omon?! Ketayapsan Mohi Ramazon. Mahviratlar imkoni eding, Tavbalarga tarovat boʻlding, YO shunchalar omonatmiding?! Kelmogʻi soz, ketmogʻi yomon, Ketayapsan Mohi Ramazon! Sabr ila  shukr timsoli, Islom dinin ajib hiloli, Yeldek uchib oʻtgan misoli, Moʻminlarni qoldirib giryon, Ketayapsan Mohi Ramazon! Hammadan ham goʻzal mehmonim, Birdek suyuk yaxshi-yomonim, Omonatim, farahli onim, Chayqaladi zalvorli  zamon, Ketayapsan Mohi Ramazon. Vidolashuv fursatin boshlab, Roʻzadorlar koʻzlarin yoshlab, Oʻn bir oyga bizlarni tashlab, Ketayapsan Mohi Ramazon, Yana senga yetaylik omon! Malika Tavfiq
إظهار الكل...
🔥 1
#86 Qadimgi ko'rinish yoqimli bo'lishi mumkin, qadimgi bo'lish esa fojeali. Ajdodlar bilan faxrlanish mumkin, ammo maqtanish emas. ©ketmoq
إظهار الكل...
* * * Sen ketsang hech narsa oʻzgarmas balki, Balki bahorlarim kelmas kechikib. Faqat bir nomi yoʻq hastalik bilan, Ogʻrib qolaman men senga ichikib. Sen ketsang hech narsa oʻzgarmas balki, Sariq toʻn kiyadi kuzgi bogʻlarim. Faqat biron kimga koʻrinmaydida, Hasta yurakdagi qora dogʻlarim. Sen ketsang hech narsa oʻzgarmas balki, Yomgʻir ovoziga qoʻshilaman joʻr. Lekin bir borgina yodinga olsang, Ismingni labimda titramogʻin koʻr. Sen ketsang hech narsa oʻzgarmas balki, Balki baxt barq urar kulgularimda, Ammo hali hanuz umid tusi bor, Sendan qolib ketgan tuygʻularimda. Sen ketsang hech narsa oʻzgarmas balki, Olov yongan yerda qolar kul, qurm. Balki yana yuz yil yurarman tirik, Balki oʻsha kuni tugaydi umrim. Malika Tavfiq
إظهار الكل...
👍 3 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.