cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

سابلة | Saabilah

📍Misr, Qohira 🇪🇬 Shaxsiy tilovatlar, Qur'onga oid maslahatlar, ayol-qizlarga jiddiy mavzular, shaxsiy fikrlar, o'rnak bo'luvchi hayotiy voqealar ... - Oilali 💍 Sahifa AYOLLAR uchun! Shubhali profillar qabul qilinmaydi. 📎: @saabilah 📥: @saabilah_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
801
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

00:01
Video unavailable
sticker.webm0.17 KB
🍓 11
Yo'qotib yurmang meni.)
إظهار الكل...
🍓 33
Sahifa rasmini o'zgartiramizmi.)
إظهار الكل...
🍓 5
4-qism
Mening 6 yillik Qur'on qissam va undagi bosib o'tgan yo'limdagi qiyinchiliklar. 5-qism.
2023-yil. Tubdan hammasi shu yilda boshlab o'zgardi. Yilning boshlarida qiziqib, qancha pora yod olgan ekanman deya sanab chiqqan edim. Aytganimdek, men poralab yodlamasdim, faqat bitta surani komil qilmagunimgacha maydalab yodlab yurar edim. Suralarni yig'ib, sanaganman, sanaganman, qarasam, 6 pora bo'lib qolgan ekan. Ajablangandim rosti. SubhaanAlloh. 1 oycha vaqt o'tdi. Akam Misrga qaytishlari kerak edi. Men hayollar og'ushida yurgan paytim, birdan meni ham olib ketadigan bo'lishdi (butun oilamiz bilan ya'ni). Kutmagan joyimdan, shundoq keldim Misrga, darslarni boshladik (avvaliga Qur'ondan). Birinchi darsga chiqqan paytim, mendan qancha yod olganimni so'ragan edilar. Men uyoqdan buyoqdan suralarni yodlaganman deganman. Tajvidimni eshitmoqchi bo'lib, biror surani yoddan aytishimni so'rab imtihon qilganlar. "Mumtaaz" degan javobni olgach, menga vazifalar berishni boshlaganlar. Darsga deyarli har kuni borar edim. Bormagan kunlarim ham, xuddi borgandek, vazifalarni qilib qo'yar edim oldindan. Davomi
إظهار الكل...
🍓 32
🎤 ​​"Qur'on tilovati uchun menda gòzal va ta'sirli ovoz yòq", "Chiroyli òqiy olmayman", "Bu meni Qur'on òqishdan tòxtatib qòymoqda" kabi gaplar kimningdir hayolidan òtgan bòlishi mumkin. ⠀ ➖ Birinchidan, Qur'on òqish uchun ovozning gòzalligi umuman muhim emas. ⠀ ➖ Ikkinchidan, tilovatning gòzalligiga birinchi navbatda tajvid qoidalariga rioya qilish orqali erishiladi. ⠀ ▫️Ha, sunnatga kòra, tilovatni ovoz bilan bezash kerak. Lekin faqat òquvchi qodir bòlgan darajada. Alloh nafsga kòtara olmaydigan narsani yuklamaydi. Ba'zilar "òqishni ovoz bilan bezash" ni - musiqiy ohangga òxshatish deb òylashadi. Hatto milliy kuylarni ham Qur'on tilovatiga aralashtirib aytishadi. ▫️ Masalan, òzbeklarning ayrimlari milliy òzbek kuylarini (hatto arablarning ba'zilari ham) Qur'on tilovatiga aralashtirib aytishlarini kòp eshitganman. Aslida ular Qur'onni òqimaydilar, balki "qòshiq" qilishadi, bu esa mumkin emas bòlgan holatdir. Tajvid qoidalariga ziddir. Va eng xavflisi shundaki, òqilgan narsaning ma'nolari yoki sòzlarning tuzilishi buziladi. ⠀ ▫️ Tilovat qiluvchi ovozini uzaytiradi va "mad"larni qisqartiradi. Har bir harfning maxrajlari hurmat qilinmaydi, òlchov yòqoladi. Men bunday òqishni eshitsam, asabiylashaman. Qur'on oyatlari òqilgan bòlsa-da, quloqlarim shunchaki tubdan notòğri aytayotganlarini tinglashni xohlamaydi. Nima demoqchi ekanligimni tushundingizmi? ⠀ ▫️ Agar tajvid bòlmasa, bu òqilgan oyatlarning idrokiga yomon ta'sir qiladi. Gap chiroyli ovozning yòqligida EMAS, TAJVIDning yòqligi shunday effekt beradi! Ustozlarimning hammasi ham chiroyli ovozga ega emas edi. Ammo Qur’on tilovat qilganlarida oyatlar qalb tubiga yetib borardi. Qanday qilib, axir ovoz juda chiroyli emas edi-ku? ⠀ 📖 Qur'on mòjizadir. Tajvid esa bu mòjizaning bir qismidir. Tajvid bilan, ixlos bilan yurakdan chiqqan tilovat – tinglovchini ham, òquvchini ham titratadigan narsa. Bu tilovatni chinakam gòzal qiladi. Tajvid qoidalariga asoslanib sozlangan ohang eng gòzaldir, qòshiq qilib aytish emas. #Quronga_oid
إظهار الكل...

🍓 25
Eshiting, ayollar❗️
إظهار الكل...
🍓 16💔 3
Repost from AYYUBNING ONASI
4.14 MB
💔 17🍓 5
Nima borasida (post) yozishim sizga ko'proq yoqadi? Shu paytgacha mana nechta postlarimdan o'qidingiz. Bu savolga javobni bilishim men uchun bir jihatdan juda muhim.
إظهار الكل...
🍓 26
00:07
Video unavailable
SubhaanAlloh, ajoyib narsa ekan. Ishqim ketdi.)
إظهار الكل...
IMG_4046.MOV2.37 MB
💔 10🍓 6
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
📍Cairo Festival City Mall #Misr
إظهار الكل...
💔 7🍓 5
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.