cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
2 089
Subscribers
-224 hours
-77 days
-4230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

12:20
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_NIGOHIDA 😄 Vazifa va ijro: ko'p qavatli uylarni boshqarishda yangicha yondashuvlar Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Show all...
49.74 MB
00:09
Video unavailableShow in Telegram
📣#Isitish, #ventilyatsiya, #konditsionerlik, #suv taʼminoti, #santexnika, #hovuzlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari va #qayta tiklanadigan energiya manbalari – #Aquatherm® Tashkent 2024”  12-xalqaro koʻrgazmasiga onlayn beyjni qo'lga kiriting! 👉 https://bit.ly/AT-uz_reg 📍“O‘zekspomarkaz” MKK, 1-2 pavilyonlar, Atrium 1 zalI Sanalarni biznes taqvimingizga saqlang va beyjingizni oldindan oling! 📞 +998712051414 🌐 aquatherm-tashkent.uz _ 📣 Получите онлайн-бейдж на 12-ю Международную выставку «#Отопление, #Вентиляция, #Кондиционирование, #Водоснабжение, #Сантехника, #Бассейны, Технологии по охране окружающей среды и #Возобновляемые источники энергии – #Aquatherm® Tashkent 2024» ! 👉 https://bit.ly/AT-ru_reg 📍 НВК "Узэкспоцентр" павильоны № 1, 2  зал Атриум 1 Сохраните даты в Ваш бизнес-календарь и получите свой бейдж заранее! 📞 +998712051414 🌐 aquatherm-tashkent.uz 📱 Instagram  📱 Facebook 📱 linkedin #ItecaExhibitions #AquathermTashkent #Heating #Ventilation #AirConditioning #WaterSupply
Show all...
3.68 MB
#Hududlardan_xabarlar #Kuz_qish 🌧❄️Andijonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda “Qoʻshariq”, “Yashnobod”, “Binokor” va “Bunyodkor” mahallasidagi 75 ta koʻp qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg'in pallada. Tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash boʻyicha 8 dona tarmoq ustunlari, jami 500 metr quvur tartibga keltirildi, boʻyaldi va demontaj qilindi. 40 ta xonadonning gaz jihozi texnik koʻrikdan oʻtkazildi va fuqarolar murojaatiga asosan yana qoʻshimcha vazifalar bajarilmoqda. 3 ta uyning eskirgan ichimlik suvi quvurlari va elektr shitlari taʼmirlandi. Oʻtkazgichlar almashtirildi, kirish yoʻlaklari va yertoʻlalarga yoritish chiroqlari oʻrnatildi. Jami 12 ta uyning yertoʻlasi tozalandi, poydevori boʻyaldi, tarnovlari va suv quvurlari taʼmirlandi, shuningdek, moʻrikonlar ham koʻrikdan oʻtkazildi. Yertoʻlalar dezinfeksiya qilinib, uylar atrofi obodonlashtirildi. 🫥 Xususan, kichik dahalardagi uylar ichki issiqlik tizimlariga ulanyapti. Andijon shahridagi RK-2 qozonxonasi va asosiy tarmoqlari toʻliq rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi. Qozonxona yordamida issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlanuvchi 32 ta ijtimoiy soha obyektlari tarmoqqa qayta ulandi. Shuningdek, 5 ta kichik dahalar va “Mashrab” koʻchasidagi qariyb 12 mingta xonadonlardan iborat jami 270 ta koʻp qavatli uylarda ichki issiqlik tizimlarini tiklash ishlari tashkil etildi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Show all...
👍 1
#Hududlardan_xabarlar #Kuz_qish 🌧❄️Kuz-qish mavsumida aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratish maqsadida Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 188 ta ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi "Kuhinur city SSS" MCHJ boshqaruv kompaniyasi tomonidan kirish yo‘laklariga temir eshiklar o‘rnatish va framuga oynalarini yangilash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur tumandagi 3 ta uyning tom qismi hamda 6 tasining fasad qismi joriy ta’mirlandi. Jumladan, "Ittifoq" mahalla fuqarolarlar yig‘ini hududidagi 65 ta ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Ittifoq istiqlol sari” MCHJ boshqaruv tashkiloti tomonidan jami 12 ta ko‘p kvartirali uylarning 39 ta kirish yo‘laklari, 47 ta elektr shitlar, 4 ta yerto‘la qismi va 6 ta uy ichidagi muhandislik tarmoqlarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Show all...
👍 1
#Hududlardan_xabarlar #Kuz_qish 🌧❄️ Guliston shahrining "Bo'ston" mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida hokimlik, tegishli tashkilotlar xususan, "Istiqlol kommunal ta'mir xizmati" boshqaruv servis kompaniyasi bilan birgalikda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholi yashovchi hudud atroflari tozalanib, turli xildagi chiqindilar maxsus texnikalar yordamida chiqarib tashlandi va ko'p qavatli uylarning yerto'la qismidagi oqova suv quvurlari ta'mirlanib, elektr shitlar tartibga keltirildi. 🌳 Bundan tashqari mahalla hududida elektr simlariga tutashgan daraxt shoxlarini kesish, gaz quvurlarini bo'yash kabi ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, "Yangiyer kommunal ta'mirlash servis" MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Yangiyer shahri "Davlatobod" mahallasida joylashgan 10-sonli ko'p qavatli uyning kirish eshiklari olib tashlanib, yangi temir eshiklar o'rnatib berildi. Sirdaro viloyatining barcha tuman va shaharlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish borasidagi ishlar qizg'in davom etmoqda. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Show all...
👍 1
#JARAYON 🚨 Kompetensiyani rivojlantirish institutida malaka oshirish darslari davom etmoqda Institutda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasining ichimlik suv ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish yo'nalishida nazorat tadbirlarini amalga oshiruvchi xodimlar uchun malaka oshirish darslari bo'lib o'tmoqda. Malakali mutaxassislar tomonidan tinglovchilarga xalqaro standartlar asosida darslarning tashkil etilishi hamda nazariy olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida Toshkent shahridagi "Salar" oqova suv tozalash inshootida amaliy darslar o'tkazildi. 🔴 Jarayonda tinglovchilar inshootda oqova suvlarning qay tartibda tozalanishi, suvning iste'molchilarga qanday holatda taqsimlanish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Show all...
👍 1
05:20
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_NIGOHIDA 🌧❄️Kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Show all...
98.62 MB
#Xalqaro_hamkorlik 🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva boshchiligidagi mas’ullar Buyuk Britaniya elchixonasi vakillari, xususan elchi janoblari Timoti Smart va bir qator boshqa mutasaddilar bilan uchrashdilar. Dastlab vazir o‘rinbosari uchrashuv ishtirokchilariga vazirlik faoliyati, qurilish-kommunal sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni, amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, xususan, tizimni raqamlashtirish, sohada energosamaradorlikni oshirish kabi ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, sohada mutaxassislarni malakasini oshirish yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
- Mamlakatimizda qurilish va aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Iqtisodiyotimizning eng muhim tarmoqlarini rivojlantirish orqali biz, eng avvalo, yurtboshimiz boshlab bergan ulkan g‘oya, xalq manfaatining har narsadan ustunligini ta’minlash yo‘lida harakat qilmoqdamiz. Bu yo‘lda xorijning eng ilg‘or tajribalarini o‘z amaliyotimizda qo‘llashdan mamnun bo‘lamiz,- dedi Ozoda Jo‘rayeva.
Uchrashuvda shuningdek, Buyuk Britaniyaning CONNEX platformasi, O‘zbekistonning mazkur platformaga kirish imkoniyati va qo‘llab-quvvatlash uchun investitsion loyihalarga yordam berish masalalari bo‘yicha ma’lumot berildi. Dunyo miqyosida iqlim, energetika va suv xavfsizligi bo‘yicha keng loyihalarni amalga oshirib kelayotgan platforma mamlakatimizning qurilish va kommunal sohasida hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lishini bildirdi. 🟡 Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik loyihalari va uning imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Show all...
Xalqaro Anjuman.mp49.07 MB
👍 1
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.