cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

Muhammad Amin Mirsaidovning shaxsiy sahifasi. Murojaat: @Mirsaidov_1997

Show more
Advertising posts
3 634
Subscribers
-1024 hours
-717 days
-20730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
#start 🎉 Yog‘du nashriyoti o‘z faoliyatini boshladi! Yog‘du nashriyoti so‘nggi yillardagi nashr va matbaachilik sohasidagi ijobiy o‘zgarishlardan ruhlanib tashkil etildi. Nashriyotimiz o‘z qadriyatlari va prinsiplariga sodiq qolgan holda, o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara ilmiy, ilmiy-ommabop va badiiy asarlarini nashr etishni maqsad qilgan. Hozirgi vaqtda nashriyotimizda 10 ga yaqin kitoblar nashrga tayyorlanmoqda. Nasib qilsa, ushbu kitoblar tez kunlarda chop etiladi va siz aziz kitobsevarlar qo‘liga yetib boradi. Kitobxonlik sohasidagi ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘limizda biz bilan yo‘ldoshlik qilasiz degan umiddamiz. ✅ Unutmang, biz bilan birga ekanligingiz va qo‘llab-quvvatlovingiz biz uchun doimo muhim!Telegram | 🌐Instagram
Show all...
👍 13🔥 4👏 4 3🤝 2 1
#podcast #tavsiya #37_qism "1000 kitob podcast: Biz bu loyihaga hayot-mamot dasturi sifatida qarashimiz kerak"...👈 Yaxshi tandem bo‘libdi. Jiddiy, fikrlashga chorlovchi, sodda... Avvalgi tavsiya👇: 36-qism @Ilm_nur_kutubxonasi
Show all...
👍 6🔥 2
#munosabat Bugungiga o‘xshash salbiy munosabat birinchisi emas. Lekin bu holatga chek qo‘yilishi kerak. So‘nggi oylarda nashriyotlar va bukblogerlar o‘rtasida bugungiga o‘xshash voqealar qaysidir shaklda tez-tez takrorlanib turibdi. To‘g‘ri, xatoni hamma va har kim qiladi. Lekin biznesdagi xato uchun albatta tovon to‘lanadi. Asaxiy nashriyoti va bukblogerlar o‘rtasida sodir bo‘lgan bu kabi dilxiraliklar birinchi emas edi va qachondir bu holat sabr kosalarni toshirishi aniq edi. Xo‘sh, voqea qanday sodir bo‘lgandi o‘zi? O‘zbek kitob sferasidagi o‘nlab bukblogerlar @kitobdoira kanaliga asos solib, o‘ziga xos loyihaga qo‘l urganidan kitobxonlar xabardor bo‘lishsa kerak. Ikki-uch kun ilgari shu kanalda Asaxiy nashriyotining oxirgi bosmadan chiqqan kitoblaridan birini muhokama qildik. Muhokamada nashriyot xodimlari ham ishtirok etishdi. Hammasi juda yaxshi o‘tdi. Bugun esa o‘sha kungi muhokamaning audio varianti @kitobdoira ga joylandi. Hammasi ana shundan boshlandi. Inson omiliga bog‘liq bo‘lmagan texnik xatoliklar sabab Asaxiy xodimining nutq qismi audioda yozilmay qolgan va bundan norozi bo‘lgan xodim bukblogerlarni qator ayblovlar bilan "o‘qqa tutgan". Shundan keyin bir qator bukblogerlar bu holatdan noroziliklarini o‘z kanallarida post qilib chiqarishdi. Birinchi navbatda, nashriyot marketing bo‘limidagilar bukblogerlarning shaxsiy profillariga ushbu holat uchun uzr so‘rab xabar yuborishdi, ba'zi bukblogerlarlarga esa telefon qilishdi. Hattoki o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bayonot ham chiqarishdi. Bu o‘z vaqtida qilingan to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Respekt! Endi, kosaning ikkinchi tarafiga nazar tashlasak. Yuqorida aytganimdek, nashriyotlar tomonidan bukblogerlarga nisbatan qilinayotgan bugungiga o‘xshash salbiy munosabat birinchisi emas. Lekin bu holatga chek qo‘yilishi kerak. Birinchidan, nashriyotlar tomonidan sovg‘a qilinayotgan kitoblarni bukbloger o‘qib chiqishga yoki u haqida o‘z sahifasida post yozishga majbur emas. Ikkinchidan, bukbloger o‘z sahifasini biror manfaat uchun yuritmaydi. Aksariyatida bu jarayon sevimli hobbiga aylanib ketgan. Uchinchidan, hech bir bukblogerning qaysidir nashriyotga nisbatan shaxsiy g'arazi yoki ginasi yo‘q. Shunday ekan, adovat qilishga asos ham yo‘q. To‘rtinchidan, shaxsiy fikrimcha, O‘zbekistonda deyarli komaga tushib turgan kitob savdosiga aynan bukblogerlar yangi nafas, yangi ruh bag‘ishlab turibdi. Ularning ishini arzimas narsadek tasavvur qilish mutlaqo xato. @Ilm_nur_kutubxonasi
Show all...
21💯 10👍 5🔥 4
Lev Tolstoy Fyodor Dostoyevskiy haqida: "Yaqin kunlarda betob bo‘lib yotganimda "O‘lik xonadondan maktublar"ni mutolaa qildim. Ko‘pgina eslab qola olmaganlarimni qayta o‘qib chiqdim. Va amin bo‘ldimki, zamonaviy adabiyotda bunday asar yo‘q, hatto Pushkinni qo‘shib hisoblaganda ham. Asar ohangi emas, nuqtai-nazar hayratlanarli. Haqiqiy, tabiiy va e’tiqodga mos. Yaxshi, ruhiy-axloqiy asar. Kecha kun davomida shunday taassurotda bo‘ldimki, bunday zavqni tuymaganimga ancha bo‘lgan. Agar Dostoyevskiyni ko‘rsangiz ayting, men uni yaxshi ko‘raman". Nikolay Straxovga yozilgan maktubdan. 26-sentyabr, 1880-yil "Men hech qachon bu insonni ko‘rmaganman va u bilan o‘zaro aloqamiz ham bo‘lmagan. Faqat vafotidan keyingina uning men uchun qanchalar yaqin, eng qadrli va juda ham kerakli inson bo‘lganligini tushundim". F. Dostoyevskiyning o‘limidan keyingi esdalikdan @Ilm_nur_kutubxonasi
Show all...
👍 21 2
00:34
Video unavailableShow in Telegram
#jamiyat_muammosi @Ilm_nur_kutubxonasi
Show all...
4.87 MB
😢 21💯 9👍 4🥰 3
01:00
Video unavailableShow in Telegram
8.54 MB
👍 12 5🔥 5
00:16
Video unavailableShow in Telegram
#kuz 🍁🍂 @Ilm_nur_kutubxonasi
Show all...
RcpHbZaSySXJCv2sCznGo7.mp42.44 MB
👍 9 6🔥 4
Mustaqillik bayrami barchaga muborak bo‘lsin! Dunyoda o‘zbek degan millat borligi va shu millat nomida mamlakat borligi ham bir ne'mat. Mamlakat mustaqilligi esa har qanday muvaffaqiyatning, har qanday taraqqiyotning asosidir. Alloh taolo doimo yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik bersin! Har bir inson hurlikni chin ma'noda his qilib, anglab yashasin! @Ilm_nur_kutubxonasi
Show all...
🎉 20👍 8🔥 5
#tavsiya Yozning issiq kunlari o‘z nihoyasiga yetib, ko‘hna kuz ostonasida turar ekanmiz, kitobsevarlar hamrohi bo‘lmish nuktadon bu faslda sizga bilgi sohiblarining yanada foydaliroq kanallar jamlanmasini tavsiya qilamiz❤️ Barcha kanallarga ulanish uchun bosing!
Show all...
👍 6🤣 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yevropa Ittifoqida soʻnggi 12 oyda kitob oʻqigan insonlar statistikasi ekan. Raqamni Eurostat bermoqda. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, reyting boshidagi mamlakatlar aholi boshiga YaIM boʻyicha ham eng yaxshilar safidadir. Yana bir holat, aholi baxtliligi boʻyicha reytingda ham oʻrinlar taxminan shunaqa shakllanadi. Koʻp kitob oʻqilsa, mamlakat boy va baxtliroq boʻladimi bilmadim-u, lekin boyroq va baxtliroq davlatlarda aniq koʻp kitob oʻqiladi. © allaevuzb @Ilm_nur_kutubxonasi
Show all...
👍 22🔥 7💯 4 2👏 2😁 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.