cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali 🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3 Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/ Ishonch telefoni: 792201281

Show more
Advertising posts
4 250
Subscribers
-1024 hours
+1847 days
+27130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:59
Video unavailableShow in Telegram
📣 🔤🔤🔤🔤🔤🔤📣 “Aziz va jonkuyar ustoz” challege o‘tkazilmoqda! ▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Aziz va jonkuyar ustoz” challengeni e'lon qiladi! 📌CHALLENGE nizomi bilan batafsil quyidagi havola tanishing! 🗓Challenge 18-sentabrdan 28-sentabr kuniga qadar bo'lib o'tadi. Challengening asosiy maqsadi: ✔️o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ✔️ularning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat. 🎁Challenge g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlanadi. 🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar! Challengeda faol ishtirok eting! Barchangizga omad yor bo'lsin! Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing! © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Show all...
IMG_4741.MOV46.38 MB
#Navbahor_tumani #xalqaro_tinchlik_kuni 🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan_maktabda 21-sentabr - Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan "Tinchlik-eng katta boylik" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi. ❇️Hayotimiz go‘zalligini biz tinchlik bilangina his eta olamiz. Shuning uchun ham tinchlikning qadriga yetish lozim. Tasviriy faoliyat bilan birga o‘quvchilar tinchlik haqidagi xalq maqollaridan, buyuk olimlarning hikmatli so'zlaridan aytib va she'rlardan ifodali ijro etishdi. Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 1
00:48
Video unavailableShow in Telegram
#sport_haftaligi Maktablarda oʻquvchilar ishtirokida sport musobaqalari oʻtkazilmoqda ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida joriy yilning 23-28-sentabr kunlari mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida 6 ta sport turi boʻyicha musobaqalar tashkil etilmoqda. ➖ Oʻquvchilar oʻz yoshi va sinfiga mos keladigan sport turlarini tanlagan holda, maktabdagi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi shakllantiradigan talabnomalar asosida bahslarda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun talabgorlar jismoniy tarbiya fanidan dars oʻtadigan ustoziga murojaat qilishlari lozim. 👉 Musobaqadagi sport turlari va oʻtkazilish kunlari haqida ushbu videoda batafsil tanishing. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
Maktab 1(iPhone).mp410.16 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Haqiqiy o‘qituvchining butun fikri o‘quvchilarida, o‘zi sochgan urug‘larning o‘sishidadir. D.I.Mendeleev  Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati. ☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️ #Кун_ҳикмати Ҳақиқий ўқитувчининг бутун фикри ўқувчиларида, ўзи сочган уруғларнинг ўсишидадир. Д.И.Менделеев  Навоий вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси матбуот хизмати.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Haqiqiy o‘qituvchining butun fikri o‘quvchilarida, o‘zi sochgan urug‘larning o‘sishidadir. D.I.Mendeleev  ✍️ Mavlono Rumiy Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati. ☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️ #Кун_ҳикмати Ҳақиқий ўқитувчининг бутун фикри ўқувчиларида, ўзи сочган уруғларнинг ўсишидадир. Д.И.Менделеев  Навоий вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси матбуот хизмати.
Show all...
#QIZLAR_DAVRASI #QIZ_BOLA_ZIYNATI_ODOB ✅Navoiy shahridagi 11-sonli AFCHO'IMning 9-sinf o‘quvchi qizlari bilan "Qiz bola ziynati-odob" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. ✅Davra suhbati davomida o‘quvchi qizlarga maktab ichki odob-axloq qoidalari, o‘smirlik davridagi psixologik o‘zgarishlar, shaxsiy gigiyena va turli xil masalalar bo‘yicha qizlarga zaruriy tushunchalar va tavsiyalar berildi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
#Nurota_tumani #Teatr_bu_ibratxona 🏛 Bugun yurtimizda Uchinchi Rennessans poydevorini yaratishda eng muhim boʻgʻinlardan biri boʻlgan taʼlim sohasida tub islohotlar izchil amalga oshirilmoqda, qobiliyatli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni safini yanada kengaytirish, har tomonlama namunali, iqtidorli hamda isteʼdodli boʻlgan oʻgʻil-qizlarni tarbiyalash maqsadida bugun Nurota tumanidagi 18 - sonli IDUMda “Teatr - bu ibratxonadir” haftaligi doirasida Umida Davlatova rahbarligidagi 4- V sinf oʻquvchilari ishtirokida “Davlat” oʻzbek xalq ertagi  asosida qoʻgʻirchoq teatri namoyish etildi. ❇️ Ertak qahramonlari obrazida oʻquvchilar saxiylik, odamiylik, mehnatsevarlik hamda hamjihatlik kabi insoniy fazilatlarni ulug‘lab, sahnada namoyish etishdi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
15.07 MB
21.79 MB
👍 1
#Karmana_tumani #Ijodiy_uchrashuv ❤️ Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, ijodkor o‘quvchi - yoshlarni qo‘llab - quvvatlash maqsadida Karmana tumanidagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” gʻoyasini yoshlar ongiga singdirish maqsadida ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil etildi. ✅ Tadbirda Karmana tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari A.Rizayev, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir, publitsist Doston Mavlonov, tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari, "Nuroniylar" jamg‘armasi a'zolari hamda ijodga qiziqishi bor yoshlar ishtirok etishdi. ✅ Tadbir davomida, ijodkor Doston Mavlonov tomonidan kitob mutolaasining inson hayoti davomidagi ahamiyati, ijod olamiga kirish yo‘li to‘g‘risida o‘z fikr – mulohazalarini bildirib, ijodkor o‘quvchilarga kerakli tavsiyalar berildi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Brifing 🔴 Mavzu: Yangi joriy etilgan "Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarining mazmun-mohiyati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ➖ Vaqti: 14:00 ➖ Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Аxborot xizmati rahbari 👉 Jonli efir 📍 Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo'lib o'tmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
#Zarafshon_shahri #Teatr_bu_ibratxonadir 🎭Zarafshon shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 23-avgustdagi 273- sonli buyrug'ining 4-ilovasiga muvofiq "Teatr-bu ibratxonadir" haftaligi doirasida yozuvchi Xoliq Xursandovning "O'lding, aziz bo'lding" asari asosida sahna ko'rinishi namoyish etildi. 🔷O‘quvchilar asar qahramonlari obrazini mahorat bilan gavdalantirib, pedagog va o‘quvchilardan iborat tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘lishdi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
6.92 MB
👍 2👏 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.