cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti (rasmiy xabarlar) ɴᴀᴛɪᴏɴᴀʟ ᴜɴɪᴠᴇʀsɪᴛʏ of ᴜᴢʙᴇᴋɪsᴛᴀɴ ᴀʙɪᴛᴜʀɪʏᴇɴᴛ ᴠᴀ sᴛᴜᴅᴇɴᴛʟᴀʀ ᴜᴄʜᴜɴ sᴏ'ɴɢɪ, ishonchli ᴠᴀ ᴍᴜʜɪᴍ ʏᴀɴɢɪʟɪᴋʟᴀʀ ʙɪᴢᴅa Reklama uchun: @oliy_vazir Guruhmiz: @nuu_student_s Sport: @nuu_sport

Show more
Advertising posts
15 669
Subscribers
-1524 hours
-1057 days
+4 22130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Hurmatli talabalar xabaringiz bor Futbol bo'yicha musobaqa tashkil qilmoqdamiz! Siz uchun yana qaysi sport turlari qiziq, shu sport turini yozib qoldiring va biz o'rganib chiqamiz... @nuu_ttj shu guruhda fikr almashamiz!
Show all...
👍 13
Photo unavailableShow in Telegram
🍀 Kimlar biror narsaga erisha olishi mumkin? O‘ta sodda haqiqat: Orzu, maqsad va reja qiladigan, lekin unga erishishga yoki amalga oshirishga harakat qilmaydigan odamlar hayotda hech narsaga erisholmaydi. © Manba ☑️O'zbekiston Milliy Universiteti
Show all...
👍 8🔥 3💯 2
Photo unavailableShow in Telegram
ChatGPT kanalimiz haqida Hatto sun'iy intellekt ham "O'zMU yangiliklari" haqida biladi. Bunda sizning ham hissangiz bor. ✊ Bizni kuzatishda va ta'limga oid yangiliklarni eng birinchi bo'lib bilishda davom eting.O'zbekiston Milliy Universiteti
Show all...
🔥 13👍 8😁 6🎉 3😢 2 1😭 1
⚡️Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko'ra, ➖ 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi "3" dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi; "3" va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi. ➖ Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi. ➖ Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa "Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi. ➖ Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga "Yagona interaktiv davlat xizmatlari" (my.gov.uz) portali, "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri murojaat qiladi. ➖ Kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizani shakllantiradi. O'zbekiston Milliy Universiteti
Show all...
👍 9 2😢 1😭 1
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga); 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga ✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ✔️Quyidagilarga berilmaydi: ❌ super-kontrakt uchun; ❌ sirtqi; ❌ kechki; ❌ masofaviy; ❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi. ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin: 1) https://talim-krediti.mf.uz sayti; 2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677). Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. ☑O'zbekiston Milliy Universiteti
Show all...
👍 6🎉 2😭 1
❗️Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi Hukumat qarori (572-sonli, 17.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra pedagog kadr attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi. Pedagog kadrlar uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi. ❗️To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi. Asos Nizomning 25-bandi: Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi. O'zbekiston Milliy Universiteti
Show all...
👍 4 1
00:16
Video unavailableShow in Telegram
Matematika darsi..😁O'zbekiston Milliy Universiteti
Show all...
2.52 MB
😁 48💔 7👍 5👏 3😍 2
Repost from O’zMU sport
4-"O'zMU Yoshlari" futbol musobaqasi. Ro'yxatdan o'tish boshlandi o'z jamoasi bor kurslar.🔥 1 va 2 kurslar o'rtasida tashkil qilinmoqda.
Ro'yxatdan o'tish uchun! 1. Ism familya (tug'ilgan sanasi) 2. O'qib turgan fakukteti 3. Nechanchi kursda 4. Telefon raqam 5. Jamoa nomi
1 ta jamoada 5 tadan 8 tagacha futbolchi qatnashishi mumkin! Murojaat uchun: @misuno_me
Show all...
👍 11 1
Futbol musobaqasini boshlab yubormoqdamiz! Bizga qo’shiling oling.. @nuu_sport 👈
Show all...
👍 10🎉 1💔 1🤝 1
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari 🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan. ✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining: 🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti; 🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti; 🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. ✅ 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi. 👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. 📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi. ✔️ O'zbekiston Milliy Universiteti
Show all...
👍 8 3
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.