cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Mirzo Zominiy

O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi. Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman. @toqsonbeshchoy instagram.com/mirzayor Reklama hamkorligi uchun: @MirzayorErkinov

Show more
Advertising posts
5 609
Subscribers
-1124 hours
-297 days
-13130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Instagram'da story qoʻyganimda, koʻpchilik shu reklama e’loni qayerda joylashganini soʻradi. Konsertlar marketingi Oʻzbekistonda alohida mavzu, e’lonlar dizaynlariga yondashuvlarni esa oʻzingiz bilasiz. Zamon oʻzgaryapti. Yoshlar, kreativ oʻsyapti. Sharif aka (Konsta) “Insonlar” konserti uchun posterlari katta shaharlar, xususan, Istanbul va Tbilisi koʻchalari muhitini bergandek goʻyo. Dizayn muallifi: Shahzodbek Turobov #TashqiReklama #Konsta @mirzo_zominiy
Show all...
13 7👍 4🌚 1
Repost from N/a
Shu kunlarda biz sizlar bilan qanday qilib TEMU ortiqcha PR va shov-shuvsiz O’zbekiston e-com bozorini asta-sekin egallab olayotganini guvohi bo’lyapmiz. Aytishlaricha, temu digital marketingga milliardlab pul sarflab ko’plab bozorlarni juda tez egallamoqda. To’g’risi, qiziqish bilan kuzatyapman. @latipovasamira
Show all...
23👍 10 5🌚 2
00:39
Video unavailableShow in Telegram
Influens marketingga qaytamiz – o‘z qadr-qimmatini bilgan brendlar marketing jamoalari ziyraklik va ehtiyotkorlik bilan vayner, bloger-u mashina yuvadigan avtoblogerlarni saralab olishi tobora dolzarblashib boraveradi. Kutilayotgan debat ko‘plab kameralarga tasvirga tushiriladi, yuzlar ochiladi va bozorda shu turdagi media shaxslarga munosabat tubdan oʻzgaradi, degan umiddamiz. Film parchasidagi gaplardan mos xulosa chiqarib olasiz. #MarketingvaPR @mirzo_zominiy
Show all...
IMG_4321.MP43.48 MB
💯 29👍 5 3
Boysundagi holat tashvishli va shu ahvolimizga Jizzaxda AES qurish, uni ayniqsa Rossiya bilan qurishning ehtimoliy oqibatlari esa undan-da ayanchli. @mirzo_zominiy
Show all...
🙏 38👍 17😢 17💔 12 2💯 2🌚 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Soʻzlaringni balandlat, ovozni emas. Chechaklarni momaqaldiroq emas, yomgʻir oʻstiradi”.
Jaloliddin Rumiy #Iqtibos #SoʻzlarKimyosi @mirzo_zominiy
Show all...
45👍 12🙏 1
Sizga brendlar, turli yemakxona va savdo tarmoqlarida oʻzbek tilida xizmat koʻrsatishdan bosh tortish holatlari yuz bersa, e’tiroz bildirmoqchi boʻlsangiz, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga murojaat qilishingiz mumkin. Qoʻrqmang, oʻz haq-huquqingizni talab qilishdan hech ham qoʻrqmang. Qizishmang, hech kimni haqoratlab yoki millatiga qarab ajratmang, lekin oʻzingizni ham yerga urmang – tegishli tashkilotlarga ariza qoldiring – (+998 71) 207-47-00 Bugun talab qilmasangiz, bugun zanjirni uzmasangiz, ertaga davom etaveradi shu munosabat, yuqoridan qarash. Qoʻmita ham bu masalada faollashishini soʻrab qolamiz. @mirzo_zominiy
Show all...
👍 49💯 20🙏 5🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ayni paytda inbazar'ni boykott qilish kampaniyasiga parallel Yapona Mama'ni ham boykott qilish kampaniyasi boshlangan. Sabab – brendning asosiy xizmat tili sifatida rus tilidan foydalanishi. Oʻzbekistondagi brendlarning sahifalarida tavsifini (bio) ochiqchasiga rus tilida yozib qoʻyishi, postlarda birinchi til sifatida rus tilini ishlatishi bor gap. Buni inkor eta olmaysiz. Katta-katta brendlar, qahvaxona va yemakxona tarmoqlari birinchi navbatda rus tilida muomala qilishini ham inkor eta olmaysiz. Bahonalar talaygina, lekin qonun bitta. Davlat tili bitta. Aholining katta qismi oʻzbek tilida gapirishi ham fakt. Tabiiyki, oʻzbekzabon aholi oʻz tilida xizmat koʻrsatilishi, menyular oʻzbekcha boʻlishi va til faktori sababli ajratmachilik qilinmasligini xohlaydi. Men boykott tushunchasi yangi darajada anglab borilayotganiga xursandman. Odamlarning oʻzlik, oʻz tili hurmatini talab qilishga haqqi bor. Brendlar, allo, balki asosiy (default) til sifatida oʻzbek tilidan foydalanarsiz? Qachongacha tilimizni buramiz? @mirzo_zominiy
Show all...
🔥 89👍 36😎 5👻 4🎉 3
PR va kommunikatsiyaning inqiroz menejmenti bo‘yicha klassik usullari emas, ko‘proq darrov xayr-ehson, e’tiqod tomonlama ishonchga kirish va chempionlar-u inflyuenserlarning oqlab-ko‘klab berishi kabi usullardan foydalanishadi. Kuzatamiz, jamiyat bunday ikkiyuzlamachilarni kechirib, unutib yuboradimi yoki oxirigacha adolat talab qilinadimi? @mirzo_zominiy
Show all...
21🔥 9💯 6👍 5
Bitta “Spark” bilan tizimdagi muammoni “hal qilib yuborishga” nechchi?) https://t.me/Uzbekona/40019 @mirzo_zominiy
Show all...
UZBEKONA | Расмий канал

❗️Калтак еган болага Inbazar узрнома сифатида Спарк машинаси совға қилишди ҳамда лавозими қайта тикланди ва каттароқ лавозимга тайинланди 👉 @UZBEKONA

👻 10👀 4😎 4🎉 2🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
Mediada “aylanayotgan” shaxslarning kimligi, ularning qanday odam ekanligi – qancha pul topishi, hayot tarzi bir yon, kibrlanib, bosar-tusarini bilmay qolgani, mushtumzo‘rlikka, haqoratlarga to‘la jonzotligi bir yonligini tushunish, yaxshiyamki, boshlanyapti. Sekin-asta bo‘lsayam. Inflyuenserlar ham, to‘g‘ri, reklama olayotganida, kimnidir maqtayotganida o‘zidan yashirilayotgan narsalarni bilmas, lekin Sigma’da inqiroz menejmenti haqida aytganimdek, uzr so‘rash – bu shu turdagi masalalarga yechim emas, uzr shunchaki so‘ralayotgan, o‘yinchoq bir tushunchaga aylanib bo‘ldi, afsuski. Hozir bizda inqirozlar ortidan boshqa “dum” – inqirozlarni yetaklab kelib, jamiyatning ko‘zini ochayotgani, boykott nima ekanligini yaxshiroq anglab borishayotgani, saralash jarayoni boshlangani, aslida qonunlar – ezilganlar uchun najot ekanini tushunayotganlari odamni quvontiradi. Hali ko‘plab firibgarlar, mushtumzo‘rlar va jinoyatchilarning yuzi ochilishiga, ularga qat’iy jazolar berilishiga tilakdoshman. Feruzxon aka aytgandek, o‘zbekistonliklar orasida urchigan “ko‘cha”, “vorovskoy”, “ramzanomaniya”ga mukkasidan ketganlarni joyiga solib qo‘yishlariga ham. Jamiyatdagi yuqoridagi iflosliklarni ko‘tarib chiqayotgan A’zam Qahramoniy va boshqa faollarni esa qo‘llab-quvvatlaymiz. #MarketingvaPR @mirzo_zominiy
Show all...
💯 30🔥 11👍 7 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.