cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Piskent tuman hokimligi

مشاركات الإعلانات
7 345
المشتركون
+624 ساعات
+7947 أيام
+1 08430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

📍Piskent tumani qachon tashkil topgan?Anonymous voting
  • 1930-yil 30-noyabr
  • 1926-yil 29-sentabr
  • 1957-yil 3-avgust
  • 1928-yil 7-may
  • 1965-yil 30-iyun
0 votes
👍 5🔥 1
#Oʻrganish 🇺🇿Piskent tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va oʻrinbosarlariga ayrim mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ogʻir sharoitli oilalar biriktirilgan boʻlib, ularning muammolarini oʻrganish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. ✅Xususan, IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, mayor Elbek Bayirbekov tumandagi "Gʻayrat" mahallasida uyma-uy yurib, fuqarolar holidan xabar oldi. 💠Tegishli mutasaddilar qiynalgan oilalarning murojaatlarini tinglab, ularning muammo va ehtiyojlari yuzasidan amaliy yordam berish choralarini koʻrdilar. ➡️Кириллда ўқишTelegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
إظهار الكل...
👍 1🔥 1👏 1
#Jarayon ⚡️Piskent tumani Departament boʻlimi boshlig‘i Lazizbek Yoʻldoshev "Gʻayrat" MFY hududidagi "Ayollar daftari"ga kiritilgan, ishsiz xotin-qizlar bilan suhbatlar oʻtkazdi. 🔗Mutasaddilar uyma-uy yurib, fuqarolarning taklif va muammolarini tingladilar. 🔗Shuningdek, ular tomonidan bildirib oʻtilgan murojaatlar yechimi yuzasidan tegishli masʼullarga koʻrsatmalar berildi. ➡️Кириллда ўқишTelegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
إظهار الكل...
👍 3🔥 1🥰 1
#Jarayon 📌Piskent tumani "Guliston" mahallasining ichki koʻchalari "Open byudjet" loyihasining 1-bosqichida gʻolib deb topilgan boʻlib, ayni kunlarda amaliy ishlar olib borilmoqda. ☄️Jumladan, 2,8 kilometr uzunlikdagi yoʻllarga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari boshlandi. ✔️Mazkur mahallada 15 ta ko'cha mavjud boʻlib, shundan, Miroblar, Fermerlar, Yangiobod, Nurafshon ko'chalari va umumiy foydalanish yoʻllari asfalt qilinmoqda. 🔗Loyihaga asosan, 4 ta koʻchani tekislash rejalashtirilgan. ➡️Кириллда ўқишTelegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
إظهار الكل...
👍 2 1🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bildirish Diqqat, eʼlon❕ 📃O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi 5850-sonli "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi fаrmоni ijrosini ta'minlash, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi bаrсhа millat va elatlar vakillariga davlat tilini o'rganishi uchun qulay shart-sharoit yaratib berish maqsadida, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazida bepul "O'zbek tili" kursi tashkil etildi. ➡️Ushbu kursida tinglovchilar bilan barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy oʻquv xonalarida jonli muloqotlar tashkil etilib, malakali mutaxassis ishtirokida qiziqarli va anʼanaviy darslar oʻtiladi. ☝️Eng muhimi shundaki, oʻquv kursida ishtirok etish mutlaqo bepul. 📞Murojaat uchun: +998 97 553 59 19; +998 77 120 11 91; +998 99 728 29 00 raqamlarga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki Piskent tumani hokimining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisiga murojaat qilishingiz mumkin. ➡️Кириллда ўқишTelegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
إظهار الكل...
👍 1🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bildirish Hurmatli tumandoshlar‼️ 📣Piskent tumani hokimligi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida hokimlikning murojaatlar botini yoʻlga qoʻygan. 💬Oʻz murojaatlaringizni 👉@Hokimiyatga_murojaatlarbot👈 ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltirilib, qonun doirasida ijrosi taʼminlanadi. Ҳурматли тумандошлар‼️ 📣Пискент тумани ҳокимлиги фуқароларга қулайлик яратиш мақсадида ҳокимликнинг мурожаатлар ботини йўлга қўйган. 💬Ўз мурожаатларингизни 👉@Hokimiyatga_murojaatlarbot👈 га тўғридан-тўғри йўллашингиз мумкин. Сизнинг масалангиз тегишли мутасаддиларга йўналтирилиб, қонун доирасида ижроси таъминланади. Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
إظهار الكل...
👍 1🔥 1👏 1
#Oʻrganish 📌Piskent tumani "Moʻminobod" mahallasiga Toshkent viloyati "Nuroniylar" jamgʻarmasi raisi A.Nosirov biriktirilgan boʻlib, masʼul vakil boshchiligida oʻrganish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda. ⚡️Jumladan, mazkur mahalladagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularning muammo va murojaatlari tinglandi. 🔗Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirib o'tilgan masalalar yuzasidan tegishli masʼullarga koʻrsatmalar berildi. ➡️Кириллда ўқишTelegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
إظهار الكل...
👍 3 1🔥 1👏 1
#Jarayon Daraxt koʻchatlari zararkunandalarga qarshi dorilandi 🔗Piskent tumani O'simliklar karantini va himoyasi bo'limi boshlig'i Sh.Raxmonov hamda inspektorlar tomonidan topshiriq ijrosi yuzasidan tumandagi archalarda unsimon qurti zararkunandasiga qarshi kurashish tadbirlari amalga oshirildi. 🌲Tumandagi manzarali koʻchatlar hamda archa daraxtlariga zararkunanda va turli kasalliklarga qarshi ta'sir etuvchi abamektin, imidakloprid+lyamda-sigalotrin preparat dorilar bilan profilaktik kimyoviy ishlov berish ishlari o'tkazildi. ➡️Кириллда ўқишTelegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
إظهار الكل...
2.77 MB
👏 2👍 1🔥 1
#Sessiya ⚡️Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashining 93-sessiyasi bo‘lib o‘tdi ➡️Batafsil ➡️ Кириллда ўқишTelegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
إظهار الكل...
👍 3🔥 1🥰 1
#Jarayon ⚡️Ayni kunlarda Piskent tumani "Chimqo‘rg‘on" mahallasi, Mustaqillik ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi. 🔗Koʻchaning 1 400 metr uzunlikdagi qismini tekislash va asfalt yotqizish jarayonlari olib borilmoqda. 🔗Aholi turmush farovonligini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar uchun mutaxassislar va maxsus texnika mashinalari jalb qilingan. ➡️Кириллда ўқишTelegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
إظهار الكل...
👍 4🔥 3👏 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.