cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

“Аkademnashr” nashriyoti

“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali Мutolaa qiling! Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo Tel: 99 433-16-77 Aloqa: @akademnashr_bot Manzil: t.me/Akademnashr/1461 Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)

Show more
Advertising posts
5 907
Subscribers
-724 hours
-57 days
-1530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Sanjar Nazar
03:00
Video unavailableShow in Telegram
🎬 Sigma Podcast O'zbek she'riyatining qisqacha tarixi Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
O'zbek she'riyatining qisqacha tarixi | Sanjar Nazar.mp46.84 MB
👍 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
📚 Safar qissalari, Abror Pir Muhammad 📘 Marokashning maroqli va mahzun manzaralari 📖 Fragment va mundarija 📘 Tunisning totli taassurotlari 📖 Fragment va mundarija 📘 Saudiyaning sehrli sahrоlari 📖 Fragment va mundarija 📘 Avstraliya ajоyibоtlari 📖 Fragment va mundarija 📘 Iоrdаniya – hаyrаt vа ibrаt diyori 📖 Fragment va mundarija Narxi: 35 000 so'm (har biri) To'plam shaklida chegirmali narx: 150 000 so'm Xarid: t.me/akademsavdo 📚 @akademnashr Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
Show all...
7👍 5🔥 2 1👏 1🎉 1🤩 1😇 1
Photo unavailableShow in Telegram
#yangi_nashr #sotuvda 📘 Namangan tarixidan lavhalar 📖 Fragment va mundarija Kitobda XIX asr oxiri – XX asr boshida Namangan shahri va viloyati hududida tug‘ilib o‘sgan jadid taraqqiyparvarlari, olim-u murabbiylar, davlat va jamoat arboblari, shoir-u jurnalistlar hayoti, ularning ijodiy faoliyati hamda mustabid tuzum qatag‘on siyosati oqibatida mahv etilishi qalamga olingan. Shuningdek, o‘quvchi milliy taraqqiyparvarlarimizning Vatan va millat ravnaqi, uning istiqloli yo‘lida olib borgan shiddatli kurashi, qahramonona hayot yo‘li va ijodiy merosi haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi.
Muallif: Bahrom Irzayev Muqova: yumshoq Hajmi: 288 bet Narxi: 50 000 so‘m Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr
Show all...
👍 12 3
Photo unavailableShow in Telegram
Niderlandiyada yashab ijod qilayotgan adiba Shahodat Ulug' kitobxonlarimizga “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” tarixiy romani bilan yaxshigina tanish. Mazkur kitobning dastlabki ikki nashri qisqa vaqt oralig'ida sotib tugatildi. Shu kunlarda “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romanining 3-nashri jarayonlari davom etmoqda. Bugun esa yozuvchining yangi kitobini taqdim etamiz. #yangi_nashr 📘 Shahodat Ulug': Mo'ysafid Biyobonim 📖 Fragment va mundarija Bu dunyo, asli, biyobon. Odamlar unga turfa sinovlar uchun yuborilgan. Kimdir bu sinovlardan sharaf bilan o‘tadi, inson degan nomiga dog‘ tushirmaydi. Kimdir esa, aksincha, nega kelganini unutib, hech qanday razillikdan qaytmaydi. Kitobdagi qissalar va novellalarda ana shunday turfa taqdir egalari haqida hikoya qilinadi. Uni o‘qigan kitobxon ruhiyati tozarishiga, ko‘nglidagi ezgu tuyg‘ulari yanada ortishiga ishonamiz. Xarid: t.me/akademsavdo
Muqova: yumshoq Hajmi: 256 bet Narxi: 35 000 so‘m
📚  @akademnashr
Show all...
👍 9 5🔥 1👏 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
#yangi_nashr #anons 📘 Bahrom Irzayev: Namangan tarixidan lavhalar 📚  @akademnashr
Show all...
👍 12🎉 7🔥 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
#yangi_nashr #anons 📘 Shahodat Ulug': Mo'ysafid Biyobonim Qissalar va novella 📚  @akademnashr
Show all...
👍 16 4🎉 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Farzandingizga internetda va real hayotda o‘zini tutish qoidalarini o‘rgating: u firibgarlarni qanday tanib olish, pullarni qanday himoya qilish, hech kimga karta PIN-kodini aytmaslik, telefonda yoki ko‘chada aldanib qolmaslik, xavf paydo bo‘lganida kimga murojaat qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. 📘 Men, bolam va pul
Muallif: Adhamjon Ahmedov Muqova: yumshoq Hajmi: 176 bet Fragment va mundarija Narxi: 25 000 soʻm
Xarid: t.me/akademsavdo 📚  @akademnashr
Show all...
👍 7 4👏 3
Repost from Sanjar Nazar
00:27
Video unavailableShow in Telegram
“Jang klubi” (#) Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
IMG_1734.MP45.23 MB
👍 17 1
​​Rauf Parfi - o‘zbek ruhini qayta tiriltirgan afsonaviy san‘atkor *** Rauf Parfi bilan 1993 yil 5-martda tanishganman. Va shu kundan uning ta‘siri bo‘lgan. Rauf Parfining boladay beg‘uborligi, oddiyligi mening o‘zimni ichki dunyomga ishonchimni orttirgan. Rauf Parfining so‘zlashuv tili — imo-ishoralar tili edi. U doim shu til bilan atrofdagilarga gapirardi yoki uning o‘zi aytganday: "valdirardi". Albatta, Rauf Parfi ta‘sir o‘tkazgan. Chunki, Mayxonaning piri Rauf Parfi edi. *** Rauf Parfining "aybi" — uning jiddiy, buyuk, o‘lmas asarlar yaratib ketganligida. Rauf Parfi - o‘zbek ruhini qayta tiriltirgan afsonaviy san‘atkor. Birorta kitob do‘konida uning birorta ham kitobi yo‘q. Kimnikida Rauf Parfining kitobi bo‘lsa, u boshqa birovga shu kitobni berishni qizg‘onadi. *** "Hech" nomini Rauf Parfi tanlagan. Men "Hech narsa haqida bu kitob," - deb ustozga ko‘rsatganman. U: "Bir fransuz shoiri hech narsa haqida yozgan,bu "Hech" bo‘ladi," - deb keskin aytgan. Keyin bilsam, Rauf akaning "Sukunat" nomli kitobida "Hech narsadan boshlangan dunyo, hech narsani tan olmas go‘yo," - degan go‘zal misralar bor ekan. O‘shanda, men Rauf akaga "aql" o‘rgatmoqchi bo‘lganman "siz tushunmaysiz", deb. Shunaqa gaplar. Murod Chovush 2012-yil 👉 Rauf Parfi kitoblari
Show all...

14👍 5 1🥰 1👏 1
​​"Kitob bandasi"ni tugatdim-u, adabiy didim bir pog'ona yuqorilaganday bo'ldi. Kitobni kitobdan farqini oz bo'lsa-da ajratadigan bo'ldim. Oldinma ketin chiqayotgan bestsellerga chopmasdan, adib tavsiya qilgan barcha kitoblarni o'qishni niyat va maqsad qildim. Zero unday adabiyotlarni omma o'qimasligini, ma'lum intellektual qatlamgina o'qishini va anglashini tushunib yetdim va shu qatlam insoni bo'lishni niyat qildim. Niyatim sara adabiyot namunalarini o'qib chiqishga aylandi, ularni teran his qilish, insoniyatning asl muammolarini anglash, tarixni o'rganish va bir joyda qotib qolmaslik. O'zim uchun yangi daho kashf qildim — Nazar Eshonqul. Bu insonning adabiyotga, so'zga bo'lgan muhabbati, hurmati oz bo'lsa-da yuqqan bo'lsa o'zimga, baxtiyor bo'lardim. Bunchalar so'zga muhabbatli insonni rosti endi ko'rdim. Uning taqrizlari, esselari insonga qanaqadur ko'tarinkilik, adabiyotga boshqa nihoh bilan qarash imkonini beradi. Ushbu kitobni o'qigan insonning dunyoqarashi ham ancha kengayadi, yangi kitob tanlash didi paydo bo'ladi. ©️ Oyjamol Yusupova 👉 Nazar Eshonqul asarlari
Show all...

👍 9 4🕊 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.