"JAHON ADABIYOTI" jurnali
"Jahon adabiyoti" jurnalining rasmiy telegram kanali. 👆📃🖊🔎 Dunyo adabiyotini bizda o'qing, biz bilan hamkorlik qiling! Bizning saytimiz: www.jahonadabiyoti.uz E-mail: [email protected]
Show more354
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Subscriber growth rate
Data loading in progress...
Photo unavailableShow in Telegram
#Jahon_adabiyotidan
ҚЎРҚМАНГ, ОНАЖОН
Мен ва Дадуна металлдан ясаб тўсиб қўйилган панжарали кичкина балконда турардик. Жвари ўзининг чиройли айқаш-уйқаш девори ўша томонга очиладиган панноси билан гўзал кўринарди. Ундан пастроқда Мцхети ажойиб, сопол чаноқли томлари, уйчалари, монастирлари, қўнғироқчалари, черковлари, қабристонлари, вайроналари билан ястаниб ётарди… У ерда жуда кўп одамлар уймаланиб юришибди. Улар аввалига юқоридан Мцхети ва Светицховелини томоша қилишади, сўнгра билдирмасдан чўнтакларига, халталарига девордан юлиб олинган бир бўлак тош ва қоришмани яшириб, сўнгра пастга – Мцхетига тушишади.
👉Davomi...
@jahonadabiyoti97
Show all...
"JAHON ADABIYOTI" jurnali
"Jahon adabiyoti" jurnalining rasmiy telegram kanali. 👆📃🖊🔎 Dunyo adabiyotini bizda o'qing, biz bilan hamkorlik qiling! Bizning saytimiz: www.jahonadabiyoti.uz E-mail: [email protected]
Repost from “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали
Photo unavailableShow in Telegram
#Bir_kuni
Sartarosh haqi
Davrada sartarosh haqining kutilmaganda ko‘tarilib ketgani haqida bahs davom etardi. Ustoz Ozod aka suhbatga qo‘shilib shunday dedi:
– Yaqinda tanish sartaroshga taqir boshimni ko‘rsatib iddao qildim:
– Ukajon, endi mendan ikki barobar kamroq haq olsangiz ham bo‘laveradi. Mana qarang, sochimning hammasi to‘kilib ketgan
– Ustoz, men boshingizdagi sochlarni qidirib topganim uchun haq olaman, xolos! − dedi sartarosh meni tang qoldirib.
Sh.Otabek
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Tahlil_va_tanqid
ЭРК ВА ИСЁН РУҲИ
АКС ЭТГАН ДОСТОН
Совет тузуми жамият аъзоларининг фикр ва туйғуларига мунтазам равишда зуғум ўтказиб келди. Бу тузум одамга атроф оламни ўз кўзи билан кўриб, ўз ақли билан идрок этиш имконини бермас, ундан олам ҳодисаларини коммунистик мафкурага маъқул келган тарзда кўриш ва изоҳлашни талаб этарди. Бу ҳол жамият аъзоларининг диди, маънавий дунёси ҳамда ахлоқига салбий таъсир қиларди, албатта. Одамлар бир нарсани кўриб турганлари ҳолда бошқа нарсани айтишга мажбур эдилар. Шароитга мослашиш, мунофиқлик ва ёлғончилик ижтимоий ахлоқ даражасига кўтарилганди.
👉Davomi...
@jahonadabiyoti
Repost from Даврон Ражаб ижоди
Photo unavailableShow in Telegram
Эдвар Мунк. "Бақириқ" асари (2012 йилда миллиардер Петтер Олсен томонидан 119 922 500 АҚШ долларига сотиб олинган).
Repost from “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали
Photo unavailableShow in Telegram
#Yoshlik_kelajakning_xaloskoridir
INJU DIYOR UCHUN
Qutlug‘ davralarda jam bo‘lgan mahal,
Do‘stlarga baxt tilash azaliy odat.
Keladigan bu yil tinch bo‘lsin avval,
Baxsh etsin har kimga oliy saodat.
Yoshlik – bu karvonning erka noridir,
Daryoday toshqindir, jilg‘a kabi sof.
Yoshlik – kelajakning xaloskoridir,
Sira tark etmasin yoshlikni insof.
Mo‘tabar onalar – xonamiz ko‘rki,
Otalar hayotdir – yorug‘dir jahon.
Tiriklik nomiga bir o‘tinch shulki,
O’rtaga tushmasin bemahal hijron.
Inju diyorimiz ko‘z bo‘lsa agar,
Mudom omon bo‘lsin to‘garak zamin.
Boshimiz silagan shu xalq mo‘tabar,
Daf’atan chekmasin farzandlar dog‘in.
Yangi yil sha’niga aytmoqdamiz so‘z,
Balki o‘tib ketar bir zum bu farah.
Xalqimning mehnatin aylagin ko‘z-ko‘z
Million chanoqlarda ko‘pirgan qadah.
1983-yil, noyabr
Abdulla Oripov,
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Noyob
Yangi yilda “Jahon adabiyoti” jurnalini ham qo‘ldan qo‘ymay o‘qiydigan yoshlar ko‘paysin!
@jahonadabiyoti
jahonadabiyoti.uz
Repost from “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали
Photo unavailableShow in Telegram
#Nigoh
BU BOLALARNING KO‘ZLARIGA QARAB BO‘LMAYDI
Kecha televizorda G‘azoda ochlikdan azob chekayotgan bolalarni ko‘rsatishdi. Chodirga suyanib, mung‘ayib o‘tirgan besh yashar bolakay, yo‘l chetida o‘tgan- ketganlarga umidvor boqayotgan ma’suma qizaloq... va boshqa shu kabi mudhish xarobalar ichidagi dilezar manzaralar.
Bu bolalarning ko‘zlariga qarash qiyin, garchi bu ko‘zlar televizordan boqayotgan bo‘lsa-da. Bu go‘daklarning achchiq nigohlariga bardosh berish qiyin. Garchi bu nigohlar suratlarda aks etayotgan esa-da.
Uch yuzu o‘ttiz besh mingta bolaning umidvor javdiragan ko‘zlari diydasi qotib qolgan dunyoni oyoqqa turg‘izolmayapti.
Dunyodagi hamma kattalar shu norasidalar oldida nomard bo‘lib qolayapti.
Butun jahon jamoatchiligi shu zaif va ojiz go‘daklar qoshida uyatlidir.
Eshqobil ShUKUR
@Eshqobil_Shukur_ijodi
@yoshlikjurnali
Repost from “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали
Siz quyidagi nashrlardan qaysi biriga obuna bo‘ldingiz?Anonymous voting
- “Sharq yulduzi”
- “Guliston”
- “Yoshlik”
- “Jahon adabiyoti”
- “Tafakkur”
- “Ma’naviy hayot”
- Hech qaysisiga
Sаlоm, eng yaxshi IPAK bankidan foizsiz krеdit oling. Keraksiz hujjatlar va kоmissiyalarsiz. Bu yerda kredit oling
https://bit.ly/3RGEUXw
Choose a Different Plan
Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.