cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Ustoz vakansiyalari | Zamonaviy kasblar vakansiyalari

@ustozai loyihasining vakansiyalar kanali. @ustozai bepul videokurslarida o‘qib, ishga kirishingiz mumkin, bunda esa biz yordam beramiz.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
865
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

"Ustoz AI" loyihasiga rilsmeyker videograf kerak O‘zingiz haqingizdagi ma'lumotlar bilan portfoliongizni @ustoz_hr_bot'ga yuboring. Talablar: — lokatsiyalarga moslab set ap qilish: dekoratsiya tayyorlash, chiroqlar va rakurslar yordamida chiroyli kompozitsiya yasash, hech qayer peresvet yoki xunuk bo‘lmasligi, — videoni 4k formatda olish — oblojka uchun TZ bo‘yicha 3-10 variantda ham gorizontal, ham vertikal rasmlar olish — har 3-10 soniyada kamera harakati yoki kadr o‘zgarishi — har xil rakurslarda videoni olish — montaj uchun bir necha variant kadr olish — ovoz yaxshi sifatda va shovqinsiz yozilgan bo‘lishi — kadrda ortiqcha detallar bo‘lmasligi — SMMchi va kontent-menedjer so‘ragan natijani qilib berish — natija: e’tiborni ushlab turuvchi chiroyli kadrlar — montaj odamning e’tiborni ushlab turishi — montajdagi yozuvlar lotin yozuvida bexato yozilishi — montajdagi yozuvlar "Ustoz"ga oid shriftlarda bo‘lishi — davomiy murakkab montaj qilish: effektlar, moushn, 3d — videoni 20 bitreyt 1080p 30fps qilib render qilish — har 3 soniyada kamera harakati yoki kadr o‘zgarishi — videoga rang berish, ranglarini to‘g‘irlash, kadr chiroyli bo‘lishi — SMMchi va kontent-menedjer so‘ragan montaj va B-Roll qo‘yib berish — montajda qo‘yiladigan kadrlar va B-Roll’lar, fonlar "Ustoz" tematikasiga mos bo‘lishi — asosiy montaj qoidalari buzilmasligi — SMMchi va kontent-menejer so‘ragan natijani qilib berish — natija: e’tiborni ushlab turuvchi montaj, kamida 50 foiz AWT "Ustoz AI" qanday loyiha? Loyihamizda har xil kasb va fanlar bo‘yicha YouTube'ga ham bepul bo‘lgan, ham sifatli bo‘lgan videodarslar tayyorlaymiz. Videodarslarimizni qarab ko‘rishingiz mumkin: — Bepul biologiya kursi Bepul mobilografiya kursi Videodarslarimiz pulli kurslarnikidan ham sifatliroq va qiziqarliroq tayyorlashga harakat qilamiz. Tepadagidek videodarslar hali O‘zbekistondagi pulli kurslarda ham yo‘q, deb ayta olamiz. Asosiy maqsadimiz yoshlarga sifatli bilim berish va daromadini oshirish. Loyihani davlat dasturiga kiritishgan, Prezident farmoni bilan imzolangan va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan. Loyihada videodarslar to‘liq bepul, lekin bu jamoa a'zolari gonorar olmaydi, degani emas. Bu loyiha haqiqatda qiziqarli kontent tayyorlashni xohlaydigan mutaxassislar sotuv haqida o‘ylamasdan ijod qilishiga sharoit yaratib beradi. Auditoriyamiz asosan yoshlar, 16-24 yoshdagilar. Toshkentdagi Ali ham, chekka bir qishloqdagi Vali ham qiziqib ko‘radigan, tushunadigan videodarslar tayyorlaymiz. Moliyaviy imkoniyati yo‘qlar va o‘z hududida kuchli mutaxassis topolmayotganlar uchun videodarslarimiz yechim bo‘lib bera oladi. Bizda eng muhimi sifat. Shuning ham jamoamizda xuddi shunday maqsadga ishlashni xohlovchi ssenarist, operator, videomontajer, kolorist, moushn dizayner, dizayner, kopirayter, subtitrchi kopirayter, videodars asosida test tayyorlovchi, testlarni platformaga kirgizuvchi dasturchi, lokeyshn-menejer va menejerlar bor. Sifatli kontent qilish uchun hamma kerakli jihozlar ham bor. Sharoitlar qanday? — Onlayn ishlash mumkin, muhimi ishlar vaqtida, sifatli va natijali bo‘lsa bo‘ldi. Ishlash uchun aniq bir grafik belgilamaymiz, belgilangan natijaga erishish uchun o‘zingizga qulay tarzda ishlashingiz mumkin. — Xohlasangiz, ofisga kelib ishlashingiz mumkin. Ofis Mustaqillik maydoni va Paxtakor metrosiga yaqin joylashgan. Ofis 24 soat siz uchun ochiq. — Agar media sohasida doimiy rivojlanishni xohlaydigan mutaxassis odamlar bilan netvorking qilishni rejalashtirib yurgan bo‘lsangiz, jamoamiz mos keladi. — Maosh kelishiladi, qanday natija keltirib bera olishingizga qarab yuqorilashib boraveradi. — Bonus tizimi ham bor. O‘zingiz haqingizdagi ma'lumotlar bilan portfoliongizni @ustoz_hr_bot'ga yuboring.
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Yosh Tadbirkor
Photo unavailableShow in Telegram
🚀“Yosh Tadbirkor” jamoasiga qo‘shilishni istaysizmi? Sizni yaxshigina maosh, innovatsion va ijodiy muhit, kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyati, ilhomlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa kutmoqda.  ✅ Siz esa quyidagi soha vakillaridan biri bo‘lsangiz, yetarli: — Loyiha menejeri — Grantlar menejeri; — GR (hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash) Qaysi lavozimga ishga kirmoqchiligingiz, portfoliongiz va shu kungacha qayerlarda, qancha vaqt tajriba orttirganingiz haqida @IHTIYORUSMONOV ga yozing.
إظهار الكل...
🔥 3👍 1
Grafik dizaynerlar uchun 4 ta yo‘nalish bo‘yicha oylik daromadi 5 mlndan 35 mlngacha bo‘lgan vakansiyalarimiz bor 1. YouTube cover dizayneri Uchta sinov vazifadan xohlagan birini tanlashingiz mumkin: — 1-sinov vazifa TZ: https://docs.google.com/document/d/1NepxzeRqgaNSIJ2VYWs-r-TT9duxYStsa6wCHjAYd-A/edit?usp=sharing — 2-sinov vazifa TZ: https://docs.google.com/document/d/1WbhTmxL4-hwTvSmO6VmkQPak2kWH4R0LvPAmpSI8FaE/edit?usp=sharing — 3-sinov vazifa TZ: https://docs.google.com/document/d/1bxjmkrxxUSj_RDsi363dkxYukJh5uV0GPlx9HLuDmLo/edit Dedlayn: vazifa olgandan 3 kun Oylik: 5 mln — 15 mln 2. Telegram, Instagram post/stories dizayneri Uchta sinov vazifadan xohlagan birini tanlashingiz mumkin: Sinov vazifa TZ 1: https://docs.google.com/document/d/14-eoi87vlP4Y1hBrNZGwTIYxKbuQO5Z7QGEXeU9SMgg/edit Sinov vazifa TZ 2: https://docs.google.com/document/d/1vq-RDWUcfZTYkl0-nRvP9Y0IDMAecJ9SP7FC0CaO-5Y/edit?usp=sharing Sinov vazifa TZ 3: https://docs.google.com/document/d/1hobUgFhmOhvMCkOoemd-0sPhBn9VRzEUAtGcjSi3Sy4/edit?usp=sharing Dedlayn: vazifa olgandan 2 kun Oylik: 5 mln — 10 mln 3. Videodarslar prezentatsiyasi dizayneri To‘rtta sinov vazifadan xohlagan birini tanlashingiz mumkin: Sinov vazifa TZ 1: https://docs.google.com/document/d/1i-it1RyJOukBxAsmJKKk7e2SHVOeyi7ONKyUsaWhqrc/edit?usp=sharing Sinov vazifa TZ 2: https://docs.google.com/document/d/11CLUQTHrsegutvwiGHIMwWQAAu63PmmPqCdsE-BJuJs/edit Sinov vazifa TZ 3: https://docs.google.com/document/d/1mmXXrOi1H91C3L_t-bgnzpDsfXsfIQK-bjjmUz1B06w/edit?usp=sharing Sinov vazifa TZ 4: https://docs.google.com/document/d/1uwDgPurddp9qlxWljlpsY4kBYBxo-E0zLsb2OEs2EUA/edit?usp=sharing Dedlayn: vazifa olgandan 5 kun Oylik: 10 mln — 25 mln 4. Videodarslar prezentatsiyasi illyustratori Sinov vazifa TZ: https://docs.google.com/document/d/1TNz7uis_F0BKmdi5htO7hpy-yDxFhKpktAnYEEa7UMU/edit?usp=sharing Dedlayn: vazifa olgandan 7 kun Oylik: 15 mln — 35 mln Hamma sinov vazifalarini bajarishingiz mumkin. Savollar bo‘yicha @ustozai_work'ga yozing. Qilingan sinov vazifalarini @ustozai_work'ga yozing.
إظهار الكل...
🔥 8👍 1
5 mlndan 30 mlngacha oylik daromadi bor ssenarist, kopirayter yoki kommyuniti-menejer bo‘lishni xohlasangiz... Qaysi vakansiyalarni tanlash mumkin? 1. Ssenarist 2. Kopirayter/kontentmeyker 3. Kommyuniti-menejer Oylik maoshlar qanday? 1. YouTube ssenaristlar bizda 15 mlndan 30 mlngacha oylik olish imkoniyatlari bor. 2. Kopirayterlar/kontentmeykerlar 5 mlndan 18 mlngacha oylik olish imkoniyatlari bor. 3. Kommyuniti-menejer 2 mlndan 6 mlngacha oylik olish imkoniyatlari bor. Ishga kirish uchun qanday sinov vazifasini bajarish kerak? 1. Ssenarist vakansiyasi uchun Ssenariy yozish bo‘yicha "Ustoz AI" qo‘llanmasi: https://docs.google.com/document/d/1KG0oSLT-EPg4mmp5Gw6NFUtr-WwaM2heCnWETQbIxgE/edit Sinov vazifasi: Arxitektura yoki menejment sohasi bo‘yicha kirish darsini yozish kerak. Asosiy maqsad videokursga qiziqtirish, kursni ochib berish, videodagi ustozga mutaxassis sifatida ishonch uyg‘otish. Xronometraj muhim emas. Arxitektura sohasi kirish videodarsi uchun ma'lumotlar: https://docs.google.com/document/d/1_5ALI5IhtGNBzq-Pki2VN38_WfRALh5mBFMbkAgu6jU/edit?usp=sharing Menejment sohasi kirish videodarsi uchun ma'lumotlar: https://docs.google.com/document/d/15ihlb5U_n_xHr5kqB2zrPFIZEJRgEwtpaK17eSF5NsI/edit Dedlayn: vazifani olganingizdan 5 kun Barcha savollar bo‘yicha @ustozai_work'ga yozing. Sinov vazifasini ham unga yuboring. 2. Kopirayter/kontentmeyker vakansiyasi uchun Ikki vazifadan birini tanlashingiz mumkin: a) Target uchun 30-35 soniyali kreativga ssenariy yozish TZ: https://docs.google.com/document/d/1qbcR64FvkiCmpCxp0OB0Hcq4--8JqnxqW0R6aTmqeTU/edit?usp=sharing Qo‘shimcha plyus bo‘ladi, target bo‘lgani uchun 3 xil variant tayyorlab bersangiz b) @ustozai telegram kanali uchun obunachilarni ko‘paytiradigan/qiziqtiradigan kontent yozish. Ishingiz osonlashishi uchun kanal va loyihani tahlil qilganingiz yaxshi. Dedlayn: vazifani olganingizdan 3 kun Barcha savollar bo‘yicha @ustozai_work'ga yozing. Sinov vazifasini ham unga yuboring. 3. Kommyuniti-menejerlik vakansiyasi uchun Uchta vazifadan birini tanlashingiz mumkin: a) telegramda @ustozai, @ustoz_mobilografiya, @ustoz_matem kanallaridagi ixtiyoriy 10 ta kommentni tanlab olib, skrinshot oling va javoblaringizni jamlab @ustozai_work'ga yuboring. b) YouTube'da "Ustoz AI" kanalidagi ixtiyoriy 10 ta kommentni tanlab olib, skrinshot oling va javoblaringizni jamlab @ustozai_work'ga yuboring. c) Instagram'da "Ustoz AI" sahifasidagi ixtiyoriy 10 ta kommentni tanlab olib, skrinshot oling va javoblaringizni jamlab @ustozai_work'ga yuboring. Dedlayn: vazifani olganingizdan 24 soat Barcha savollar bo‘yicha @ustozai_work'ga yozing. Sinov vazifasini ham unga yuboring.
إظهار الكل...
"Ustoz AI" videodarslari ssenariysi qo‘llanmasi

Ssenariy yozishda umumiy qoidalar: — Ssenariy videokurs o‘quvchisini birinchi e’tiborni ushlab, boshidanoq qiziqtirib, videodarsni oxirigacha ko‘rdirib, keyingi darslarni ko‘rishga undashi kerak. Ssenariy zo‘r qilingan hisoblanadi, qachonki videodars o‘rtacha 5 daqiqadan ko‘p ko‘rishsa. — Ssen...

👍 1🔥 1
"Ustoz AI" loyihasi qanday loyiha? Loyihamizda har xil kasb va fanlar bo‘yicha YouTube'ga ham bepul bo‘lgan, ham sifatli bo‘lgan videodarslar tayyorlaymiz. Videodarslarimizni qarab ko‘rishingiz mumkin: — Bepul biologiya kursi Bepul mobilografiya kursi Videodarslarimiz pulli kurslarnikidan ham sifatliroq va qiziqarliroq tayyorlashga harakat qilamiz. Tepadagidek videodarslar hali O‘zbekistondagi pulli kurslarda ham yo‘q, deb ayta olamiz. Asosiy maqsadimiz yoshlarga sifatli bilim berish va daromadini oshirish. Loyihani davlat dasturiga kiritishgan, Prezident farmoni bilan imzolangan va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan. Loyihada videodarslar to‘liq bepul, lekin bu jamoa a'zolari gonorar olmaydi, degani emas. Bu loyiha haqiqatda qiziqarli kontent tayyorlashni xohlaydigan mutaxassislar sotuv haqida o‘ylamasdan ijod qilishiga sharoit yaratib beradi. Auditoriyamiz asosan yoshlar, 16-24 yoshdagilar. Toshkentdagi Ali ham, chekka bir qishloqdagi Vali ham qiziqib ko‘radigan, tushunadigan videodarslar tayyorlaymiz. Moliyaviy imkoniyati yo‘qlar va o‘z hududida kuchli mutaxassis topolmayotganlar uchun videodarslarimiz yechim bo‘lib bera oladi. Bizda eng muhimi sifat. Shuning ham jamoamizda xuddi shunday maqsadga ishlashni xohlovchi ssenarist, operator, videomontajer, kolorist, moushn dizayner, dizayner, kopirayter, subtitrchi kopirayter, videodars asosida test tayyorlovchi, testlarni platformaga kirgizuvchi dasturchi, lokeyshn-menejer va menejerlar bor. Sifatli kontent qilish uchun hamma kerakli jihozlar ham bor. Sharoitlar qanday? — Onlayn ishlash mumkin, muhimi ishlar vaqtida, sifatli va natijali bo‘lsa bo‘ldi. Ishlash uchun aniq bir grafik belgilamaymiz, belgilangan natijaga erishish uchun o‘zingizga qulay tarzda ishlashingiz mumkin. Faqat rejalashtirish, muhokama uchun bo‘ladigan offlayn uchrashuvlarga kelish shart. Bu haftada 2 martagacha bo‘ladi. — Xohlasangiz, ofisga kelib ishlashingiz mumkin. Ofis Mustaqillik maydoni va Paxtakor metrosiga yaqin joylashgan. Ofis 24 soat siz uchun ochiq. — Agar media sohasida doimiy rivojlanishni xohlaydigan mutaxassis odamlar bilan netvorking qilishni rejalashtirib yurgan bo‘lsangiz, jamoamiz mos keladi. — Videograf, dizayner va boshqa kerakli mutaxassislar bor. — Maosh: 5 mlndan 30 mlngacha. Keltiradigan natijangizga qarab, narx ko‘tarilishi/o‘zgarishi mumkin. Kelishganimizda ikkala tomonga ham qulay bo‘lishini inobatga olamiz. — Natijaga qarab, bonus tizimi ham bor.
إظهار الكل...
Repost from Ustoz AI
🤩 “Ustoz AI” jamoasiga qo‘shilishni istaysizmi? Sizni yaxshigina maosh, innovatsion va ijodiy muhit, kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyati, ilhomlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa kutmoqda.  ✅ Siz esa quyidagi soha vakillaridan biri bo‘lsangiz, yetarli: — ssenarist; — kommyuniti-menejer; — kopirayter; — geymifikatsiya mutaxassisi; — dizayner. Murojaat qiling: @ustoz_hr_bot Qaysi lavozimga ishga kirmoqchiligingiz, portfoliongiz va shu kungacha qayerlarda, qancha vaqt tajriba orttirganingiz haqida yozing. 🤩 Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 7 1🔥 1👏 1
Repost from Ustoz AI
Photo unavailableShow in Telegram
💼 Endi "Ustoz AI" bilan oson ish topishingiz mumkin "Ustoz AI" bepul videokurslarining bitiruvchilari ish topishi osonlashishi uchun vakansiya kanali ochdik: @ustoz_vakansiya Yanada ish topishingiz osonlashishi uchun 100 ta sara vakansiya kanallarini ham yig‘ib chiqdik. Hali buni hech kim qilmagan, "Ustoz AI" obunachisi bo‘lganingiz uchun birinchilardan foydalanishingiz mumkin: t.me/addlist/Gf0fw7UassJjZGRi 🤩 Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 14 6🔥 5👏 1
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.