cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

-Ta’lim yangiliklari | Rasmiy

Ta'limga oid eng so'nggi yangiliklar! Reklama va hamkorlik uchun: @talim_yangiliklari_ADS

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
28 097
المشتركون
-14424 ساعات
-8577 أيام
-4 09030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

⚡️Расман: Таълим кредити бериш тартибига ўзгартириш киритилди 🇺🇿 Ҳукуматнинг 2024-йил 16-сентябрда бу ҳақида қарори қабул қилинди. Қарор билан батафсил файл орқали танишиб чиқишингиз мумкин. @Talimyangiliklari_uz
إظهار الكل...
7105261.pdf1.15 MB
👍 7🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Umumta’lim fanlaridan sertifikat imtihonlariga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak? Batafsil: https://talimxabarlari.uz/9434/ @Talimyangiliklari_uz
إظهار الكل...
👍 6🔥 3👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin Batafsil: https://talimxabarlari.uz/9380/ @Talimyangiliklari_uz
إظهار الكل...
😁 14👍 10👌 3🥰 1
02:44
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday? Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi? 📹 Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi @Talimyangiliklari_uz
إظهار الكل...
21.77 MB
👍 13
01:22
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Расман: Талабалар учун таълим кредитига онлайн ариза юбориш бошланди! 🌐 Бунинг учун talim-krediti.mf.uz порталига OneID орқали киринг ва ариза юборинг! Эслатиб ўтамиз, ҳозирда қуйида банклар талабаларга имтиёзли таълим кредити ажратмоқда: 🏦 SQB 1180 🏦 MKBank 1285 🏦 Agrobank 1216 Кредит шартлари қуйидагича:
Миқдори — Шартнома асосида; ➖ Муддати — ўқиш даври + 7.5 йил; ➖ Фоиз ставкаси — 13.5 (қизларга 0%);
🆔 «ONE ID» тизимидан рўйхатдан ўтиш учун ушбу видеойўриқномани кўришни тавсия қиламиз. Яқинларга юбориб қўйинг! @Talimyangiliklari_uz
إظهار الكل...
1258.mp44.63 MB
👍 24👎 1🔥 1
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi? JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin. OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan. Bunda muddatlar quyidagicha: 25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha; 50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha; 75% qismini — 2025-yil 1-martgacha; 100% qismini — 2025-yil 1-maygacha. To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi. kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi. Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega. ‼️ESLATMA: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o'qimoqchi bo'lganlar dastlab 50% to'lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to'g'risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli. @Talimyangiliklari_uz
إظهار الكل...
👍 30🥰 3
❓Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi? 🔠 Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin. Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq. Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.   Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart. ❓Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha? Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi. @Talimyangiliklari_uz
إظهار الكل...
👍 36 2🌭 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Айрим ўқитувчиларга кабинет мудирлиги учун ҳар ой қўшимча ҳақ тўланади Мактаблардаги лаборант лавозими тугатилиб, физика ва кимё фани ўқитувчиларидан бир нафарига кабинет мудирлиги учун ҳар ой 525 минг сўм қўшимча ҳақ тўланади. @Talimyangiliklari_uz
إظهار الكل...
👍 18
📌 Super-kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga: 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar; 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar; 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar; 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar. Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda: 🔹oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi; 🔸moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi. Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda👈 Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda👈 ❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi. @Talimyangiliklari_uz
إظهار الكل...
👍 19👎 4 1
Photo unavailableShow in Telegram
Endilikda maktablardagi ayrim ish o‘rinlari qisqartiriladi
Maktabgacha va maktab ta'lim vazirining buyrug'iga asosan, Umumiy o'rta ta'lim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda Davlat budjeti hisobidan ajratilayotgan mablag'lardan samarali va oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadida, maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/uz/8789/ @Talimyangiliklari_uz
إظهار الكل...
👍 15🤡 3🤯 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.