cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Baytul ilm

Maqsadimiz: ✔️Arab tiliga doir darslar ✔️Arab tiliga oid foydali kontentlar va materiallar ✔️Ko'proq arabcha kitob o'qish va unga targ'ib qilish ✔️Shaxsiy fikr va tajribalarni bo'lishish Murojaat uchun: @Mutarjimarabiy Manba ko'rsatilsin!

Show more
Advertising posts
3 144
Subscribers
-324 hours
+97 days
+6230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#tavsiya Ko‘pchilik uchun yangi Silsilatul lisan kitobidan dars boshlanayotgan ekan. Bir qiziqsak bo‘ladi. Negadir Cefrga tayyorlanishda ommalashmagan. Lekin mashqlari va matnlari qolgan silsilalardan o‘ziga xosligi bilan ajralib turishi e'tiborga molik nazarimda. @arabictadriys
Show all...
👍 5🔥 2💯 1
https://t.me/ahmedeskander4 Balog‘at ilmi bo‘yicha كيف تتقن البلاغة؟ kitobi muallifi ushbu qo‘llanma asosida bepul darslar qilayotgan ekanlar. Ustoz tavsiyalaridan keyin qiziqib ko‘rgandim. Haqiqatda ancha sifatli bo‘lyapti ekan.
Show all...
كيف تتقن اللغة العربية

شرح اللغة العربية من كتاب كيف تتقن النحو والصرف والبلاغة

🔥 9👍 2🤩 2
Quyidagi hikmatning arabchasini izohlarda yozib qoldiring: Yo‘lingni belgilab olda, maqsading uzra davom et. Insonlarning malomati-yu, madhi seni aldab qo‘ymasin. Qiyomatda hisob-kitob qiladigan Robbing. Ular emas. @arabictadriys
Show all...
9💯 4🔥 2😢 1
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! ✅Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, sizlarni boshlanish arafasida turgan yangi bir loyihamiz bilan tanishtirib o'tmoqchiman. ✨Hammamizga ma'lumki Olamlarga rahmat qilib yuborilgan Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo ❤️ ning tavallud topgan muborak oylari kirib keldi, shu munosabat bilan biz ham o'zimizga yarasha bir kichik "Loyiha" uyushtirmoqchimiz. Bu loyiha Paygambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari bilan tanishishdan iborat bo'ladi. ❗️Ushbu loyiha 24-ta mavzudan iborat bo'lib, 24 kun davomida bittadan mavzu ulashib boriladi. Allohning izni ila Mavlud oyi tugashiga bizning loyihamiz ham o'z nihoyasiga yetadi. 🥰 Alloh taolodan qo'l urmoqchi bo'lib turgan loyihamizni manfaatli qilishini va xolis o'zining roziligi uchun bo'lishligini so'rab qolamiz. 📆 08\09\2024 ➡️Loyihamiz o’z ichiga oladigan 24 mavzu jadvali:
1- Sayyidimiz Muhammad ❤️ 2- U zot ❤️ ning Onalarinig vafotlari. 3- U zot ❤️ Payg'ambar bo'lishlaridan oldin go holatlari va Hadicha onamizning mollarida qilgan tijoratlari va U zot bilan turmush qurishlari. 4- U zot ❤️ ning Payg'ambar bo'lishliklari. 5- Islom diniga maxfiy da'vat va Islom diniga birinchi bo'lib kirganlar. 6- Habashistonga birinchi Hijrat. 7- Qurayshning "Banu Hoshim va Banul Muttolib" qabilalari bilan aloqalarini uzishi. 8- Motam yili. 9- Madinaga Hijrat va uning sabablari. 10- Madinada Islom davlatining ustunlari. 11- Badr jangi. 12- Banu Qoynuqo' qabilasining ketishi. 13- Uhud Jangi. 14- Banu Nadiyr qabilasining ketishi. 15- Xandaq jangi. 16- Banu Qurayza jangi. 17- Xaybar jangi. 18- Mu'ta jangi. 19- Makka fathi. 20- Hunayn jangi. 21- Tabuk jangi. 22- Vidolashuv Haji. 23- Rosululloh ❤️ ning vafotlari. 24- Rosululloh ❤️ ning sifatlari va axloq-odoblari.
اللَّهُــمَّ صَلِّ وَسَـــلِّمْ وَبَارِكْ على نَبِيِّنَـــا مُحمَّد ❤️
🚀 Maktublar | رسائل
Show all...
👍 22🔥 2
⚡️Yangi kitob boshlanayotgani munosabati bilan guruhga qabul. Kurs shakli: Cefr/Tanal. Kursdan qilingan maqsad: Arab tili ta'limi uchun mo‘ljallangan 20 ga yaqin silsila kitoblarining B2/C1/C2 darajalarini o‘qib chiqish; nahvdan "Tanal" kitobi testlari asosida grammatik ko‘nikmalarni mustahkamlash; so‘zlashuv ko‘nikmasini rivojlantirish uchun دليل الشراكة اللغوية kitobini ko‘rib chiqish. Ishtirokchilarning takliflaridan kelib chiqib silsilaviy kitoblar ro‘yxati kengaytirilishi mumkin. Kimlar uchun: B1/B2 darajadagi kitoblarni o‘qigan talabalar; lug‘at boyligini oshirishni xohlovchilar; nahvdan fundamental bilimlarga ega; keyinchalik faoliyatini ta'lim va tarjima sohasida davom ettirmoqchi bo‘lganlar; arab tili ixlosmandlari ishtirok etishlari mumkin. Arab tili o‘qitiladigan ta'lim muassasalari va C1 sertifikatini qo‘lga kiritgan talabalarga qatnashish uchun ustunlik beriladi. Dars kunlari: Seshanba, payshanba, shanba kunlari 5.00. Kursda qatnashish uchun quyidagi @Mutarjimarabiy manziliga murojaat qiling. @arabictadriys
Show all...
👍 13🎉 6 2🔥 2👎 1
Sizni bugungi bayram bilan muborakbod etamiz. Mustaqillik bayrami barchamizga qutlug‘ bo‘lsin! نهنئكم جميعا بعيد الاستقلال المبارك! الله يبارك فينا وفيكم! أخلد الله لنا هذه النعمة العظيمة المرموقة. @arabictadriys
Show all...
👍 10🎉 8😁 3🔥 1
- قال سيدنا عمر رضي الله عنه: كونوا دعاة إلى الله وأنتم صامتون. قيل له: كيف ذلك؟ قال: بأخلاقكم. Sayyidimiz Umar roziyallohu anhu: - "Sukut saqlagan holingingizda Allohga da'vat qilinglar" - dedilar. - U zotga: "Qanday qilib ?" - deyildi. - "Axloqlaringiz bilan" - dedilar. @arabictadriys
Show all...
👍 23🔥 5 4💯 2
Photo unavailableShow in Telegram
#tanituv Talablariga ko'ra! 📢O'qish va yozishni bilganlar uchun "Katta nahv karvoni" doirasida mutlaqo TEKIN ochiq darsga qabul! 📚Dasturdagi kitoblar tartibi boshlang'ichdan yuqoriga qarab: 1."Mabdaus sarf" darsligi 2."Mabdaun nahv" 3."Janohut tolib" 4."Soddalashtirilgan arab tili grammatikasi" 1-2-qismlari 5."Kayfa tutqinus sarf"-Ahmed Iskandar 6."An-nahv tatbiyqiy"-Xolid Abdul Aiziz 7."At-tatbiyqun nahv"-Dr.Abdur Rojihiy 📝 Dars: Har kuni 22:30 da ⏰ Dars soati:1.5 soatgacha 💬 Online:Zoom orqali ✅Darslar mutlaqo tekin! ☪️ Qatnashish uchun shartlar: 1.Ushbu postni arab tiliga doir 5 ta guruhga tarqatasiz. 2.📺"You tube"(ustiga bosing) kanalimizga azo bo'lasiz.. 💬 @xushnudbek_xolmuhammad
Show all...
👍 8
Siyosiy menejment bo‘yicha ma'ruzachi, biznesmen, yozuvchi Doktor Iyhab Fikriyning (إيهاب فكري) "So‘z san'ati" kitobi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan noyob fikrlar jamlanmasi. Ozgina sheva aralashganini hisobga olmasa, tili ham ancha tushunarli ekan. @arabictadriys
Show all...
فن الكلام.pdf8.47 KB
👍 18
لقد تم التساؤل عمن يقوم بتعليم الدورات التدريبية في هذه القناة. لمقتضى الحال ولعدة أسباب رأينا أنه يجوز الإخبار عن البيانات الشخصية عن أنفسنا. الأستاذ: محمدجانوف فتح الدين نور الدين محيي الدين أوغلي. حامل بكالوريوس في أكاديمية أوزبكستان الإسلامية الدولية في تخصص فقه اللغة (اللغة العربية). ماجستير في أكاديمية أوزبكستان الإسلامية الدولية في تخصص دراسة اللغة (اللغة العربية). التخصص: مستشرق/لغوي. منذ عدة سنوات يعمل كمترجم ويقوم بتدريس اللغة العربية في المؤسسات التعليمية الثانوية والإعدادية الخاصة. ويعمل حالياً مدرساً في قسم ترجمة اللغة العربية العملية والنظرية في جامعة اللغات العالمية. إجادة اللغة الأجنبية: C1. سيتم تقديم الدبلومات والشهادات لمن يطلب للمعلومة. Bu blogdagi kurslarni kim o‘tadi degan savol bo‘libdi. Noqulay bo‘lsa-da, sharoit taqozosi va ba'zi bir sabablar tufayli o‘zimiz haqimizdagi ma'lumotlarni ochiqlab qo‘yishni joiz deb topdik. Ustoz: Fathiddin Nuriddin Muhyiddin o‘g‘li. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalvriat filologiya (arab tili) yo‘nalishi bitiruvchisi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Lingvistika (arab tili) mutaxassisligi magistranti. Mutaxassisligi: arabshunos/tilshunos. Bir necha yillardan beri tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullanib, rasmiy-xususiy o‘rta va o‘rta-maxsus ta'lim muassasalarida arab tilidan ta'lim berib kelmoqda. O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi. Joriy yildan Ijtimoiy-siyosiy fanlari instituti Chet tillar kafedrasi arab tili o‘qituvchisi Chet tilini bilish darajasi: C1. @arabictadriys
Show all...
👍 37
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.