cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Shakirov Elyor - HR

Kanal faoliyati va xizmat ko’rsatish yo’nalishi ✅Ta’limga oid yangiliklar ✅Mehnat munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish ✅ HR-Inson resurslarini boshqarish

Show more
Advertising posts
322
Subscribers
+124 hours
No data7 days
+130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#SIZBILISHINGIZKERAK #Kadrovik Xodim qaysi oyda ishga kirgan boʻlsa, har yili oʻsha oyda taʼtil oladimi? Yoki boshqa oyda ham berish mumkinmi? Xodimni qaysi oyda ishga kirgan boʻlsa, oʻsha oyda taʼtilga chiqadi degan qoida notoʻgʻri. Mehnat kodeksining 225-moddasida ish yili degan tushuncha mavjud. Unga koʻra, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida oʻn ikki oyga teng boʻlgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan eʼtiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi. Mehnat kodeksining 230-moddasiga asosan har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Masalan, xodim 2023-sentyabr oyida ishga kirgan boʻlsa, u 2024-yil sentyabrgacha taʼtilga chiqishi shart. Yaʼni xodimni shu ish yili davomida taʼtilga chiqarish mumkin. MKning 228-moddasining 7-qismiga asosan  jadvalda belgilangan har yilgi mehnat taʼtilini berish vaqti xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan oʻzgartirilishi mumkin. Yaʼni belgilangan jadval xodim va ish beruvchining kelishuvi bilan bemalol oʻzgartirilishi mumkin. Bundan tashqari olti oy toʻlmasdan taʼtil oladigan va xodimning xoxishiga koʻra taʼtil oladigan toifalar mavjud. Masalan MKning 227-moddaning 3-qismiga asosan olti oy oʻtguniga qadar xodimning xohishiga koʻra quyidagilarga har yilgi mehnat taʼtili beriladi: 👉 ayollarga — homiladorlik va tugʻish taʼtilidan oldin yoki undan keyin; 👉  oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta yoki undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolgʻiz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga); 👉  oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslarga; 👉  rezervga boʻshatilganidan keyin uch oydan kechiktirmay ishga kirgan muddatli harbiy xizmatni oʻtagan sobiq harbiy xizmatchilarga; 👉  1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga; 👉  I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarga; 👉  ishdan ajralmagan holda taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotganlarga, agar ular oʻzining har yilgi mehnat taʼtilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa oʻquv ishlarini bajarish vaqtiga toʻgʻrilab olishni xohlasa; 👉  jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud ichki hujjatlarda belgilangan boshqa hollarda boshqa xodimlarga. Yaʼni bunday xodimlarni ish beruvchi bugun ishga olgan boʻlsa, ular ertasi kuni taʼtilga chiqishga ham haqli degani. Shuningdek, MK 228-moddaning 4-qismida ham shunga oʻxshash xodimlar bor bu toifadagi xodimlarga har yilgi mehnat taʼtili unga qulay boʻlgan vaqtda quyidagilarga berilishi kerak. Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, xodim qaysi oyda ishga kirgan boʻlsa, oʻsha oyda taʼtilga chiqsin degan qoida mavjud emas.Xodimni ishga kirgan yilning istalgan vaqtida ish beruvchi bilan kelishgan holda taʼtilga chiqarish mumkin. https://t.me/elyorshakirov
Show all...
Shakirov Elyor - HR

Kanal faoliyati va xizmat ko’rsatish yo’nalishi ✅Ta’limga oid yangiliklar ✅Mehnat munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish ✅ HR-Inson resurslarini boshqarish

#Hamkorlik HAMKORLIK YO‘NALISHLARI KENGAYMOQDA ▪️ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan muzokara uchrashuvi bo'lib o'tdi. ✅Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish, “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi STEM, IT va robototexnika toʻgarak rahbarlari malakasini oshirish yuzasidan oʻzaro fikr almashinildi. 🤝Bunda, joriy yilning aprel oyidan buyon to‘garagimiz rahbarlari uchun tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish mashg'ulotlarini yanada yangi yo‘nalishda amalga oshirishga kelishib olindi. 💻Bundan tashqari hamkorlikda keng qamrovda oʻzbek tiliga tarjima qilingan Janubiy Koreya bolalar adabiyotiga doir kitoblarni taqtimotini oʻtkazilishi rejalashtirildi. ☝️Uchrashuv yakunida amalga oshiriladigan rejalar belgilanib, bularni bajarishda har ikkala tomon ham bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishlarini ta’kidladilar. ©️Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Show all...
Ta'lim muassasalarida shtatlar qisqarishi mavzusida o‘tkazilgan ovozli chat audiosi Xabaringiz bor, kecha @xalqtaliminfo kanalida shtatlar qisqarishi mavzusida @mehnathuquqi bo'yicha mutaxassis Muhammadamin Karimjonov ishtirokida ovozli chat o'tkazildi. Kanal foydalanuvchilariga ovozli chatning to'liq audiosi taqdim etilmoqda. Ko‘pchilikka qulay bo‘lishi uchun barcha ma'lumotlar birma-bir yozib chiqildi. ❕O‘zingizni qiziqtirgan savol bo'lsa, belgilab qo'yilgan vaqt ko'rsatgichi ustiga bosing va darhol javobni bilib oling: 01:23 — Qaysi lavozimlar qisqartirildi? Qaysilari tugatildi? 04:07 — Qisqarishga tushgan xodimlar ishdan bo‘shash haqida ariza yozishi noto‘g‘ri 06:13 — Qisqartirishga tushgan xodimlarning qanday huquq va imtiyozlari bor? 17:09 — Ogohlantirish muddatini pulli kompensatsiyaga almashtirish uchun xodimning arizasi shartmi? 18:33 — Qisqarish kelganda kimlar o‘z ish joyida qoladi? 24:38 — Homilador va 3 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor ayollarni umuman ishdan bo‘shatib bo‘lmaydimi? 35:00 — Qisqarishga tushgan xodimga dekret puli to‘lab beriladimi? 38:07 — Erkak xodimlarga ham kafolatlar bormi? 39:21 — O‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlarga ham imtiyoz va kafolatlar beriladimi? 41:58 — Ko‘proq dekret ta’tilida bo‘lgan xodim emas, uning sherigi qisqarishga tushadimi? 47:13 — Qisqarishga tushib, ishdan bo‘shagan xodim maktabda vakant lavozim bo‘lib qolsa, qayta ishga olinadimi? 50:00 — Qisqarish kelganda ish beruvchilar qanday harakat qilishi kerak? 57:15 — Pensioner xodimlar ham qisqarishga tushadimi? 58:34 — Pensiyaga chiqishiga oz muddat qolgan xodimlarga qanday kafolatlar bor? 01:01:14 — Laborant, kutubxonachi lavozimida ishlayotgan talabalarga qanday kafolatlar bor? 01:03:04 — Dekretga chiqib ketgan xodimning o‘rnida ishlayotganlar bilan qanday qilib mehnat shartnomasi bekor qilinadi? 01:08:54 — Homilador xodimni qisqarishga tushganligi uchun stavkasini kamaytirib qo‘yish to‘g‘rimi? 01:12:20 — Fizika va kimyo fani o‘qituvchilari orasida kabinet mudirligi to‘lovlari qay tartibda amalga oshiriladi? 01:13:25 — Ayol xodimlar dekretda bo‘lsa, ularning sherigi bo‘lgan erkak xodim ishdan bo‘shaydimi? 01:16:48 — Ikkita xodimning samaradorlik ko‘rsatgichi teng bo‘lsa, qaysi biri qisqarishga tushadi? 01:21:00 — Fizika va kimyo fani o‘qituvchilariga kabinet mudirligi qaysi ko‘rsatgichlarga ko‘ra beriladi? Telegram I Facebook I YouTube
Show all...
record.ogg28.61 MB
Repost from Pedkadr.tdi.uz
Аттестацияда иштирок этиш учун мурожаат юбориш давом этмоқда!
📌 Ҳар бир вилоят марказида, яъни Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг ҳудудий бошқармаларида мурожаатларни ўрганиш бўйича ишчи гуруҳлар фаолият олиб бормоқда. 📌 Навбатдаги-мажбурий аттестацияда иштирок этиш учун юборилган мурожаатлар юборилган кундан бошлаб бир ой муддат ичида ўрганиб чиқилади. 📌 Навбатдан ташқари аттестацияда иштирок этиш учун юборилган мурожаатлар эса тўлов қилинган кундан бошлаб бир ой муддат ичида ўрганиб чиқилади. 📌Навбатдан ташқари аттестация учун тўлов қилинмаса, мурожаатлар электрон базада кўринмайди ва ўрганиб чиқилмайди. 📌Мурожаатнинг ўрганиш натижалари билан педагоглар ўзларининг ШАХСИЙ КАБИНЕТлари орқали танишиб чиқишлари мумкин. 📌Педагог кадрлар аттестацияси ёки мурожаат юбориш жараёнлари бўйича саволларингиз бўлса, ҳудудлардаги ишчи гуруҳларига мурожаат қилишингиз мумкин! Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot
Show all...
Pedkadr.tdi.uz

Тоифа олиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш бошланди! 📌 Август-декабрь ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш бошланди. Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрлари жорий йил август-декабри ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестацияда иштирок этишлари учун 1 августдан 1 октябрга қадар рўйхатдан ўтиши ва мурожаат юбориши мумкин. 📌 Мурожаатларни: 📍Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг веб-сайтидаги 👉

https://pedkadr.uzedu.uz/

- платформаси орқали; 📍Ягона интерактив давлат хизматлари портали 👉 my.gov.uz/uz орқали 📍давлат хизматлари марказлари орқали юбориш мумкин. P.S. 📍Август-сентябрь ойларида мурожаатлар қабул қилинади; 📍Октябрь-Ноябрь ойларида малака (тест) синовлари ўтказилади; 📍Декабрь ойида Сертификатлар тарқатилади. ©️ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot

#SIZBILISHINGIZKERAK #KADROVIK Talaba maktabda necha soatgacha ishlashga haqli? Talabaning asosiy vazifasi taʼlim olish hisoblanadi. Shu tufayli talaba faqat darsdan boʻsh vaqtlaridagina ishlashga haqli. Anʼanaviy yoki masofaviy shaklda oʻqishning oʻqishning ahamiyati yoʻq. Har ikki holatda ham asosiy vazifa oʻqish. Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq boʻlgan, yaʼni alohida xususiyatga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan oʻttiz olti soat qilib belgilanadi. Shunga koʻra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meyorni belgilaydi. Mana shu qoidaga koʻra talaba taʼlim olish vaqtida bu soatlarni bajara olmaydi, shu tufayli u maktabda toʻliq stavkada ishlay olmaydi. Bunda talaba OTMdagi darslari qoʻyilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Haftalik ish yuklamasini bajarish uchun bir kunda 7 soat vaqt sarflanadi. OTMda bir kunda kamida 2 para dars oʻtilganda ham talaba deyarli uch soat vaqt ketadi. Yoki haftasiga 2 kun oʻqish boʻlganda ham MK 184-moddasidagi meyorni bajarib boʻlmaydi. Shunga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba toʻliq stavkada ishlay olmaydi. Bu vaziyatda talaba boʻsh vaqtiga qarab 0.5 yoki 0.75 stavkada ishlashga haqli. https://t.me/elyorshakirov
Show all...
Shakirov Elyor - HR

Kanal faoliyati va xizmat ko’rsatish yo’nalishi ✅Ta’limga oid yangiliklar ✅Mehnat munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish ✅ HR-Inson resurslarini boshqarish

#SIZBILISHINGIZKERAK #KADROVIK Xodimning arizasi majburan yoki aldab yozdirib olinganda, qayta ishga tiklanish uchun qanday yoʻl tutish mumkin? ❌ Xodimning arizasini majburan olib, uni ishdan boʻshatish noqonuniy. Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini oʻn toʻrt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli. 💁‍♂ Bunda xodim oʻzi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir. Xodim arizani oʻz tashabbusi bilan (oʻz xohishi bilan) yozadi. Agar ish beruvchi arizani boshqa har qanday usulda olsa, unda xodimda ishga tiklanish huquqi paydo boʻladi. Qarang! Oliy sudi plenumining 20.11.2023-yildagi 26-son “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandiga binoan mehnat shartnomasini bekor qilishga faqat xodimning yozma arizasi asos boʻlib, u haqiqatdan uning mehnat munosabatlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi xohish-istagini namoyon etishi lozim. Bunda qaror 20-bandiga koʻra qonunda belgilangan yoki xodim va ish beruvchi kelishuviga koʻra qisqartirilgan ogohlantirish muddati davomida xodim mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida buyruq chiqarilgan boʻlishidan qatʼiy nazar arizasini qaytarib olishga haqli. ✅ Shunday ekan sizda arizani qaytarib olish huquqi mavjud. Ishdan boʻshatish haqida buyruq chiqarishda esa ish beruvchi telefondagi rasmni emas, aksincha arizaning asl nusxasini olishi kerak. Mehnat shartnomasini bekor qilishga xodim shu tashkilotdagi ishni haqiqatda tashlab ketish istagini bildirgan yozma arizasiga binoan yoʻl qoʻyiladi (Qaror 21-bandi). Bunda sudlarning eʼtibori, xodimni ariza yozishga nafaqat majburlash, bosim yoki tazyiq oʻtkazish, balki xodimda mehnat munosabatlarini tugatish istagi boʻlmay turib, ish beruvchi tomonidan uni ariza yozishga faol ravishda undash harakatlari ham qistov sifatida baholanishi lozimligiga qaratilsin. ✅ Shunga koʻra siz ham fuqarolik sudiga ishga tiklash haqida daʼvo arizasi bilan murojaat qilishingiz lozim. ❗️Muddat masalasiga kelsak, muddat oʻtgan boʻlsa, unda uzrli sababga koʻra muddatni oʻtkazib yuborganingiz va muddatni tiklash haqida sudga iltimosnoma kiritishingiz mumkin. https://t.me/elyorshakirov
Show all...
Shakirov Elyor - HR

Kanal faoliyati va xizmat ko’rsatish yo’nalishi ✅Ta’limga oid yangiliklar ✅Mehnat munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish ✅ HR-Inson resurslarini boshqarish

Президент Шавкат Мирзиёевнинг XVII ёзги Паралимпия ўйинларида иштирок этган Ўзбекистон спорт делегацияси вакиллари билан учрашувдаги нутқидан энг муҳим иқтибослар Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
Repost from Zamin Foundation
"Zamin education" loyihasi doirasida 20 ta ta’lim muassasasiga mexatronika va robototexnika bo‘yicha darslikning ikkinchi nashri yetkazib berildi. Yangi darslik o‘quvchilar uchun fan va texnologiyalar olamiga yo‘l ko‘rsatuvchi qo‘llanma vazifasini o‘taydi. U har bir o‘quvchining individual ravishda rivojlanishi va tanlagan yo‘nalishida takomillashishiga imkon beradigan maxsus o‘qitish uslublari va turli murakkablikdagi vazifalarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, yangi o‘quv yili boshida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 19 ta maktabga robotlar va turli dasturlashtiriladigan qurilmalarni yig‘ish uchun 190 ta robototexnika to‘plami topshirildi. — В рамках проекта Zamin education 20 образовательных учреждений получили второе издание учебника по мехатронике и робототехнике. Новый учебник служит для ребят путеводителем в мир науки и технологий. Он содержит специальные методики обучения и задания различной сложности, позволяя каждому ученику индивидуально развиваться и совершенствоваться в выбранном направлении. Также к началу нового учебного года 19 специализированных школ для детей с нарушениями слуха получили комплекты для сборки роботов и различных программируемых устройств. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
⚡️“Umumtaʼlim maktablari rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlash toʻgʻrisida” MMTVning 86-son buyrug‘i Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi 286-son buyrugʻi Oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga oʻquv yili davomida mazkur buyruqda belgilangan miqdorda ustamalar toʻlanadi.
Show all...
ВМҚ_263_қарор_бўйича_устама_оладиган_мактаб_раҳбарлари_ва_педагоглар.pdf3.83 KB
00:23
Video unavailableShow in Telegram
🇨🇳 Bu Shanxay - dunyodagi eng katta dengiz porti. Bundan tashqari, Shanxay Xitoyning eng yirik moliyaviy markazi (Pekin va Gonkongdan oldinda) va Sharqiy Osiyo va dunyoda (Nyu-York, London va Tokiodan keyin) yetakchilardan biri!
Show all...
IMG_0011.MP418.27 MB
👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.