cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

OTFIV_Navoiy viloyati boshqarmasi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🌐 Veb-sayt: @OTFIV_Navoiy 📲Murojat uchun: +998-79-220-64-45

Show more
Advertising posts
295
Subscribers
+124 hours
+117 days
+1930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#rasmiy_xabar ⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim 🔰Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda: ➖ bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin; ➖ abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin; ➖ kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi; ➖ my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. ⚠️ Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim. ✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Show all...
📌 Oliygoh ichida ta'lim yo'nalishini o'zgartirish (ichki perevod) uchun ariza yozganlar diqqatiga! ✍️ O'zi o'qiyotdan davlat oliygohining bir ta'lim yo'nalishidan boshqasiga o'qishini ko'chirish uchun ariza bergan yoki bir ta'lim shaklidan boshqasiga o'tkazish yoxud bir guruhdan boshqa guruhga o'qishini ko'chirish uchun ariza yozgan talabalar yakuniy natijani oliygoh mas'ullaridan aniqlashtirishlari so'raladi. Sababi "ichki perevod" natijalari chiqa boshlanadi. Sababi bir OTM ichidagi "perevod" natijalari odatda e'lon qilinmaydi. Shu sababli "qachon menga xabar berisharkan" degan hayollar bilan yurmay tezroq perevod bo'yicha mas'ul shaxsdan aniqlik kiritib olishingiz so'raladi. Kanalga obuna bo’ling⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
Show all...
Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal Taklif va muammolar uchun:👉 @murojaatuztvbot 💰REKLAMA xizmati @murojaatuztvbot

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi Xabaringiz bor, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan 22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi: ✍️ test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi. 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 📌 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tilini-bilish-09-16 😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🇩🇪Oliygohning sirtqi bo'limi talabalari uchun ajoyib imkoniyat! Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning "NoVo Agency" tashkiloti 2024-yil noyabr-dekabr va 2025-yil yanvar oylarida "Ferienjob – work and travel" dasturi bo’yicha Germaniyaga 3 oylik mavsumiy ishlarga jalb qilinadi. Sohalar: 🔹Ishlab chiqarish; 🔹Sanoat; 🔹Omborxona logistikasi; 🔹Qadoqlash; 🔹Gastronomiya. Talablar: - Oliygohlarning faqat sirtqi bo'limi talabalari; - 2024-yil noyabr-dekabr va 2025-yil yanvar oylarida ta‘til davri; - 18 yoshdan 35 yoshgacha; - Rus, ingliz yoki nemis tilini bilganlar uchun afzalliklar mavjud; - Soatiga 14 yevro (brutto); Afzalliklar: - Viza hujjatlarni tayyorlash va butun jarayon davomida ko'mak; - Turar-joy topishda ko'mak (shahar va ish joyiga qarab 450 yevrodan 600 yevrogacha). ☎️Murojaat uchun: (93) 454-64-27, (99) 025-95-95 Bizni kuzating👇 @OTFIV_Navoiy
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy hamda innovatsion loyihalar tanloviga loyihalar qabuli davom etmoqda Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarida bayon etilgan vazifa va topshiriqlarning bajarilishida ilmiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha.ilmiy.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yilning 20-sentabriga (shu kuni ham 18:00 gacha) qadar elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Tanlov UNIVERSITET TALABALARI O‘RTASIDA “ANTIKORRUPSIYA BILIMDONI” TANLOVI O‘TKAZILADI Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari o‘rtasida oktyabr-noyabr oylarida “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida tanlov o‘tkaziladi. Talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida o‘tkaziladigan tanlovning 1-bosqichida har biri 6 nafardan a'zodan iborat jamoalar shakllantiriladi. Saralash bosqichida yuqori ball to‘plagan jamoalar keyingi boshqichga yo‘l oladi. Savollar test shaklida bo‘lib, korrupsion huquqbuzarlik sodir etilgan muammoli vaziyatlar, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha dunyo tajribasi, tegishli qonunchilik normalari asosida tuzilgan. Yakuniy bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 3 ta jamoa aniqlanib, g‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. NDKTU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi
Bizni kuzatib boring:
NDKTU RASMIY KANALI
Show all...
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ INNOVATSION TUMANDA YANGI LOYIHA 📍Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, hokim o‘rinbosari Oʻtkir Tillayev "Navoiy Xim Prom" MCHJda bo‘lib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. 🧊 Ushbu loyiha doirasida bugungi kunda sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan xomashyolardan fermerlarning buyurtmasi asosida import o‘rnini bosuvchi ixtisoslashgan innovatsion mineral o‘g‘itlarni qadoqlash va qayta ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda. Tuman rahbari tomonidan tadbirkorga ushbu loyihani yanada kengaytirgan holda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi. 🫥 Ma'lumot o‘rnida: ushbu innovatsion loyihaning umumiy qiymati 800 million so‘mni tashkil etib, bugungi kunda 8 ta ish o‘rni yaratilgan. 👌Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati 📝📝📝 ИННОВАЦИОН ТУМАНДА ЯНГИ ЛОЙИҲА 📍 Кармана тумани ҳокими Валижон Адизов, ҳоким ўринбосари Ўткир Тиллаев "Навоий Хим Пром" МЧЖда бўлиб, корхона фаолияти билан яқиндан танишишди. 🧊 Ушбу лойиҳа доирасида бугунги кунда саноат корхоналарида ишлаб чиқарилаётган хомашёлардан фермерларнинг буюртмаси асосида импорт ўрнини босувчи ихтисослашган инновацион минерал ўғитларни қадоқлаш ва қайта ишлаб чиқариш амалга оширилмоқда. Туман раҳбари томонидан тадбиркорга ушбу лойиҳани янада кенгайтирган ҳолда янги иш ўринлари яратиш бўйича бир қатор таклиф ва тавсиялар берилди. 🫥 Маълумот ўрнида: ушбу инновацион лойиҳанинг умумий қиймати 800 миллион сўмни ташкил этиб, бугунги кунда 8 та иш ўрни яратилган. 👌Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#qo‘shma_ta’lim #qabul
Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Polotsk davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi asosida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabuli boshlandi.
Talabgorlar “Rus tili va adabiyoti” bakalavr taʼlim yoʻnalishiga hamda “Rus tili va adabiyoti” magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirishlari mumkin. 📨 Hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-oktyabriga qadar davom etadi. 📞Qo‘shimcha savollarga quyidagi telefon raqamlar orqali javob olishingiz mumkin: 👉+998934352855; 👉+998500549229; 👉+998906188046; 👉+998907303600 ™️:👉@Orif_Dilshodovich
Bizni kuzating👇
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat_tanlov Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan fundamental hamda amaliy loyihalar asosida bajariladigan amaliy tadqiqot hamda innovatsion loyihalar tanlovi doirasida hujjatlar qabul qilinishi davom etmoqda. Mazkur tanlov ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarining davomiyligini taʼminlash, yakuniy natijaga erishishni tashkil etish hamda loyihalarni shakllantirish asosida yangi gʻoya va ishlanmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha.ilmiy.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yilning 20-sentabriga (shu kuni ham 18:00 gacha) qadar elektron shaklda yuborilishi lozim. Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook
Show all...
Repost from PROFEDU.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
#KLASSIFIKATOR 📘Nomi: Professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar KLASSIFIKATORI 💾 Hajmi: 10,6 Mb 🗂 Hujjat turi: PDF 📄 Varaqlar soni: 58 bet ✅ Yuklab olish 🖥 Shu kabi hujjatlarni edu.profedu.uz metodik ta'minlash platformasi orqali yuklab olishingiz mumkin
|Bizni kuzatib boring
🌐Veb-sayt |✅Facebook |✅Telegram| 📹Youtube
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.