cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Texnikumlar | Rasmiy xabarlar

Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси. Саволлар бўлса: [email protected] почта манзилига юборинг✅ Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22 Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi

Show more
Advertising posts
4 382
Subscribers
+624 hours
-607 days
-2330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

❗Ҳурматли коллеж ва техникум раҳбар ходимлари! 🏢 Таълим даргоҳингизга ўқувчиларни таклиф этмоқчимисиз? Унда бу таклиф айнан сиз учун! Ёшларнинг ижтимоий тармоқларда фаоллигини ҳисобга олган ҳолда тарғибот ишларини айнан ижтимоий тармоқларда олиб борган жуда катта фойдасини беради. 📣 Бизнинг каналда реклама бериб, ўқишга бўлган тарғиботингизни кучайтиринг. Коллеж ва техникумингизда бўлган қулайликларни телеграмм каналимиз орқали абитуриентларга етказинг. Сиз учун жуда мақбул бўлган нархларда реклама беринг. Мурожаат учун: @analytic_22 @TEXNIKUMLAR
Show all...
👍 6
#rasmiy_xabar ⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim 🔰Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda: ➖ bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin; ➖ abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin; ➖ kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi; ➖ my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. ⚠️ Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim. ✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi. @TEXNIKUMLAR
Show all...
👍 32😡 7🕊 2
#Ҳушхабар ⚡Oлийгоҳ, коллеж ёки техникумга киришда грант учун етарли баллни 80 фоизини тўплаган камбағал оила фарзандларига қўшимча грант ажратилади. Бундан ташқари, молиявий мустақил бўлган олийгоҳларни ҳар бири йилига камида 1 миллиард сўмлик грант эълон қилади. Бу грантлар ҳисобидан, фанларни ўзлаштиришидан келиб чиқиб, камбағал оила фарзандлари контрактининг 20 фоиздан 80 фоизгача қисми қоплаб берилади. @TEXNIKUMLAR
Show all...
👍 35👀 3 1🔥 1
🇺🇿Бугун мактаб, академик лицей, касб-ҳунар мактаби, коллеж ва техникумларда дарслар бошланади 2024/2025 ўқув йили: ➖Мактабларда – 4 сентябрь; ➖ Олий таълим муассасаларида – 9 сентябрь; ➖ Академик лицейларда – 4 сентябрь; ➖ Касб-ҳунар мактабларида – 4 сентябрь; ➖ Коллеж ва техникумларнинг 2- ва ундан юқори курслари учун – 4 сентябрь кунидан бошланади. Мактабларда «Биринчи қўнғироқ» тадбирларин соат 8:00 да «Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!»  шиори остида ташкил этилади. @TEXNIKUMLAR
Show all...
👍 21😡 14👀 5🔥 1
⚡️Maktablarda huquq sinflari tashkil qilinadi Hukumat qaroriga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Huquq sinflari” tashkil etiladi. ⚡️Umumta’lim muassasalari huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlanadi. 🔍“Huquq sinfi”ga o‘quvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf o‘quvchilari orasidan saralab olinadi. ✔️ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab “maktab-lisey-texnikum-universitet” uzluksiz ta’lim tizimi asosida akademik liseylarni muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilar test sinovlarisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi. @TEXNIKUMLAR
Show all...
👍 8🔥 6😡 1
⚡️ Kollej, texnikumlar mandati chiqdi ✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun professional (kollej yoki texnikum) ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin. @TEXNIKUMLAR
Show all...
👍 38 7😡 7😇 3🕊 1
27-avgust – kollej va texnikumlarni tanlashning oxirgi kuni 56,7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi. Bugun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlashning so‘nggi kuni. Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej va texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan. Ma’lumot uchun, joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻyilsa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. @TEXNIKUMLAR
Show all...
👍 32🔥 2 1🕊 1
#bilasizmi #eslatma ⚡️Shoshiling, ikki kun qoldi! 56.7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi Xabaringiz bor ayni kunlarda oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlamoqda. Tanlov 27-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej/texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan. Shunday ekan, sizlarda 2 kun vaqt qolmoqda. ❗️Ma’lumot uchun joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻysa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. @TEXNIKUMLAR
Show all...
👍 34
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi. Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi. Kasb-hunar maktablarida hamda kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun yangi o’quv yili 4-sentyabr kunidan boshlanadi. Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi. @TEXNIKUMLAR
Show all...
👍 21🐳 2
#E’lon! Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifa berish uchun pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlarni qabul qilish boshlandi. pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Eslatma: Belgilangan tartibga koʻra, pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-oktabr sanasida to‘xtatiladi. @TEXNIKUMLAR
Show all...
👍 5🔥 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.