cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali 📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press ☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70 🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov kõchasi, 29 uy 📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot

Show more
Advertising posts
6 724
Subscribers
-824 hours
-667 days
-24330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

📣Bugun 2024-yil 19-sentabr kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida"Kasbiy rivojlantirish kuni" va "Kasbiy rivojlantirish soati" tadbirlarining birinchi boskich seminar-treninglari davom ettirilmoqda. ❇️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyrug'ida ko'zda tutilgan maqsadlarning mazmun-mohiyati asosida aniq fanlar yoʻnalishida master-trener va mentor-oʻqituvchilar uchun oʻquv jarayonlariga boshlandi. ❇️Ushbu seminar-treningda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy Instituti mas’ul xodimi va Xorazm viloyat pedagogik mahorat markazining 4 nafar koordinatorlari, 4 nafar aniq fanlar master- trenerlari, 22 nafar mentor oʻqituvchilar ishtirok etmoqdlar.
Show all...
👍 2
Repost from N/a
00:24
Video unavailableShow in Telegram
Ikki hafta tanaffusdan keyin yana #KHISO_OLIMPIADA si
📆 Yakshanba 22-sentabr kuni soat 9:00 da Urganch shahrida KHISO olimpiada maktabi tomonidan 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun o‘quv yilidagi navbatdagi oflayn olimpiada o‘tkaziladi! 📌 1-2-3-4 sinf o‘quvchilari uchun "Mantiqiy matematika" yo‘nalishida, 5-6-7-8 sinf o‘quvchilari uchun "Hokim olimpiadasi" standartidagi "MATEMATIKA+KOMBINATORIKA" yo‘nalishida va 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Respublika olimpiadasi standartidagi topshiriqlar beriladi. Savollar: O‘zbek🇺🇿 va rus🇷🇺 tillarida 📘 Har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etiladi. 🏅 G‘oliblar medallar va olimpiada maktabimizning onlayn darslari uchun grantlar bilan taqdirlanadi. ✍️ QOIDALAR va RO‘YXATDAN O‘TISH: ➡️ HAVOLA 📍 Olimpiada Urganch shahridagi 6-son maktabda o‘tkaziladi. Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 21-sentabr kuni soat 16:00 da yakunlanadi! 🚀 Olimpiadaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashing. 🇺🇿 ning Xorazmdagi rasmiy kanali: 👉 @khiso_khorezm
Show all...
IMG_3195.MOV6.80 MB
👍 1
Show comments
12:40
Video unavailableShow in Telegram
Xorijlik mutaxassislar “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvi mehmoni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Urganch shahar 5-sonli va 28-sonli maktablarga jalb qilingan xorijlik mutaxassislar ko‘rsatuv mehmoni bo‘lishdi
Show all...
тв.mp4433.02 MB
#Qabul_2024_2025 📣 Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul davom etadi! Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qish istagida bo‘lganlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratildi. ✔️ Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarida "Yurisprudensiya" yo'nalishida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 25-sentabrga qadar my.uzbmb.uz saytida yuridik texnikumlarni tanlashi mumkin.
Bunda, abituriyentlar tomonidan ta’lim tilini o‘zgartirgan holda tanlovda ishtirok etishi mumkin
✔️ Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan уоki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq Yuridik texnikumlarda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar 2024-yil 25-sentabrga qadar Yuridik texnikumlarga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Ushbu fuqarolar Oliy ta’lim, fаn vа innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan yozma imtihоnlаr natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin
Show all...
02:07
Video unavailableShow in Telegram
👫 Asosiy maqsad — bolalarning xavfsizligini taʼminlash Urganch shahridagi 18-son maktabgacha taʼlim tashkilotida "Svetofor olamiga sayohat " nomi ostida tashkil etilgan mashg‘ulotda Xorazm viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari ham bevosita qatnashdilar. ——— Урганч шаҳридаги 18-сон мактабгача таълим ташкилотида "Светофор оламига саёҳат " номи остида ташкил этилган машғулотда Хоразм вилояти ИИБ ЙҲХБ масъул ходимлари ҳам бевосита қатнашдилар. 👉🏻 Xorazm viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Show all...
18 Bog'cha.mp441.36 MB
👍 1
03:46
Video unavailableShow in Telegram
Umrining 50 yilini ta’lim sohasiga bag‘ishlagan fidoyi ustoz Toxir Rasulov bugungi kunda Urganch tumanidagi 12-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix va huquq fanidan dars berib kelmoqda. Asli Toshkent shahrida tug‘ilgan ustoz Xorazm viloyatiga kelib, umrining deyarlik yarmini ta’lim sohasiga bag‘ishladi. Ustoz mehnatsevar, fidoyi va jonkuyar inson sifatida hamkasblari, shogirdlari va mahalla ahli o‘rtasida hurmat qozongan. Maktab jamoasida yosh pedagog xodimlarga o‘zining bilimi, tajribasi bilan ustozlik qilib kelmoqda. Uning ta’lim va tarbiyasini olgan shogirdlari bugungi kunda nufuzli lavozimlarda faoliyat olib bormoqdalar. AZIZ USTOZ! BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Show all...
FIDOIY USTOZ FAOLIYATI.mp437.28 MB
👍 6
YANGIBOZOR TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI BOSHLIG'INING SAYYOR QABULI BO'LIB O'TDI Yangibozor tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i Gulshod Abdirimovaning sayyor qabuli Hamdo‘stlik mahallasida o‘tkazildi. Bo‘lim boshlig‘ining sayyor qabulida murojaatchilar o‘zlarining muammo va takliflari bilan ishtirok qildilar. Jumladan, Hamdo‘stlik mahallasida joylashgan 16-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida kurash sport to‘garagi tashkil qilish, mahallaga yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti qurish, o‘quvchilar uchun ichimlik suvi tashkil qilish kabi ondan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Fuqarolarning ko‘plab murojaatlari ijobiy hal qilindi, ayrim murojaatlarning ijrosi uchun muddat belgilandi.
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Imo-ishora tilining eng yaxshi tarjimonlari aniqlandi ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda O‘zbekiston karlar jamiyati hamkorligida “Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad — kasbiy mahorati yuqori, ilg‘or, ijodkor, tashabbuskor, fidoyi tarjimonlarni aniqlash, samarali natijalarga erishayotgan tarjimonlarni ish tajribalarini ommalashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, jamiyatda surdotarjimonlik kasbini nufuzini yanada oshirishdan iborat.
Tanlov yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda pul mukofoti ko‘rinishidagi sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Таълимда_ислоҳотлар O‘quvchilarning bilimlari sun'iy intellektga asoslangan platforma orqali baholanadi 🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Singapur ta’lim tashkiloti hamkorligida o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan bilimlarini sun’iy intellektga asoslangan Cerebry platformasi orqali baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu platformadan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar kompyuter, planshet yordamida istalgan joyda turib foydalanishlari mumkin.
Platforma sun’iy intellektga (AI) asoslangan bo‘lib, unda berilayotgan savollar o‘quvchilarning bilimiga moslashuvchan hisoblanadi. O‘qituvchilar ham platforma orqali o‘quvchilarga topshiriqlar beradilar va natijalarni monitoring qilishlari mumkin.
Ushbu platformadan barcha maktab o‘quvchilari foydalanishlari va natijalarni tahlil qilishlari mumkin. Buning uchun tizimda royxatdan otish talab etiladi. Topshiriqlar ozbek, rus va ingliz tillarida joylashtirilgan. 🔴 Ayni damda Respublikamizdagi maktablar o'quvchilari hamda ustozlarning https://www.cerebry.co/ platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
Xorazm viloyati Gurlan tumani 30-umumiy o‘rta ra’lim maktabida “Teatr- bu ibratxonadir” mavzusida teatr haftaligi o‘tkazildi. Tadbirda 1-4-sinf o‘quvchilari milliy ertak qahramonlarini sahnalashtirib, qahramonlari obrazlarini yaratishdi. 5-8-sinf o‘quvchilari esa zamonaviy adiblarning badiiy asarlaridan parchalar sahnalashtirdilar. 9-11-sinf o‘quvchilari “Turon” maktab teatri jamoasi tomonidan mumtoz adabiyot namunalaridan sahna koʻrinishlari namoyishi uyushtildi.
Show all...
👍 3
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.