cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati

Sariosiyo tumani hokimligining rasmiy kanali Web site: http://sariosiyo.uz/ Elektron pochta: [email protected] Ishonch telefoni: +998 (76) 487-64-44, 1088 Yuridik manzili: Sariosiyo tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasi 1-uy.

Show more
Advertising posts
6 798
Subscribers
+1524 hours
+677 days
+17030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 11-sentabr kuni mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi belgilanib, barcha darajadagi mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Bugun, Sariosiyo tumani hokimi, 1-sektor rahbari Abduqodir Donayev tomonidan sektor hududida joylashgan Yangihayot mahallasidan biriktirilgan xonadonlarda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha berilgan topshiriqqa ko‘ra, savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish davomida, turmush sharoiti og‘ir oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, aholi qatlami daromadini yanada oshirish, mahalla hududidagi tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha, mahalla yettiligi va mahalla fuqarolariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shu bilan birgalikda kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Show all...
👍 2 1
Саида Мирзиёева:
Бугун Туркия Республикасининг Ўзбекистондаги элчиси Олган Бекар билан учрашдик. Мулоқот давомида мамлакатларимиз ўртасидаги ҳамкорликни янада кенгайтириш, жумладан, таълим, маданият ва кинематография соҳаларида қўшма лойиҳаларни амалга ошириш масалаларини муҳокама қилдик.
🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Show all...
👍 2
🦅Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi ✍️ Sariosiyo tuman hokimligida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda Sariosiyo tuman hokimligi apparat xodimlari, tashkilot va idora rahbar va xodimlari ishtirok etdi. 🗣 Siyosiy-ma’rifat soatida  yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan  normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Show all...
Novosibirsk viloyati delegatsiyasining Surxondaryoga tashrifi yakunlandi Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning taklifiga binoan viloyatimizga kelgan Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrifini yakunlab, Rossiya Federatsiyasiga qaytib ketdi. Martabali mehmonni Termiz xalqaro aeroportidan viloyatimiz rahbari kuzatib qo‘ydi. |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Show all...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 36 kun qoldi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Show all...
02:38
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik aloqalari birodarlik va do‘stlik rishtalari bilan mustahkamlanmoqda Vohamizga amaliy tashrif bilan kelgan Novosibirsk delegatsiyasi Jarqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida ishlab chiqarish obyektlari, yirik loyihalar hamda turizm maskanlari bilan tanishdi. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Show all...
C5237_3~3.mp437.35 MB
👍 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_tavsiyasi 📝 Hayotingizdagi barcha narsalar sizga nimadandir saboq beradi: 🔹 Soxta munosabatlar sizga - o‘zingizni hurmat qilishni o‘rgatadi; 🔹 Muammoli odamlar sizga - odamlar bilan masofa saqlash kerakligini o‘rgatadi; 🔹 Xavotirlanish sizni - harakat qilishga undaydi; 🔹 Salomatlikning yomonlashishi - o‘zingizni asrashingiz kerakligini o‘rgatadi; 🔹 Stresslar sizni - yanada moslashuvchan bo‘lishga o‘rgatadi; 🔹 Yo‘qotishlar esa sizga - bor narsalarni qadrlash kerakligini o‘rgatadi. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Show all...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Konstitutsiyani o‘rganamiz! IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar 50-modda. Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi. 🇺🇿 Bizni kuzatishda davom eting. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun, Juma 20-sentabr Surxondaryo, Sariosiyo tumani 📆 10-sentabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot 8:02 GMT+05:00 holatiga 🌤 17°...32°, Ochiq havo Hozir:  21, ↗️ 2.0 m/s Tong: 🌤 17° Kun: 🌤 32° Oqshom:🌤 19° Namlik: 48% Shamol: G'arbiy, 3 m/s Bosim: 1016.3 mb. Quyosh chiqishi: 06:14 Quyosh botishi: 18:28 Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Show all...
👍 1
Repost from N/a
🗳 Сурхондарёда Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатлигига номзодлар рўйхатга олинди Бугун Сурхондарё вилояти ҳудудий сайлов комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди. Комиссия раиси З.Алимардонова бошқариб борган йиғилишда Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатлигига сиёсий партиялардан кўрсатилган номзодларни рўйхатга олиш ҳамда сайлов кампанияси даврида сиёсий партиялар ва депутатликка номзодларнинг сайловолди ташвиқоти тўғрисидаги масалалар кўриб чиқилди. Таъкидланганидек, Халқ депутатлари вилоят Кенгашидаги 50 та сайлов округига бешта сиёсий партиянинг ҳар биридан бир нафардан, жами 250 нафар номзод тўғрисдаги аризалар “е-сайлов” тизими орқали комиссияга юборилган. Номзодларнинг 42 фоизи хотин-қизлардир. Йиғилишда партиялар томонидан кўрсатилган ушбу номзодларни халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатлигига номзод сифатида рўйхатга олиш тўғрисида қарор қабул қилинди. Рўйхатга олинган номзодлар ҳақидаги маълумотлар расмий веб-сайт ва маҳаллий матбуотда эълон қилинади. Шунингдек, йиғилишда Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутати сайловида иштирок этувчи сиёсий партиялар ва депутатликка номзодларнинг сайловолди ташвиқоти жорий йилнинг 22 сентябридан бошланиши ҳамда мазкур жараён сайлов куни ва овоз беришга бир кун қолганида тўхтатилиши маълум қилинди. Сайловолди ташвиқот даврида сиёсий партиялар ва депутатликка номзодларга Сурхондарё вилояти телевидениесида ҳажмига кўра бир хил бўлган эфир вақти ҳамда “Сурхон тонги” ва “Заря Сурхана” газеталарида бир хил нашр майдони бепул ажратилиб, тенг шароитлар таъминланади. 📍 https://t.me/Surxondaryo_HSK
Show all...
👍 7
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.