cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Doctor's Mind 👩‍⚕️

👩‍⚕️Vrach Dildora Karimovaning kitob blogi 📖Bu yerda faqat kitob va kitoblar olami haqida gaplashamiz. Murojaat uchun: @Doc_Dildora instagram.com/doctorsmind_books

Show more
Tajikistan2 115The language is not specifiedBooks14 290
Advertising posts
1 198
Subscribers
-224 hours
-257 days
+230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#taqdimot Virjiniya Vulfning “Shaxsiy xona” kitobi sotuvga chiqqani haqida xabaringiz bor bo’lsa kerak. Ertaga book.uz’da aynan shu kitobning taqdimoti bo’lib o’tadi. Barchangizni shu tadbirga taklif qilib qolaman. Ajoyib davra, maroqli suhbat uchun ideal variant. @doctorsmind📖
Show all...
🔥 2👍 1😍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#yangi_kitoblar Kitobxon insonning yana bir xususiyati shundaki, uyida o’qishga kitoblari yetarli darajada ko’p bo’lsada tinmay kitob sotib olaveradi, chunki yangi kitoblarni sotib olish jarayoni uni mutolaa qilishdanda qiziqarli. Shanba kuni @bookuzbekistan’dan bir nechta yangi kitoblar xarid qildim. Oxirgi vaqtlarda tarixiy mavzudagi kitoblarga qiziqishim ortgan. Bu safar 2 ta tarixiy kitob olibman. “Shaxsiy xona” va “Atrof to’la ahmoqlar” kitoblari esa yaqin kunlarda nashrdan chiqdi. @doctorsmind📖
Show all...
👍 8🔥 1🥰 1😍 1
00:12
Video unavailableShow in Telegram
Yozish baribir yaxshi mashg’ulotda. Fikrlaringizni bitta tizimchaga qator qilib joylashtirasiz, miyada tartibsiz va qalashib yotgan turli xil o’y-hayollarni bir butun qilib umumlashtirasiz. Yozib bo’lgandan keyin esa ajib yengillikni his qilasiz, chunki endi miyadagi fikrlar tartibli va tushunarli holatda. Uni o’qib nafaqat o’zingiz, balkim boshqalar ham fikrlaringizni bemalol tushuna olishadi. @doctorsmind📖
Show all...
IMG_0027.MOV9.43 MB
12👍 3🔥 1😍 1
​​✍️Tara Vestover 📖“Talaba” asari "Biz hammamiz boshqalar aytadigan hikoyalarda bizga tayinlangan rollardan ko'ra murakkabroqmiz." “Talaba” asarini o’qishni boshlashdan avval muallifi ayol kishi bo’lganligi sababli bir ayolning ta’lim olishiga bo’lgan qarshiliklar va bu yo’ldagi qiyinchiliklardan iborat asar deb o’ylagandim, lekin asarni o’qib shuni tushundimki, “Talaba” nafaqat ta’limning naqadar muhimligi haqidagi asar balkim mormon oilalaridagi barcha qarashlar-u odatlar haqida oshkora hikoya qiluvchi kitob. Tashqi olamdan uzilib, faqat o’z qarashlari asosida hayot kechiruvchi mormon oilalarining barcha sirlarini ochiqdan-ochiq ko’rsatib beruvchi hujjat. Kitob avtobiografik asar bo’lib, muallif unda bolaligidan boshlab universitet davrlarigacha bo’lgan oraliqni o’z xotiralari va kundaliklari asosida ifodalab beradi. Taraning otasi hukumatga, ta’lim olishga, tibbiy yordamga mutlaqo qarshi. Farzandlarini maktabga yubormaydi va shunga yarasha uyda ta’lim olishini ham istamaydi. Har qanday og’ir vaziyatlarda ham professional tibbiy yordam olishga qarshi. Meni o’ylantirgani shuki, mana shunday vaziyatda ham oila qadriyatlarini yengib o’tib ta’lim olishga qiziqqan, uni davom ettira olgan, o’z maqsadlari sari dadil qadam qo’ya olgan farzandlar yetishib chiqa olgan. Asar ko’p tomonlari bilan o’zbek oilalaridagi vaziyatlarni ham eslatib yuboradi. Qizlarga ta’lim olishida yoki qaysi sohani tanlashida ko’p hollarda to’siq qo’yiladi. Har doim kelin bo’lib tushadigan xonadoni foydasi uchun kasb tanlashi kerakligi haqida uqtiriladi, qiziqmagan yoki qo’lidan kelmaydigan sohasiga yo’naltiriladi. Bir umr hamroh bo’ladigan kasbni tanlashda ham erkinlikka yo’l berilmaydi. “ Talaba” da esa qiz bola yoki o’g’il bolaning ta’lim olishi deb ajratib o’tirolmaydi. Umuman ta’lim olishga nisbatan qattiq qarshilik mavjud. Avtobiografiyada Tara oilasidagi barcha voqealarni ochiq-oydin so’zlab berishga harakat qiladi, hattoki akalarining zo’ravonliklaridan tortib barcha kundalik voqealarni ipidan ignasigacha ochib beradi. Ayrim o’rinlarda esa boshqa oila a’zolaring xotiralari asosida ham xolis ko’rsatib beradi. “Talaba”ni sabr-bardosh, matonat, kelajakka umid haqidagi asar deb aytishim mumkin. Fikrlari noto’g’ri va o’zgarmas ota-ona va aka-ukalar bilan birgalikda yashash, ularni hech nimaga qaramasdan yaxshi ko’rish, shunday sharoitda ham qo’llab-quvvatlashlarsiz oldinga intila olish, umidsizlikka tushmaslik va boshqalarning barchasi “Talaba”da mujassam. Fikrlarim boshida keltirgan iqtibosim asosida yakunlamoqchiman. Bizning qanday imkoniyatlarga ega ekanligimizni, qo’limizdan nimalar kelishini yaxshi biladigan inson faqat o’zimiz. Shunday ekan, biz uchun hech nima to’siq bo’lmasligi kerak. @doctorsmind📖
Show all...

🔥 4 2👍 1🥰 1
​​Mana kuzning ikki haftasi ham o’tib ketibdi. Man dangasa esa kanalga bu oydagi birinchi postimni yozyapman) Aslida kuz man uchun faollik davri. Issiq, lanjlik-u dangasalik ustunlik qiladigan yoz faslidan so’ng kuz faslida doim har tomonlama faol bo’lishga harakat qilaman. Umuman olganda mutolaa ham kuz bilan bog’liqdek go’yo. Mutolaa deganda ko’z oldimga birinchi bo’lib katta derazaning oldida o’tirib issiqqina qahva bilan sevimli kitobimni o’qish keladi. Tashqarida esa barglar sarg’aygan, shitir-shitir qilib yomg’ir tomchilamoqda. Har yilgi kuz fasli nima uchundir man uchun unumli o’tadi, balkim dangasalik bilan o’tgan yozimdan keyin kuzda faol bo’lishga bor kuchim bilan harakat qilganim uchundir, balkim kuz man tug’ilgan fasl bo’lgani uchun yaxshi o’tishini juda ham istaganim uchundir. Kuzni depressiya, qayg’uga tushish fasli deyishsa hayron bo’laman, to’g’ri bir tomondan yomg’irli kunlarda yig’lasangiz hech kim sezmaydi) lekin rang-barangligi bilan kayfiyatni ko’tarishi ham bor gap. Har doim kitoblar, mutolaa haqida fikrlar miyamda aylanib yuradi, yozgim kelganida yoki juda band bo’laman yoki telefon ushlashga imkoniyat bo’lmaydi. Fikrlarni ular kelganida qoralab qo’ymaslik esa yanayam jahlimni chiqaradi. Xullas, anchadan beri yozmaganim uchun fikrlarim chalkash chiqdi, o’ylaymanki, keyingi postlarimda bu jarayon yaxshilanadi. Aytgancha, kuz siz uchun ham qayg’uga tushish faslimi yoki aksincha? Rasmda oxirgi o’qigan kitobim. @doctorsmind📖
Show all...

👍 5 2🔥 1😍 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 21:00 da Tara Vestoverning "Talaba" kitobi muhokamasi aynan shu kanalda, audiochat shaklida oʻtkaziladi. Kitob oʻzbek tiliga yaqinda tarjima qilinganiga qaramay juda tez yoyildi, oʻqildi. Muhokamada sizga tanish bukblogerlar ishtirok etadi. Shuningdek, kuzatuvchilarning fikrlari ham biz uchun qiziq. Vaqt ajratasiz degan umiddamiz. @kitobdoira
Show all...
🔥 2 1
#tavsiya Yozning issiq kunlari o‘z nihoyasiga yetib, ko‘hna kuz ostonasida turar ekanmiz, kitobsevarlar hamrohi bo‘lmish nuktadon bu faslda sizga bilgi sohiblarining yanada foydaliroq kanallar jamlanmasini tavsiya qilamiz. Barcha kanallarga ulanish uchun bosing!
Show all...
🔥 6🎉 2👍 1 1🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tugatdim🥳🥳🥳 Qattiq qiziqish bilan o'qishni boshlagan kitobimning yarmiga kelganda ishtiyoq so’nib qoldi, lekin baribir sekin bo’lsada marraga yetib keldim) @doctorsmind📖
Show all...
🔥 15 7😍 3🥰 2👍 1🎉 1
Kecha @bookuzbekistan’dan shu yangi kitoblar bilan qaytdim. “Antikvarchi” asari men uchun butunlay yangi asar, ma’lumotga ega emasman, tavakkal olaverdim. “Ishonch telefoni”ning esa nomi yoqib qoldi. O’qib ko’rishga qaror qildim. “Dunyo bo’ylab sakson kun” kitobini esa yangicha muqovasi uchun oldim. Ba’zan ana shunday sarguzasht asar o’qib hozirgi dunyodan uzilib yangicha olamlarga borishni xohlab qolaman. Menimcha, yaxshi tanlovlar qildim. @doctorsmind📖
Show all...
10👍 7🔥 2🥰 2
​​✍️Tadeush Dolenga Mostovich 📖“Tabib” Aslida kinosi orqali bizga yaxshi tanish bo’lgan ushbu asarning kitobi borligidan xabarim yo’q edi. Kino variantini esa telekanallar orqali ko’p marta ko’rganman, gaplari ham yod bo’lib ketgan. Asar mashhur professor jarrohning ayoli tomonidan tashlab ketilish voqealari bilan boshlanadi. Boshqa insonni sevib qolgan professorning ayoli tufayli sakkiz yillik oila barbod bo’ladi. Tabiiyki, professor bu yo’qotishni ko’tara olmaydi. Bilmadim, siz nima deb o’ylaysiz, odatda ko’pchilik erkaklar bunday fojiani qabul qilishga qiynaladilar, tezda ichkilikka beriladilar, hayotlarini tartibga solishga ojizlik qiladilar. Ayollarda esa kelajakka intilish, ishtiyoq va hayotini tartibga solishga bo’lgan ishonch kuchliroq. Asar qahramoni professor Vilchur ham kutilmagan yo’qotish sababli nima qilishni bilmay qoladi, bu esa yo’qotishlar ustidan yana yo’qotishlarga olib keladi. Shu narsa qiziqki, kimligini, qayerdan kelganligini yoddan chiqargan professor o’z kasbi malakalarini esdan chiqarmaydi. Kuchli iste’dodi doimo o’zi bilan birgalikda qoladi, samimiyati ham yo’qolmaydi. Aynan mana shu samimiyati sababli ham necha yillardan keyin o’z hayotiga qaytadi. Yozuvchi asardagi ayrim voqealarni o’z hayotida ham boshdan kechirgan bo’lib, faqat bosh qahramon sifatida iste’dodli jarrohni tanlaydi, va bu bilan eng to’g’ri qarorni qabul qiladi. Yozuvchi ushbu asar orqali taqdir har qanday iste’dodli mashhur jarrohni ham ayamasligini, bugun mashhur va hamma narsaga ega bo’lgan inson ham ertaga qora mehnat orqali kun kechiruvchi yollanma ishchiga aylanib qolishi mumkinligini ko’rsatib bermoqchi bo’ladi. Ya’ni bizni oldinda taqdirning ming bir o’yinlari-yu sinovlari kutib turadi. Har doimgidek, shuni aytishim mumkinki, kitob boshqa olam, kino esa boshqa. Kitob to’liqroq va tushunarliroq. Qahramonlarning ichki kechinmalari ta’sirliroq ochib berilgan. Kitob tarjimasi va tahriri ham yaxshi chiqqan. Kitobni tugatganimga ancha bo’lib qoldi, lekin u haqida yozish istagi hech ham tark etmadi. Mutolaa tugallangan vaqtdagi taassurotlar o’zgacha edi. Shunday kitoblarni o’qib dunyoda shunday samimiy yaxshi insonlar borligiga ishongingiz keladi, yashagingiz keladi. Kinosini ko’rgan bo’lsangiz ham kitobini albatta o’qing! @doctorsmind📖
Show all...

👍 6 6😍 3🔥 1🎉 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.