cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

©Yuristkurbanoff

👨‍💻 Huquqshunos Jahongir Abdumutalli o‘g‘lining shaxsiy kanali. You are welcome!!! 🖐 Ko'ngilochar xabarlar: 👉 @jorkayeff Murojaat: 👉 @shoxruhnoofficial

Show more
Advertising posts
396
Subscribers
-524 hours
-317 days
+7530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

04:30
Video unavailableShow in Telegram
Aralash saylov tizimida deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi haqida tushuntirish berilibti, bir eshiting, bir nimala o'rganib olasiz...
Show all...
IMG_9699.MP423.57 MB
👍 1
"INBAZAR" MCHJ tugatilishi Soliq qo'mitasi bayonot bermoqda. Bugungi kunda Toshkent shahrida “INBAZAR” savdo brendi ostida 3 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda: ▫️"IN MAG" MCHJ; ▫️"GO TREND" MCHJ; ▫️"KDS SALES" MCHJ. Taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko'ra, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan taʻminlangan. Soliq organlari tomonidan 2024-yilning o'tgan davrida “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida , mazkur tadbirkorlik subektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari o'tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo'yicha jarimalar qo'llanilgan. SHtatida 1 nafar xodim ko'rsatilgan “INBAZAR” MCHJ tadbirkorlik subekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida. P.S. Ko'pchilik “INBAZAR” MCHJ tugatilayotganini INBAZAR bren6di tugatilayotgandek tushunishi mumkin. Lekin tovar nomi, savdo brendi boshqa nomdayu korxona nomi boshqa-boshqa bo'laveradi. Yuqoridagi tuzilmalar bilan faoliyat olib boraveradi. Firman nomi, brend nomi ham bir xilligi uchun, chalg'ish mumkin, xullas kalom firma tugatiladi, brend esa yashnab gullashda davom etadi, prospektiv buyog'i...
Show all...
👍 1😢 1
Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan mamlakatni boshqarsa bo'ladi, ammo amaldorlar yomon bo'lsa, yaxshi qonunlar ham yordam bermaydi. ©️Otto fon Bismark
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
‼️ SAQLAB QO'YING. Oliy sudning "Multa Radar" bo'yicha pozisiyasi. Sudga ariza bergan vaqtingiz ushbu sahifani ham albatta ilova qiling. 👉 @abdumalikovich_uzb
Show all...
👍 2👏 1
#Ijara_huquqi ❓ Talabalarning ijara shartnomasini tuzish tartibi qanday? ✅ Ko'chmas mulk ijara shartnomalarini tuzish 2 xil usulda amalga oshirilishi mumkin. 1️⃣. 1-usul ijara.soliq.uz sayti orqali: Bunda ijaraga beruvchi “Talabalar ijarasi” bo'limini tanlab “Ijaraga oluvchi talaba to'g'risida ma'lumot” oynasiga ijraga oluvchi talabaning JSHSHIR (Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami) kiritgandan so'ng uning ma'lumotlari (FIO, ta'lim olayotgan o'quv yurti, fakulteti, ta'lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro'yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi. 👉🏼 Keyingi bosqichda “Qo'shish tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi. 👉🏼Dasturga kiritilgandan so'ng “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosilib, talabining telefon raqamiga sms kodi kelgan 5 xonali raqam yuborilib tasdiqlash tugmasi bosiladi. 2️⃣. 2-usul “Soliq” mobil ilovasi ilovasi orqali “Ijaraga berish” keyin “Talabalar uchun ijara shartnomasi” bo'limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko'chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo'yiladi. 👉🏼 Bunda ham ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning JSHSHIR (Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami) kiritilganda uning ma'lumotlari avtomatik shakllanadi. 👉🏼Talabalar telefon raqamiga sms orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashadi. 👉🏼 Ijara shartnomalarini hisobga qo'yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi. 👉🏼Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qo'yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa o'z navbatida oylik ijara to'lovining bir qismini qoplab berishda oliy o'quv yurtlariga qulaylik yaratadi. 🤝 Bundan tashqari, soliq to'lovchining uy-joylarini talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solinmaydi.
Show all...
Талабаларнинг ижара шартномасини тузиш тартиби қандай?

Кўчмас мулк ижара шартномаларини тузиш 2 хил усулда амалга оширилиши мумкин.

#Bilishingiz_kerak ❓Maktab o'quv xonalaridagi havo harorati qancha bo'lishi kerak? ✅ Ta'lim muassasalarining o'quv xonalarida mashg'ulotlar o'tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o'quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, o'rtacha og'ir ishda 17º S va og'ir ishda 16º S dan past bo'lmasligi kerak. 👉🏼 Fizika o'quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º S – 21º S, havoning namligi 40 – 60 foiz bo'lishi kerak. 👉🏼Sport zalida esa muntazam ravishda harorat 18º S – 20º S, havoning namligi 50 – 60 foiz bo'lishi kerak. 👉🏼Ta'lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizasiya tizimiga ulangan bo'lishi lozim. 👉🏼Ta'lim muassasasida kanalizasiya tizimi yo'q bo'lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ta'lim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo'l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o'ralarining mavjud bo'lishiga ruxsat etiladi.
Show all...
#Saylov_huquqi ❓Saylov komissiyalari tizimi haqida ma'lumot bersangiz? ✅ O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 11-moddasiga muvofiq saylov komissiyalari tizimiga quyidagilar kiradi: - Markaziy saylov komissiyasi; - Hududiy saylov komissiyalari; - Tuman va shahar saylov komissiyalari; - xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o'tkazish bo'yicha okrug saylov komissiyalari; - uchastka saylov komissiyalari. 1️⃣ Xalqimizning irodasi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitusiyamizda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator normalar o'z aksini topgan, jumladan, endilikda -viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyalari o'rniga hududiy saylov komissiyalari tuziladi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini hamda Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o'tkazish bo'yicha okrug saylov komissiyalarini tuzish tartibidan voz kechildi hamda ularning vazifalari hududiy saylov komissiyalariga yuklatildi, ya'ni okrug saylov komissiyalari faqatgina xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o'tkazish bo'yicha tuziladi; 2️⃣ saylov komissiyalarining professional tarzda ish olib borishini ta'minlash maqsadida hududiy saylov komissiyalarining uch nafargacha bo'lgan a'zosi doimiy faoliyat yuritadi; 3️⃣ hududiy saylov komissiyalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, tuman va shahar saylov komissiyalari esa hududiy saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (ilgari ular xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tuzilar edi). 👨🏻‍💼 Shuningdek, okrug saylov komissiyalari va uchastka saylov komissiyalari ham hududiy saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. 📗 Saylov kodeksiga 2021-yilda kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga asosan -Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari saylovini o'tkazish bo'yicha ham okrug saylov komissiyalarini tuzish amaliyoti bekor qilingan va ularning vazifalarini bajarish tegishli tuman, shahar saylov komissiyalari zimmasiga yuklatilgan edi. 4️⃣ Saylov kodeksida mahalliy Kengashlarga saylov o'tkazish uchun tuziladigan saylov okruglari sonining eng yuqori miqdori belgilangan bo'lib, okruglar sonining aniq miqdori ko'rsatilmagan edi. 👨🏽‍🏫 Bugungi kunda Saylov kodeksida mahalliy Kengashlarga saylov o'tkazish uchun saylov okruglari tegishli deputatlik o'rinlariga teng miqdorda tuzilishi, deputatlik o'rinlari soni esa aholi sonidan kelib chiqqan holdaaniq belgilab qo'yildi, saylovchilar ro'yxatining dolzarbligi va aniqligini doimiy ravishda ta'minlash maqsadida saylov okruglari va uchastkalari har 5 yilda bir marta tuzilishi belgilandi. shunaqa gaplar....
Show all...
Repost from Huquqiy axborot
01:32
Video unavailableShow in Telegram
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Мактабларда ҳуқуқ синфлари ташкил қилинади
Манба: 532-сон, 27.08.2024 й. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
Show all...
ВМК_532 fHD.mp412.76 MB
Photo unavailableShow in Telegram
3️⃣3️⃣3️⃣ • TDYU talabasi bo‘lishni istagn abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat! 👉 Batafsil... 3️⃣3️⃣3️⃣ • Прекрасная возможность для абитуриентов, желающих стать студентом ТГЮУ! 👉 Подробнее... 3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣ • A wonderful opportunity for applicants wishing to become students at TSUL! 👉 More... 👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #qabul #прием #admission
Show all...
#Mehnat_huquqi ❓Oktabr oyida qo’shimcha dam olish bo'ladi-mi, deyishibti tarmoqdagi do'stlar-im? ✅ MK 208-moddasiga ko’ra, 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud. Shulardan biri, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Bu yil 1-oktabr seshanba kuniga to’g’ri kelmoqda. ❌ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-son Farmonida 1-oktabr munosabati bilan qo’shimcha dam olish kuni yoki ko’chirilgan dam olish kuni nazarda tutilmagan. 🧐 Xullas kalom, 30-sentabr ham ish 2-oktabr kuni ham ish degani. Qo'shimcha, sifatida MK 208-moddasi oxirgi qismini ham bir o'qib chiqish tavsiya etiladi.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.