cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Diplomat (Sobirov)

Tarix (O‘zSSR tarixi), siyosat va ideologiya. Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat Muallifga yozish: @PanDiplomat

Show more
Advertising posts
4 952
Subscribers
-124 hours
-247 days
-7530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Yonida gaz koni qazilgan, olingan, sotilgan. Hozir o‘sha qazishni ham eplay olmay, shunchaki havoga uchirib, yoqishyapti. 1 km narida esa odamlar ko‘mir qirindisi va tappidan qish uchun zaxira qilyapti. Dunyoga eng ko‘p olmos sotib, aholisi qashshoqlikda yashaydigan ba’zi Afrika mamlakatlarining ekivalenti. @pan_diplomat
Show all...
Portlash, zaharli gaz va badbo‘y is: Boysun qanday yashayapti? | Gazeta.uz

1-sentabr kuni Boysun tumani Kofrun shaharchasida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” yoki, boshqacha aytganda, М-25 gaz koniga qarashli 604-sonli quduqda burg‘ilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi sabab tarkibida vodorod sulfid yuqori boʻlgan gaz chiqishi boshlangan edi. Dastlabki berilgan rasmiy axborotda aholi xavfsiz hududga koʻchirilgani, vaziyat barqaror ekanligi aytilgandi. Ammo keyinroq tarmoqlarda tarqalgan videolar, shuningdek, Gazeta.uz tahririyatiga boʻlgan koʻplab murojaatlardan keyin vaziyat biroz boshqacha ekani taxmin qilindi. Boz ustiga, tarqalayotgan video va xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat va izohlar ham yetarli boʻlmadi. Shu bois “Gazeta.uz” jamoasi gaz sizib chiqqandan keyin haqiqiy holat qandayligini oʻrganish maqsadida 14-15-sentabr kunlari Boysunda boʻlib qaytdi. Muallif: Otabek Turdiyev Video: Maʼmurjon Obrahmatov / «Gazeta.uz» #boysun #M25 #Kofrun #gaz Telegram –

https://t.me/gazetauz_uzb

Facebook –

https://www.facebook.com/gazetauz

Instagram –

https://www.instagram.com/gazetauzbekistan/

Twitter –

https://twitter.com/gazeta_uz

🤬 5👍 1
Trampga suiqasd endi katta rezonans uyg‘otuvchi voqea bo‘lmay qoldi. Sobiq prezident atrofidagi bunday hodisalarni bir tarafdan tushunish qiyin emas. U janubiy amerikalar va osiyoliklarni yoqtirmaydi, shuningdek musulmon amerikalarga qarshi kurashishini ochiq aytadi. Bu qatlamlar amerika jinoiy dunyosida muhim o‘ringa ega guruhlar. Ularga Trampning chiqishlari yoqmayotgani aniq. Lekin Bayden davridagi narxlar oshishi aynan ularga ko‘proq ta’sir qildi. Ular o‘zgarishga umid bilan Trampga ko‘z tikishi kerak. Ammo amerikaliklar Trampning shunchaki shoumenligini ham allaqachon yaxshi anglab bo‘lgan. Demokratlar partiya ancha bag‘rikeng siyosat yuritmoqda. Ular migrantlarni iloji boricha “ayamoqda”. Migrantlar eng ko‘p kirib kelayotgan Meksika bilan chegaralar ayni paytda narkotik savdosining asosiy tomirlari ham. Demokratlar chegaralarni kuchaytirmas ekan, bu Meksikadagi narkobaronlar uchun ham qulay. Ular chegarada devor qurgan Trampdan ko‘ra, hozirgi tizimni saqlab qolishdan manfaatdor. @pan_diplomat
Show all...
👍 31🔥 4🕊 4👎 1
Buxoro qo‘shini zobitlari qo‘lida tayoq ushlab yurishi katta ehtimol bilan Fors imperiyasidan ko‘chirilgan. Esdaliklarda amirni qutqargan bir odam general qilib tayinlangani, u ham qo‘lida qilich emas, tayoq ushlab yurishi hamda harbiy sohani umuman tushunmasa-da harbiy bo‘linmani boshqarish aytilgan. @pan_diplomat
Show all...
Buxoro amirligi askarlari va qurollari

Ushbu noyob tasvirlar Pol Nadar va boshqa xorijiy fotograflar tomonidan suratga olingan

👍 29
Photo unavailableShow in Telegram
Sovetlar Temurga oriycha toj kiydirishidan oldingi Sohibqiron rasmi Ushbu tasvir o‘zbek tarixchiligi fidoiysi, Temur shaxsiyatini tiklash va oqlashda katta jonbozlik ko‘rsatgan Bulat Soliyevning 1929-yilda nashr qilingan “O‘zbekiston tarixi” kitobining kirish qismiga muhrlangan. Temurning eng asl va xolis rasmlaridan biri deyish mumkin. Avvalroq Temur toj kiymagani haqida yaxshi maqola chiqqandi. Temurga yevro-forscha toj kiydirishni Gerasimov boshlab bergan. Shundan so‘ng Sohibqironga olti qirrali toj kiydirish urf bo‘ldi. Aslida bunday tojlarni qadimgi fors shohlari va Yevropa qirollari kiygan. Misol, Jaloliddin, Shayboniyxon, Abdullaxon II miniatyuralarida hech qanday toj yo‘q.
Show all...
👍 71👎 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Italiya bosh vaziri ham vaqtincha qo‘nib o‘tgani hisobga olinsa, endi faqat Buyuk Britaniya rahbari qoldi. @pan_diplomat
Show all...
👍 52😁 19🤬 2
Turkiya — konspirologlar va fitna nazariyasiga ishonuvchilar mamlakati Butun dunyo boʻylab fitna nazariyasiga (dunyoni bir odam yoki masonlar boshqarishi, hamma narsani ular rejalashtirishi, Oyga odam bormagani, butun dunyo futboli uyushtirilishi, iqlim oʻzgarishi yolgʻon ekani, Yer tekisligi kabi fikrlar nazariyasi) ishonuvchilar juda koʻp. YouGov (onlayn tadqiqot va maʼlumotlar tahlili bilan shugʻullanuvchi xalqaro olimlar hamjamiyati) tomonidan 2021-yilda oʻtkazilgan tadqiqotlarga qaraganda jahonning 22 foiz aholisi fitna nazariyasiga ishonadi. Konspirologiyaga ishonuvchilar koʻpligi davlatlarning iqtisodiy ahvoliga bogʻliq. Masalan, Daniyada 10 % aholi fitna nazariyasiga ishonsa, Hindistonda bu miqdor 36 %. YouGovning mana bu tadqiqoti turklar AQSH borasida haqiqiy fitna nazariyasi ishqibozlari ekanini koʻrish mumkin. Buni Erdogʻonning tashqi dushman yaratish yoʻlidagi harakatlari mevalaridan biri deyish mumkin. RTEʼdan oldin ham turklar AQSH borasida salbiy qarashlarga ega edi, RTE ularni yanada rivojlantirdi. Masalan, AQSHdagi 11-sentabr voqealarida Oq Uyning ham qoʻli borligiga eng koʻp turklar ishonadi. Keyingi oʻrinlarda Meksika va Misr. Turkiyada vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalar (turklar vaksinalarni asosan, AQSHdan xarid qiladi) uning zararli tomonlarini xalqdan yashiryapti degan qarashga ham koʻpchilik tarafdan (48 % respondent) maʼqullanadi. Dunyoni maxfiy guruh boshqaradi degan gapga ham turklar ancha ishonadi — 57 foiz. Oʻzbeklar sevib tomosha qilayotgan Abdulhamid 2 haqidagi film aynan fitna nazariyasini ilgari suradi. Umuman tadqiqotdagi barcha jadvallarda Turkiya oldingi oʻrinlarda. Uning sheriklari Nigeriya va Meksika. Turkiya iqtisodiy jihatdan ulardan oldinda boʻlsa-da, aholining konspirologiyaga ishonishi keng tarqalgani koʻproq siyosiy tuzumlar bilan bogʻliq. Shunday ekan turk OAVlari, filmlari, ayniqsa, tarixiy turk filmlarining muxlisi boʻlish va ularni real tarix, haqiqat deb qabul qilish katta xato. @pan_diplomat
Show all...
Where do people believe in conspiracy theories? | YouGov

YouGov research shows that Britons are among the least likely to believe many global conspiracy theories

👍 50🔥 12👎 2 1🤬 1
00:24
Video unavailableShow in Telegram
“U (Kamala Harris) Isroildan nafratlanadi. Agar u president bo‘lsa, ikki yildan so‘ng Isroil mavjud bo‘lishdan to‘xtaydi”, — Tramp. Kecha Tramp va Harris o‘rtasida birinchi va katta ehtimol bilan oxirgi teledebat bo‘lib o‘tdi. Mavzular o‘sha-o‘sha: iqtisodiyotni kim vayron qildi? Harrisning otasi marksistligi, Trampning jinoiy ishi, Ukraina va Falastin. Migrantlar mavzusida Tramp o‘zining saviyasini yana bir marta ko‘rsatdi. U millatchi, ksenofob amerikaliklar tarqatayotgan mayda mish-mish — osiyolik muhojirlar shaharlarda boshqalarning uy hayvonlarini yeyotganini AQSH prezidentligiga nomzodlar sahnasidan turib aytdi. Harris bunga munosabat bildirishiga hojat qolmadi, boshlovchining o‘zi bu xabarlar rad qilinganini aytdi. Kamala shunchaki sobiq prezidentning ustidan kulib qo‘ya qoldi. So‘ngso‘zda ham Harris ishonchliroq gapirdi. U barcha amerikalar prezidentga aylanmoqchi ekanini bildirdi. Tramp esa so‘ngso‘zida yana Harrisga tashlandi va turli ayblovlarni yo‘lladi. @pan_diplomat
Show all...
1.MOV1.98 MB
👍 46😁 17🔥 5
Koʻpchilik Isroil-Falastin masalasi boʻyicha Kamala Harris pozitsiyasi Baydennikidan farq qilmaydi deyishyapti. Umuman olganda, bu tabiiy, ular partiyadosh, qolaversa Harris Baydenning jamoasi vakili. Albatta, Harris Falastin haqida Baydendan koʻproq gapiryapti. U bir necha bor falastinlik bolalarni himoyasi haqida toʻxtaldi. Ammo iyuldagi Netanyahu bilan uchrashuvi yetarlicha keskin boʻlmadi. Harris saylovda yahudiy lobbisi qoʻlloviga umid qilmoqda, shuning uchun hozircha keskin qadam tashlagani yoʻq. Isroilni qoʻllash — bu bir insonning emas, AQSHning siyosati. Xuddi Rossiya Kuba va Shimoliy Koreyaga doim enagalik qilgani kabi AQSH ham Isroilni dastaklashni toʻxtatmaydi. Chunki bu davlatlarni ular yaratgan. Tramp yutgan taqdirda ham AQSHning Tel-Avivga munosabati 90 darajaga oʻzgarmaydi. Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgan odamdan Falastinni himoya qilishni kutish bemaʼnilik. AQSH qoʻllovi davom etar ekan Isroilning toʻxtatish qiyin boʻladi. Bu yerda yagona chora — kelishuv. @pan_diplomat
Show all...
👍 66🤬 6🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
SSSR’ning yana bir shafqatsiz rahbari haqida — https://oyina.uz/uz/article/3013 Bagirovning qanchalik shafqatsizligini bilish uchun bir fakt – bu birinchi kotib Ozarboyjonda O‘zbekistondagidan ham ko‘proq odamni qatag‘on qilgan. @pan_diplomat
Show all...
👍 35🔥 7🤬 5 1
SSSR’ning yana bir shafqatsiz rahbari haqida — https://oyina.uz/uz/article/3013 Bagirovning qanchalik shafqatsizligini bilish uchun bir fakt – bu birinchi kotib Ozarboyjonda O‘zbekistondagidan ham ko‘proq odamni qatag‘on qilgan. @pan_diplomat
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.