cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

Advertising posts
137 073
Subscribers
+20124 hours
+1 1787 days
+7 11630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

📣Bugun 2024-yil 19-sentabr kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida"Kasbiy rivojlantirish kuni" va "Kasbiy rivojlantirish soati" tadbirlarining birinchi bosqich seminar-treninglari davom ettirilmoqda. ❇️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyrug'ida ko'zda tutilgan maqsadlarning mazmun-mohiyati asosida aniq fanlar yoʻnalishida master-trener va mentor-oʻqituvchilar uchun oʻquv jarayonlari boshlandi. ❇️Ushbu seminar-treningda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy Instituti mas’ul xodimi va Xorazm viloyat pedagogik mahorat markazining 4 nafar koordinatorlari, 4 nafar aniq fanlar master- trenerlari va 22 nafar mentor oʻqituvchilar ishtirok etmoqdalar. 🎤 Markazi axborot xizmati 🌏Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
Show all...
👍 24
Photo unavailableShow in Telegram
#Эълон ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi! 📣 Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin. ❗️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda jo'natishlari lozim. 🏆 Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar: 🥇 1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. so‘m pul mukofoti; 🥈 2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok; 🥉 3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi va joriy yilning 20-oktabriga qadar davom etadi.
Tanlovning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
👍 32 2
🎓 A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti magistr bitiruvchilariga diplom topshirish tadbiridan foto lavhalar. 💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱 Telegram | 📒Facebook   📹YouTube |  📸 Instagram
Show all...
👍 59🔥 8 2🤩 2
01:25
Video unavailableShow in Telegram
🎓Institut bitiruvchilariga magistrlik diplomlari topshirildi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Ta‘limda menejment” va “Kattalar ta‘limi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bir yillik magistraturani yakunlagan talabalarga magistr diplomi topshirildi. Tadbirda institut rahbariyati tomonidan o’quv yili davomida faol qatnashgan talabalar turli nominatsiyalar bo’yicha ham taqdirlandi. Ilmiy tadqiqot faoliyatida uzviylikni taʼminlash maqsadida magistraturaga joriy yilda yuqori ball bilan qabul qilingan talabalar ham tadbirga taklif etilib, taqdirlandi. Ma’lumot o’rnida: Ushbu mutaxassislik bo‘yicha bitirgan magistrlar Maktab taʼlimi tizimi, jumladan, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida, hududiy Pedagogik mahorat markazlarida, hamda maktab taʼlimi muassasalariga metodik xizmatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda faoliyat yuritishlari yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni davom ettirishlari mumkin. 📱 Telegram | 📒Facebook   📹YouTube |  📸 Instagram
Show all...
C0018_1.mp426.33 MB
👍 38 2
00:59
Video unavailableShow in Telegram
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik boshqaruvni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01. raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi o’tkazildi. Unda tadqiqotchi B.Xo‘jaqulovning “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik boshqaruvni takomillashtirish” mavzusida 13.00.07 - Taʼlimda menejment ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokama qilindi. Muhokama jarayonida Ilmiy seminar a’zolari tomonidan dissertantga ko‘plab savollar bilan birga taklif va tavsiyalar ham berildi. Ilmiy seminar qaroriga ko‘ra, tadqiqotchining dissertatsiya ishi Ilmiy kengash muhokamasiga tavsiya etildi. 💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱 Telegram | 📒Facebook   📹YouTube |  📸 Instagram
Show all...
ilmiy seminar.mp413.67 MB
👍 36 3🎉 1
📣HURMATLI PEDAGOGLAR! TARIX FANIDAN DARS BERISH HUQUQIGA EGA BO'LISHNI ISTAYSIZMI? ✅A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti umumta'lim maktablarida tarix fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi. 👇🏻 ➡️Bunda quyidagi oliy ma’lumotli pedagoglar qayta tayyorlash kurslarida o‘qishlari mumkin: ✅Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari fani o'qituvchisi ✅Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi ✅Huquqshunoslik fani o'qituvchisi ✅Geografiya o'qituvchisi ✅Geografiya o'qitish metodikasi Murojaat uchun 📞telefon: (55) 508-06-67(2) yoki 📱telegram: https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul 🆕 Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham ma'lumotlar olishingiz mukmkin! 💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱 Telegram | 📒Facebook   📹YouTube |  📸 Instagram
Show all...
A.Avloniy qayta tayyorlash kursiga qabul ish kunlari dushanbadan - jumagacha

Ish vaqti: Dushanba-juma. 9:00-18:00. Tel: 55 508 06 67 (2)

👍 60 3🔥 2
📣UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTAB DIREKTORLARI DIQQATIGA! Hurmatli maktab direktorlari! 🔺Oylik maoshingizga har oy qoʻshimcha 50 % ustama olishni istaysizmi? ✔️Buning uchun Siz A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining “Menejerlik oʻquv kursi”da oʻqib, MENEJERLIK SERTIFIKATiga ega boʻlishingiz kifoya. (Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori) Umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktorlarining “Menejerlik oʻquv kursi” o’qish xarajatlari davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Menejerlik sertifikatiga ega direktorlarga 2024-yil sentyabr oyidan boshlab oylik maoshiga 50% ustama beriladi. (Ma’lumot uchun: Menejerlik sertifikatiga ega bo’lgan direktor o’rinbosarlari oylik maoshiga 30% ustama haq to’lanadi) Ushbu imkoniyatni qoʻlga kiritishni istasangiz quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting.https://manager.uzedu.uz/   💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱 Telegram | 📒Facebook   📹YouTube |  📸 Instagram
Show all...
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

Facebook

https://www.facebook.com/avloniy.uz

Website http://avloniy.uz/ YouTube

https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA

Қайта тайёрлов:

https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov

LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

👍 97 12🎉 5
❇️Bugun Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida metodik xizmat ko`rsatish bo`limi fan metodistlari hamda markazning barcha professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil “ 7 ”-avgustdagi 246-son buyrug‘iga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi. ❇️Seminar davomida mentor - o‘qituvchi, ishtirokchilar, koordinatorlar, yetakchi-o‘qituvchilarning asosiy vazifalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ushbu tadbirlarga bag‘ishlangan brifing videosi namoyish etildi. Yakunda mavzu borasida barcha savollarga javob berildi hamda tadbir barcha ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi. Bizni kuzatishda davom eting👇👇👇 𝐖𝐞𝐛𝐬𝐢𝐭𝐞  𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦   |  𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 | 𝐘𝐨𝐮𝐭𝐮𝐛𝐞 📬Murojaat uchun
Show all...
👍 74 3🤩 3
Photo unavailableShow in Telegram
#onlayn_kurslar "O‘ZBEK IMO-ISHORA TILI"NI O‘RGATISH BO‘YICHA MAQSADLI KURSGA START BERILDI 🔊A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasi orqali kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining pedagog kadrlarida o'zbek imo-ishora tili bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish bo'yicha qisqa muddatli onlayn malaka oshirish kursiga START berildi. Mazkur kurs 18 soatga mo'ljallangan bo'lib, 16 ta kontentdan iborat. 🔖 Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga QR-kodli elektron sertifikat beriladi.
♻️ Agar sizda ”Uzluksiz kasbiy ta'lim” elektron platformasi yoki malaka oshirish bo'yicha savollaringiz bo'lsa @onlinedu_uz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.
💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱 Telegram | 📒Facebook   📹YouTube |  📸 Instagram
Show all...
👍 62 4🔥 2
Diqqat ✔️Magistratura natijalari! ✅Magistraturaga 2024-2025-o‘quv yili qabuli bo‘yicha tanlov natijalari tasdiqlandi. ✅Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti "Taʼlim menejmenti" yo‘nalishiga 21 nafar va "Kattalar taʼlimi" yo‘nalishiga 24 nafar magistrlar tavsiya etildi. Yuqoridagi faylda ro‘yxat bilan batafsil tanishish mumkin. 💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱 Telegram | 📒Facebook   📹YouTube |  📸 Instagram
Show all...
Magistratura natijalari.pdf2.84 MB
👍 51🤩 2🔥 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.