cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NamMTI | Rasmiy kanali

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rasmiy kanali nammti.uz fb.com/nammtiuz instagram.com/nammtiuz x.com/nammtiuz youtube.com/c/nammtiuz Bank rekvizitlari: t.me/nammtiuz/174

Show more
Advertising posts
4 036
Subscribers
+724 hours
+297 days
+27430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:35
Video unavailableShow in Telegram
Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Butunjahon tozalik kuni” doirasidagi plogging eko-aksiyasida faol ishtirok etdi
Bugun butun respublikamiz bo‘ylab “Hayot uchun joy ajrating!” shiori ostida keng ko‘lamli plogging eko-aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu aksiyada Namangan muhandislik-texnologiya instituti talaba-yoshlari faol qatnashib, tozalik va atrof-muhitni asrash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishdi. Institut yetakchilari, talaba eko volontyorlari shahar bo‘ylab plogging jarayonida ishtirok etib, nafaqat jismoniy faoliyatni targ‘ib qildilar, balki tabiatni tozalashda jonbozlik ko‘rsatdilar. Ekologik muammolarni hal qilishda har birimizning ishtirokimiz muhim ekanligi ta’kidlandi. Aksiya davomida institut yoshlari o‘zlari bilan olib kelgan maxsus sumkalarga chiqindilarni yig‘ib, tabiatni asrab-avaylashga chaqirdilar. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi fuqarolar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘ldi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti yoshlari kelgusida ham bunday eko-tashabbuslarda muntazam ishtirok etishni rejalashtirgan. ©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
0920.mp495.27 MB
👍 1
Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Butunjahon tozalik kuni” doirasidagi plogging eko-aksiyasida faol ishtirok etdi
Bugun butun respublikamiz bo‘ylab “Hayot uchun joy ajrating!” shiori ostida keng ko‘lamli plogging eko-aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu aksiyada Namangan muhandislik-texnologiya instituti talaba-yoshlari faol qatnashib, tozalik va atrof-muhitni asrash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishdi. Institut yetakchilari, talaba eko volontyorlari shahar bo‘ylab plogging jarayonida ishtirok etib, nafaqat jismoniy faoliyatni targ‘ib qildilar, balki tabiatni tozalashda jonbozlik ko‘rsatdilar. Ekologik muammolarni hal qilishda har birimizning ishtirokimiz muhim ekanligi ta’kidlandi. Aksiya davomida institut yoshlari o‘zlari bilan olib kelgan maxsus sumkalarga chiqindilarni yig‘ib, tabiatni asrab-avaylashga chaqirdilar. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi fuqarolar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘ldi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti yoshlari kelgusida ham bunday eko-tashabbuslarda muntazam ishtirok etishni rejalashtirgan. ©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
NamMTI 2-o‘quv kampusida talabalar ishtirokida plogging aksiyasi o‘tkazildi Namangan muhandislik-texnologiya institutining bir guruh tashabbuskor talabalari atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik madaniyatni targ‘ib qilish maqsadida plogging aksiyasini tashkil etishdi. Aksiya institutning 2-o‘quv kampusi hududida bo‘lib o‘tdi va talabalarning faol ishtiroki bilan o‘tgan tadbirda hudud tozalanib, chiqindilar yig‘ildi. Tashabbuskor talabalarning aytishicha, plogging nafaqat sport bilan shug‘ullanishning bir ko‘rinishi, balki atrof-muhitni asrashga qaratilgan samarali usuldir. Ular bu tadbir orqali institut hududini obod va toza saqlashga hissa qo‘shishganidan faxrlanishlarini bildirishdi. Aksiya davomida yig‘ilgan chiqindilar qayta ishlash uchun topshirildi. Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ekologiyaga bo‘lgan e’tiborni oshirish maqsadida amalga oshirildi. Plogging aksiyasi talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va ular ushbu tashabbusni muntazam davom ettirish niyatida ekanliklarini ta’kidlashdi. ©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 6
NamMTI talabalari Butunjahon tozalik kunida plogging aksiyasida faol ishtirok etishdi
Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya instituti talaba yoshlari hududni ozoda saqlash va atrof-muhitga mehr-muhabbat tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan ommaviy plogging aksiyasida faol ishtirok etishdi. Ushbu aksiyada yoshlar nafaqat yugurish bilan shug‘ullanishdi, balki yo‘l-yo‘lakay atrofdagi chiqindilarni yig‘ib, tabiatni toza saqlashga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Plogging aksiyasi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va atrof-muhit muhofazasi yo‘lida birgalikda harakat qilish g‘oyasi asosida tashkil etildi. NamMTI talabalari ushbu tashabbusni katta qiziqish bilan qabul qilishdi va aksiyada faol qatnashib, boshqalarga ham o‘rnak bo‘lishdi. Ularning fikriga ko‘ra, bu kabi tadbirlar nafaqat ekologiyaga foyda keltiradi, balki sog‘liq uchun ham foydali. Mazkur aksiya davomida yig‘ilgan chiqindilar maxsus konteynerlarga topshirilib, qayta ishlash uchun yo‘naltirildi. Bu kabi tadbirlar talabalarga nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyatini tushuntiradi, balki ularda jamiyat oldidagi mas’uliyatni oshiradi. ©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 2
Repost from Otabek Hasanov
27:38
Video unavailableShow in Telegram
#Diqqat 📚 ⚡️"Siyosiy-ma’rifat soati"
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
 Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi. ▶️ Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/tEPu22YvoFk?si=1XoPkPTFGsdIAQV6 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. @otabek_khasanov
Show all...
IMG_0349.MP486.14 MB
Repost from Edu.uz
02:43
Video unavailableShow in Telegram
Ota-onalar va abituriyentlar diqqatiga!!! Kollej va texnikumlarda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat – 25-sentyabrga qadar professional ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul bo‘lib o‘tadi. Buning uchun my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilgan holda hujjat topshirish mumkin. Qabul jarayonida yangi imkoniyatlar ham taqdim etilmoqda. Qadrli abituriyentlar 25-sentyabrga qadar ushbu imkoniyatdan foydalaning. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22053
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Show all...
0919.1.mp46.17 MB
👍 1
Xayrli tong! Bugungi ob-havoning harorati kunduzi 29° va kechasi 17° bõlib õtadi. Ayni paytdagi ob-havo harorati 18° Shamol tezligi: 8 km/h, North Quyosh chiqishi: September 20, 2024 at 05:59AM Quyosh botishi: September 20, 2024 at 06:14PM Ultrabinafsha indeksi: 0 Havo namligi: 59 % Kanalga ulanish @nammtiuz Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
DIKTOR QIZLAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT! 🎤 Namangan muhandislik-texnologiya instituti Media markazi nutqi ravon, o‘ziga ishongan va media sohasida faoliyat yuritishni orzu qilgan talaba qizlarni qidirmoqda. Agar siz kamera oldida erkin chiqish qilsangiz, o‘z fikringizni aniq va ravon ifoda eta olsangiz va media loyihalarda boshlovchi-diktor sifatida ishtirok etishni xohlasangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun! Media markazi orqali siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz: - 🎬 Professional video loyihalarda boshlovchi-diktor sifatida ishtirok etish - 🎤 Nutq so‘zlash mahoratingizni rivojlantirish va tajriba orttirish - 📝 Media va kommunikatsiya sohasida yangi bilimlar olish - 🎥 Kamera oldida erkin chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish Talablar: - Nutq ravonligi va erkin fikr bildirish qobiliyati - Kamera oldida ishlashga qiziqish - Jamoa bilan ishlashda faol ishtirok 📍 Manzil: NamMTI Media markazi 📞 Qo‘shimcha ma'lumot uchun: @The_Ergashoof Talabalik davringizni yanada boy va esda qolarli qiladigan bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Media sohasida o‘z yo‘lingizni boshlashga tayyormisiz? Unda biz bilan bog‘laning va dastlabki qadamlaringizni tashlang! ©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 2🔥 2🥰 1🫡 1
NamMTI talabalari “Mexmash” korxonasida: Avtomatlashtirish jarayonlari bilan tanishuv.
Namangan muhandislik-texnologiya institutining Avtomatika va energetika fakulteti Texnologik jarayonlar avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi tomonidan viloyatdagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri – "Mexmash" MCHJga bitiruvchi kurs talabalarining sayohati tashkil etildi. Ushbu tashrif talabalarga o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkonini berish maqsadida tashkil qilindi. Tashrif davomida talabalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. “Mexmash” MCHJ zamonaviy texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanib, yirik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Talabalar, o‘z mutaxassisliklariga oid bo‘lgan ishlab chiqarish bosqichlarini ko‘rib, o‘zlari o‘rganayotgan jarayonlarning real hayotdagi qo‘llanilishini o‘rganishdi. Shuningdek, talabalarga korxonadagi mehnat xavfsizligi qoidalari, zamonaviy avtomatlashtirish usullari va texnologik jarayonlarni boshqarish haqida amaliy ko‘rsatmalar berildi. Korxona mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan bu ma'lumotlar talabalarning kasbiy tayyorgarligini yanada kuchaytirishga xizmat qildi. Tashrif so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan korxona mutaxassislariga murojaat qilishdi va kelgusida ushbu sohada qanday o‘zgarishlar va rivojlanishlar kutilayotgani haqida batafsil ma'lumot olishdi. Tashkil etilgan bunday sayohatlar institut talabalari uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning kasbiy rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shadi. ©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
Ijara-xonadonlarida yashayotgan talaba-qizlar holidan xabar olindi
Bugun 19-sentabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutining Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Anoraxon Xusanova boshchiligida bir guruh mas'ullar Davlatobod tumanidagi Anorzor ko'chasida joylashgan ijara xonadonlarida yashayotgan talaba-qizlarning turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Ular orasida institut profilaktika inspektori Ilyosbek Saydaliyev va psixolog Azizbek Fayzullayev ham bo‘lib, talabalarga nafaqat maishiy muammolarni hal etishda ko‘maklashish, balki psixologik yordam ko‘rsatish masalalarida ham maslahatlar berildi. Institut mas'ullari tomonidan talabalarga ular uchun yaratilgan qulayliklardan to‘liq foydalanish, darslardan tashqari vaqtlarini samarali o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bu tashabbus talabalarning ijtimoiy muammolarini hal qilishda muhim qadam bo‘ldi. ©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 2 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.