cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI

Murojaatlar uchun: Telegramm-bot @Dkpuz_bot Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03 Telegram: t.me/DavKadastrPalata Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/ YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata

Show more
Advertising posts
42 300
Subscribers
-1624 hours
-5277 days
+31 28730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟 KADASTR SOHASINI RAQAMLASHTIRISHI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR 1️⃣ O‘zaro integratsiya qilinmagan “Davreestr”, “Ko‘chmas mulk”, “Ko‘chmas mulk-3” axborot tizimlari o‘rniga Jahon banki bilan hamkorlikda Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi (UZKAD) ishga tushirildi. 2️⃣ “ArcGIS” dasturida onlayn geoportal ishga tushirildi. 3️⃣ “E-YER NAZORAT” AAT to‘liq ishga tushirilib, Bosh prokuraturaning “E-Material” axborot tizimi va IIVning “E-ma’muriy ish” axborot tizimi bilan ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi va mobil dasturi ishga tushirildi.
Tizimga yerlarni o‘zboshimcha egallab olish holatlari va ularga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq kiritib borilmoqda.
4️⃣ “YERELEKTRON” AATning yangi versiyasi ishga tushirilib, “E-Qaror” AT, “Order” AT hamda Yagona identifikatsiya tizimi bilan o‘zaro ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. 5️⃣ “GEODEZNAZORAT” AT orqali geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning natijalarini ekspertizadan o‘tkazish va ularning elektron reyestrini yuritish joriy qilindi. 6️⃣Barcha kadastr xizmatlari to‘liq Yagona billing tizimiga o‘tkazildi. 6️⃣ Ko‘chmas mulk ma’lumotlarini tahrirlash uchun ariza berish hamda bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish xizmatlari ishga tushirildi. 8️⃣ “Litsenziya” AT orqali geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni onlayn olish imkoniyati yaratildi. 9️⃣ Avvalgi “ReestrAPI” veb-xizmati o‘rniga bir qancha axborot tizimlaridan qidirish imkoniyati mavjud bo‘lgan “UZKAD”ning universal integratsion shinasi (FALCON) yaratildi.
🌐Bundan tashqari, kadastr ma’lumotlar bazasi 26 ta davlat tashkilotlari va boshqa idoralar bilan integratsiya qilish ishlari yakuniga yetkazildi (ushbu idoralar aholiga xizmat ko‘rsatilishida “bizning ma’lumotlaridan onlayn” foydalanishi yo‘lga qo‘yildi).
 #Kadastr_agentligi #raqamlashtirish 📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Show all...
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Kasbi tumanida sayyor qabul ⚡️Bugun Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisii o'rinbosari R.Nishanov boshchiligida fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o'tkazildi. 📃 Qabulda yig'ilgan fuqarolarga eng avvalo hozirgi kundagi dolzarb mavzu: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun boʻyicha asosiy tushunchalar berildi. So'ngra kadastr sohasiga oid murojaatlar tinglanib, ijobiy hal etish yuzasidan tizim mutasaddilariga topshiriqlar berildi. ◼️ Murojaatlarning aksariyatini kadastr pasportini shakllantirish, yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi hamda egalik huquqini olish kabi mazmunlardagi murojaatlar tashkil etdi. #DavKadastrPalata #sayyor_qabul Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Show all...
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Aholi orasida yangi qonun yuzasidan huquqiy targ'ibotlar ➖ Avval xabar berganimizdek, fuqarolarimizga qabul qilingan yangi Qonunning mazmun mohiyatini tushuntirish hamda ularning ushbu Qonun bilan himoyalanadigan huquq va manfaatlarini bilib olishlariga ko'maklashish maqsadida aholi gavjum bo'lgan joylarda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda. ◼️Kadastr xodimlari tomonidan Qonunning mazmun mohiyatini o'zida aks ettiruvchi tarqatma materiallari tarqatilib, undagi ma'lumotlar to'g'risida tushuntirishlar berilmoqda. Shu kabi tadbirlar o'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshirildi: ▫️Jizzax viloyati 1, 2, 3 ▫️Samarqand viloyati ▫️Farg'ona viloyati ◼️Siz ham ushbu Qonun haqida batafsil ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz mazkur videoni to'liq tomosha qiling: 📹 https://www.youtube.com/watch?v=gAActsA-T9I #DavKadastrPalata #huquqiy_targ_ibot Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Hududim haqida ma'lumot - Surxondaryo viloyati 🌟 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmatining ushbu yangi loyihasida respublikamizning har bir hududi haqida eng muhim ma'lumotlarni jamlangan. 📊Yuqoridagi infografika orqali 🇺🇿 Surxondaryo viloyati hududi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. #DavKadastrPalata #DKP_statistikasi Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Qanday yer uchastkalari ortiqcha egallangan yer uchastkasi hisoblanadi ?Ortiqcha egallangan yer uchastkasi — yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq bo‘lgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydoni hisoblanadi. ◼️ Asos: O'RQ-937 05.08.2024-yil #DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Show all...
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar ⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallarida tadbirkorlar hamda fuqarolar uchun hududning har bir tuman, shaharlarida filial boshliqlari ishtirokida ochiq muloqotlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda. ◼️Navbatdagi ochiq muloqotlarda ishtirokchilarga sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, tadbirkor va fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, yerni xususiylashtirish, ko‘chmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va shunga o'xshash boshqa kadastr bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanib, huquqiy tushunchalar berildi hamda murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi. ▫️Toshkent shahri 1, 2 ▫️Qashqadaryo viloyati ▫️Andijon viloyati ▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi ▫️Surxondaryo viloyati #DavKadastrPalata #ochiq_muloqotlar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟦🟦 DIQQAT E’LON! ▶️Hurmatli Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari! 🇺🇿 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi. 🗓Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 19-sentabr, soat 11:00 da 📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Mushqoqi MFY, Buyuk Turon ko’chasi, 4-uy, Qishgi madaniyat saroyi binosi. 📃 Qabulga yozilish uchun (75) 227-51-13, (75) 642-30-24 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. #DavKadastrPalata #sayyor_qabullar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Show all...
06:52
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦 Ariza berilishi talab etilmaydiAriza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆 🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/docs/7049383 ❗️Yodda tuting, qonun 2024-yil, 08-noyabrdan kuchaga kiradi. 🌐 https://www.youtube.com/watch?v=gAActsA-T9I #DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Show all...
yangi qonun 23.08.2024.mp441.76 MB
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi. 🇰🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi. Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. ◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etdi. 🇺🇿🇩🇪O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari hamda Germaniyaning ilg‘or kompaniya va banklari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi. ◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi. #Prezident #DavKadastrPalata #Qozogiston #sammit Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Show all...
☯️ QAYTMA ALOQA Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ma'lumot va postlarimiz Sizga foydali va manzur bo'lishi uchun fikringizni bilishga qiziqdik! Shu bois bosqichli so'rovnomamizda faol ishtirok etishingizni so'raymiz. Bizni qaysi hududdan kuzatasiz?Anonymous voting
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasidan
  • Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan
  • Samarqand, Andijon viloyatlaridan
  • Farg’ona, Namangan viloyatlaridan
  • Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridan
  • Sirdaryo, Jizzax viloyatlaridan
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan
  • Xorijiy davlatlardan
0 votes
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.