cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi

Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining rasmiy kanali

Show more
Advertising posts
460
Subscribers
+124 hours
-17 days
+930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Rasmiy munosabat "DEHQON BOZORI CHIQINDILAR BOZORIGA AYLANDI" sarlavhasi ostidagi murojaat yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi: Bozor hududida to‘plangan chiqindilarni bartaraf etishda Gʻallaol tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi hamda tuman huquqni muhofaza qiluv organlarining mas’ul xodimlari faollik ko‘rsatishdi. Bozor hududida obodonlashtirish ishlari olib borilib, turli qattiq maishiy chiqindilar tozalanib, chiqindi poligoniga olib borib joylashtirilganligini ma’lum qilamiz. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Show all...
Расмий муносабат "ДЕҲҚОН БОЗОРИ ЧИҚИНДИЛАР БОЗОРИГА АЙЛАНДИ" сарлавҳаси остидаги мурожаат юзасидан Жиззах вилояти Экология бошқармаси қуйидагиларни маълум қилади: Бозор ҳудудида тўпланган чиқиндиларни бартараф этишда Ғаллаол туман Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши инспекцияси ҳамда туман ҳуқуқни муҳофаза қилув органларининг масъул ходимлари фаоллик кўрсатишди. Бозор ҳудудида ободонлаштириш ишлари олиб борилиб, турли қаттиқ маиший чиқиндилар тозаланиб, чиқинди полигонига олиб бориб жойлаштирилганлигини маълум қиламиз. Жиззах вилояти Экология бошқармаси матбуот хизмати
Show all...
Ish bor joyda kamchiliklar va muammolar bo‘lgani singari, sohada yechimini kutayotgan bir qator muammolar ham mavjud. Ularni vaqtida bartaraf etish, viloyatimiz hududida qulay ekologik muhit yaratish maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan bir qator muammoli masalalar Xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar kengashlarining sessiyalariga kiritilmoqda va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinib, Kengashning tegishli qarorlari qabul qilingan. Ma’lumot o‘rnida, joriy yil davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali jami 52 marta ekologik muammolar e’lon qilingan bo‘lsa, ularning barchasi ijobiy hal etilgan. Ayrim murojaatlarni o‘rganishda boshqarma tomonidan OAV xodimlari, jamoatchilik vakillari va blogerlar ham jalb etilmoqda. Shu o‘rinda sohadagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida 2024-yilning 25-sentyabr kuni OAV xodimlari, jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilikning barcha vakillari ishtirokida Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, "Eko-sfera", "Eko-House", "Toza hudud" DUK va tizimdagi boshqa tashkilotlar rahbarlari va mas’ullari ishtirokida uchrashuv tashkil etilishini ma’lum qilamiz. Bu haqda yana qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Show all...
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan "#очиқлик siyosati... xeshtegi ostida berilgan maqola yuzadigan Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2023-yil davomida 3 181 holatda huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, jami 3 mlrd. 408 ming 676 so‘m jarimalar qo‘lanilgan. Joriy 2024-yilning 8 oyi davomida esa 2 435 holatda ekologik huquqbuzarliklarni sodir etgan fuqarolarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 3 mlrd. 025 mln. 607 ming so‘m jarimalar qo‘llanildi. Jizzax viloyat prokuraturasi qoshida tashkil qilingan ekologik prokuratura bo‘limi bilan hamkorlikda "Sangzor" daryosi hamda viloyat hududida umumiy tarqalgan yer osti boyliklarini qazib olish, ulardan foydalanish sohasida davlat nazorati bo‘yicha olib borilgan qo‘shma reydlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining MJtKning 70-moddasi 1-4-qismlari bilan jami 142 ta holat aniqlanib, jami 495 mln. 040 ming so‘m jarima qo‘llanildi. Bundan tashqari, aholining ekologik madaniyati hamda bu boradagi xabardorligini yanada oshirish maqsadida davlat ekologiya inspektorlari tomonidan har haftaning payshanba kuni korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalari, o‘z-o‘zini boshqarish organlari va savdo markazlarida ekologik huquqiy targ‘ibot va tushintirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, sohadagi islohotlarni keng ommaga tanishtirish maqsadida OAV bilan yaxshi hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yil davomida markaziy va mahalliy televideniyelarda jami 147 marta, jumladan, "O‘zbekiston-24" telekanalida “Huaxin Cement Jizzakh” MCHJ, "Jizzax cement plant" MCHJ korxonalarining faoliyati, Jizzax shahridagi "A" sanoat zonasida atmosfera havosiga zararli tashlamalar tashlab faoliyat ko‘rsatayotgan ayrim sanoat korxonalarini vaqtincha yopish mavzusidagi teleko‘rsatuvlar, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar, ekologik nazorat inspeksiyasi va viloyat prokuraturasi tomonidan "Sangzor" daryosi o‘zanida qum-shag‘al aralashmasi va tog‘ toshlarini noqonuniy kovlab olinishiga qarshi eko-reydlar tafsilotlari va Zomin tumanida chiqindilarni saralash bo‘yicha resublikada yagona bo‘lgan chiqindilarni saralab qabul qilib olish shoxobchasining faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘plab ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlanib, efirga uzatilgan. Shuningdek, tuman markazlaridagi bozorlarda efirga berilgan jami 138 marta radioeshittirishlarda ham atmosfera havosini muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish, yer-suv resurslari, o‘simliklar hamda hayvonot olamini asrash bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan. Bundan tashqari, markaziy va mahalliy matbuot nashrlarida 61 ta maqola, jumladan, boshqarma boshlig‘i E. Xolmatovning "Suv tozalash inshooti bo‘lmagan sanoat korxonalarining faoliyati o‘rganildi", "Vatan taqdiri - xalq taqdiri", "Biz qanchalar o‘zgardik", B.Sariboyevning "Chiqindidan biogumus, o‘rindiqlar va yo‘lak qoplamalari", "Aydarko‘l chorlaganda", Chiqindi uchun to‘lov qilinmaganda , "Daraxtlarga nafasbering", "Toza havo tadbiri", "Viloyatning yashillik darajasi qanchaga oshdi", "Atrof-muhit himoyasi davlat nazoratida" sarlavhali maqolalari, e’lonlar, shuningdek, yetakchi ijtimoiy tarmoqlar - O‘zAA, "Kun.uz.", "Jizzax.uz", "Sangzor.uz", Dizak.uz", "JizzaxNEWS" kabi rasmiy veb-saytlarda sohadagi islohotlar, tadbirlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar muntazam berib borilyapti. Bundan tashqari, joriy yilda viloyat televideniyesi va radiosi orqali 5 marta chiqindi, yer-suv sohasi, bioxilmaxillik, atmosfera havosi, "Yashil makon" loyihasi bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari, yoshlar va jamoatchilik vakillari hamkorligida 10 marta chiqindilarni terish bo‘yicha Plogging (chiqindilarni yig‘ish), 7 marta "Daraxtlarga nafas bering" kabi daraxtlarni sug‘orish va ularni salbiy ta’sirlardan xalos etish eko-aksiyalari o‘tkazildi.
Show all...
Rasmiy munosabat Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan "SANGZOR DARYOSI BO‘YLARI CHIQINDILAR BILAN TO‘LGAN" mavzusidagi videolavha bo‘yicha Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi  boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi: Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan viloyatimiz hududida  2024-yilning 8 oyi davomida 1107 ta holatda chiqindilarni noqonuniy joylashtirganlik, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlanishi bo‘yicha huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Mazkur holatlar bo‘yicha 1107 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 753 mln. 270 ming so‘m jarima qo‘llanilgan. Viloyatimiz hududidan oqib o‘tuvchi "Sangzor"daryosi o‘zanlarida joriy yilda  o‘tkazilgan ekologik nazorat reydlarida tadbirlarda  chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlanishi, aholi va tashkilotlar tomonidan oqava suv tarmoqlarini noqonuniy ravishda daryo o‘zaniga oqizilishi bo‘yicha huquqbuzarlik holatlari aniqlanganib, mazkur holatlar bo‘yicha MJtkning tegishli qismlariga  asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib,  jarimalar qo‘llanilgan. Shuningdek, "Sangzor" daryosi o‘zanini chiqindilardan tozalash maqsadida Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan 2024-yil davomida uch marta chiqindilarni yurib yig‘ish  - plogging tadbirlari o‘tkazildi.  Har yili sentyabr oyining uchinchi shanbasi kuni o‘tkaziladigan "Butunjahon tozalik kuni" (“World cleanup day") eko-aksiyasi ham bu yil "Sangzor" daryosining Jizzax shahri hududidan oqib o‘tuvchi qismida tashkil etildi. Aksiyada to‘plangan  chiqindilar maxsus transport vositalarida chiqindi poligoniga olib borib joylashtirildi. Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan "Sangzor" daryosi o‘zanida huquqbuzarlik holatlariga qarshi ekologik nazorat reyd tadbirlari davom ettirilishini ma’lum qiladi. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Show all...
Korrupsiyaga qarshi kurashish - eng muhim maqsad Korrupsiya jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi, qolaversa jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning buzilishiga olib keladi. Korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining oldin olish maqsadida Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasining Do‘stlik tumani bo‘limi xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - eng muhim maqsad ” mavzusida suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashda milliy qonunchiligimiz takomillashib, Prezidentimizning bir qator hujjatlari ham qabul qilinganligi taʼkidlab o‘tildi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashda korrupsion jinoyatlarga tayinlanadigan jazolar, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, unga qarshi kurashish, odob-axloq mezonlariga amal qilish hamda xodimlarning xizmat faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslik borasida ishtirokchilarga batafsil tushuntirishlar berildi. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Show all...
Jizzaxda "Butunjahon atrof-muhit kuni" munosabati bilan plogging tashkil etildi Bugun 19-sentabr kuni Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish boshqarmasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyati Kengashi bilan hamkorlikda “World cleanup day” (Butunjahon tozalik kuni) munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating!” nomli ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi. Mazkur aksiya  jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, davlat idoralari va xususiy tadbirkorlik subyektlarini atrof-muhitni chiqindilardan tozalash maqsadida birlashtirishga qaratilgan. "Sangzor" daryosining Jizzax shahridagi "Sangzor" MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida o‘tkazilgan eko-aksiya “Bir Vatanda, bir maqsadda — xalqaro chiqindisiz dunyo uchun” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi markaziy Kengashi raisi A.Hamzayev,  viloyat Ekologiya,  atrof-muhitni muhofaa qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i E.Xolmatov va Ekologik partiyasi Jizzax viloyati Kengashi raisi A. Rahmonqulov,  shuningdek,  Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining eko-faolari, Sanitar tozalash markazi Jizzax viloyati filiali,  Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasi,  "Eko-sfera" va "Toza hudud" DUK xodimlari ishtirok etdi. Plogging davomida  "Sangzor" daryosi bo‘ylarida to‘plangan chiqindilar tozalandi va maxsus transport vositalari yordamida chiqindi poligoniga olib borib joylashtirildi. Eko-aksiyada eko-faollar atrof-muhitni toza saqlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.