cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

To'xtaboyev Nuriddin | shaxsiy blog

Shaxsiy blog. Shaxsiy fikrlar. Murojat uchun: @Tukhtaboyev_Nuriddin

Show more
Advertising posts
96
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bugungi kunda xalqaro munosabatlar va geosiyosiy strategiyalarda ikki asosiy yondashuv ko‘p muhokama qilinadi: soft power (yumshoq kuch) va hard power (qattiq kuch). Ularning har biri turli vositalar orqali milliy manfaatlarni ilgari suradi. Iqtisodiy va harbiy qudratga asoslanuvchi, boshqalarga buyruq berish imkonini beruvchi "qattiq hokimiyat (hard power)" va o'zining jozibali madaniyati va mafkurasi orqali "boshqa davlatlarni ham o'zi xohlagan narsani xohlashiga" erishish qobiliyatini anglatuvchi "yumshoq hokimiyat (soft power)" tushunchalari orasida farq mavjud. Agar davlatning madaniyati va mafkurasi jozibali bo'lsa, boshqalar uning yetakchilariga ergashishga ko'proq xohish bildiradi, shunday ekan, yumshoq hokimiyat ham qattiq, buyruq berishga asoslanuvchi hokimiyat kabi muhimdir. Qattiq kuch qisqa muddatda tezkor natija bera oladi, lekin ko‘pincha uzoq muddatda qarshilik va nizolarni kuchaytirishi mumkin.Yumshoq kuch esa uzoq muddatda yanada barqaror natijalarga olib keladi. U xalqaro maydonda do‘stona munosabatlar va hamkorlikka asoslangan. Har ikkala yondashuv o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega. Siz qanday fikrdasiz? Soft power yoki hard power? Agar Ibookdagi "Yumshoq kuch" kitobi o'ylaganimdek bo'lsa, olib o'qib chiqish kerak. @Nuruddiyn
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
34 harfdan iborat umumiy turkiy alifbo. O'zbek alifbosiga nisbatan o'zgarishlar anchagina. Lekin bu alifboga moslashuv ko'p vaqt talab etmaydi deb o'ylayman. Bu kelishuv turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tushunishni osonlashtirish, shuningdek, o‘zaro integratsiyani chuqurlashtirish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Yagona alifbo nafaqat tillarni yaqinlashtiradi, balki turkiy dunyo uchun umumiy axborot maydoni yaratishga imkon beradi. Ushbu tashabbus orqali turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, madaniyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik yanada mustahkamlanadi. Yangi alifboda yozmoqchi edim. Afsuski, kompyuterda hali bu alifbolar yo'q ekan:) @Nuruddiyn
Show all...
01:26
Video unavailableShow in Telegram
Endi turkiy xalqlarning yagona alifbosi bor. Gap shundaki, Turkiy mamlakatlarning umumiy alifbosi qabul qilindi. Turkiy davlatlar vakillari Bokudagi yigʻilishda lotin alifbosiga asoslangan, 34 ta harfdan iborat yagona alifbo boʻyicha kelishib oldi. Bokuda 9-11-sentyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan tuzilgan Turk dunyosining yagona alifbosi boʻyicha komissiyaning 3-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohada bilim va tajriba almashish, komissiyaning ikki yillik tajribasi asosida turkiy tillar uchun umumiy alifbo loyihasi ustida ishlashni yakunlash muhokama qilindi. Yigʻilishda olimlar tomonidan 1991-yilda taklif etilgan lotin alifbosiga asoslangan umumiy turkiy alifbo loyihasi koʻrib chiqildi. Muhokamalar natijasida 34 harfdan iborat umumiy turkiy alifbo boʻyicha umumiy kelishuvga erishildi. Alifbodagi har bir harf turkiy tillarda mavjud boʻlgan turli fonemalarni aks ettirishiga alohida eʼtibor qaratildi. Menimcha yaxshi yangilik bo'ldi. Manba @Nuruddiyn
Show all...
SaveVid.Net_0D4B617FC17426BB649CFEA287EE87AF_video_dashinit.mp47.08 MB
Soliqlar... Bugungi kunda yashirin iqtisodiyot darajasi yanada o'sib bormoqda. Soliqlardan qochish noto'g'ri davlat siyosatidan deb bilaman. Ekstraktiv siyosiy va iqtisdoiy institutlar sharoitida xalq hech qachon davlatga ishonmaydi. Ishonch yo'q ekan soliqlardan qochish ortib boraveradi. Yashirin iqtisodiyot yoki soliqlardan qochish jamiyat va davlat uchun katta iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan biridir. Lekin soliqlar iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga emas, aksincha elita qatlam hisoblangan ozchilikning daromadini oshirishga xizmat qilsa, soliqlardan qochishni normal hisoblayman. Nima uchun soliqlarni to‘lash muhim? Soliqlar davlatning iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi, fuqarolar uchun xavfsiz, sog‘lom va farovon hayot sharoitlarini yaratadi, bepul ta'lim bilan ta'minlaydi. Hullas, normal ishlab turgan parlament, byudjet daromadlari to'g'ri yo'naltirilgan jamiyatda yashasangiz, qancha soliq to'lasangiz arziydi. @Nuruddiyn
Show all...
00:36
Video unavailableShow in Telegram
Ular Germaniyaga oʻqishga yuborilgan yetmishta talaba edilar, ular bari qahramon boʻlishga arziydigan yigit-qizlar. Oʻz millatining qahramonlari... Video "Qoʻrqma" kitobining ma'lumotlariga asoslangan holda qilindi. Barchamiz uchun manfaatli boʻlsin!
Show all...
14.59 MB
01:14
Video unavailableShow in Telegram
🐦Qarg'alar uchsa qaraylik… @pulatovkh @sherbek_safariy mustaqilligiz yo'lida o'z joni va qonidan voz kechgan jasur xalqimiz xotirasiga bag'ishlangan animatsion rolikni taqdim etdi. Men nima uchun SSSRdan nafratlanaman, mana sababi. To‘y-u tomoshalarda “Qarg‘alar uchsa qaraylik Marg‘ilonning yo‘liga” qo‘shig‘iga yer changitib raqsga tushishlariga siz ham guvoh bo‘lganingiz aniq. Lekin bu qo‘shiq mustaqilligimiz yo‘lida kurashganlar yodi uchun yaralgani haqida ko‘pchilik bilmasa kerak. Manba @Nuruddiyn
Show all...
IMG_8387.MP414.63 MB
01:38
Video unavailableShow in Telegram
Davlat puli degan narsa yo'q. Barchasi xalqniki. Barchasi to'lagan soliqlarimiz. "Bir yil to'langan soliqlar bir kun tinch yashashga yetmaydi". Bu soliqlarni mohiyatini anglamaslikdan kelib chiqadi. Soliqlar faqat "daromad solig'i"dan iborat emas. Qo'shilgan qiymat solig'i bor. Bu O'zbekiston byudjetining eng muhim daromad manbalaridan biri hisoblanadi. QQS mahsulot va xizmatlar realizatsiyasidan olinadi, bu esa davlatning umumiy daromadlarini sezilarli darajada oshiradi. QQSni eng oxirgi istemolchi to'laydi, ya'ni biz, siz, barchamiz.2023-yil davlatimiz byudjet daromadlari 196 trln so'mni tashkil qildi. QQS esa 113.5 trln so'mni tashkil qiladi. Bu umumiy soliqlarni taxminan 60 foizini tashkil qiladi. Ozodbek Nazarbekovni gapi shunchaki masxarabozlik. Chunki u loy ko'chalardan yurmaydi. Loy ko'chadan yurgan xalqimizga esa tupurib qo'ygan. Afsus shunday vazirlar borligidan. @Nuruddiyn
Show all...
nRiM-lKgnVK-wsTv.mp4 tag=12.mp44.81 MB
01:38
Video unavailableShow in Telegram
Davlat puli degan narsa yo'q. Barchasi xalqniki. Barchasi to'lagan soliqlarimiz. "Bir yil to'langan soliqlar bir kun tinch yashashga yetmaydi". Bu soliqlarni mohiyatini anglamaslikdan kelib chiqadi. Soliqlar faqat "daromad solig'i"dan iborat emas. Qo'shilgan qiymat solig'i bor. Bu O'zbekiston byudjetining eng muhim daromad manbalaridan biri hisoblanadi. QQS mahsulot va xizmatlar realizatsiyasidan olinadi, bu esa davlatning umumiy daromadlarini sezilarli darajada oshiradi. QQSni eng oxirgi istemolchi to'laydi, ya'ni biz, siz, barchamiz. 2023-yil davlatimiz byudjet daromadlari 196 trln.so'mni tashkil qildi. QQS esa 113.5 trln.so'mni tashkil qiladi. Bu umumiy soliqlarni taxminan 60 foizini tashkil qiladi. Ozodbek Nazarbekovni gapi shunchaki masxarabozlik. Chunki u loy ko'chalardan yurmaydi. Loy ko'chadan yurgan xalqimizga esa tupurib qo'ygan. Afsus shunday vazirlar borligidan. @Nuruddiyn
Show all...
nRiM-lKgnVK-wsTv.mp4 tag=12.mp44.81 MB
Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin! Barchamizga muborak bo'lsin. Mustaqillik — bu erkinlik. Erkinlik - mustaqil fikrlash va yashash huquqi, o‘z kelajagini o‘zi belgilash imkoniyatidir. Mustaqillik bizga faqat siyosiy erkinlikni emas, balki o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, madaniyatimizni dunyoga tanitish imkoniyatini ham beradi. Mustaqillik — bu nafaqat Vatanimiz uchun, balki har birimiz uchun ham qadrli ne'matlardan biridir. Uni asrab-avaylash hammamizning burchimizdir. @Nuruddiyn
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.