cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Texnika Universiteti (TDTU)

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti (TDTU) Abituriyent va Studentlar uchun so'ngi va muhim xabarlar biz bilan qoling! Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Beruniy metro Reklama uchun: @oliy_vazir

Show more
Advertising posts
5 078
Subscribers
-524 hours
-327 days
+25330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
🍀 Kimlar biror narsaga erisha olishi mumkin? O‘ta sodda haqiqat: Orzu, maqsad va reja qiladigan, lekin unga erishishga yoki amalga oshirishga harakat qilmaydigan odamlar hayotda hech narsaga erisholmaydi. © Manba Toshkent davlat Texnika Universiteti
Show all...
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga); 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga ✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ✔️Quyidagilarga berilmaydi: ❌ super-kontrakt uchun; ❌ sirtqi; ❌ kechki; ❌ masofaviy; ❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi. ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin: 1) https://talim-krediti.mf.uz sayti; 2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677). Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. Toshkent davlat Texnika Universiteti
Show all...
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari 🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan. ✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining: 🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti; 🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti; 🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. ✅ 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi. 👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. 📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi. Toshkent davlat Texnika Universiteti
Show all...
#foydali TTJda zerikib ketgan talabalar uchun zo'r o'yin topib qo'ydik eng qizig'i siz pul ishlaysiz.. Hamster emas😁 O'yinga kirish 👈
Show all...
⚡️Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 680.000 so'm nafaqa puli beriladi "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:
👉 Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.
👉 Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi.
Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (600.000 so'm) tashkil etadi. 📑 Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: • OTM rektori nomiga ariza; • Pasport nusxasi; • Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.
🛡 Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi
.
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent #kontrakt #tanlov202
4 Toshkent davlat Texnika Universiteti
Show all...
❗️Ta'lim krediti haqida batafsil: kimga qancha kredit beriladi? ◾️ Qonunchilikka ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga ta’lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi: 🔹oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi; 🔹ta’lim krediti: ▫️oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida; ▫️Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past  bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. ✔️Bunda ta’lim krediti: 🔸OTM talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;
🔸professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.
Toshkent davlat Texnika Universiteti
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ijara puli kimlarga qoplab beriladi? Xususiyda o'qiyotganlarga hammi? ◾️ Afsuski, yo'q. Xususiydagi talabalarga berilmaydi. Amaldagi tartibga ko'ra, davlat OTMlarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari), davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishidan qat’i nazar, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning 60 foiziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Grantda o'qiyitganlarga ham beriladimi? Ha, beriladi. Talabalar qanday saralanadi? Ijara puli qoplab beriladigan talabalarni OTMlardagi komissiyalar tanlab oladi. Toshkent davlat Texnika Universiteti
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Va nihoyat, oliy ta’lim vaziri Prezident Davlat stipendiyalariga munosib topilgan tayanch doktorantlar masalasiga e’tibor qaratdi 2024-yil fevral oyida tayanch doktorantlar uchun ta’sis etilgan Prezident stipendiyasi tanlovida ishtirok etgan, ammo oradan 6 oy o‘tgan bo‘lsa ham hamon rasmiy g‘oliblar buyrug‘i tasdiqlanmagani haqidagi murojaat kanal orqali yoritilgandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining yarim kechasi xabar berishicha, 12-sentabr kuni vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida vazirlikning Hay’at yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yigʻilish yakunida esa Prezident Davlat stipendiyalariga munosib topilgan tayanch doktorantlar va nihoyat tasdiqlangan. ☑Toshkent davlat Texnika Universiteti
Show all...
⚡️ 1-kurslar uchun yangi tizim: ular faqat 1 yillik grant bilan talaba bo'lgan ▪️ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda: ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi. ☑Toshkent davlat Texnika Universiteti
Show all...
📌 Yaxshi o'qigan talabalarga foizsiz ta'lim krediti beriladi Oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi; Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi ma'lum qildi. Toshkent davlat Texnika Universiteti
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.