cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Termiz tumani hokimligi

Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali Veb sayt: www.tertu.uz Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi Twitter: @TermizX Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot

Show more
Advertising posts
2 110
Subscribers
-124 hours
-127 days
-1130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi hamda delegatsiya ishtirokida hududdagi «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gullar qo‘ydi. Shundan so‘ng, Novosibirsk viloyati delegatsiyasi a’zolari “Shon-sharaf muzeyi” ko‘rgazmasini ham tomosha qildi. Bu bog'ning asosiy paviloni bo'lib, bu yerda Ikkinchi jahon urushi tarixi, o'zbek xalqining fashistik bosqinchilarga qarshi kurashdagi qo'shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi ko'plab materiallar va eksponatlar o‘rin olgan. Yodgorlik majmuasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab bunyod etilgan. G‘alaba bog‘i har biri alohida mavzuga ega bo‘lgan ikki qismdan iborat bo'lib, birinchisida o‘zbekistonliklarning janglardagi ishtirokidan lavhalar, ikkinchisida front ortidagi respublikamiz hayoti aks etgan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
👍 1
01:48
Video unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон туризм имкониятлари Франциянинг «IFTM-Top Resa» кўргазмасида тақдим этилмоқдаTourism opportunities of Uzbekistan are presented at the exhibition "IFTM Top Resa" in France Туристические возможности Узбекистана представлены на выставке «IFTM-Top Resa» во Франции 🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Show all...
Parij_2.mp417.19 MB
Termiz tumanida “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi Termiz tumani prokuraturasi tashabbusi bilan aholi bandligini ta’minlash, ishsiz yoshlarni ishli qilish maqsadida tuman kasb-hunar maktabida “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Tadbirda tuman prokurori Akmal Xalikov ishtirok etib, fuqarolar, xususan, yoshlar bilan suhbatlashdi. Ularga maqbul ish o‘rinlarini tanlash va bandlik masalalarida o‘zining zarur tavsiyalarini berdi. Tadbirda o‘zining mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar ishtirok etdi. Shu yerning o‘zida o‘zlari uchun ma’qul ish o‘rinlarini tanlagan fuqarolarga mas’ullar tomonidan yo‘llanmalar berildi. Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlarni doimiy o‘tkazib borilishi bildirildi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Show all...
👍 3
Саида Мирзиёева:
Бугун Туркия Республикасининг Ўзбекистондаги элчиси Олган Бекар билан учрашдик. Мулоқот давомида мамлакатларимиз ўртасидаги ҳамкорликни янада кенгайтириш, жумладан, таълим, маданият ва кинематография соҳаларида қўшма лойиҳаларни амалга ошириш масалаларини муҳокама қилдик.
🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Show all...
Siyosiy-ma’rifat soati | Davlat fuqarolik xizmati qadriyatlari Davlat xizmatchilari uchun muhim bo‘lgan siyosiy-ma’rifiy bilimlarni oshirib borish, O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan xabardor qilish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotining joriy hafta uchun belgilangan soni namoyish etildi. Bugungi o‘quv soatida Termiz tumani hokimligi apparati xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, Davlat fuqarolik xizmati qadriyatlari mavzusidagi videolavha hamda “Mahalladan gapiramiz” va “Mutolaa vaqti” ruknlarini kuzitib borishdi. Mazkur o‘quvning to‘liq shaklini Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Show all...
Novosibirsk viloyati delegatsiyasining Surxondaryoga tashrifi yakunlandi Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning taklifiga binoan viloyatimizga kelgan Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrifini yakunlab, Rossiya Federatsiyasiga qaytib ketdi. Martabali mehmonni Termiz xalqaro aeroportidan viloyatimiz rahbari kuzatib qo‘ydi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
👍 1
Repost from N/a
🗳 Сурхондарёда Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатлигига номзодлар рўйхатга олинди Бугун Сурхондарё вилояти ҳудудий сайлов комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди. Комиссия раиси З.Алимардонова бошқариб борган йиғилишда Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатлигига сиёсий партиялардан кўрсатилган номзодларни рўйхатга олиш ҳамда сайлов кампанияси даврида сиёсий партиялар ва депутатликка номзодларнинг сайловолди ташвиқоти тўғрисидаги масалалар кўриб чиқилди. Таъкидланганидек, Халқ депутатлари вилоят Кенгашидаги 50 та сайлов округига бешта сиёсий партиянинг ҳар биридан бир нафардан, жами 250 нафар номзод тўғрисдаги аризалар “е-сайлов” тизими орқали комиссияга юборилган. Номзодларнинг 42 фоизи хотин-қизлардир. Йиғилишда партиялар томонидан кўрсатилган ушбу номзодларни халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатлигига номзод сифатида рўйхатга олиш тўғрисида қарор қабул қилинди. Рўйхатга олинган номзодлар ҳақидаги маълумотлар расмий веб-сайт ва маҳаллий матбуотда эълон қилинади. Шунингдек, йиғилишда Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутати сайловида иштирок этувчи сиёсий партиялар ва депутатликка номзодларнинг сайловолди ташвиқоти жорий йилнинг 22 сентябридан бошланиши ҳамда мазкур жараён сайлов куни ва овоз беришга бир кун қолганида тўхтатилиши маълум қилинди. Сайловолди ташвиқот даврида сиёсий партиялар ва депутатликка номзодларга Сурхондарё вилояти телевидениесида ҳажмига кўра бир хил бўлган эфир вақти ҳамда “Сурхон тонги” ва “Заря Сурхана” газеталарида бир хил нашр майдони бепул ажратилиб, тенг шароитлар таъминланади. 📍 https://t.me/Surxondaryo_HSK
Show all...
👍 1
00:37
Video unavailableShow in Telegram
📹 Novosibirsk gubernatori Termizda mahsulotlarni quritish va muzlatish korxonasi, logistika markazi hamda arxeologiya muzeyi bilan tanishdi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
IMG_2258.MOV28.78 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Mahalla yoshlari uchun ajoyib imkoniyat! Joriy yilning sentabr-oktabr oylari davomida mahalla yoshlari o‘rtasida “Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir!” shiori ostida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqalari o‘tkaziladi. Hozirda musobaqada qatnashuvchi 8 nafar (6 nafar o‘g‘il, 2 nafar qiz) a’zodan iborat “Mahalla terma jamoalari”ni shakllantirish ishlari davom etmoqda. Musobaqalarda ishtirok etish uchun shahar-tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlariga, biriktirilgan ofitserlarga yoki yoshlar yetakchisiga murojaat qilish mumkin. Arizalar joriy yilning 20-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi. G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Aziz yoshlar, fursatni boy bermang, o‘z mahallangiz sharafini himoya qiling, musobaqalarda faol qatnashing va g‘olib bo‘ling! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
DIQQAT E’LON❗️ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ""Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi" tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2023-yil 24-noyabrdagi 620-son qaroriga asosan yongʻin 2024-yil oktabr–dekabr oylarida tanlov oʻtkaziladi. 🔹 tanlov yongʻin chiqish xavfi boʻyicha 1-guruhga mansub obyektlarga ega respublikadagi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkaziladi; 🔹 tanlovda ishtirok etish uchun arizalar "tanlov-fvv.uz" domeni yordamida "One ID" orqali tanlov platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim; 🔹 tanlovda ishtirok etish bepul; 🔹 tadbirkorlik subyektiga qarashli obyektda soʻnggi 12 oy davomida yongʻin sodir boʻlgan boʻlsa, yongʻin xavfsizligi talablari buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida davlat yongʻin nazorati organining yozma koʻrsatmasi yoxud obyekt yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosasi berilgan boʻlsa tanlovda ishtirok etish uchun arizasi qabul qilinmaydi; 🔹 tanlovda gʻolib deb topilgan nomzod 100 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda uning faoliyati tanlov natijalari rasmiy eʼlon qilingan kunidan keyingi ikki yil davomida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar va tanlov materiallari arizalari "tanlov-fvv.uz" domeni yordamida "One ID" orqali 2024-yil 10-sentabrdan 30-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Show all...
👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.