cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Xorazm viloyatidagi eng yirik, eng ishonchli va eng tezkor ta'lim yangiliklari kanali! Reklama: @reklama_011111

Show more
Advertising posts
6 516
Subscribers
-1024 hours
-237 days
-44330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Таълим кредити Халқ банки биринчилардан бўлиб кредит олиш жараёнини банкнинг "xazna" иловаси ёрдамида масофавий шаклга ўтказди. Талаба ё кафилнинг банкка бориши керак бўлмайди. Бу — талаба ва унинг яқинлари (кафил шахслар) учун сезиларли қулайлик яратади. @urdu_yoshlar
Show all...
👍 3 1
⚡️Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko'ra, ➖ 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi "3" dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi; "3" va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi. ➖ Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi. ➖ Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa "Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi. ➖ Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga "Yagona interaktiv davlat xizmatlari" (my.gov.uz) portali, "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri murojaat qiladi. ➖ Kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizani shakllantiradi. 👉@OTM_XORAZM
Show all...
👍 1
00:31
Video unavailableShow in Telegram
ANNOUNCEMENT!!! Golden Study da KATTA QABUL🤩🤩🤩 Sifatli ta'lim izlayapsizmi, unda biz sizga quyidagi guruhlarimizni taklif qilamiz: ✅ English Grammar ❇️ Pre-IELTS ✳️ IELTS / CEFR ✅ Turk tili ❇️ Matematika ✳️ Kids English Kurslarga yozilish uchun +998996005797 @N1GoldenStudy Telegram | Instagram
Show all...
C__AGpqCxHh.mp43.78 MB
💯 3🤣 2 1
⚡️Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanloviga start berildi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi! Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin. ❗️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda jo'natishlari lozim. Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar: 1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. so‘m pul mukofoti; 2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok; 3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi va joriy yilning 20-oktyabriga qadar davom etadi. Tanlov shartlari 👉 https://talimxabarlari.uz/9575/
Tanlovning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz!
@urdu_yoshlar
Show all...
👍 2
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra: 📝 test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 6️⃣ Diqqat! Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelish lozim. @urdu_yoshlar
Show all...
⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari sanalari chiqdi ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. @urdu_yoshlar
Show all...
👍 3
00:17
Video unavailableShow in Telegram
🔷 Finlite Akademiyasi kurslari : 🎓 Buxgalteriya; 📊 Davlat xaridlari; 🖥️ Kompyuter Savodxonligi; 💻 Excel Pro; 👨🏻‍💻UZEX brokeri; ✅ Kurslarimiz haqida yanada to’liq ma’lumot olishni xohlasangiz, havola orqali ro’yxatdan o’ting👇👇👇… http://yoshbuxgalter.uz/finlitebarchakurslar http://yoshbuxgalter.uz/finlitebarchakurslar http://yoshbuxgalter.uz/finlitebarchakurslar Yoki pastdagi telefon raqamlariga qo’ng’iroq qiling👇👇👇👇👇👇 ☎️ Tel: 78 113 93 33 Instagram | Telegram | YouTube
Show all...
IMG_3307.MP41.49 MB
😁 1
23 сентябрдан ипотека кредитлари бўйича субсидиялар учун аризалар қабул қилиш бошланади Ипотека кредитлари бўйича субсидиялар тўлашнинг тасдиқланган мақсадли параметрлари доирасида аризалар қабул қилишнинг иккинчи босқичи жорий йилнинг 23 сентябрь куни соат 09:00 да бошланади. Эндиликда ариза берувчининг хоҳишига кўра, унинг даромадлари ҳисоб-китобига яқин қариндошларининг ҳам даромадларини киритиши мумкин бўлади. Фуқаролар субсидия учун давлат хизматлари марказларига бевосита борган ҳолда ёки my.gov.uz ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали мустақил равишда ариза топшириши мумкин. Иқтисодиёт ва молия вазирлиги @urdu_yoshlar
Show all...
👍 3 2
Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish tartibi haqida ma’lumot Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) ta’lim krediti berish tizimi joriy etilgan. ❓Kimlarga beriladi? ✅ O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari); ✅ O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.). ❓Qaysi kurslarga beriladi? ✅ Barcha kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yo‘q. ❓Qaysi ta’lim shakliga beriladi? ✔️ faqat kunduzgi shaklga. ❌ Quyidagilarga berilmaydi: ➖ super-kontrakt; ➖ sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shaklga; ➖ qo‘shma ta’lim; ➖ ikkinchi mutaxassislik; ➖ ordinatura; ➖ xorijdagi OTMlarga. ❓To‘lash qachondan boshlanadi? Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi. ❓Foizsiz ta’lim krediti olish uchun kam ta’minlangan bo’lish kerakmi? ✅ Yo’q, ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri. 👉 @OTM_XORAZM
Show all...
1🔥 1😢 1
Миллий сертификат абитуриентга нима беради? ✅ Абитуриентлар қуйидаги фанлар бўйича сертификат учун имтиҳон топшириб олдиндан баллни нақд қилиб қўйиш мумкин: 1⃣. Математика 2⃣. Биология 3⃣. Кимё, 4⃣. Физика 5⃣. Она тили ва адабиёт 6⃣. Тарих 7⃣. География Эслатма: Бошқа фанлардан айни вақтда миллий сертификат олиш имкони йўқ (чет тилларидан бошқа) балки келгуси йиллардан қўшилиши мумкин. Масалан, тиббиёт университетига топшираётган абитуриент кимё, биологиядан сертификат олиб қўйса, имтиҳонда фақат мажбурий блокдаги 3 та фандан тест ишлайди холос. Ёки бўлмаса, асосий блок фани тарих ва она тили ва адабиёти бўлган педагогика йўналишига кирмоқчи бўлган абитуриент Тарих ва Она тили фанларидан миллий сертификат олишга муваффақ бўлса унга ҳам асосий ҳам мажбурий фан балларини олдиндан нақд қилиб қўяди. Кириш имтиҳонида фақат Математика фанидан мажбурий блок тесларини ишлайди ҳолос! Агар Математика мажбурий блокни ҳам ишлагиси келмаса бу фандан ҳам миллий сертификат олиб қўйиши мумкин. 👉 @urdu_yoshlar
Show all...
👍 8
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.