cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Aziz Rahimov

Bog’lanish uchun: @Azizrahimov Reklama olmaymiz.

Show more
Uzbekistan2 078The language is not specifiedMotivation & Quotes691
Advertising posts
40 614
Subscribers
-524 hours
-1187 days
-32630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Kuchli o’qituvchi bo’lsa - bolani bilimli qilsa bo’ladi. Axloqli qilmasangiz, bilimi zarariga ishlaydigan bo’lib qoladi. Bilim o’sha sohada, axloq hamma joyda kerak bo’ladi. Odob gapirib o’rgatilmaydi. Ko’rsatib bermasangiz, bola tushunmaydi. Hamma maktabga kerak - tarbiya o’qituvchilari, tarbiya bo’yicha direktor yordamchilari. Paradoks shundaki pedagogika universitetlarida tarbiya fakultetlari bo’lmaydi. O’zimiz tayyorlashimizga to’g’ri keladi. Maktabimiz jamoasida yangi vakansiya - Tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari. Axloqli bolalarni tarbiyasida ishtirok etaman degan pedagoglar uchun. Kuchli jamoa, 5 kunlik ish, 15 milliongacha oylik. Qiziq bo’lsa topshirib ko’ring.
Show all...
Maktabimiz ochilishi bilan ikki haftadan beri Farg’onadaman. Joyni mehmon bo’lganda emas, yashaganda his qilasiz. Kuzatuvlarim: Shaharda vaqt barakali - 10 daqiqada istalgan joyga yetib olasiz. Daraxtlar ko’pligidan bog’da yuribman deb o’ylaysiz. Hamma yer chinor. Mashina kam. Velosiped, moped ko’p. Ota-onalar bolalarini sizlab chaqirishadi. Men ham sizlay boshladim. Sheva chiroyli. Adabiyga o’ta yaqin. Ba’zi tumanlarni shevasidan bilib olsa bo’ladi (Bog’dod, Buvayda) Bir nechta odam bilan quyuq so’rashdik. Tanishimmikan debman. Filialni Farg’onada qilib to’g’ri qilgan ekanmiz. Ta’limga e’tibor baland. Ertaga 10.00 da Farg’ona maktabimiz ochilishi. Mehmon bo’lib keling. Kutamiz.
Show all...
72 yoshli amaki 6 va 3-sinf bolalarni maktabimizga olib keldilar. Amaki - universitet turlarini, kortizol gormoni ishlashini, bolalar motivatsiyasini tushunyaptilar. Quvvatlari, kórinishilaridan 60 yosh berasiz. -Nevaralarni o’qitaman debsiz-da. -Bular mening farzandlarim! Ótib ketgunimcha ilm-kasblik qilib olishim kerak. Aksar otaxonlar titrab qoladigan yoshda, nega quvvatga tóla ekanliklarini tushundim. Hayotlarida kuch talab qiladigan ishlar bor. 3ta ósayotgan yigitchaga órnak, tarbiyachi, ta’minotchi bo’lishlari kerak. Yoshlar quvvat olarmikinman deb - energetik ichimliklar, videolar, treninglar, muvaffaqiyatlilar klublariga yopishishadi. Kóp quvvat talab qiladigan ishlarni yelkaga olganlar bor. Ular bilishadi. Ishtaha ovqat ustida kelganiga óxshab, katta quvvat - katta ishlar oldida keladi. @azizrakhimov_blog
Show all...
Bugun 20.00 da Farg’onalik ota-onalar uchun maktab tanlash haqida vebinar qilyapmiz. Maktabimiz kanalida bo’lib o’tadi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Kitob óqishni boshlash, sportni boshlashga óxshaydi. Qaysidan boshlasangiz ham yutqazmaysiz. Muhimi tóxtamaslik. Hech qaysi bitta kitob odamni ózgartirmaydi. Kitob óqish ózgartiradi. Kitob óqishni ózi ham aslida odamni ózgartirmaydi. Ózgaradigan odam, bitta gap bilan ham ózgarib qolaveradi. Ko’pincha ózi - ózgarishga tayyorlar kitob óqiydi. Kitobdagi ma’lumotni bilganingiz uchun o’zgarib qolmaysiz. Ózingizni tanib qolasiz. Yoqmaydi. Ózgarishim kerak deb qolasiz. Hech qaysi kitob biz haqimizda yozilmagan. Boshqalar orqali o’zimizni taniymiz. Andoza olamiz. Shuning uchun: Biografiyalar o’qing. (Siyrat, Sahifalar, Musk, Jobs, Franklin, Prinsiplar…) Tarix o’qing. (Turkiston qayg’usi, Rim tarixi, Yonayotgan Buxoro…) Maslahatlar o’qing. (Temur tuzuklari, Atom odatlar, Qora oqqush…) Badiiy asarlar o’qing (Otamdan qolgan dalalar, Moliyachi, Bolalik…) Boshlanishiga bo’ladi. @azizrakhimov_blog
Show all...
Almashtirish vaqti keldi. U taksida qatnadi, siz issiqda avtobus kutdingiz. U kuchli domlalarda individual o’qidi, siz kitoblaringiz uchun ham pul yig’dingiz. Otasi kontraktini oldindan to’lab qo’ydi, siz o’qishdan keyin ishga qatnadingiz. Sharoiti borligi uchun u aybdor emas. Yo’qligi uchun siz. Keng imkoniyatlar bizga aqlli daholarni berdi - Musk, Bezos, Bill Geyts. Siqilmang. Tor imkoniyatlar bizga harakatchan daholarni berdi - Jensen Huan, Jek Ma, Mendeleev. Imkoniyat hammasini hal qilmaydi. Harakat hal qiladi. Shu tufayli biz maktabimizda harakatchanlarga grant e’lon qildik. Muhitingizni almashtirish vaqti keldi. Topshiring. @azizrakhimov_blog
Show all...
20-iyul kuni Farg’onada Karyera qurish mavzusida seminar qilyapmiz. Najot Ta’lim. 14.30. Vaqtingiz bo’lsa keling. Batafsil
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Rivojlanishingiz tezlashadi 25% amerikaliklar 40 yoshida ham turmush qurmagan. Turmush yoshining kattalishi butun dunyoda kuzatilayotgan trend. Asosiy bahona: yashab olay, hali tayyor emasman. O'rniga - Karyera, katta bo'volish, ko’ngilxushlik, sayohat. Natijada infantilizm, kattalarning o’zini yosh bolalardek tutishi ortib boryapti. Odam o’zgarishidagi eng katta to’siq - xohish yetishmasligi bo’ladi. Eng kuchli xohish esa - farzandlaringiz ishlaringizni qaytarayotganidan keladi. O’zingizni yaxshilaysiz, bolalaringiz yaxshilanadi. 25-30 yoshdan keyin o’zgarish qiyinlashadi. Neuroplastiklik kamayadi. Vaqtli turmush qurganlarda - shaxsiy rivojlanishga kuchli motivatsiya + imkoniyat saqlanib qolgan bo’ladi. Turmushni kechiktiring - o’zgarishingiz kechikadi. Vaqtliroq qiling - rivojlanishingiz tezlashadi. @azizrakhimov_blog
Show all...
s0fo2aaqgek51.jpg.webp0.68 KB
31441.jpeg3.47 KB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.