cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Anvar Tursunov

Oʻzimni tushunishga harakat qilyapman. Menimni ovozini oʻchirmoqchiman. Inson hayotida chuqur maʼno topmasa, oʻzini rohat bilan chalgʻitadi. Postlarni oʻzingizni chalgʻitish uchungina oʻqimang. 💡 @Anvar_projects Bogʻlanish uchun: @Anvarfizik

Show more
Advertising posts
368
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

6 oy yoki koʻproq, bu yerga yozmayman.
Show all...
👍 4👎 3
Davomi Keyin esa «Yoshlarimiz nega axloqsiz bo‘lib ketayapti? Nega yoshlar ommaviy madaniyatga ruju qo‘yayapti?» deb uyalmay taajjub ham qilamiz. Ammo, yaxshiyamki, Prezident xalqning nafaqat moddiy, balki ma’naviy boyligi xususida ham qayg‘urib, ajdodlar merosini tiriltirish, o‘zbek xalqining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish borasida ko‘plab tashabbuslar bilan chiqmoqda. Ortiqcha mulozamatsiz, samimiy aytamanki, xalqimizning kelajagi buyuk bo‘lishiga endi chin ma’noda umidim bor... ...So‘ngso‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, davlat bir tomondan yordam qilayotgan pallada jamiyatda islomofobik qarashlarni yo‘qotish uchun dindorlarning o‘zlari ham jonbozlik ko‘rsatishlari zarur. Shu sababli musulmon do‘stlarimizga aytamanki, qaysi kasb egasi bo‘lishingizdan qat’i nazar, o‘z ustingizda ishlang! Alloh taolo sizga ilmni farz qilganini, nafaqat diniy, balki dunyoviy ilmlarni ham farz qilganini unutmang. Jamiyat uchun zarur kadrlarning yetishib chiqishi shu jamiyatdagi kimdir ado etishi kerak bo‘lgan farzi kifoya ekanini yodda saqlang. Aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlarni chuqur o‘zlashtiring. Go‘zal axloq egasi bo‘lish bilan bir qatorda, o‘z sohangizga ham shunday jiddu jahd qilingki, shunday yutuqlarga erishingki, turli sabablar bilan dindorlar haqida salbiy fikrlashga o‘rganib qolgan odamlar fikrlarini ijobiy tomonga o‘zgartirishga majbur bo‘lsinlar. Badgumon bo‘lganlaridan uyalib, qizarib qolsinlar. Diniy ilmlarni chuqur egallash mutaassiblikka emas, aksincha, shaxs kamolotiga olib borishini, Allohning yo‘l-yo‘rig‘idan yurgan odamdan jamiyat faqat manfaat topishini, dindorlardan xalq farovonligi uchun zarur bo‘lgan kuchli mutaxassislar yetishib chiqishi mumkinligini o‘z misolingizda isbotlang. Bu yo‘lda Alloh taolo sizga yordamchi bo‘lsin. • • • Oʻzimdan qoʻshimcha qilmoqchiman:
Dunyo gʻami dunyoni xarob qiladi. Oxirat gʻami dunyoni obod qiladi.
Bizda oxirat gʻami boʻlishi uchun oxirat ilmini oʻrganishimiz kerak. P.S: Oxirgi ikkita postni bitta maqoladan uzib-yulib oldim. Maqolani boshidan oxirigacha oʻqishni maslahat beraman! @Anvarsblog
Show all...
🔥 4👍 2
«Jumaga ketayotganimni bilib, taksichi amaki menga «undan ko‘ra ilm o‘qi» deb nasihatni boshlayotgan edi, «West»da o‘qishimni aytib, bir maza qivordimki...». Londonda bo‘lgan teraktni eslang. O‘zining radikal qarashlari sababli jamiyatda yakkalanib qolgan terrorchi ommaga «musulmonlar yetakchisi» deb ko‘rsatildi. Yoki bo‘lmasa, terrorchilarning oila a’zolari haqida gap ketganda beriladigan urg‘ular ham ajoyib – «namoz o‘qigan», «hijob o‘ragan», «masjidga qatnagan» va hokazo. Odamlarning ongini boshqarish uchun bundan ham osonroq nima bor? Ammo insof bilan yondashilsa, urg‘u beriladigan narsalar talaygina. Masalan, Yevropada terrorchilik harakati sodir etganlar yaqindan o‘rganilganda, ularning tungi klublarga muntazam qatnagani, fohishabozlikka mukkasidan ketgani, narkotik moddalar iste’mol qilgani aniqlangan. Yoki, hech kimga sir emas, Rossiya orqali Suriya, Iroq jang maydonlariga borgan markaziy osiyolik jangarilarning aksari nochor oilaviy sharoiti sababli mo‘may daromad izlab ketadi. Gapimni quvvatlash uchun radikalizmning faqat aqidaviy emas, aksincha, ijtimoiy-siyosiy sabablar natijasida ham yuzaga kelishiga oid tadqiqotlar bir talay. Ammo terrorizm tushunchasi negadir mana shu «klub», «narkotik», «fohishabozlik», «ishsizlik», «iqtisodiy qiyinchilik», «nochorlik» va boshqa shunga o‘xshash atamalarga bog‘lanmaydi. Kaltakning boshqa uchi o‘ziga tegishidan qo‘rqqanlar, xatolarini tan olmay, yana o‘sha musulmonning o‘zini aybdor qiladi. Qaysi farzand onasining qornidan «men terrorchi bo‘laman» deb tushadi? Urg‘uni uning terrorchiligi yoki soqol qo‘yganiga emas, uni shu holatga olib kelgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va maishiy sabablarga qaratish kerak. Ana shundagina illatning ildiziga bolta ursa bo‘ladi. Bu borada esa hozirgi «jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish» siyosati ayni muddao. Faqat endi bu jarayonni ta’lim tizimida tatbiq etish zarur. Radikalizmning turli sabablarini ko‘rib chiqqach, men e’tiboringizni yana bir bor ijtimoiy omilga qaratmoqchiman. Yoshlarning mo‘’tadil islomni topolmay gandiraklab yurishi bir muammo bo‘lsa, yuqorida ta’kidlaganimdek, o‘zining mustaqil tashabbusi bilan kitoblarni izlab, yo‘lda-cho‘lda o‘qib-o‘rganib, mo‘’tadil islomni amallab topganlarning mo‘’tadilligiga qilinadigan shubhalar (yana o‘sha islomofiya tendensiyasi) boshqa bir jiddiy muammo. Biroz takror bo‘lsa ham aytaman, odamlar dindorlikni faqat salla, tasbeh va masjid bilan bog‘lashadi... ...Dunyoviy sohalarda ajoyib natijalarga erishgan, jamiyatga o‘rnak bo‘lishga-da loyiq insonlarning dindorligi odamlarni hayratga soladi. O‘zi tarbiyaga muhtoj bo‘lgan ayrim kattalarimiz esa ajdodlari merosini, Buxoriyu Termiziylarni o‘qiyman, dinimni o‘rganaman degan farzandlariga «qulog‘imiz tinch tursin» kabi vajlar bilan o‘z dinini o‘rganish, unga amal qilish uchun hech qanday imkoniyat qoldirishmaydi. Masalan, kuni kecha axborot-texnologiyalari sohasida o‘zining jadal qadamlarini tashlab, jamiyat rivoji uchun salmoqli ishlar qilayotgan bir ukamiz suhbat orasida aytib qoldi: «Jumaga ketayotganimni bilib, taksichi amaki menga «undan ko‘ra ilm o‘qi» deb nasihatni boshlayotgan edi, «West»da o‘qishimni aytib, bir maza qivordimki...». Ko‘rayapsizmi, odamlar uchun din va dunyo umuman ikkiga ajralib ketgan. Bu xulosa faqat shu holatga xos emas. Jamiyatda shunday holat. Bu yaxshilik alomati emas. To‘g‘ri, hech kimni majburlash yo‘q, odamlarning e’tiqod erkinligi va bu boradagi tanloviga zarracha daxl qilish qonun bilan taqiqlanadi. Ammo jamiyatdagi dinga va diniy ilmlarga bo‘lgan bunday munosabat bilan ana shu mo‘’tadillikni zo‘rg‘a topgan, yashash mazmunini tushunib yetgan, undan jamiyat faqat foyda ko‘radigan (!) yoshlarni yo radikallashtirib yuboramiz, yo axloqsiz «uyushmagan yoshlar»ga aylantiramiz... davomi pastda👇
Show all...
👍 2
Messi va Ronalduni statistikasi, kuboklari, mashinasi, tarixi, xotini va hokazosi haqida bilganingning hech boʻlmaganda oʻndan birichalik Rasululloh sollallohu alayhi va sallam haqlarida bilmay turib, qanaqasiga uyalmasdan tiling bilan Alhamdulillah musulmonman deb ayta olasan?
Show all...
👍 5🔥 1
Odamlar nega blog yuritishi kerak?
Koʻzguda hech oʻziga qaramagan odam oʻzini taniy olmaganidek, inson fikrlarini yozib koʻrmasa oʻzini tanimaydi.
Faqat bu oʻzlik, ichki oʻzlik – asliyatdir. Tashqi olam bilan munosabatingizni «boshqaruv ruli» u. Borar manzilingizni shu «rul» hal qiladi. Yozib koʻrmaguningizcha, «shaxsiy fikrim bor» deb yuraverasiz. Birinchi marta yozganingizda, aslida sizda arzigulik fikrni oʻzi yoʻqligini tushunasiz. Nimadir haqida bilasizmi yoki yoʻq, buni ham yozish orqali tekshirib koʻrishingiz mumkin. Yozish bilan fikrlaringizni tartibli bayon etishni oʻrganasiz. Blog yuritishdan koʻplab foydalar olasiz: fikrlarini sinash, yangi tanishlar, tajribangiz va bilimlaringizni boʻlishish, oʻzingizni ifoda etish va hokazo. Asosiysi albatta bu yozish. Yozing, miyangizda nimadir bormi yoki yoʻq bilib olasiz. @Anvarsblog
Show all...
👍 4
Shunchaki savollar turi oʻzgardi: Sigaret, pubg Aroq, instagram...
Show all...
Fizikadan «IELTS 8.0» olibman)
Show all...
👍 10😁 10🔥 4🤔 4
Kim>nima Sizni kim oʻqitayotganligi uning nima oʻqitayotganligidan koʻra muhimroq! Masalan: Oʻqituvchi oʻquvchilarga «yolgʻon gapirma» deb aytib oʻzi aldab tursa, oʻquvchilar undan aldashni oʻrganadilar. (Yana oʻzi amal qilmaydigan narsada, boshqalarga aqllilik qilishni ham oʻrganishadi!) «Inson oʻz kasbini sevishi, masʼuliyat bilan qarashi kerak!» deb, darsga tayyorgarliksiz kelsa, dars paytida telefonda gaplashsa, darsni shavqsiz oʻtsa, dars tugashini kutib turib tezda chiqib ketsa, qanaqasiga undan oʻz kasbini sevish va masʼuliyatni oʻrganish mumkin? Xulosa Ayniqsa maktab yoshidagi bolalar koʻrganini qiladi. Eshitib emas, koʻrib oʻrganadi. Shunday ekan, gapirganimizni koʻrsatib ham berishimiz kerak. Bu post asosan oʻqituvchilar uchun yozildi. Siz talab qilmoqchi boʻlgan fazilatni oldin oʻzingizda bor yoki yoʻqligiga qarang. Yoʻq boʻlsa, oldin oʻzingizda shakllantiring. @Anvarsblog
Show all...
👍 9
Koʻrinishi oʻzgardi xolosSigareta chekasizmi? – Yoʻq. PUBG oʻynayman. – Alkogol ichasizmi? – Yoʻq. Har kuni 8 soat kalta video koʻraman. – Hayotdan nolinasizmi? – Yoʻq! Instagramdagi «baxtlilar»ni koʻrib, stressga tushaman. • • • Chekmasligimiz, ichmasligimiz va nolinmasligimiz mumkin goʻyoki! Aslida boshqa koʻrinishda, ularni oʻrnini bemalol ortigʻi bilan bosa oladigan odatlarimiz bor. @Anvarsblog
Show all...
🔥 16👍 5😁 1
#challenge 56/90 Kitob: 3 bet Sport: Press 20 ta Loyiham: 20 daqiqa Podkast/dars/: × Tafakkur: 10 daqiqa Majburiy miqdor: 3 bet, 10 ta press, 10 daqiqa loyiha, 10 daqiqa tafakkur. @Anvarsblog
Show all...
👍 5
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.