cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali direktori, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Shikoyat, takliflar uchun - @samdukf_murojaat_bot

Show more
Advertising posts
1 308
Subscribers
-224 hours
+127 days
+2630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#OTM_va_MAKTAB SAMDUKF "QIZIL" TOIFADAGI MAKTABLARNI RIVOJLANTIRISHGA KO‘MAKLASHADI Kattaqo‘rg‘on tumanida bugungi kunda 106 ta maktab bor. 2023/2024-o‘quv yili yakuniga ko‘ra ushbu maktablar bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlariga ko‘ra, qizil, sariq va yashil toifalarga ajratildi. Tumandagi 12 ta maktab qizil toifaga tushib qoldi va Samarqand viloyati hokimining tegishli yig‘ilish bayoniga muvofiq, ushbu maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonlarini yuksaltirish, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar bilan tizimli ishlar olib borishga ko‘maklashish uchun SamDUning Kattaqo‘rg‘on filialiga biriktirildi. ✨ BATAFSIL: samdukf.uz ©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati ✨ SamDUKFning rasmiy kanallariga a'zo bo'ling: https://t.me/samdukf_mx/12028
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#OTM_va_MAKTAB "Ota-ona farzandini qaysi maktabga berishga ikkilanib qolyapti. Chunki hozir tuman, shahar markazlarida ham, eng chekka hududlarda ham maktab ta'limi masalasida juda og'riqli muammolarimiz bor. Oliy ta'lim sifatida biz tomoshabin bo'lishimiz xato. Shu bois bugun biz faoliyatimiz yarmini maktab ta'limidagi muammolarni birgalikda bartaraf etishga bag'ishladik..." SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sh.Urakov Kattaqo'rg'on tumanida "Qizil" toifadagi maktab direktorlari bilan birga o'tkazilgan yig'ilishda bu haqida to'xtalib o'tdi. Batafsil ma'lumot beramiz. 💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Show all...
🔥 3
#Direktor_va_yoshlar MAHALLALARDAN BIRIKTIRILGAN YOSHLAR ZIYOLILAR NAZORATIDA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi ijrosini ta'minlash maqsadida SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sh.Urakov, fakultet dekanlari A.Sobirov va S.Rajabov Kattaqo'rg'on shahridagi mahallalardan biriktirilgan yoshlar xonadonlarida bo'ldi. Yoshlarning bandligi, intilish va qiziqishlariga ko'ra amalga oshirayotgan ishlari, mahalla yoshlar yetakchisi bilan aloqasi mas'ullar e'tibor markazida bo‘ldi. Yoshlar va ularning yaqinlari bilan suhbatlashilib, murojaatlariga quloq tutildi. 💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Show all...
👍 4
#XALQARO_MEMORANDUM SamDU Kattaqo'rg'on filiali hamda Xitoyning Yangi Ipak yo'li madaniyatlarini rivojlantirish jamiyati o'rtasida Memorandum imzolandi Bugun, 18-sentabr kuni SamDU Kattaqo'rg'on filialida Xitoy va O'zbekiston tadbirkorlarining Kattaqo'rg'on biznes forumi bo'lib o'tdi. Unda Kattaqo'rg'on shahar hokimi G.Alimova ishtirok etdi. Kattaqo'rg'on shahar hokimligi tomonidan tashkil qilingan forum filial uchun ham Xitoyning muassasa hamda tashkilotlari bilan manfaatli kelishuvga erishilishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. SamDU Kattaqo'rg'on filiali hamda Xitoyning Yangi Ipak yo'li madaniyatlarini rivojlantirish jamiyati o'rtasida Memorandum imzolandi. Ushbu memorandum kelgusida xitoy va o'zbek tillari bo'yicha mutaxassislar tayyorlash, madaniy, ma'rifiy uchrashuvlar tashkil qilish, filial hamda Yangi Ipak yo'li madaniyatlarini rivojlantirish jamiyati o'rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Show all...
👍 8🔥 3🎉 2
Photo unavailableShow in Telegram
#BIZNI_kuzatib_boring! SamDU Kattaqo'rg'on filialining rasmiy kanal va sahifalari, bot: Rasmiy web-sayt: samdukf.uz Telegramda: @samdukf_mx @Sherzod_Raxmonovich_Urakov Facebookda: https://www.facebook.com/share/g/KKYjBm1k7aGU9b1q/ https://www.facebook.com/samdukfdirektoriurakovsherzodraxmonovich?mibextid=ZbWKwL Instagramda: https://www.instagram.com/samdu.k.f?igsh=YzljYTk1ODg3Zg== YouTubeda: @samarqanddavlatuniversitet5022 Murojaat bot: @samdukf_murojaat_bot Axborot xizmati: @samdukf_matbuot_kotib ©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
Show all...
#Ilmiy_faoliyat SH.URAKOV: O‘QITUVCHI ILMIY DARAJA OLISHI UCHUN DOIMIY IZLANISHI LOZIM! SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 2023-2024-o‘quv yilida ilmiy salohiyatni oshirish, erishilgan natijalar hamda muammolar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Filial direktori Sherzod Urakov rahbarligida o‘tkazilgan muhokama jarayonida har bir kafedra professor-o‘qituvchisi tomonidan o‘tgan vaqt mobaynida olib borgan ilmiy izlanishlari, e'lon qilgan maqolalariga alohida e'tibor qaratildi. Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokama jarayonida ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan kafedralar, o‘qituvchilar ogohlantirildi.
Show all...
👍 7
#Jarayon XODIMLAR VA PROFESSOR-O'QITUVCHILAR IJTIMOIY-SIYOSIY YANGILIKLARDAN XABARDOR SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida haftaning har juma kuni "Siyosiy-ma'rifat soati" o‘tkazilishi belgilandi. Bugun, 13-sentabr kuni o‘tkazilgan xuddi shunday tadbirda mamlakatimizda ro'y berayotgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar, qabul qilingan qarorlar haqida so'z yuritildi. ©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati 📌 SamDU Kattaqo‘rg‘on filialining rasmiy telegram kanaliga a'zo bo‘ling: @samdukf_mx
Show all...
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.