cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

UzASBO yangiliklari

UzASBO ДМда ишлаш бўйича тезкор маълумотлар

Show more
Advertising posts
12 021
Subscribers
+224 hours
+197 days
+5130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

UzASBO-2'da moliyaviy hisobotlar tuzishda qilingan o'zgarishlar https://telegra.ph/UzASBO-2da-moliyaviy-hisobotlar-07-31 @uzasboyangiliklari
Show all...
UzASBO-2'da moliyaviy hisobotlar

O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Byudjet hisoboti” (ro‘yxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning byudjet hisobotini tuzish va taqdim qilish tartibini belgilaydi. Shuningdek, Davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlar smetasi hamda moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM (ro'yxat raqami 3341, 2021-yil 6-dekabr) O‘zbekiston Respublikasining…

Tibbiyot tashkilotlari uchun Ma'lumotlar-Kadrlar hisobi ma'lumotlari-Shtat lavozimlarini o'zgartirish hujjati qilingandi. Shuningdek, Ma'lumotlar-Kadrlar hisobi ma'lumotlari-Shtatlar jadvaliga o'zgartirish kiritish (15-ilova) hujjati ham mavjud. Bu ikkala hujjat ham o'ziga belgilangan vazifa uchun emas, kop'roq bir lavozim bo'yicha ma'lum toifada ishlayotgan xodim o'rniga boshqa toifadagi xodim ishga qabul qilinishi kerak bo'lganda foydalanilyapti. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida nizomda lavozimlar bo'yicha toifasiga qarab nechanchi razryad boyicha oylik hisoblanishi belgilab qo'yilgan. Yoki Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 1-ILOVAda Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari keltirilgan bo'lib, summalar toifalar bo'yicha ko'rsatilgan. Bu kabi lavozimlar oliy ta'lim va boshqa tizimlarda ham uchraydi. Endilikda toifasi o'zgargani yoki bir toifadagi xodim o'rniga boshqa toifadagi xodim ishga qabul qilinayotgani uchun yuqoridagi hujjatlarni tuzish shart emas. Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Xodimning ish haqini belgilash hujjatidagi Toifasi, ma'lumot darajasi joyida tegishlisi tanlansa, tashkilot strukturasidan kelib chiqib oklad summasi avtomatik shakllanadi. Shu vaqtgacha tashkilot strukturasi, shtatlar jadvali va boshqa lavozim tanlanadigan joylarda lavozim nomiga tegishli toifa nomini ham qo'shgan holda alohida kiritilayotgandi. Mazkur holat ham to'g'rilanib, tashkilot strukturasida ham, tashkilotlardagi shu paytgacha bo'lgan barcha hujjatlardagi lavozimlar ham toifa nomlari chiqarib tashlangan holda yangilab qo'yildi. Boshqaruv menyusidagi Shtatlar jadvali bo'yicha tashkilot turi shakllanishi (Tashkilot foydalanuvchilari) qismiga kirib, tegishli hujjatning lavozim bo'limida buni tekshirib ko'rish mumkin. Mazkur qism bo'yicha bu yerda to'liq ma'lumot berilgandi. @uzasboyangiliklari
Show all...
Show all...
UzASBO DMda chet el valyutasidagi operatsiyalar hisobi

27 razryadlik shaxsiy g'azna hisobvaraqlarning 7-9-raqamlari valyuta turini bildiradi. 400910860124017094100350001 SHG'Hdagi 860 raqami uning valyuta turi so'm ekanligini bildiradi. Bu yerda 860 dan boshqa raqam bo'lsa, uning qaysidir valyuta turi bo'yicha ochilganligini bildiradi. Misol uchun, 400110840124017094100350001 SHG'Hda 840 raqami valyuta turi AQSH dollari ekanligini bildiradi. 20 talik bank hisobraqamlarning esa 6-8 raqamlari valyuta turini bildiradi. 23214000904627460998 hisobraqamda 000 raqami…

Shaxsiy ushlanmalar bo'yicha to'lovlarni amalga oshirish jarayoniga kiritilgan o'zgarishlar https://telegra.ph/Shaxsiy-ushlanmalarni-sorovnoma-va-tolov-hujjatida-korsatish-tartibi-08-29 @uzasboyangiliklari
Show all...
Shaxsiy ushlanmalarni so'rovnoma va to'lov hujjatida ko'rsatish tartibi

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 28.06.2024 yildagi 15-1-2-13441-son xatiga asosan shaxsiy ushlanmalar bo'yicha to'lov hujjatlari ish haqidan chegirilgan summa doirasida tegishli shaxsning JSHSHIRini ko'rsatgan holda tuziladigan qilindi.

Boshqaruv menyusiga Shtatlar jadvali bo‘yicha tashkilot turi shakllanishi (foydalanuvchilar uchun) qismi qo'shildi. Bu yerdan quyidagi holatlarda xatolik nmadan yuzaga kelayotganini xulosa qilish mumkin: - Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Xodimning ish haqini belgilash hujjatini to'ldirishda to'lov turlari chiqmasligi; - Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Bir martalik to‘lovlar berish to‘g‘risida buyruq yoki Doimiy to`lov turlari (xodimlar kesimida) qismida hamma to'lov turlari chiqmasligi - Shtatlar jadvalini to'ldirishda tashkilot strukturasi to'g'ri shakllantirilmagani yoki shtatlar jadvalidagi qatorlar summasi boshqacha hisoblab chiqarilayotgani https://telegra.ph/Shtatlar-jadvali-boyicha-tashkilot-turi-shakllanishi-08-13 @uzasboyangiliklari
Show all...
Shtatlar jadvali bo‘yicha tashkilot turi shakllanishi

Boshqaruv menyusiga Shtatlar jadvali bo‘yicha tashkilot turi shakllanishi (foydalanuvchilar uchun) qismi qo'shildi. Bu qism tashkilotlarda yuzaga kelayotgan qator muammoli holatlarning asl sababini xulosa qilishda yordam beradi.

Davlat maqsadli jamg'armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg'armalar, davlat muassasalari va unitar korxonalar mablag'lariga tegishli SHG'Hlarda kassa xarajati subchyoti o'zgarganligi va mazkur holatni dasturda to'g'ri amalga oshirish tartibi Mazkur SHG'Hlar bo'yicha kassa xarajati subchyoti o'zgartirilmasa, to'lov hujjatlarini yuborishda tegishli o'tkazma uchun g'aznachilik provodkasi biriltirilmagani bo'yicha ogohlantirish chiqadi va hujjatni yuborib bo'lmaydi. https://telegra.ph/Jamgarma-va-DUKlarga-tegishli-SHGHlarda-kassa-xarajati-subchyoti-ozgardi-08-07 @uzasboyangiliklari
Show all...
Jamg'arma va DUKlarga tegishli SHG'Hlarda kassa xarajati subchyoti o'zgardi

Byudjet tashkilotlari foydalanadigan yagona schyotlar rejasiga quyidagi o'zgarishlar kiritildi: Shu vaqtgacha ishlatib kelinayotgan 102420 - Budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari mablag'lari schyotining kodi 102422 ga o'zgartirildi. 102420 - Davlat muassasalari va unitar korxonalar mablagʻlari, 102421 - Davlat maqsadli va boshqa jamgʻarmalarning byudjetdan tashqari mablagʻlari, 504000 - Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlaridan moliyalashtirish schyotlari qo'shildi.…

Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risida ma'lumot (SHG'H kesimida) hisobotini avtomatlashtirish uchun qilingan ishlar https://telegra.ph/Debitorlik-va-kreditorlik-qarzlar-togrisida-malumot-hisobotini-avtomatlashtirish-07-26 @uzasboyangiliklari
Show all...
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risida ma'lumot hisobotini avtomatlashtirish

Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan moliyaviy hisobotlar birlamchi hujjatlar asosida avtomatik shakllanadi. Lekin debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risida ma'lumot hisoboti shu vaqtgacha qo'lda to'ldirilib kelayotgandi, chunki uning avtomatik shakllanishi uchun birlamchi hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar yetarli emasdi. Endilikda mazkur hisobotni ham avtomatlashtirish uchun dasturga bir qancha qo'shimchalar kiritildi:

04:19
Video unavailableShow in Telegram
Shtatlr jadvaliga o'zgartirish kiritish (15-ilova) hujjatini kiritish tartibi
Show all...
Shtatlar jadvaliga o'zgartirish kiritish (15-ilova).mp426.28 MB
Hujjat-Ish haqi hisobi-Oylik hisobi qismida hujjatni tasdiqlashda quyidagi xatolik chiqyapti: Abdullayev Abdulla Abdulla o'g'lida Kabinet mudirligi uchun vrachlarga qo'shimcha (VM-276) ushbu to'lov turi uchun belgilangan foiz normadan oshib ketmoqda. Belgilangan maksimal miqdor: 10.6 ВМ-276 21.12.2005 Qarorni 2-ilovasi, 16-bandi, 3-xatboshi. https://telegra.ph/Tolov-turlari-boyicha-cheklov-06-14 @uzasboyangiliklari
Show all...
To'lov turlari bo'yicha cheklov

Iyun oyidan boshlab oylik hisoblashda shu kabi xatoliklar chiqishi mumkin. Bu cheklov turli xil sabablar tufayli chiqadi. Yuqoridagi holatda to'lov turini noto'g'ri qo'llaganlik sababli tushyapti. Chunki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 y. 276-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida nizomning 16-bandi 3-xatboshida "Kabinetlarga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga…

E-Hisobotlar-His. mehnatga haq to'lash tarzidagi dar-dlar, JSHDC va SHJBPXga to'l. badallar to'g'. malumot qismida tuziladigan soliq hisobotiga eski dasturdagi summalarni tortib keladigan qilindi. Buning uchun eski dasturda oylik hisoblangan va hisobot tuzilgan so'nggi oy uchun (barcha oylar uchun tuzib chiqsayam bo'ladi, lekin so'nggi oy uchun tuzilishi yetarli hisoblanadi) UzASBO-2da Eski tizimdan olish tugmaga bayroqcha qo'yib hisobot tuziladi. Tizim zp.uzasbo.uz'ning Elektron hisobot-His. mehnatga haq to'lash tarzidagi dar-dlar, JSHDC va SHJBPXga to'l. badallar to'g'. malumot qismida tuzilgan hisobotdagi summalarni tortib keladi. UzASBO-2'ning o'zida oylik hisoblangan oylar uchun hisobot tuzishda esa bu tugmaga bayroqcha qo'yilmaydi. Eski tizimdan olish tugmaga bayroqcha qo'yib tuzilgan hisobotni tasdiqlashda "1.: PINFL: 30109910000000 FIO :Abdullayev Abdulla Abdulla o'g'li ushbu xodim UzASBO-2 dasturida topilmadi. Avval ushbu xodimni maʼlumotlar qismidan kiriting", deb xatolik chiqsa, avval mazkur xodimning ma'lumotlarini UzASBO-2'ga kiritib olish kerak bo'ladi. @uzasboyangiliklari
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.