cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking Β«Accept allΒ», you agree to the use of cookies.

avatar

SARIOSIYO TUMAN 35-MAKTAB

sα΄€Κ€ΙͺᴏsΙͺʏᴏ α΄›α΄œα΄α΄€Ι΄Ιͺ 35-sᴏɴʟΙͺ α΄œα΄α΄œα΄α΄›α΄€β€™ΚŸΙͺᴍ ᴍᴀᴋᴛᴀʙΙͺα΄…α΄€ α΄›α΄€β€™ΚŸΙͺᴍ sΙͺκœ°α΄€α΄›ΙͺΙ΄Ιͺ ᴏsʜΙͺΚ€Ιͺsʜ ᴍᴀǫsα΄€α΄…Ιͺα΄…α΄€ α΄€α΄α΄€ΚŸΙ’α΄€ ᴏsʜΙͺΚ€ΙͺΚŸα΄€Κα΄α΄›Ι’α΄€Ι΄ ΙͺsΚœΚŸα΄€Κ€Ιͺ α΄›α΄β€˜Ι’β€˜Κ€Ιͺα΄…α΄€Ι΄ ᴛᴏ'Ι’'Κ€Ιͺ ʏᴏʀΙͺα΄›ΙͺΚ™ ʙᴏʀΙͺΚŸα΄€α΄…Ιͺ! Facebook: https://facebook.com/groups/439737210331198/ Telegram : @sar35_maktab

Show more
Advertising posts
212
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
+130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost fromΒ Xushnudbek.uz
Vazirlar Mahkamasining 16-sentyabrdagi qarori bilan ta’lim krediti ajratish toβ€˜gβ€˜risidagi Nizomga ayrim oβ€˜zgartirishlar kiritildi. Aslida bu oβ€˜zgartirishlar yangilik emas. Bularning barchasi Prezidentning 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli farmonida belgilangan edi. Jumladan: βž–endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda oβ€˜qiyotgan talabalarga beriladi. Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda oβ€˜qiyotganlar ham olishi mumkin edi; βž–HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi; βž–endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oβ€˜zlashtirishning oβ€˜rtacha koβ€˜rsatkichi β€œ3” dan past boβ€˜lgan taqdirda ta’lim krediti toβ€˜lov-kontrakt summasining koβ€˜pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (β€œIjtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). βž– birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi. πŸ‘‰ @xushnudbek πŸ‘ˆ
Show all...
Ta'lim krediti nizomi - VMQ-579.pdf1.15 MB
πŸ‘ 1
Repost fromΒ Otabek Hasanov
07:42
Video unavailableShow in Telegram
Ulugβ€˜larimiz aytganlaridek, oβ€˜gβ€˜il bolani oβ€˜qitsak, bir kishi savodli boβ€˜ladi. Qiz bolani oβ€˜qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli boβ€˜ladi!”
Shavkat Mirziyoyev. β€œIbrat farzandlari” loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlagan videorolikni albatta, tomosha qiling! @otabek_khasanov
Show all...
Qizlarni o'qitish kerakmi.mp439.32 MB
πŸ‘ 4
#Sariosiyo #35_maktab #Madhiya ERTALABKI SAFLANISH πŸ”°Sariosiyo tuman oΚ»quv haftasining har dushanba  kuni Davlat madhiyasini jamoa boΚ»lib ijro etish orqali boshlanadi. βœ…Bu bilan qalbimizda yangi kunga, istiqlolga va bugungi tinch-osoyishta hayotimizga shukronalik, kelajakka qat'iy ishonch tuygβ€˜usi joβ€˜sh uradi πŸ‘‡ Kanalga obuna boΚ»lish Telegram | Facebook
Show all...
πŸ‘ 2
UYDA YAKKA TARTIBDA TAΚΌLIM OLUVCHI OΚ»QUVCHILARGA OΚ»QUV QUROLLARI YETKAZILDI πŸ”°35-sonli umumiy oΚ»rta taΚΌlim maktabi direktori A.Xudoykulov, maktab psixologi D.Aliyev Sariosiyo tumanidagi " Kelajak sari" mahallasida istiqomat qiluvchi, 35-sonli umumiy oΚ»rta taΚΌlim maktabi oΚ»quvchilari M.Abdullayeva va A.Toshnazarovlar bilan uchrashib, holidan xabar oldi va oΚ»quv qurollari jamlanmasini topshirdi
🀝 "Hech bir bola davlatimiz va jamiyatimiz e'tibori va mehridan chetda qolmaydi"
πŸ‘‡ Kanalga obuna boΚ»lish Telegram | Facebook
Show all...
πŸ”ŠMaktab o'quvchilari diqqatiga... πŸ“†Sentabr oyidan "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sport musobaqalariga #start berilmoqda. πŸ’ͺSiz ham ushbu sport musobaqalarida ishtirok etmoqchimisiz? Unda 5tashabbus.uz saytidan yoshingizga mos sport musobaqasidan ro'yxatdan o'ting va olimpiadamizda ishtirok eting. πŸ€”Ro'yxatdan qanday o'taman deysizmi? Biz sizni qiynalmasligingiz uchun, ro'yxatdan o'tish videoqo'llanmasini yaratdik. πŸŽ₯Mazkur videoda ro'yxatdan o'tish ketma-ketligi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Show all...
#Sariosiyo #35_maktab #Madhiya ERTALABKI SAFLANISH πŸ”°Sariosiyo tuman 35-sonli umumiy oΚ»rta taΚΌlim maktabida  oΚ»quv haftasining har dushanba  kuni,  Davlat madhiyasini jamoa boΚ»lib ijro etish orqali boshlanadi. βœ…Bu bilan qalbimizda yangi kunga, istiqlolga va bugungi tinch-osoyishta hayotimizga shukronalik, kelajakka qat'iy ishonch tuygβ€˜usi joβ€˜sh uradi. 🏐 Shuningdek tadbir soΚ»ngida o'smirlar oΚ»rtasida oΚ»tkazilgan sportning voleybol turi boΚ»yicha viloyat chempionatida qatnashib gΚ»oliblikni qoΚ»lga kiritgan oΚ»gΚ»il bolalar va qiz bolalar jamoalari diplom va medallar bilan taqdirlandi πŸ‘‡ Kanalga obuna boΚ»lish Telegram | Facebook
Show all...
Repost fromΒ Xushnudbek.uz
TAΚΌLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAΚΌLUMOT βœ”οΈKredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oβ€˜zlashtirishning oβ€˜rtacha koβ€˜rsatkichi β€œ3” dan past boβ€˜lgan taqdirda ta’lim krediti toβ€˜lov-kontrakt summasining koβ€˜pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (β€œIjtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). βœ”οΈQaytarish muddati: oβ€˜qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan soβ€˜ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. βœ”οΈFoizi: πŸ§‘πŸ»β€πŸŽ“yigitlar uchun β€” Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% β€” 2024-yil 10-sentyabr holatiga); πŸ‘©β€πŸŽ“qizlar uchun - foizsiz (0%); βœ”οΈAsosiy stavka oβ€˜zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka koβ€˜tarilsa, unda kredit foizi oβ€˜zgarmaydi (yaΚΌni koβ€˜tarilmaydi). βœ”οΈKimlarga beriladi: βœ… faqat kunduzgi taΚΌlim shakliga βœ… bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga βœ… toβ€˜lov-kontrakt asosida oβ€˜qishga kirgan βœ… yoki oβ€˜qishini koβ€˜chirgan talabalarga beriladi. βœ”οΈQuyidagilarga berilmaydi: ❌ super-kontrakt uchun; ❌ sirtqi; ❌ kechki; ❌ masofaviy; ❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taΚΌlim krediti berilmaydi. βœ”οΈQaysi OTMlar uchun: taΚΌlim krediti Oβ€˜zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy βœ… oliy; βœ… oβ€˜rta maxsus; βœ… professional taΚΌlim tashkilotlari va ularning filiallari βœ… yoki qoβ€˜shma dasturda oβ€˜qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda oβ€˜qish uchun taΚΌlim krediti berilmaydi. ❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi. βœ”οΈKafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boβ€˜lgan oila aΚΌzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taΚΌlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaΚΌni aynan qarindosh boβ€˜lishi shartmas). βœ”οΈFuqarolik: taΚΌlim krediti faqat Oβ€˜zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boβ€˜lmagan shaxslarga banklarning oβ€˜zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. βœ”οΈKerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taΚΌlim muassasasi oβ€˜rtasidagi shartnoma (kontrakt); d) kredit qaytarilishining taΚΌminoti boβ€˜yicha hujjat. Bunda β€œIjtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taΚΌlim krediti boβ€˜yicha garov va kafillik talab etilmaydi; e) β€œIjtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maΚΌlumotnoma (agar boβ€˜lsa); k) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maΚΌlumot va hujjatlar. βœ”οΈAriza koβ€˜rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida koβ€˜rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi koβ€˜rsatilgan javob xati beriladi. βœ”οΈMuddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taΚΌlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. βœ”οΈArizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin: 1) https://talim-krediti.mf.uz sayti; 2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677). Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. πŸ‘‰ @xushnudbek πŸ‘ˆ
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
πŸ”° 35-maktabda yangi 2024-2025 oΚ»quv yili tadbiri koΚ»tarinki kayfiyatda nishonlandi πŸ””Bugun, Sariosiyo tumanidagi 35-sonli umumiy oΚ»rta taΚΌlim maktabida yangi 2024-2025-oΚ»quv yili "BIR BOΚ»LSAK YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK VATANMIZ" shiori ostida birinchi qoΚ»ngΚ»iroq tadbiri boΚ»lib oΚ»tdi. βœ… Tadbir avvalida maktab direktori A.Xudoykulov maktab oΚ»quvchilarini va oΚ»qituvchilarni yangi oΚ»quv yili bilan tabriklab, maktabga ilk qadam qoΚ»ygan jajji bolajonlarga oΚ»quv qurollari jamlanmasidan iborat prezident sovgΚ»alarini topshirdi ♻️ Shuningdek tadbirda keng jamoatchilik vakillari xususan tuman SEO va JXB boshligΚ»i A.Abdullayev hamda ota-onalar tashrif buyurib maktabga ilk qadam qo'ygan bolajonlarga va bitiruvchi sinf oΚ»quvchilariga oΚ»zlarining samimiy qutlovlarini bildirib oΚ»qishlariga muvaffaqiyatlar izhor etdi πŸ‘‡Kanalga obuna boΚ»lish Telegram  | Facebook
Show all...
πŸ‘ 4
πŸ‘ 2
Sariosiyo tumanidagi 35-umumta'lim maktabida 2024-yil 4-sentabr kuni "Bilimlar kuni hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. " Bir bo'lsak-yagona xalqimiz, birlashsak- Vatanimiz" shiori ostida o'tgan ushbu tantanali tadbirni maktab direktori ochib, o'qituvchilar va o'quvchilarni bayram bilan tabriklab , tabrik uchun so'zni hokimlik vakili G'. Abdullayevga berdi. G'. Abdullayev yig'ilganlarni viloyat hokimi Ulug'bek Qosimovning tabrigini o'qib eshittirdi. Shundan so'ng o'quvchilarning bayram dasturi tamosha qilindi. Bayram yakuni oldidan 1-sinf o'quvchilari tomonidan birinchi qo'ng'iroq chalindi va o'quvchilar 2024-2025- o'quv yilining 1-soat darsiga kirishdi. Tadbir mazmunli tinch osoyishta o'tdi.
Show all...
πŸ‘ 3
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.