cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Criminal Justice & Legal Paradigm

Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.

Show more
Advertising posts
340
Subscribers
-224 hours
-47 days
+1530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Huquqiy formalizm huquq [normalari] aniq, hokimiyat kuchiga ega bo’lgan va [barcha uchun] majburiy degan farazni ilgari suradi. Bunday qarashlar, odatda, mahalliy huquq maktablarining davlat va huquq nazariyasi kursi doirasida talabalarga uqtiriladigan standard qarashlardan biri. Ammo, ular reallikda aksincha mujmal, bahsli hamda muayyan madaniy qarashlarni o’rnatuvchi qoidalar tizimidir. Huquq va jamiyat ananasi vakillari, xususan, tanqidiy huquqiy tadqiqotlar guruhi, huquqqa ijtimoiy hayotni tartibga solish uchun emas, balki undan ijtimoiy munosabatlarni yaratish uchun foydalaniluvchi vosita sifatida foydalanilishga urg’u beradi. Tashkilotlar kesimida olib qaralganda, garchi undagi muayyan aktorlar huquqiy kvalifikatsiyaga ega bo’lmasada, ular umumiy huquqiy kategoriyalarni o’z kognitiv xaritalarida muhirlab oladi. Natijada, huquq [normasi] ularning dunyo haqida tassavvurlarini yaratadi. Yuzaki darajada, huquq shaxslar va tashkilotlar uchun ziddiyatli madaniy qarashlarni bartaraf etish uchun tayyor asoslar yaratib beradi. Chuqurroq olib qaraganda, huquq ijtimoiy munosabatlarda mutlaq deb qaraluvchi (taken-for-granted) kategoriyalarni yuzaga keltiradi hamda mazkur tizimni manipulyatsiyalash uchun qator tashkiliy rituallarni o’rnatib beradi. Huquq—aniqroq qilib aytganda, huquqning ijtimoiy konstruksiyalashgan interpretatsiyasi—nima mulk yoki mulk emasligi, kim xodim yoki xodim emasligi yoki nima korporatsiya yoki korporatsiya emasligini belgilaydi. U protsedural jihatdan mulkni qanday transfer qilish, xodimlarni ishga qabul qilish va korporatsiyalarni tashkil etish tartibini shakllantiradi. Yuqoridagi barcha kategoriyalar va protseduralar noaniq va bahsli. Biroq, ularning huquqiy tizimga integratsiyalashtirilishi o’z navbatida ularning mavjudligi, dahldorligi va mazmunini mustahkamlaydi va ‘naturalizatsiyalaydi’. Masalan, 1950-yillarda Qo’shma Shtatlarda qabul qilingan Keller-Kefaver akti (Celler-Kefauver Act monopoliyaga qarshi kurash sohasini tartibga soluvchi akt bo’lib, u o’zidan oldingi Clayton Antirust Act’dagi bir-biri bilan to’g’ridan-to’g’ri raqobatda bo’lmagan firmalarni akvizitsiya qilishdagi bo’shliqlarni oldini olish maqsadida qabul qilingan.) ahamiyati haqida ayrim izohlarda u firmalarni kengaytirishda ‘aniq va bir xil’ amaliyotni shakllantirmoqda degan qarashlar, reallikda aksincha bo’lib chiqqan. Qonundagi huquqiy mavhumlik (legal ambiguity) va ma’muriy siyosat natijasida regulyatorlar firmalarga yo yetarlicha yo‘l-yo‘riq bermagan yoki ularga bajarishning imkoni yo’q talablar qo’ygan, yoki ana shu ikkilikning kombinatsiyasini amalga oshirgani kuzatilgan. Regulyatorlar o’z navbatida keng vakolatlar orqali yuzaga kelgan masalalarni o’z siyosiy preferensiyalariga yoki tashkilotdagi ichki kun tartibiga qarab hal qilgan. Qolaversa, budjet bilan bog’liq imkoniyatlarning cheklanganligi va kuchsiz konsepsiyalashtirilgan komplayens choralari sababli huquqni qo’llash amaliyoti vakillari shunchaki oson aniqlash mumkin bo’lgan komplayns ramzlarining amal qilinishiga urg‘u bergan. Nazorat ostidagi tashkilotlar esa target qilinayotgan sektorda odatda hukm surgan ish jarayonlarini buzilib qolmasligi uchun regulyator ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi ramziy me’zonlarni yaratishda ular bilan o’z ixtiyoriy hamkorlik qilgan. Bu regulyatsion model amalda yuqoridan-pastga qarab yo’naltirilgan majburiy qoidalar jamlanmasi emas, balki pastdan-yuqoriga qarab shakllantirilgan hamkorlik modeli sifatida formatsiya bo‘lishiga olib kelgan. O‘z-o‘zidan regulyatorlar qoidalarni qabul qiluvchi tashkilotlarga majburiyat o’rnatuvchi, ularning harakatlarini cheklovchi qoidalarni yaratmagan, balki nazorat qilinayotgan tashkilotlarning mahalliy qoidalarini institutisionallashtirib bergan. @CJandLP
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Blackstone Chambers barristeri Lord Pannick Qirol maslahatchisi—King’s Counsel, advokatlarga beriladigan eng yuqori unvon—Londondagi xalqaro nizolarni hal etish markazida Manchester City futbol jamoasini reprezentatsiya qilmoqda. P.S.: Lord Pannick odatda mijozlariga soatiga £5,000 yoki haftasiga £400,000 evaziga xizmat ko‘rsatadi. @CJandLP
Show all...
Kriminologiya Rossiya tomonidan muyyan davrlarda kolonial ekspansiya orqali bosib olingan Sharqiy Yevropa, Shimoliy va Markaziy Osiyo hamda Kavkaz mintaqalarida fan sifatida o‘quv dasturlariga kiritilib, hozirda uch dekada post-kolonial davrda ‘Prada sumkasi’ dilemmasini boshdan kechirmoqda deyish mumkin. Uzoq yillar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarida milliy o‘zlik, ijtimoiy harakatlar va fuqarolik jamiyatini tadqiq etgan Laura Adams qiyosiy-tarixiy sotsiologiyani barcha akademik kafedralar egalik qila olish imkoniga ega bo‘lmagan ‘Prada sumkasi’ga o‘xshatgan. Chunki, mazkur tarmoq-osti fan tarmog‘i, asosan, yirik xususiy universitetlar yoki qudratli davlat universitetlari huzurida tashkil etilgan. Zaruriy resurslarga ega bo‘lmagan universitetlar esa klassik sotsiologiya atrofida o‘quv dasturlarini tashkil etib va tadqiqotlar olib borishda davom etgan. @CJandLP
Show all...
👍 2
Neo-kolonialistik va neo-imperialistik g‘oyalar ta’sirida alternativ borliqda yashayotgan, bir necha yil ilgari konstitutsiyasini nollashtirgan mamlakat prokuraturasi endilikda tarixga revizionistik yondashgan holda sovet rejimi repressiyalari qurbonlarini qayta ko‘rib chiqib ularning aksar qismini bekor qilishga kirishibdi. Qiziq tarafi, rus hukumati repressiya qurbonlari bo‘lib oqlangan shaxslar qanday qilib chindan og‘ir jinoyatlarni sodir etganligiga huquqiy baho berish masalasi hukumat portalida e’lon qilingan qonun loyihasida ochiq qoldirilgan. Loyiha matnida agar repressiyadan reabilitatsiya qilingan shaxslar xorijiy mamlakatlar fuqarosi bo‘lgan taqdirda, ularning reabilitatsiyasini bekor qilish haqidagi qaror rus TIV kanallari orqali o‘sha mamlakatga topshirishi nazarda tutilgan. Shunday qilib tarixiy haqiqatni tiklashga urinayotgan rus kleptokratik avtokratiyasi sovet rejimi ommaviy repressiya amalga oshirganini inkor qilmoqchi. Xususan, bu inkor oldingi rejimning ‘sinfiy dushman’larga qarshi repressiyalari, kollektivlashtirish bilan bog‘liq zo‘ravonliklar, sun’iy ochlik yuzaga keltirilganligi, GULAG muassalarida millionlab mahkumlar saqlanganligi va ularning ayovsiz ekspulatatsiya qilinganligi, deportatsiya qilingan xalqlar bilan bog‘liq qilmishlarini rad etishdan iborat. @CJandLP
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Nyu Yorkdagi Kolumbiya universitetida yangi akdemik yil boshlanibdi. @CJandLP
Show all...
Nimaga Qo‘shma Shtatlar aholisi ulkan va bahaybat avtomobillardan ko‘p foydalanadi? Qanday qilib odamlarda katta avto-ulovga bo‘lgan preferensiyalar shakllangan? Bu preferensiya tabiiy ravishda paydo bo‘lganmi yoki uni boshqa tashqi faktorlar izohlab beradimi? Huquq va jamiyat ananasi tadqiqotlari korporatsiyalarning huquq normalariga va aksincha, huquq normalarining korporatsiyalar xulq-atvoriga ta’sir qilishi haqida qarashlarni ilgari suradi. Shtatlarda katta hajmli avtomobillar aholining tabiiy tanlovi orqali emas, balki avto-korporatsiyalarning muvaffaqiyatli lobbi kompaniyalari hamda mavjud huquqiy regulyatsiyalarni ustamonlik bilan (biroq, bunday harakatlar etik jihatdan savollar paydo qiladi) manipulyatsiya qilishi ortidan shakllangan. Bu jarayonning boshlanishi 1975-yilda Federal Kongress o‘rtacha avtomobil yoqilg‘i samaradorligini bir dekada ichida ikki karra oshirib, har bir gallon uchun 27.5 mil minimum masofa belgilab beruvchi qonun loyihasini (Bill) qabul qilgan davrdan boshlangan. Afsuski, qonun faqatgina bir necha yil kutilganidek ishlagan. 1980-1985-yillar oralig‘ida qonunda belgilangan minimum talab darajasiga erishilgach, kelgusi ikki dekada davr mobaynida yoqilg‘i samaradorligi salbiy ko‘rsatkichga qarab harakatlanib borgan. Xo‘sh, qisqa muvaffaqiyatdan so‘ng bo‘y cho‘zgan muvaffaqiyatsizlikning sabablari nima edi? 1975-yilgi qonun barcha avtomobillarni yoqilg‘i samarador qilishni ko‘zlagan edi, ammo avto ishlab chiqaruvchilar lobbi orqali qonun loyihasining matniga jiddiy o‘zgartirish kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Unga ko‘ra, qonun bilan yengil avtomobillar yoqilg‘i samaradorligi tartibga solinishi, traklar (yuk mashinalari) nazorati esa regulyator tomonidan ichki tartibda belgilangan normalar — ya’ni Transport departamenti qonunosti hujjatlari bilan taribga solinishi nazarda tutilgan. Bundan ko‘zlagan maqsad, topdingiz, regulyator belgilagan qoidalarga juda tez va oson o‘zgartirish kiritishdan iborat. Jamoatchilik nazoratidan chetda, avto ishlab chiqaruvchilar traklar uchun belgilangan atrof-muhit zararlanishi hamda xavsizlik qoidalarini zaiflashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Ular regulyatorlarni trak deb ‘avtomobil yo‘llardan tashqarida harakatlana oluvchi avtomobil’ degan ta’rifni kiritishga ko‘ndirgan. Natijada, ular tomonidan ishlab chiqiluvchi SUV (Sports Utility Vehicle) sportga ixtisoslashgan avtomobil modellari ana shu regulyatsion bo‘shliqqa to‘g‘ri keluvchi transport vositasiga aylanib qolgan. Ishlab chiqaruvchi uchun qattiq regulyatsiyalanuvchi yengil rusumli avtomobil ishlab chiqarishdan ko’ra yuqoridagi kategoriyadagi avtomobillarni ishlab chiqarish kam xarajat talab etgan. O’z-o’zidan 1990-yillardan Ford va boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan birin-ketin aholiga notekis yo’llarda yurishga ixtisoslashgan, garchi ularning aksarida unday real ehtiyoj bo’lmasada, ulkan mashinalar agressiv ravishda marketing qilina boshlangan. Yuzaga kelgan qonunchilikdagi bo‘shliqni—SUV loophole—yopishga bir qator imkoniyat bo‘lgan bo‘lsada, avtomobil ishlab chiqaruvchilarining kuchli qarshiligi tufayli hozircha ushbu regulyatsiyalar ana shu shaklda saqlanib kelmoqda. @CJandLP
Show all...
🔥 1
Nemis mutafakkiri Nietzsche o‘tmish va muayyan narsa, hodisa, jarayon yoki shaxslarni ta’riflash imkoniyati haqida e’tiborga sazovor qarashni ilgari surgan. Barcha narsalar, hattoki so‘zlar ham, tarixga ega. Til vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishga uchraydi. U har bir so‘z o‘z etimologiyasini o‘zida qamrab olishi, ana shu so‘zlarni tariflashga bo‘lgan har qanday urinish o‘sha so‘zlar tarixining bir qismi yo‘qoladi deb hisoblagan. Muayyan narsa, hodisa yoki jarayonni ta’riflash, uning fikricha, unga o‘zgarmas mazmun berishi lozim. Shu sababli, Nietzsche’ga ko‘ra ‘faqat tarixga ega bo‘lmagan narsa, hodisa, jarayonlarni tariflash mumkin’. Muxtasar qilib aytganda, u ta’riflashdan ham ko‘ra narsa, hodisa yoki jarayonlar atrofidagi kontekst muhimroq deb hisoblagan. @CJandLP
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Jinoiy adliya institutlari aktorlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari bilan bo’lgan munosabatlari dinamikasi zamon va makonda o’zgarib turadi. Ushbu havolada tuman prokurorlaridan biri o’zining hokim bilan munosabatlarini ta’riflashga uringan. Intervyu havolasi 2008-yilda chop etilgan ilmiy tadqiqot ishidan olingan. @CJandLP
Show all...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Qo‘shma Shtatlarning hattoki eng progressiv ikki shtati bo‘lgan Kaliforniya va Illinois shtatlaridagi qamoq indeksi repressiv avtoritar rejimlardagi indeksdan ham ancha yuqoriroq. 1980-yillarda global iqtisodiy siyosatdagi o‘zgarishlar farovonlik bilan bog‘liq dasturlarning bekor bo‘lishiga, huquq va tartibot siyosiy retorikasi orqali jazolarni qattiqlashuvi va muddatlarning uzayishi, jinoiy adliya sektoriga xususiy korporatsiyalarning kirib kelishi mass-inkarseratsiya (ommaviy qamoq) nomli ana shunday og‘ir ijtimoiy yukni yaratdi. @CJandLP
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Til shunchaki muloqot vositasi emas, balki shunday kuch vositasi hamki, u orqali shaxslar o‘z manfaatlariga erishish va qobiliyatini ko‘rsatishga harakat qiladi. Shaxs foydalanayotgan til uning ijtimoiy maydondagi o‘rnini aniqlab beradi. Lingvistik muloqot ana shu ishtirokchilarning ijtimoiy maydondagi pozitsiyalarini va tushunish kategoriyalarini mos ravishda ifodalab beradi. Shu sababli, u jamiyatning obyektiv ijtimoiy strukturalarini qayta yaratadi. Bu o‘z navbatida kimning qay darajada ‘eshitilish’, to‘xtatib turish, savollar berish, ma’ruza qilish huquqi borligini aniqlab beradi. @CJandLP
Show all...
🔥 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.