cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TOYLOQ.UZ | Rasmiy xabarlar

Kanal orqali Toyloq tumaniga oid eng soʼnggi yangiliklar, voqea-hodisalar, shuningdek, tuman hokimining ish faoliyatidan xabardor boʼlib borishingiz mumkin. Kanaldan ma'lumot ko‘chirilganda manbasi ko‘rsatilishi shart.

Show more
Advertising posts
5 522
Subscribers
+824 hours
-137 days
+8830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Toyloq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limiga rahbar tayinlandi Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan Jo‘raqulov Doston Jahon o‘g‘li Toyloq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. D. Jo‘raqulov tayinlovga qadar Toyloq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Murojaatnoma TO‘QSONBOSTI EKINLARINI EKIB, QO‘SHIMCHA DAROMADGA EGA BO‘LING Toyloq tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati a’zolarining fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga MUROJAATI
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
DIQQAT E'LON ❗️❗️❗️ 🔰 Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘zbek tilini o'rganish istagida bo'lgan aholi qatlami vakillari uchun bepul kurslar tashkil etmoqda. 🌐 Ushbu ma'lumotni o'zbekcha gapirishga qiynalayotgan hamkasbingiz, do'stingizga yetkazishni unutmang!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🪪 Pensiya guvohnomasi qanday rasmiylashtiriladi? 👩‍💻 Pensiya jamg‘armasi bo‘limining ish yurituvchisi pensiya oluvchining so‘roviga asosan axborot tizimidagi ma’lumotlar asosida pensiya guvohnomasini rasmiylashtiradi. Bunda guvohnomani rasmiylashtirish uchun pensiya oluvchining tegishli fotosurati axborot tizimi orqali ish yurituvchi tomonidan chop etiladi. ✅ Pensiya guvohnomasi berilishi mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Toyloq tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i: F.Raimkulov
Show all...
Otinoyilar bilan davra suhbati o‘tkazildi Bugungi kunda ayollarimiz orasida sog‘lom turmush tarzi, diniy bilim va ko‘nikmalarni targ‘ib etishda din sohasi vakillari, shu jumladan, otinoyilarning o‘rni beqiyos. Toyloq tuman hokimligi va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda 2 va 4-sektor hududidagi otinoyilar hamda mahalla xotin-qizlari faollari bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda tuman bosh otinoyisi Z.Ubaydova, “Ayollar targ‘iboti” guruhi rahbari M. Yo‘ldosheva, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Kambariddinovalar ishtirok etishdi. Unda otinoyilarning faoliyati tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, tadbir davomida otinoyilar va mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘yish, to‘y-ma’rakalarni ixchamlashtirish, isrofgarchilikning oldini olish, oila mustahkamligini ta’minlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish kabi noxushliklarning oldini olishda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish kabi mavzularda so‘z yuritildi.
Show all...
02:05
Video unavailableShow in Telegram
Ҳурматли солиқ тўловчилар! Мол-мулк ва ер солиқларини тенг улушларда 15 апрелгача ва 15 октябргача тўлаш белгиланган. 15 октябрга эса оз муддат қолди. Мол-мулк ва ер солиқларини солиқ идорасига келмасдан ҳам амалга оширишингиз мумкин! Бунинг учун Soliq, Payme, Oson, Click, Upay, Paynet мобиль иловаларидан унумли фойдаланинг! Агар солиққа оид саволингиз бўлса SoliqMaslahatchilari телеграм гуруҳи орқали мурожаат қилинг! Солиқларни ўз вақтида тўлашни унутманг! —————- Hurmatli soliq to‘lovchilar! Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushlarda 15 aprelgacha va 15 oktyabrgacha to‘lash belgilangan. 15 oktyabrga esa oz muddat qoldi. Mol-mulk va yer soliqlarini soliq idorasiga kelmasdan ham amalga oshirishingiz mumkin! Buning uchun Soliq, Payme, Oson, Click, Upay, Paynet mobil ilovalaridan unumli foydalaning! Agar soliqqa oid savolingiz bo‘lsa SoliqMaslahatchilari telegram guruhi orqali murojaat qiling! Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang! Biz👉 http://myurls.co/paxtachi
Show all...
Rolik - mol-mul va yer solig‘i_720P2.mp416.80 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Sog'lom hayot Soat nechchida uxlaysiz? ⚠️Soat nechchida uxlashingiz orqali, tanangizga qanday tasir qilishini bilib oling! ➡️21:00 - Sog‘lom bo‘lasiz; ➡️22:00 - Aqlingiz tiniqlashadi; ➡️23:00 - Vazn yig‘asiz; ➡️00:00 - Tana dam olmaydi; ➡️01:00 - O‘z-o‘zingizni zaxarlaysiz; ⚠️Vaqtida uxlashga harakat qiling va izga ham ulashio‘z sog‘ligingizga befarq bo‘lmang!
Show all...
Yoshlarning muammolari tinglandi    “Hokim va yoshlar” uchrashuvi doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev hamda Bog‘izog‘on mahallasining uyushmagan yoshlari ishtiroye etishdi.    Tadbir avvalida  J.Haqberdiyev yurtimizda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yigit-qizlarimizning o‘qishi, ishlashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.   Uchrashuv davomida yoshlardan turli masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijroga yo‘naltirildi.
Show all...
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI    Vorsin mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda tuman prokurori 2-sektor rahbari A.X.Abdullayev, tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev, korxona va tashkilotlar rahbarlari  hamda  murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan  elektr, aliment unduruvi, davolanish va boshqa   masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Ijrosi muddat talab qilinadigan masalalarni  hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.