cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ingliz tili 2-fakulteti | Rasmiy️

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2- fakulteti oʻqituvchi va talabalarining telegramdagi rasmiy kanali Matbuot kotibi: @z_turaeva

Show more
Advertising posts
771
Subscribers
No data24 hours
+907 days
+10630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

0️⃣0️⃣0️⃣ O‘zDJTU Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi universitet brendi va marketingini namoyon qilishda davom etadi. Shu munosabat bilan 11-sentabr kuni universitetga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchilari, pedagoglari bilan birgalikda O‘zDJTUga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrifning maqsadi – o‘quvchilarga universitetning ta’lim dasturlari, ularning qiziqishlariga mos keluvchi soha va mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratishdan iborat edi. Ularni Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Alisher Abidjanov hamda bo‘lim xodimlari kutib oldilar.
O‘quvchi-yoshlar eng avvalo universitet kampusi bilan yaqindan tanishdilar. Ular universitetning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonlari, talabalarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot ega bo‘ldilar. Axborot-resurs markazi, yaqinda tashkil etilgan muzey hamda undagi eksponatlar, Tarjimonlik fakulteti sinxron tarjima xonalarida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) kafedrasi va u yerdagi professor-o‘qituvchilarning faoliyati, sport majmuasi, yotoqxonalar, shuningdek, universitet oshxonasidagi talabalar uchun yaratilgan qulayliklarga guvoh bo‘ldilar.
Yaratilgan zamonaviy o‘quv va ilmiy shart-sharoitlar hamda kafedralardagi joriy o‘quv-uslubiy ishlanmalari ularda chuqur taassurot qoldirdi. Shu bilan birga, o‘quvchilar kelajakda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari bo‘lish istagini bildirdilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Show all...
✈️ Tanishtiruv dasturlari davom etmoqda 🇺🇿 Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani, dekan muovinlari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Ingliz tili ikkinchi fakulteti koordinatori tashabbusi bilan universitetimizga qabul qilingan 1-bosqich talabalari universitet rahbariyati, Axborot-resurs markazi, universitet muzeyi, sport zali va yana shu kabi boshqa asosiy binolar bilan tanishtirildi. Talabalar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar koʻrsatib berildi. 🇺🇿 Fakultet yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan Yoshlar ittifoqi faoliyati, uning maqsadi va vazifalari haqida tushuncha berildi. Talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. #orientation_week #tanishtiruv_haftaligi 📱@second_faculty_official
Show all...
👍 4
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 9-sentyabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talaba yigit-qizlarni kutib olish uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Dastur avvalida rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalarni yangi o'quv yili bilan tabriklab, ularga yil davomida omad va muvaffaqiyat yor bo'lishini tiladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasidagi shart-sharoitlar, imkoniyatlar haqida nutq so'zladi.
Tadbir davomida talabalikka yuqori ball bilan tavsiya etilgan yoshlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Yangi talabalarning ota-onalari, qolaversa, talabalarning o'ziga oliygohning yuqori bosqich talabalari hamda sobiq bitiruvchilari tomonidan erishilgan yutuqlar misolida universitetda yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib o’tildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦 Bugun, 9-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlarida yangi 2024-2025 yilgi o‘quv yilining ilk kuni sifatida darslar boshlandi. Aziz talabalar, sizlarni yangi 2024/2025-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan samimiy tabriklayman! Universitetga ilk qadamini qo‘ygan birinchi bosqich talabalari, sizlarga talabalik baxti muborak bo‘lsin! Yurtimiz kelajagi, yaqin insonlaringizning baxtli hayot kechirishi bevosita sizning bugun olayotgan bilimingiz va oldingizga qo‘ygan ertangi maqsadlaringiz ijobatiga bog‘liq. Shunday ekan, barchangizdan boshlanayotgan yangi o‘quv yilida yanada qunt bilan bilim olish, ustozlaringiz va ota-onalaringizning o‘gitlariga muntazam amal qilish talab etiladi. Yangi o‘quv yilida barchangizga katta ishtiyoq va kuch-quvvat, ta’lim jarayonida yutuqlar tilayman. O‘qish va ishlaringizda doim omad yor bo‘lsin! 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Show all...
01:33
Video unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦#Диққат Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi ogohlantiradi! 🚨👮🏽‍♂️ Hurmatli talabalar Ijara uy olishda firibgarlardan ogoh bo‘ling. Aldanib qolmang! 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Show all...
IMG_6398.MP44.84 MB
👍 3
Repost from Edu.uz
01:18
Video unavailableShow in Telegram
#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik ⚡️Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi. Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi: 1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi; 2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi. 3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi. Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi. Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Show all...
Yotoqxona pulini qaytarib olish uchun ariza2.mp442.57 MB
Repost from Mutolaa
Photo unavailableShow in Telegram
😊 Bayram kunida "Mutolaa"dan ajoyib yangilik! 📚 "Mutolaa" loyihasi doirasida mustaqillik mavzusiga oid durdona asarlardan biri bo‘lgan "Turkiston qayg‘usi" romani ilk bor ovozlashtirildi.
📝 Alixontora Sogʻuniy Turkistonning atoqli olimi va adibi, ulkan davlat arbobi va sarkardasi, Sharqiy Turkiston islom jumhuriyatining birinchi prezidenti va marshali edi. Olimning "Turkiston qaygʻusi" tarixiy-publisistik asari yetti yil mobaynida yozilgan. Unda Sogʻuniy oʻz hayot yoʻlida guvoh boʻlgan koʻplab voqealarga donishmand nazari bilan baho beradi, millat, yurt va din qayg'usidagi o'tli dardlarini to'kib soladi.
📱Asarni “Mutolaa” ilovasi orqali tinglang: “Turkiston qaygʻusi” romani. Telegram | Instagram | Ilova
Show all...
👍 1
Repost from Masofatalim™
02:41
Video unavailableShow in Telegram
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, qiziq video e’lon qildi. Unda Mustaqillikkacha bo‘lgan eski davrdagi rasmlar sun’iy intellekt yordamida “jonlantirilgan”. @masofatalim
Show all...
58.17 MB
🟦🟦🟦 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 29-avgust kuni yana bir markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Edu smart” binosi eng zamonaviy uskunalarga ega bo‘lgan studiya bo‘ldi. Mazkur studiya endilikda onlayn darslar va masofaviy ta’lim darslari, professor o‘qituvchilarning darsliklarini yozib olish imkonini beradi. Mazkur binoning ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitetning rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, faxriy mehmonlar va talabalar ishtirok etdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Show all...
👍 1🔥 1🏆 1
🟦🟦🟦 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan universitet logotipi tushirilgan ruchka, bloknot, kepka, futbolka va boshqa bir nechta mahsulotlar ishlab chiqarildi. Endilikda mazkur mahsulotlarni talabalar hamda istagi bor har bir kishi sotib olish imkoniga ega bo‘lmoqda. Mazkur mahsulotlar savdosi universitet hududida joylashgan, 29-avgust kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan “University mall” markazida yo‘lga qo‘yildi. “University mall” markazi ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitetning rahbariyati vakillari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Ular markazda savdoga qo‘yilgan mahsulotlar bilan tanishib, o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan esdalik buyumlarini xarid qilish imkoniga ega bo‘lishdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Show all...
👍 2
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.