cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi

Advertising posts
294
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

✅ Bugun viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi mutasaddilari hamda bir guruh jurnalistlar ishtirokida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasidagi tadbirlarga ajratilayotgan mablag‘lar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib o‘tdi. Tadbirda bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Oqbo‘tayev ishtirokchilarga "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bo‘yicha ajratilayotgan mablag‘lar va sohada olib borilayotgan ishlar" yuzasidan ma'lumotlar berdi. Shundan so'ng Matbuot anjumani jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berish, o‘zaro muloqot tarzida davom etdi. 👉 Kanalga ulanish
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📃O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-son Farmoni ko‘ra: 📣Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi joriy yilning 23-sentabr kuni soat 09:00 da boshlanishi ma’lum qilamiz. 💠Shuningdek, ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 💠Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin bo‘ladi. Hurmatli fuqaro! Siz Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uzyagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda ariza topshirishingiz mumkin. ❗️Eslatma: ariza beruvchi va/yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromad miqdori: 🔹Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 8 baravarigacha (8 mln 400 ming soʻm); 🔹Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (9 mln 660 ming soʻmgacha) boʻlishi zarur. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli jurnalist va blogerlar diqqatiga! Joriy yilning 19-sentyabr kuni soat 15:00 da viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasidagi tadbirlarga ajratilayotgan mablag‘lar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. Anjuman doirasida oʻzingizni qiziqtirgan savollarga aniq va batafsil javob olishingiz mumkin. Murojaat uchun telefonlar: 📞(99) 042-01-77; 📞(66) 235-15-09 👉 Kanalga ulanish
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🎉 “Tashabbusli budjet”da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi “Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, yuqori ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 177 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Jumladan: ➡️ Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 56 ta loyiha; ➡️ loyiha qiymatining 20 foizigacha mablag‘ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha; ➡️ mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 96 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. 🏆 G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin. #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Show all...
06:14
Video unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📚 Imtiyozli ta'lim krediti: Yangi imkoniyatlar!
Endi oliy va professional ta'lim muassasalari talabalariga ta'lim olishlari uchun imtiyozli kreditlar olish osonlashdi! O‘qishni davom ettirish uchun zarur mablag‘ni qanday olish mumkinligini bilasizmi?
📑Asosiy afzalliklar: Yigitlar uchun — 13,5% stavka (Markaziy bank asosiy stavkasi) Xotin-qizlar uchun — foizsiz (0%) kreditlar 📆 To‘lov muddati: o‘qish tugagandan so‘ng 7 yil davomida qaytarish imkoniyati 📝 Ariza topshirish uchun: ta'lim-krediti.mf.uz yoki my.gov.uz 🔗Batafsil videolavhada. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Show all...
new video final tg.mp454.50 MB
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🖇 Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat xaridlari va suveren xalqaro obligatsiyalarining kotirovkalari toʻgʻrisidagi avgust oyi ma'lumotlari taqdim etilmoqda. #Kun_Raqami #Budjet2024 #Davlat_Xaridlari #Bond #EuroBond Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zbekiston Respublikasida 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi: 2024–2026-yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar; 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi. 👉 Kanalga ulanish
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
"Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2024-yil 2-mavsumi doirasida Samarqand viloyati bo‘yicha g‘olib deb topilgan takliflar Mazkur bosqichda g'olib deb topilgan loyihalar soni 161 tani, ularga ajratilgan mablag' esa 208,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi 👉 Kanalga ulanish
Show all...
00:51
Video unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ Hurmatli fuqarolar! So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram botlari orqali “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish evaziga pul mukofotlari taklif etish holatlari keng tarqalib, turli bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. 📥 Xususan, va’da qilingan mablag‘lar berilmayotgani bo‘yicha fuqarolar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuzlab murojaatlar kelib tushmoqda. ❌ Ushbu holatda uchinchi shaxslar loyihalarga ovoz to‘plash maqsadida pul mablag‘lari yoki moddiy qiymatiliklar va’da qilgan holda fuqarolardan ovoz to‘plab, keyinchalik mukofotlarni bermasligi holatlari kuzatilmoqda. ✅ Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish faqatgina “Ochiq budjet” axborot portali, portalning Android va iOS tizimlarida ishlovchi mobil ilovalari hamda Telegramdagi rasmiy bot orqali amalga oshiriladi. Bunda, amaldagi tartibga ko‘ra, berilgan ovozlar uchun hech qanday to‘lov talab etilmasligi bilan bir qatorda hech qanday moddiy rag‘batlantirishlar ham nazarda tutilmagan. ‼️ Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayoni yakunlanishiga 1 kun qoldi (ovoz berish 31-avgust kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi).
❗️ Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering. Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga taqdim etmang. Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang.
#tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Show all...
1openbudget tg.mp411.05 MB
Стол тенниси бўйича ходимлар ўртасида мусобақа ўтказилди Самрқанд вилояти Иқтисодиёт ва молия бош бошқармаси ва унинг қуйи тизимида ходимлар касбий салоҳиятини юксалтириш билан бир қаторда, уларнинг соғлом турмуш тарзига риоя қилиш ва спорт билан шуғулланишлари учун шароит яратиш борасида тизимли ишлар олиб борилади. Мазкур фаолият доирасида Мустақиллигимизнинг 33 йиллиги арафасида ходимлари ўртасида стол тенниси бўйича бош бошқарма бошлиғи соврини учун мусобақаси ўтказилди. Қизғин кечган ўйинлар натижасига кўра, Булунғур тумани иқтисодиёт ва молия бўлими жамоаси 1-ўрин, Самарқанд тумани иқтисодиёт ва молия бўлими жамоаси 2-ўрин,Нуробод тумани иқтисодиёт ва молия бўлими жамоаси 3-ўринни қўлга киритдилар. Ғолиблар бошқарма бошлиғи ҳамда Самарқанд вилояти Иқтисодиёт ва молия бош бошқармаси касаба уюшмаси қўмитасининг эсдалик совғалари билан тақдирландилар. Бундай мусобақалар спортнинг бошқа турлари бўйича ҳам ўтказилиши режалаштирилган.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.