cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Book.uz JIZZAX

Jizzax bo‘ylab arzon narxli, sifatli kitoblarni qulay xarid qiling. (JDPU hududiga yetkazish bepul) Online kitob do‘koni. Kitob-eng yaxshi sovg‘a. We are happy to serve you📚 @bookuzbek_jizzax +998933038017 Murodjon Ermatov

Show more
Advertising posts
308
Subscribers
+124 hours
+17 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 📚Book.uz Kitob do‘konining Jizzax dileri Jizzaxda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda! 🔥Siz bu kanal orqali eng yaxshi kitoblarni arzon va qulay narxlarda, keng imkoniyat bilan xarid qilishingiz mumkin. ⚡️ @bookuz_jizzax dileri online kitob do‘koni hisoblanadi. (Hozircha do‘konimiz yo‘q). Faoliyatimiz kitoblarni yetkazib berish va yarmarkalar o‘tkazish bilan davom etmoqda. 📖Agarda sizga: 📚Badiiy (turk, o‘zbek va jahon adabiyoti) 📚Psixologik (oila psixologiyasi, bola psixologiyasi, shaxs psixologiyasi) 📚Biznes (islom iqtisodiyoti, jahon iqtisodiyoti) 📚Diniy kitoblar (Qur‘on, Shayximizning kitoblari va boshqa turdagi) 📚Ingliz tilidagi 📚Shaxsiy rivojlanish kitoblari kerak bo‘ladigan bo‘lsa bemalol bizga ( @bookuzbek_jizzax ) murojaat qilishingiz mumkin. 📝Afzalliklarimiz: 📌Jizzax viloyatining barcha tuman va hududlariga, shuningdek, viloyatlarga ham yetkazib berish xizmatimiz mavjud. 📌Kitoblarni sovg‘abop qilib o‘ratib berishimiz ham mumkin. 📌Kitob tanlashda qiynalsangiz bemalol maslahat olishingiz ham mumkin. Sotuvchimiz juda yaxshi saviyali kitobsevar inson. ( @kitobchi_aka ). Yaxshi tavsiyalar ham bera olamiz. 📌Buyurtmaga ham kitoblar topib berish imkoni bor. 📌@book_uz_jizzax guruhiga kirib, kitoblar borasida suhbat va muhokamalar o‘tkazishingiz mumkin. 📌Kanalimizda doimiy tarzda kitobga aloqador sovrinli musobaqalar, tanlovlar o‘tkaziladi. Musobaqada qatnashib, ajoyib kitoblarni yutib olishingiz ham mumkin. 📌Tez-tez #chegirmalar e‘lon qilinadi. @bookuz_jizzax kanalimizga ulanib, kitoblar bilan ham tanishishingiz mumkin. ☝️Unutmang❗️ Kitob - eng yaxshi do‘st. Kitob - eng yaxshi sovg‘a. Hurmat ila @bookuz_jizzax dileri Murodjon Ermatov ( @kitobchi_aka )
Show all...
Repost from BOOK.UZ
01:11
Video unavailableShow in Telegram
📘 “Qarzga olingan umr” - hayotning qadrini anglatuvchi asar Narxi: 32 000 so’m Buyurtma berish: 📞 +99871 230 00 50 🛒 @bookuzbot | @bookuzbek 📚 @bookuzbekistan
Show all...
SaveVid.Net_DE418687B21C83084DF09BF7BA954896_video_dashinit.mp410.37 MB
👍 2
Repost from The Bookfather
​​#taqriz Шимол шамоли шашти Мактублар ва кундаликлардан иборат романларни зерикиб ўқирдим аввал. Туйғулар ва тасвирлар чеклангандай туюларди... Бироқ “Шимол шамоли...”ни ўқидиму, тасаввурим парчаланиб кетди. Бу асар интернетдаги ёзишмалардан иборат мен ёқтирган иккинчи роман бўлди. Биринчиси, Элиф Шафақнинг “40 қоида”си эди... Достоевскийнинг “Камбағаллар”идаги ёзишмаларда ҳам бунчалик интрига кучли бўлмаган. Чунки рус ёзувчисининг қаҳрамонлари бир-бирини кунора кўрадиган, қўшни хоналарда ижарада турадиган, фақат мактублар орқали дардлашадиган сентименталь кишилар эди-да. “Шимол шашти...”нинг қаҳрамонлари эса тасодифан интернетда танишиб қолишиб, фақат ёзувлар орқали бир-бирининг ички дунёсини кашф қилишиб, бора-бора учрашиш иштиёқида ёнадиган инсонлар... Роман ёзилган йиллари ҳали Телеграм, Инстаграм, Фейсбук, Ватсап каби ранг-баранг иловалар йўқ эди. Шу сабабдан Лео ва Эмми (асар қаҳрамонлари) бир-бирига фақатгина e-mail орқали хат юбориб, муносабат ўрнатадилар... ХХI асрда интернетдаги мулоқотлар ва муносабатлар янгича қиёфага кирганини биламиз. Эндиликда яқинларимиз билан ҳам, шунчаки танишларимиз билан ҳам кўпинча Телеграм ёки Фейсбукда гаплашамиз. Овоз, фотосурат ёки видео жўнатамиз... Узоқ масофалар яқин, чет элдаги инсонларни видео орқали кўриш осон бўлиб қолди. Бироқ ана шу “яқинлик” орасида “совуқ руҳдаги бегоналик” ҳисси аллақачон пайдо бўлиб улгурган. Юз ёки эллик йил бурунги соғинчлар, қўлда ёзилган мактубларнинг қадри, почта орқали конвертда юборилган фотосуратлар, юзма-юз дийдорлашиш каби қадрли ҳис-туйғулар афсуски, интернет билан алмашиниб қолди... Бироқ бу роман ҳали биз айтаётган даврнинг ибтидосида – интернетдаги танишувларнинг биринчи босқичида рўй беради. Лео ҳам, Эмми ҳам бир-бирини кўрмаган, овозларини эшитишмаган, оилавий ҳолати ва яшаш тарзларидан ҳам бехабар ҳолда мулоқот қилишади. Эмми “Like” таҳририятига обунани бекор қилиш учун мактуб ёзганида адашиб, “Leike” га жўнатиб юборади. Унинг Лео Лайке билан танишуви ана шу тасодиф туфайли содир бўлади... Аммо танишувлари ортидан келиб чиққан қизиқишдан кейин улар ўз тасаввуридаги Лео ёки Эммини ёқтира бошлашади. Қаранг, инсон хаёли қанчалар ижодкор! Экрандаги оддий ёзувлар ёрдамида улар Эмми (ёки Лео)сининг идеалидаги қиёфаларини яратишади... Шу боисдан ҳам улар ҳар гал учрашишдан қўрқишади ёки кечиктиришади.... Чунки бу учрашув уларнинг идеалини барбод қилишидан қўрқишади. Асар композицияси китобхонни доимо интригада ушлаб туради. Воқеалар китобхон кутмаган тарзда ривожланади ва якун топади. Таржимон Ҳ.Қўчқорованинг аслиятдан қилган таржимасидаги равон матн ўқувчини китобнинг ичига тортиб кетади... Австриялик ёзувчи мазкур романни 2006 йилда нашр қилдиргач, дарров бестселлер бўлиб кетган ва немис тилидаги энг яхши асарларга бериладиган мукофотларни ҳам қўлга киритган. Ёзувчи эса бундан руҳланиб, 2010 йилда асарнинг давоми “Етти тўлқин”ни ҳам ёзиб, чоп эттирган экан. Агар “Шимол шамоли шашти”ни ўқимаган бўлсангиз албатта ўқинг. Китоб яқинда “Янги аср авлоди” нашриётида чоп этилди. Ўқиганлар эса мен каби давомига қизиқиши табиий. Аммо афсуски, “Все семь волн” ҳали ўзбекчага ўгирилмагани учун, ҳозирча русчада ўқишга мажбурмиз... @timur_books
Show all...

👍 1
✨ #sotuvda #yangi_narx 📚Ahmad Lutfiy Qozonchining eng mashhur «SAODAT ASRI QISSALARI» asarining narxi o‘zgardi. Endi 250.000 dan emas 240.000 dan xarid qilish imkoniga egasiz. Ushbu asari to‘la holida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlaridan hikoya qiladi. Muallif aniq tarixiy voqea-hodisalarni o‘ziga xos badiiy yo‘sinda aks ettirgan va natijada u g‘oyat o‘qishli chiqqan. 🚚 Buyurtma berish⤵️: ☎️Tel: +99897 303 8017 👨‍💻Telegram: @bookuzbek_jizzax 👉 @bookuz_jizzax - yangi kitoblar
Show all...
👍 1
Book.uz Jizzax dileriga yarmarkalarda yordamlashish uchun yordamchi-shogird kerak. Xohlovchilar bo‘lsa @bookuzbek_jizzax ga murojaat eting.
Show all...
Repost from N/a
Book.uz dan kitoblarimiz yetib keldi Alhamdulillah Bolalarim uchun kitoblar. 1000 ta kitobdan iborat kutubxona tashkil qilishni Alloh nasib qilsin. #maqsad loyihamiz yodingizdami?! Sababchilardan Alloh rozi bo'lsin Xayrli va manfaatli ilm bo'lsin, ko'p foydalar olib , amal qilish nasib qilsin 🤲 #toğadansovğa
Show all...
👏 4
Repost from BOOK.UZ
00:18
Video unavailableShow in Telegram
🔥 Qayta nashr | Sotuvda! 📔Arastu, «Axloqi kabir» Qadimiyatning daho mutafakkiri, ustozi avval, Iskandar Zulqarnaynga murabbiylik qilgan Arastu (Aristotel) asarlari orasida "Magnia Moralia" - "Axloqi Kabir" alohida o‘rin tutadi. Arastuning bu va boshqa asarlaridagi hikmatlar Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy va Navoiy kabi Sharq allomalarining ham mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lgan. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk Sharq allomalarining ham ustozi bo‘lgan Arastu -Aristotelning (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) ijodiy merosi hozirgacha ham jahon falsafiy-estetik tafakkuri xazinasining qimmatli boyligi sanaladi. Muqova: Qattiq Narxi: 39 000 so'm 🚚 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati bor. 📍Manzil: Chilonzor 8, Qatortol koʻchasi 60 Buyurtma: 📞 +99871 230 00 50 🛒 @bookuzbot | @bookuzbek 📚 @bookuzbekistan — yangi kitoblar!
Show all...
SaveVid_Net_An_TqW7Vg88utithykxTiTfaZG7a4bSB_V0rzMqMHEvwXVUt8F_.mp45.27 MB
👍 1
Repost from BOOK.UZ
00:37
Video unavailableShow in Telegram
🔥 Premyera | Sotuvda 🔥 Bahodir Yenishehirlio’g’li, 📓«Antikvarchi» Ushbu asarda antikvar buyumlar sotuvchisi Jamilbey va uning achchiq qismati haqida so'z boradi. Uning orzularga to'la qalbi bor edi, yoshlik chog'laridan qadrdon do'sti Surayyo bilan uzoq-uzoqlarga ketishni orzu qilardi. Ayni paytda umri iztiroblar, kaltaklar ostida o'tayotgan onaizorning dardlariga sherik, otasiga esa davomchi kerak edi. Orzularga to'la kelajak va iztiroblardan so'zlovchi o'tmish - ikki o'rtada qolgan qahramonimizni yillar tarbiyaladi. Asarning har satri antikvarchining o'tmishi haqida hikoya qiladi. Nadomatga to'la umr sarhisobida kim hokimu, kim jabrdiyda va nega? Yozuvchi bu asar orqali munosabatlardagi noqisliklar oqibatidan ogoh etadi va shuning barobarida qahramonlar dardiga darmon istaydi. Halovatga eltuvchi yo'llarni ko'rsatadi. 📖 Sahifa: 256 🏷 Narxi: 32 000 so’m 🚚 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati bor. 📍Manzil: Chilonzor 8, Qatortol koʻchasi 60 Buyurtma: 📞 +99871 230 00 50 🛒 @bookuzbot | @bookuzbek 📚 @bookuzbekistan — yangi kitoblar!
Show all...
SaveVid_Net_An8KL26293CoVX4UEgDW7YZGxa84ycWf6xVUlbvbNPqC9pOIMcE.mp410.39 MB
👍 1
Repost from BOOK.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
🔥Yangilik | Tez kunda 📕Virjiniya Vulf, «Shaxsiy xona» Ingliz adibasi Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" esse-qissasi 1929-yilda nashr qilingan. Asarda u ayollar shaxsiy fikrini, o'zligini erkin ifoda etolmasligi sabablarini ijtimoiy, tarixiy ko'lamda oʻrganadi. Adibaning fikricha, ayollarda iste'dod bor, ammo sharoit va imkoniyat yetishmaydi. Agar ularda imkoniyat, mablag' va erkinlik boʻlsa, o'zlarini to'la namoyon etishlari mumkin. Vulf o'zidan avvalgi adibalar - Jeyn Ostin, opa-singil Brontelar, Jorj Eliot kabi ijodkorlarning asarlariga to'xtaladi, ular yashagan davr muhitini tahlil qiladi. Mazkur esse-qissa nafaqat adabiyotda, balki hayotda o'rnini topib, muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun yozilgan, ayol va ijod masalasi chuqur, yuksak badiiyatda qalamga olingan mashhur asar sifatida sizni qiziqtirishiga ishonamiz. Bizni kuzatib boring! 📚@bookuzbekistan
Show all...
Repost from BOOK.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
🔥 PREMYERA | Sotuvda! 📖 Dunkan Oldred, «Kouching. Shaxsiy va kasbiy o'sishning sinalgan usuli» Yaxshi ijrochi kouch bo’lish uchun vaqt va pul sarflashingiz, o’zingizga kiritgan eng yaxshi sarmoyadir. Ushbu kitobda esa o’rganishingiz lozim bo’lgan barchasi bitilgan. Narxi: 16 000 soʻm 🚛 Yetkazib berish xizmati: Buyurtma berish: @bookuzbot Tel: +998712300050 📚 @bookuzbekistan — yangi kitoblar!
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.