cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Registan LC | Termiz

Registon o'quv markazining Termiz filiali 🎓 IELTS 7+ /General English 🌍 Xorijiy tillar (rus, ingliz, koreys) 📚 Abituriyentlar uchun barcha kurslar 🧠 Mental arifmetika 🏢 Termiz shahri, Taraqqiyot ko'chasi ☎️ 944792700 🔎 t.me/Registan_Termiz_FAQ/7

Show more
Uzbekistan62 318The language is not specifiedEducation135 467
Advertising posts
770
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
🧪 Kimyo fanidan yangi guruhlar 👍 Registon o'quv markazi Termiz filialida abituriyent o'quvchilar uchun yangi ochilayotgan Kimyo kurslariga taklif etamiz. 🗓 Dushanba-Chorshanba-Juma 🧪 14:00-16:00 🎙 O'qituvchi: Toshmatova Munisa 🗓 Deadline: 01.06.2023 Kurs tartibi: ✅ Haftada 3 kun dars; ✅ Har kunlik maxsus testlar; ✅ Bepul qo'llanma va kitoblar; ✅ Maxsus diagnostik imtihon. Darslarimizga ro'yxatdan o'tish: ☎️ +998944792700 +998942502700 Manzil: Termiz shahri, Taraqqiyot ko'chasi, Grand chorraha Mo'ljal: Fonon zargarlik do'koni 2-qavati
Show all...
📊 Oylik imtihon natijalari 😒 28-may Registan LC | Termiz filialida tashkil etilgan navbatdagi oylik 5 blokli (2 ta asosiy + 3 ta majburiy fan) imtihon natijalari e'lon qilindi. Eslatib o'tamiz, natijalar har bir ishtirokchining test tahlili bilan birgalikda taqdim etilmoqda. Xatolaringiz ustida ishlashdan to'xtamang!
Show all...
Natija 28.05.2023.xlsx0.16 KB
📊 Oylik imtihon natijalari 😒 28-may Registan LC | Termiz filialida tashkil etilgan navbatdagi oylik 5 blokli (2 ta asosiy + 3 ta majburiy fan) imtihon natijalari e'lon qilindi. Eslatib o'tamiz, natijalar har bir ishtirokchining test tahlili bilan birgalikda taqdim etilmoqda. Xatolaringiz ustida ishlashdan to'xtamang!
Show all...
Natija 28.05.2023.xlsx0.16 KB
🔥 MAY OYLIK NAZORAT TESTI 28-may (yakshanba) kuni filialimizda, abituriyent o'quvchilar o'rtasida, fanlar doirasida 5 blokli (2 ta asosiy va 3 ta majburiy fan) bo'yicha test bo'lib o'tmoqda. ✅ Markazimizda tahsil olayotgan o'quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun har oy DTM standartida maxsus shifrlangan imtihon varianti orqali qat'iy rejimda oylik nazorat imtihoni bo'lib o'tadi. ❗️Bundan ko'zlangan asosiy maqsad abituriyentlarning bilim darajasini sifatli oshirish va DTM imtihoniga ruhan tayyorlab borish! Bizni kuzatishda davom eting👇 https://t.me/registan_termiz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
OYLIK NAZORAT TESTI Kelayotgan yakshanba kuni Registon oʻquv markazimizda oylik test boʻlib oʻtadi. 🥇 Oylik testdan yuqori ball olgan oʻquvchilar quyidagi sovrin sohibiga aylanadilar: 1-o'rin: 300 ming soʻmlik vaucher 2-o'rin: 200 ming so'mlik vaucher 3-o'rin: 100 ming so'mlik vaucher Ushbu test 5 blokli test bo'lib 2 ta asosiy va 3 ta majburiy fanni o'z ichiga oladi. Imtihon vaqti: 🗓 28.05.2023 🕒 09:00-12:00 Imtihonga faqat roʻyxatdan oʻtganlar qatnashishi mumkin! ☎️ +998944792700 +998942502700 📝 @rgntermiz @manager_Termiz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Repost from Registan LC
Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar! Aziz o'quvchilar! Bizda siz uchun ajoyib yangilik bor! demak, kutib oling: kelayotgan 2022-2023-yil o'quv mavsumida bizda Registon Litseyi ochilmoqda! Registon Ta'lim Loyihasi o'zining navbatdagi qadamini tashlayotganidan xabaringiz bor: ayni damda Registon School uchun qabul shiddatli davom etmoqda. Buning davomi sifatida Registon Litseyi filiallari ochilmoqda. Shulardan biri sifatida Mirzo Ulug'bek tumanida ham Registon Litseyi Mirzo Ulug'bek filialini ochmoqdamiz. Litseyga 8-9-10-sinf bitiruvchilari olinadi. Biz quyidagi sabablarga ko'ra litsey ochishga qaror qildik: 👉 O'quv markazimizda darslar asosan kunning ikkinchi yarmida, maktab darslaridan keyin bo'lar edi. Ko'pchilik o'quvchilarimiz markazga charchagan holatda kelishlari, diqqatini jamlash uchun ozroq vaqt ketishi bor gap edi. Litseyda esa maqsadi va yo'nalishi umumiy bo'lgan yoshlar tahsil olishadi va darslar tugaganidan keyin, 15-20 minutlik tanaffusdan keyin, darhol qo'shimcha darslarga sho'ng'ishadi. 👉 Litseyda sinflar aynan bir yo'nalishga ixtisoslashgan bo'ladi. Tabiiy fanlar yo'nalishida kimyo va biologiya fanlari, iqtisod yo'nalishida matematika va ingliz tili fanlari, ijtimoiy-gumanitar yo'nalishda asosan tillar va ijtimoiy fanlar chuqurlashtirib, soatlari ko'paytirilib o'tiladi. 👉 O'quvchilar umuman nazoratsiz qoldirilmaydi. Odatiy maktablarimizda hamma o'quvchilar ham maktabdan keyingi oliy ta'limni davom ettirishni o'ylashmaydi. Bu albatta normal holat, kimdir boshqa kasb-hunarlarni egallagisi keladi. Bu albatta darsning muhitiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ustozlar ham doimiy "tonus"da, qiziqish doiralari turlicha bo'lgan bolalarni qiziqtirish uchun darsning asosiy vaqtini ketkizib qo'yishadi. Litseyda esa, o'quvchilar aynan yo'nalishlar bo'yicha tanlab olingani uchun, bunday muammolar uchramaydi. Urush-janjallarga esa umuman yo'l qo'yilmaydi. 👉 Listeydagi darslar soat 9:00 dan boshlanib, kechki soat 18:00 gacha davom etadi. Doimiy o'quv muhiti o'quvchilarning refleksiga aylanib qoladi va oliy ta'limda ham o'z ustida ishlash funksiyasini yo'qotib qo'ymaydilar. Yaqin o'tmishdagi litsey-internatlar tajribasi bunda yaqqol misol bo'la oladi. 👉 O'quvchilarning choraklikdagi yozma ishlari, yillik imtihonlari haqiqiy imtihonga aylanadi. Mahalliy oliygohlarimizda, horijiy oliygohlar bilan qo'shma loyihalarimizda qanday imtihon muhiti bo'lsa, litseyda ham xuddi shunday raqobat muhitida choraklik imtihonlari bo'lib o'tadi. 👉 Va asosiysi, ustozlarimiz bu sohadan o'nlab yillardan beri ishlamoqdalar. Maktabdan keyingi, tadbirlardan keyingi vaqtda ham o'quvchilar bilan ham bilim tarafidan, ham psixologik tarafdan ishlab shuncha natijalar olib kelayotgan edilar. Endilikda o'quvchilar bilan uzzu-kun, to'liq shug'ullangan paytlardagi natijalarni tasavvur qilib ko'ring-a? Biz raqobatbardosh emas, raqobatdosh kadrlarni aynan shunday muhitda tayyorlashga kafolat bera olamiz. 👉 Demak, ham maktab ta'limini, ham maxsus ta'limni o'zida birlashtirgan loyiha - Registon Litseyi loyihasiga start berdik! Endi siz bizdan bilim bilan birgalikda shahodatnoma ham olib, kelajak hayotingizga yana kuchliroq holatda tayyor bo'lasiz! Agar savollar bo'lsa, marhamat, Registon Mirzo Ulug'bek filiali direktorining shaxsiy akkountuga murojaat qilishingiz mumkin: 👉 @asadullo_ozodov Bot orqali hujjat topshirish: ❇️ @Litsey_qabulbot 👨‍💻 Ma'muriyatga bog'lanish 📞 +998940032700 🏢 Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik ko'chasi, 105-uy 🌐 Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
00:55
Video unavailableShow in Telegram
❗️ Rasman: 20-iyundan boshlab O'zbekistonda barcha oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilinadi Hujjatlar 20-iyundan, 20-iyulga qadar my.dtm.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali onlayn tarzda qabul qilinadi. Kerak bo'ladigan hujjatlar: ➖ Pasport; ➖ Maktabni bitirganlik haqidagi guvohnoma; ➖ Chet tilini bilish sertifikati (mavjud bo'lsa); ➖ Nafaqa olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo'lsa); ➖ Imtihon uchun to'lov (agar siz birinchi yilga kirmasangiz). * Bolajak talabalarga yuborib qo'yamiz ☺️ @Registan_LC
Show all...
IMG_1844.MP411.06 MB
Registon xususiy maktabining binosida qurilish ishlari jadal ketmoqda... Iyun oyida maktab binosini bitirish reja qilingan. Ayni vaqtda 100 ga yaqin mutaxassislar ish olib borishmoqda. Ota-onalar va ularning farzandligini qabul qilish maqsadida maktab binosining oldidagi qabul ofisimizning eshiklari Sizlar uchun kun davomida ochiq. 🔥 Registon maktabi - natijaga asoslangan ta’lim! Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Show all...
#ibrat CHUMOLIDAN  IBRAT OLDIM Bir kuni Amir Temurdan soʻrashibdi: — Sizning oddiy beklikdan shunday buyuk saltanat sohibi darajasiga yetishingizga nima yordam berdi? — Men hech qachon umidsizlikka tushmadim. Bu borada chumolidan ibrat olganman. Bir kuni dushmanlarimdan qochib, bir xarobaga berkindim. Qutulishdan umidimni uzib, tushkunlikka tushib oʻtirganimda koʻzim bexos bir chumoliga tushdi. U oʻzining tanasidan deyarli ikki baravar katta bugʻdoy donasini sudrardi. Uning yoʻlida yogʻoch parchasi bor edi. Chumoli uning ustiga chiqishga harakat qilar, biroq yuki ogʻirligidan yerga tushib ketardi. Bugʻdoy donasi yumalab, devor tagiga tushar, chumoli qaytib tushib, rizqini olib ketishga harakat qilardi. Bu holat 50-martadan ham koʻproq takrorlandi. Chumoli nihoyat maqsadiga yetdi. Bu kichkina jonzotning harakatini koʻrib, yuragimda shijoat, umid paydo boʻldi. Oʻz-oʻzimga dedim: “Nahotki, chumolicha gʻayratim boʻlmasa?!” Shundan keyin maqsadimga erishguncha hech qanday toʻsiqdan choʻchimadim. Bizning kanal: 👉 https://t.me/registan_termiz
Show all...
Registan LC | Termiz

Registon o'quv markazining Termiz filiali 🎓 IELTS 7+ /General English 🌍 Xorijiy tillar (rus, ingliz, koreys) 📚 Abituriyentlar uchun barcha kurslar 🧠 Mental arifmetika 🏢 Termiz shahri, Taraqqiyot ko'chasi ☎️ 944792700 🔎 t.me/Registan_Termiz_FAQ/7

Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.