cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Arroziy.uz

Xorazm viloyati "Imom Faxriddin ar-Roziy" o'rta maxsus islom bilim yurti matbuot xizmati rasmiy Telegram sahifasi. Manzil: Urganch tuman Qoramon qishlog'i, Kattabog' mahallasi, Hamkorlik ko'chasi, 41/1-uy. 🌐 arroziy.uz 📞 (95) 606 92 55

Show more
Advertising posts
3 107
Subscribers
-824 hours
-397 days
-11430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Rasululloh_moʻjizalari 20-moʻjiza Yupqa kulcha non sakson kishiga kifoya qildi Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Abu Talha Ummu Sulaymdan: “Menga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tovushlari past eshitildi, bu ochlikdan boʻlsa kerak. Huzuringda biror yegulik bormi?” deb soʻradi. U: “Ha”, deb bir kulcha arpa nonni berdi. Uni roʻmolchaga oʻrab qoʻlim ostiga qistirdi va meni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga joʻnatdi. Men kelsam, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidda odamlar bilan turgan ekanlar. Meni koʻrib: “Seni Abu Talha joʻnatdimi?” dedilar. Men: – Ha, – dedim. – Taom bilanmi? – dedilar. – Ha, – dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam atroflaridagi kishilarga: “Turinglar” deb uyimiz tomon yurdilar va biz birga keldik. Soʻng men Abu Talhaga ularning kelishgani haqida xabar qildim. Abu Talha: “Ey Ummu Sulaym! Biznikiga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va odamlar kelishibdi. Ularni oldilariga qoʻyadigan narsamiz yoʻq¬ku!” dedi. Ummu Sulaym: “Alloh va rasuli bilguvchidir”, dedi. Abu Talha Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni kutib olish uchun peshvoz chiqdi va uyga u zot bilan birga kirdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kel, ey Ummu Sulaym! Yegulikka nimang bor?” deb soʻradilar. U boyagi kulchani keltirdi. Uni ushatishni buyurdilar. Ummu Sulaym esa qoʻshib yeyish uchun idishdan ozroq moy quydi. Soʻng Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alloh xohlagan soʻzlarni aytdilar va: “Oʻn kishiga ruxsat bering”, dedilar. Shunday qilib kelganlarning barchalari undan yedilar, ularning soni yetmish yoki sakson kishi edi”. @arroziyuz | Obuna bo'ling va yaqinlaringizga ulashing TelegramYouTubeFacebookInstagram
Show all...
Arroziy.uz

Xorazm viloyati "Imom Faxriddin ar-Roziy" o'rta maxsus islom bilim yurti matbuot xizmati rasmiy Telegram sahifasi. Manzil: Urganch tuman Qoramon qishlog'i, Kattabog' mahallasi, Hamkorlik ko'chasi, 41/1-uy. 🌐 arroziy.uz 📞 (95) 606 92 55

Photo unavailableShow in Telegram
“Men dunyo tarixini oʻqib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari toʻplagan barcha saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammad alayhissalomning yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan… Yoxann Volfgang Gyote @arroziyuz | Obuna bo'ling va yaqinlaringizga ulashing TelegramYouTubeFacebookInstagram
Show all...
😢 4👍 3 2
Buyuklar ibrati Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar boʻlsin. Paygʻambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar boʻlsin. 80 yoshimdagi ilmga boʻlgan qiziqishim 20 yoshimdagidan koʻra kuchliroq edi. Hofiz ibn Rajabning “Zaylu tabaqatul hanobila” kitobidan buyuk qori, faqih, usul olimi, voiz, mutakallim, koʻp ilmlar va fanlar egasi, islomda ulugʻ peshvolardan biri, olamning eng fozillaridan, insoniyatning zakiyi hisoblanmish Abul Vafo Aliy ibn Aqil Hanbaliy Bagʻdodiy (hijriy 431-513, milodiy 1039- 1019-yillarda yashagan) rahmatullohi alayh haqida quyidagi maʼlumotlar kelgan: Ul zot shunday der edi: “Menga umrimning bir lahzasining ham zoye qilishim halol emas. Hatto tilim bahs-munozaradan, koʻzim mutolaa qilishdan charchasa, choʻzilib dam olib yotganimda fikr qilaman. Keyin to yozib qoʻyadigan fikr hayolimga kelmagunicha oʻrnimdan turmayman. Sakson yoshimdagi ilmga boʻlgan qiziqishim yigirma yoshimdagidan koʻra kuchliroq. Bor jiddu jahdim bilan ovqatlanish vaqtlarini qisqa qilaman, hatto kitob mutolaa qilish, toʻla bagʻishlash uchun koʻpincha tolqon yeb, ortidan suv xoʻplayman. Chunki tolqon vaqtimni ketkazadi, shuning uchun chaynab oʻtirmayman”. Shayx Abdulfattoh Abu Gʻudda rahmatullohi alayhning “Sahifalar” kitobidan. @arroziyuz | Obuna bo'ling va yaqinlaringizga ulashing TelegramYouTubeFacebookInstagram
Show all...
Arroziy.uz

Xorazm viloyati "Imom Faxriddin ar-Roziy" o'rta maxsus islom bilim yurti matbuot xizmati rasmiy Telegram sahifasi. Manzil: Urganch tuman Qoramon qishlog'i, Kattabog' mahallasi, Hamkorlik ko'chasi, 41/1-uy. 🌐 arroziy.uz 📞 (95) 606 92 55

😢 3
#audio Inson qanday halovat topadi?! bilim yurti mudiri Davronbek domla Abduqodirov @arroziyuz | Obuna bo'ling va yaqinlaringizga ulashing TelegramYouTubeFacebookInstagram
Show all...
INSON QANDAY XALOVAT TOPADI! 25.05.24.mp31.17 MB
👍 1😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
#hikmat “Insonning qanoti g’ayratdir”. Mavlono Jaloliddin Rumiy @arroziyuz | Obuna bo'ling va yaqinlaringizga ulashing TelegramYouTubeFacebookInstagram
Show all...
#Rasululloh_moʻjizalari 19-moʻjiza Bir chelak suv daryo boʻlib oqdi Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Safarda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga edik. Ozgina suvi boʻlgan quduq oldida toʻxtadik. Idishni hovuchlab toʻldirish maqsadida quduq tubiga olti kishi navbat bilan tushdik. Men ularning oltinchisi edim. Bizga chelak tushirildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam quduq boshida qoldilar. Biz chelakni yarmi yoki uchdan ikki qismigacha suv bilan toʻldirdik va yuqoriga, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga uzatib yubordik. Men tomogʻimni hoʻllab olish uchun suv idishimga yaqinlashdim, ammo unda suv yoʻq ekan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boyagi idishga qoʻllarini botirdilar va Alloh xohlagan narsalarni aytib, idishni bizga qaytardilar. Men chelakdan suvning daryo boʻlib oqayotganini va quduq ichidagi oxirgi kishi esa choʻkib ketishdan qoʻrqib, kiyimini yechib tortib olishlari uchun yuqoriga uzatayotganini koʻrdim”. Ibn Kasir va Ahmad rivoyati. Isnodi kuchli hadis 6/103–104 hadis. Bu, Hudaybiyadagidan boshqa qissadir. @arroziyuz | Obuna bo'ling va yaqinlaringizga ulashing TelegramYouTubeFacebookInstagram
Show all...
Arroziy.uz

Xorazm viloyati "Imom Faxriddin ar-Roziy" o'rta maxsus islom bilim yurti matbuot xizmati rasmiy Telegram sahifasi. Manzil: Urganch tuman Qoramon qishlog'i, Kattabog' mahallasi, Hamkorlik ko'chasi, 41/1-uy. 🌐 arroziy.uz 📞 (95) 606 92 55

👍 2
00:40
Video unavailableShow in Telegram
#XAYRLI_TONG 🌙 Eng yaqin insonim kirib kelgan “Juma” kuni muborak boʻlsin. 🕌 Yaqinlarimizni tabriklashni unutmang! @arroziyuz | Obuna bo'ling va yaqinlaringizga ulashing TelegramYouTubeFacebookInstagram
Show all...
IMG_5725.MP43.43 MB
✨ Yaqinlaringizni Juma ayyomi bilan tabriklang! arroziy.uz Telegram YouTube Facebook Instagram
Show all...
36:52
Video unavailableShow in Telegram
📹"КАҲФ" сураси 🎙Идрис Абкар Ибн Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ ﷺ: “Ким Каҳф сурасини жума куни ўқиса, қиёмат куни унинг қадами остидан нур чиқиб, осмону фалакни ёритади ва унинг икки жума орасидаги хатолари кечирилади” деганлар. @arroziyuz | Obuna bo'ling va yaqinlaringizga ulashing TelegramYouTubeFacebookInstagram
Show all...
Idris Abkar _ Surah Al Kahf - full سوره الكهف.mp459.26 MB
1
Photo unavailableShow in Telegram
JUMANING SUNNATLARI: 🌼 Juma uchun gʻusl qilish. 🌼 Xushboʻy narsalar surtish. 🌼 Chiroyli kiyimlar kiyish. 🌼 Jumaga viqor va sakina bilan erta borish. 🌼 Juma kuni badanni tozalab, hayʼatni goʻzal qilish. 🌼 Juma kuni Kahf surasini qiroat qilish. 🌼 Juma kuni va kechasi duoni koʻp qilish. 🌼 Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga koʻp salavot aytish. 🌼 Imom birinchi rakʼatda Fotihadan keyin Jumuʼa surasini va ikkinchi rakʼatda Munofiqun surasini qiroat qilish. 🌼 Juma kuni bomdod namozida “Haa miym sajda” va “Hal ataa alalinsani” suralarini qiroat qilish sunnatdir. 🌼 Juma namozining farzidan avval va keyin toʻrt rakʼatdan sunnat namozi oʻqish. 🌼 Jumada mudragan odam boshqa yerga oʻtib olishi. @arroziyuz | Obuna bo'ling va yaqinlaringizga ulashing TelegramYouTubeFacebookInstagram
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.