cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿

Admin: +998889980070 @Qodirov_Odilbek

Show more
Advertising posts
2 434
Subscribers
-224 hours
+67 days
+6130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:05
Video unavailableShow in Telegram
Ukalarni zoʻrisan ukam 🎙 Ilyos Yunusiy ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Show all...
F145A894FF078ADF47DB35A16B828394_video_dashinit.mp45.78 MB
CHIN DOʻSTIM Sen bilan birga oʻstim, Hammadan yaqin doʻstim. Bildirmading kam koʻstim, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. Tashvishlardan siqilsam, Dardga toʻlib tiqilsam, Qoʻling choʻzding yiqilsam, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. Yomon kunda yonimga, Kelib kuyar jonimga. Hamrohim har onimga, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. Ishonchim yoʻqotmagan, Menga toshlar otmagan, Dushmanimga sotmagan, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. Koʻpaysa baxtim, zarim, Sensiz quvonchim yarim. Tugʻishmagan jigarim, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. Minnatsiz madadkorsan, Har narsaga tayyorsan... Shukur yaxshiyam borsan, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. ✍ Odilbek Qodirov
Show all...
00:59
Video unavailableShow in Telegram
Akam bor 🎙 Ilyos Yunusiy ✍ Odilbek Qodirov
Show all...
4B46A728F906EA2971DB230A5F95D989_video_dashinit.mp44.00 MB
01:05
Video unavailableShow in Telegram
Akam bor 🎙 Azizbek ✍ Odilbek Qodirov
Show all...
D543EFA6B72B6C0F160AA6D8A46FD79A_video_dashinit.mp45.71 MB
🤍𝐒𝐞𝐯𝐠𝐢𝐥𝐢𝐦🤍 𝐌𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟 ✍𝐎𝐝𝐢𝐥𝐛𝐞𝐤 𝐐𝐨𝐝𝐢𝐫𝐨𝐯 𝐈𝐣𝐫𝐨𝐝𝐚 🎙𝐃𝐨𝐯𝐮𝐝𝐱𝐨𝐧 𝐌𝐚𝐧𝐭𝐚𝐣𝐝𝐚 💻𝐃𝐨𝐯𝐮𝐝𝐱𝐨𝐧
Show all...
𝐃𝐨𝐯𝐮𝐝𝐱𝐨𝐧(2).mp32.74 MB
01:11
Video unavailableShow in Telegram
Tez kunda premyera Shaxrudiy ijrosi Odilbek Qodirov sheʼri
Show all...
IMG_2933.MOV25.83 MB
СЕВГИЛИМ Муаллиф: Одилбек Қодиров. Ижрода: Музаффар Ҳафизович.
Show all...
2.81 MB
SEVGILIM Tarifinga ojizdir tilim, Koʻzim koʻrsa, titraydi dilim. Sakkiz milyard inson ichida, Yagonamsan mening sevgilim. Oʻzim senga kelib, ketolmas, Chiroyinga gullar yetolmas. Butun dunyo takror etolmas, Yagonamsan mening sevgilim. Sensiz dardga toʻlar yuragim, Ostun ustin boʻlar yuragim. Sogʻinaman oʻzing keragim, Yagonamsan mening sevgilim. Oysan oʻzing, yulduzsan oʻzing, Tunsan oʻzing, kunduzsan oʻzing... Mening uchun mahsussan oʻzing, Yagonamsan mening sevgilim. Muhabbatim koʻksimda shoxlar, Sevgi goh soʻz, gohi nigohlar... Senga havas qiladi mohlar, Yagonamsan mening sevgilim. Tarif etsam lol qolaman, lol, Soʻz topilmas, qalamim be hol... Hayotim boʻl, hayotimni ol, Yagonamsan mening sevgilim. Ishqli nigoh, koʻzingni asra, Shirin oxang, soʻzingni asra. Oʻzim uchun oʻzingni asra, Yagonamsan mening sevgilim. ✍ Odilbek Qodirov
Show all...
BOY BOʻLDIMA MANA BUGUN Kambagʻal deb boqmaganlar qani bugun, Mensidilar mensimaslar mani bugun. Kechagina qoʻl uchida koʻrsatganlar, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Akam desam koʻksimdaney itardingiz, Salomimga alik olmay oʻtardingiz. Endi maqtab boshingizga koʻtardingiz, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Soʻrab borsa sovchilarim qaytarganlar, Qarang endi sevaman deb aytarkanlar. Koʻzin tikib yoʻllarimni kutarkanlar, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Davr oti bir unda, bir bunda dunyo, Aylanadi, oʻzgaradi kunda dunyo... Suyar ekan puling boʻlsa shunda dunyo, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Oddiy edi yurishlaru ustlarimey, Koʻp edida choʻntakda kam koʻstlarimey. Choyxonaga aytmay qoʻygan doʻstlarimey, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Yoʻqchilikda koʻpchilik yuz burib ketdi, Sinovlar ham bir shapaloq urib ketdi. Omad kelib endi ishlar yurib ketdi, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Onam bir kun zoʻr boʻladi bolam derdi, Farzandingiz halol ishlab rizqin terdi. Ota onam duo qildi, Xudo berdi, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. ✍ Odilbek Qodirov
Show all...
qo‘shiq she‘r+idea sotiladi Aloqa uchun +998889980070 Qo‘shiq ideasi va matni mualliflik huquqiga ega. Ruxsatsiz har qanday foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi. SEN BILMADING Gulim bugun ko‘zlarimda nam, To‘ying bo‘lar birgina men kam. To‘lin bo‘ldi bu kecha oy ham... Sen bilmading. Hijronlarga hushtorligimni, Armonlardan bemorligimni... O‘lishga ham tayyorlarligimni, Sen bilmading. Yor yor aytib sayraydi bul bul, Darddan bo‘lak qolmadi ul bul. Yurakkinam yonib bo‘ldi kul, Sen bilmading. So‘zi qilib ko‘nglingni ishg'ol, Lablaringdan o‘zga totar bol. Chimildiqning ortida ne hol, Sen bilmading. Tirik turib menday o‘lishni, Yor baxtidan g‘amga to‘lishni. Qasamlarga sodiq bo‘lishni, Sen bilmading. To‘lin oydek libosing oppoq, Gulim qo'lda guling bir quchoq. Muhabbatdan ketmoqni qandoq, Sen bilmading. ✍ Odilbek Qodirov
Show all...
Sen bilmading (Sherxon).mp39.50 KB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.