cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI

Veb-sayt: www.uzmmsi.uz Instagram: www.instagram.com/uzmmsi_official YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCjBgoJxBRFXIqdqkKSVjjqQ ©️ Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI Matbuot xizmati

Show more
Advertising posts
2 437
Subscribers
-524 hours
-67 days
-3430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

⚡️ Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI rektori v.v.b. Eldor Uralovich Shermanov talabalar bilan uchrashdi 🔺"Bir bo'lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz" shiori ostida bugun Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti rektori v.v.b Eldor Shermanov, 2-kurs talabalari bilan uchrashdi. O'tkazilgan uchrashuvda fakultet dekani Nabijon Qodirov hamda tyutor Jasurbek Sattorov ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida "Aziz talabalar qisqa vaqt ichida dunyoni sizlar bilan birgalikda zabt etamiz. Shuningdek, o'z sohangizda iste'dodingizni yanada namoyon etsangiz, barchangizni rag'batlantiramiz. Har bir iqtidorli talabalarga bittadan SMM xodimlarini biriktiramiz, sizdan talab etiladigan yagona narsa esa ta'limga bo'lgan hurmat va e'tiboringizdir. Shunday ekan, o'z iqtidoringizni, iste'dodingizni ko'rsating, davr sizniki, zamon sizniki, zo'rdan zo'r bo'ladi shiori ostida harakat qiling, Xudo xohlasa sizlar bilan katta marralarni, dunyo arenalarini birgalikda zabt etamiz, — dedi, Eldor Uralovich.
🤔 Shuningdek, talabalar turli savol va takliflarini bildirib o'tdi. Muloqot chog‘ida institut ichki tartib qoidalari, kiyinish madaniyati haqida sо‘z bordi. Talabalarning dars jarayonidagi ishtiroki, odob-axloq masalalariga e’tibor qaratildi. Bо‘lib о‘tgan muloqot chog‘ida talabalarning takliflari eshitildi. Kelgusidagi rejalari va tashabbuslari bilan tanishildi. Qolaversa, talabalarni ruhlantirish maqsadida, aprel oyida "New voice" loyihasi amalga oshirilishi haqida so'z yuritildi. 💬 Talabalar o'rtasida sport musobaqalarini tashkil etish, ijodiy qiziqishlarning ahamiyati haqidagi takliflarni bildirgan talabalar rektor tomonidan yaxshi qabul qilindi va barcha talabalar uchun o'qituvchilar biriktirilishi haqida ta'kidlandi. Samimiy ruhda o'tkazilgan uchrashuv barcha talabalarning ertangi kuni uchun mativatsiya bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Show all...
👍 5🔥 1👏 1
⚡️ Eldor Shermanov dars jarayonlari bilan tanishdi 🎚 Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori v.b Eldor Shermanov boshchiligidagi rahbariyat vakillari dars mashg‘ulotlari bilan tanishib, talabalar bilan uchrashdi. Bo‘lib o‘tgan muloqotda talabalarga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish, institut moddiy-texnik bazasini asrab-avaylash, o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlarida qatnashish haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, yakka va ansambl mashg‘ulotlarida talabalarning ijro namunalarini tinglab, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Mavjud ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va vazifalar berildi. 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Show all...
👍 8👏 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati
💡Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo'lib amalsiz bo'lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta'sir ko'rsatadi.
✍️ Abdulla Avloniy 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Show all...
5👏 5👍 4
01:07
Video unavailableShow in Telegram
🎭Marg’ilon shahar musiqali maqom teatri faoliyati bilan yaqindan tanishildi 🏛 Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori v.b Eldor Shermanov hududlardagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 17-18-sentyabr kunlari Farg‘ona shahrida xizmat safari bilan bo‘lganligi haqida xabar bergan edik. Navbatdagi manzil, Marg'ilon shahar musiqali maqom teatri bo'lib, u yerda bir qator mutaxassislar bilan davra suhbati oʻtkazildi. Suhbat davomida tizimdagi dolzarb muammolar, soha rivoji uchun xizmat qiluvchi takliflar haqida soʻz bordi. 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Show all...
2(Full HD).mp430.47 MB
4👏 2👍 1🔥 1🎉 1💯 1
01:10
Video unavailableShow in Telegram
#Xizmat_safari #Farg'ona 🏛 Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori v.b Eldor Shermanov hududlardagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 17-18-sentyabr kunlari Farg‘ona shahrida xizmat safari bilan bo‘lganligi haqida xabar bergan edik. Safar davomida Farg'ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab internatida bo'lib, ta'lim tizimi, maktab internatining moddiy-texnik bazasi, o’quv adabiyotlari, o'quvchilarning ijro mahoratlari kabi muhim masalalarda o'zaro fikr almashildi. 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Show all...
1(Full HD).mp434.22 MB
👍 6 1🔥 1👏 1🎉 1💯 1
🎶 Farg’onada Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika ko’rik-tanlovi o’tkazildi ⚡️ Avvalroq “Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov” nomidagi yosh ijrochilar respublika ko’rik-tanlovi o’tkazilgani haqida e’lon qilingan edi. 17-sentyabr kuni Farg'onada “Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov” nomidagi yosh ijrochilar respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Bugun, 18-sentyabr kuni esa ushbu ko‘rik-tanlov g‘oliblarini Farg’ona viloyati teatr va konsert san’at saroyida tantanali taqdirlash marosimi o’tkazildi. Uning g’olib va sovrindorlari ro’yxatida Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti bitiruvchilarining ham ko’pligi institut jamoasini behad shod etdi. Shuningdek, taqdirlash marosimi ketidan O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansamblining konsert dasturi ham namoyish etildi. 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Show all...
👍 8🔥 3👏 3🎉 3
#LIVE🔴 #Xushxabar🎆 🥉 Ayni damda Farg‘ona viloyati Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyida "Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov" nomidagi yosh ijrochilar respublika tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda. Ushbu tanlovda Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti Professional ta’lim fakulteti Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Salohiddin Abdufattoyev faxrli 3-o’ringa sazovor bo’ldi. 💐 Institut jamoasi nomidan vakilimizni mazkur muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz. 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Show all...
👏 9👍 3 2🔥 2🎉 1💯 1
00:40
Video unavailableShow in Telegram
video.mp45.08 MB
👍 9 3🔥 2👏 2🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Live #Farg‘ona #Taqdirlash_marosimi ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ ⚡️ Ayni vaqtda Islom Karimov nomidagi Farg'ona viloyat teatr va konsert saroyida Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi respublika tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Show all...
5👍 2🔥 1👏 1🎉 1
#Tanlov #Maqom ⚡️ Avvalroq Madaniyat vazirligi, O'zbek milliy maqom san'ati markazi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda Farg‘ona viloyati hokmligi bilan hamkorlikda “Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov” nomidagi yosh ijrochilar respublika ko’rik-tanlovi haqida e’lon qilingan edi. 17-sentyabr kuni Farg'onada “Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov” nomidagi yosh ijrochilar respublika ko‘rik-tanlovining nomzodlarini saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda Respublikamizning turli hududlaridan 70 dan ziyod professional hamda havaskor xonanda va sozanda ijrochilar ishtirok etishdi. Bugun, 18-sentyabr kuni soat 18:00da ko‘rik-tanlov g‘oliblari tantanali ravishda e’lon qilinadi va maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansamblining konsert dasturi namoyish etiladi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
👍 3 1
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.