cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ta’lim yangiliklari

Таълим янгиликлари Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring. Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.

Show more
Advertising posts
6 122
Subscribers
-524 hours
-437 days
-10830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdik. Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, ta’lim, madaniyat va kinematografiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildik. - Сегодня у нас состоялась встреча с послом Турецкой Республики в Узбекистане Олганом Бекаром. Мы обсудили вопросы дальнейшего расширения сотрудничества между нашими странами, в том числе реализацию совместных проектов в области образования, культуры и кинематографии.
Show all...
👍 2
#Xalqaro_hamkorlik Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida ikkinchi xorijiy til amaliyoti joriy etilgan maktablar uchun xitoy tili darsliklarini qabul qilib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, "Asia Trans Gas" O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi Bosh direktori Lui Zhiguang hamda ikki tomondan mas'ullar ishtirok etishdi. Tadbirda “Asia Trans Gas” homiyligi asosida xarid qilingan 550 nusxa xitoy tili darsliklari va 550 nusxa mashq daftari taqdim etildi. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2024-yildagi PQ-53-sonli Qaroriga muvofiq, o‘quvchilarni ikkinchi xorijiy tilga o‘qitish amaliyoti joriy etilgan.
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab jami 354 ta maktabda 2-xorijiy tilga o‘qitish jarayonlari boshlandi. Mazkur maktablarning oltitasida xitoy tili 2-xorijiy til sifatida o‘qitiladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
Repost from Zamin Foundation
"Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" hamda "Toza ichimlik suvi" loyihalari doirasida Buxoro va Nukusda o‘quvchilar uchun xalqaro mutaxassislar ishtirokida ichimlik suvidan oqilona foydalanish, sanitariya va gigiyena masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Bundan tashqari, maktab xodimlari uchun zamonaviy suv tayyorlash uskunalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tadbirlarda 350 nafarga yaqin odam ishtirok etdi. Bunday o‘quv seminarlarining o‘tkazilishi suvni tejamkorlik bilan iste’mol qilish va sanitariya qoidalariga rioya etish madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashadi, shuningdek, uskunalarning xizmat muddatini uzaytiradi. — В рамках проектов «Водоснабжение, санитария и гигиена в общеобразовательных школах Бухарской области» и «Чистая питьевая вода» в Бухаре и Нукусе для учащихся прошли информационно-просветительские мероприятия совместно с международными экспертами по вопросам рационального использования питьевой воды, санитарии и гигиены. Также для сотрудников школ состоялись обучающие тренинги по эксплуатации современного оборудования водоподготовки. Всего в мероприятиях приняло участие около 350 человек. Проведение подобных образовательных семинаров способствует формированию культуры ответственного потребления воды и соблюдения правил санитарии, а также увеличивает срок службы оборудования. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Brifing ✅ Mavzu: Yangi joriy etilgan "Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarining mazmun-mohiyati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ➖ Vaqti: 14:00 ➖ Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Аxborot xizmati rahbari 👉 Jonli efir 📍 Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo'lib o'tmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Эълон ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi! 📣 Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin. ❗️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda jo'natishlari lozim. 🏆 Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar: 🥇 1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. so‘m pul mukofoti; 🥈 2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok; 🥉 3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi va joriy yilning 20-oktabriga qadar davom etadi.
Tanlovning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Таълимда_ислоҳотлар O‘quvchilarning bilimlari sun'iy intellektga asoslangan platforma orqali baholanadi 🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Singapur ta’lim tashkiloti hamkorligida o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan bilimlarini sun’iy intellektga asoslangan Cerebry platformasi orqali baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu platformadan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar kompyuter, planshet yordamida istalgan joyda turib foydalanishlari mumkin.
Platforma sun’iy intellektga (AI) asoslangan bo‘lib, unda berilayotgan savollar o‘quvchilarning bilimiga moslashuvchan hisoblanadi. O‘qituvchilar ham platforma orqali o‘quvchilarga topshiriqlar beradilar va natijalarni monitoring qilishlari mumkin.
Ushbu platformadan barcha maktab o‘quvchilari foydalanishlari va natijalarni tahlil qilishlari mumkin. Buning uchun tizimda royxatdan otish talab etiladi. Topshiriqlar ozbek, rus va ingliz tillarida joylashtirilgan. 🔴 Ayni damda Respublikamizdagi maktablar o'quvchilari hamda ustozlarning https://www.cerebry.co/ platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#TASHABBUS ⚡️ Maktablarda Huquq sinflari tashkil qilinadi ➡️"Davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (532-son, 27.08.2024 y.) qabul qilindi ➡️Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan variativ o‘quv rejalari asosida zamonaviy ko‘rgazmali o‘qitish vositalari bilan ta’minlangan “Huquq sinflari” tashkil etiladi. ➡️Umumta’lim muassasalari huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlanadi. ➡️Huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini oshirib borish maqsadida 2024-yil 1-noyabrgacha uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi yaratiladi. ➡️2024/2025-o‘quv yilidan umumta’lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi. ❗️“Huquq sinfi”ga o‘quvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf o‘quvchilari orasidan saralab olinadi. ➡️2024/2025-o‘quv yilidan boshlab “maktab-litsey-texnikum-universitet” uzluksiz ta’lim tizimi asosida akademik litseylarni muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilar test sinovlarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Show all...
👍 1
#Xon_atlas_jilosi
▪️Denov tumanidagi 10-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari va xodimlari ishtirokida “Xon atlas” tadbiri tashkil etildi.
▪️O'zbek xalqining milliy urf-odat va an’analari, estetik qarashlarini o'zida jamlagan bu milliy libos o‘ziga xos xususiyatlari bilan yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otadi. ▪️“Xon atlas” festivali milliy qadriyatlarimiz, madaniy taraqqiyotimizning ifodasidir. Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Show all...
👍 1
Repost from Sherzod Shermatov
01:43
Video unavailableShow in Telegram
Video from ICT Week Uzbekistan opening, please share among your friends to invite them to Uzbekistan! We help to grow your business with us! You can watch the opening ceremony in full from live recorded video: https://www.youtube.com/live/dFkXzUFnv7c?feature=shared #Uzbekistan #IT_hub #Breaking_stereotypes #ICT_Week
Show all...
33.84 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#BILASIZMI #VAZIR_TASHABBUSI #TЕLЕFONSIZ_MAKTAB 🟢Maktabga kirishda o‘quvchi va boshqa fuqarolar mobil telefonlarni maktab ma’muriyatiga topshirish tartibini yo‘lga qo‘yish tavsiya etildi ➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgust kungi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari"da maktab hududida mobil telefonlar foydalanish bo‘yicha bir qancha tavsiyalar berilgan. 🔴Unga ko‘ra, ➖ ta’lim muassasasi hududida har bir ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari hamda tashrif buyuruvchi boshqa fuqarolar shaxsiy mobil aloqa vositalarini ovozsiz holatga keltirishlari, maktab ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda (maktab foyesi, ma’naviyat xonasi, sinf xonalari va boshqa qulflanadigan joylarda) qulfli qutilar tashkil etilishi lozim bo‘ladi; ➖ bunda ta’lim muassasasining binosiga kirilganda mobil aloqa vositalarini topshirish va dars jarayonlari tugagandan so‘ng qabul qilib olish tartibini yo‘lga qo‘yish tavsiya etiladi; - ta’lim muassasasida pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini maktab rahbariyati nazorat qiladi; ➖ O‘quvchilar tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini esa barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi; ➖ O‘qituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida o‘quvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qo‘yiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda o‘quvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi; ➖ Shunday holat o‘quv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda o‘quvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi asosida ma’muriy javobgarlikka tortiladi, o‘quvchi ichki ishlar organlarining profilaktik ro‘yxatiga olinadi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.