cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xovoslik yoshlar 🇺🇿

Xovos tuman "Yoshlar ishlari"bo'limi rasmiy kanali.Ushbu kanal • Rasmiy xabarlar. • Mas'ul shaxslar bilan ovozli chatlar. • Talantli yoshlarni namoyon qilish. Va shu kabilar bizda. Murojaat uchun: @Aziz_Rasulov11

Show more
Advertising posts
3 205
Subscribers
+324 hours
+27 days
-2930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Tayinlov Akramov Boburjon Abror o‘g‘li - Yoshlar ishlari Agentligi Xovos tumani bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi. B. Akramov 2020-yilda Guliston Davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakultetitini tamomlagan. Mazkur tayinlovga qadar Yangiyer shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan. 📲Rasmiy sahifalarimiz: Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Show all...
👍 9🔥 1
❗️“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi boshlandi Tanlovda maktablarning ona tili va o‘zbek tili o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman...” nomli video-taqdimot bilan ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar maxsus bot orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, videotaqdimot yuborishlari kerak. Gʻoliblar o‘zbek tili bayrami arafasida diplom va quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin: 20 mln so‘m; 🥈2-o‘rin: monoblok; 🥉3-o‘rin: noutbuk. Tanlov 20-oktabrgacha davom etadi. ✅Sputnik kanali👉 lotin 👉 кирилл
Show all...
👍 2
🏠Uy-joy uchun subsidiyaga ariza berish 23-sentabrdan boshlanadi Subsidiya olish uchun ariza beruvchilar o‘z daromadlariga yaqin qarindoshlarining daromadlarini ham qo‘shishi mumkin. O‘rtacha daromad miqdori quyidagi darajada bo‘lishi lozim: 🔸Toshkent shahrida: 2,8-9,66 mln so‘m; 🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda: 2,8-8,4 mln so‘m. Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin. ✅Sputnik kanali👉 lotin 👉 кирилл
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#iqtibos📚 Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g'ayrat qiling, Uxlaganlarni agar qodir esak uyg'otamiz. ✍️Abdulla Qodiriy Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Show all...
🔥 1
07:41
Video unavailableShow in Telegram
#Tarqating 🇺🇿 Qizlarimizni oʻqitaylik,ularga qanot boʻlaylik Barcha yaqinlaringizga ulashing❗️ @azizbek_turdimurodov
Show all...
48.88 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Sirdaryoliklar JO‘RAXON USMONOV Jo‘raxon Usmonov (1923-yil 12-fevral, Sirdaryo viloyati Xovos tumani – 1945-yil 14-fevral) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiya leytenanti. Jo‘raxon Usmonov dehqon oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Xo‘jalik yoshlar tashkiloti kotibi bo‘lib ishlagan. 1942-yilda harbiy xizmatga chaqirilgan. 1942-yil martdan Ikkinchi jahon urushi janglarida ishtirok etgan. 1943-yil 29-sentabr kuniga o‘tar kechasi J.Usmonov xizmat qilayotgan vzvod Soj daryosini “Karpovka” qishlog‘i yaqinida (Belorussiya, Gomel viloyati, Loyevsk tumani) kechib o‘tgan. Dushman qo‘shinlari kuchli qarshilik ko‘rsatib, 30 dan ortiq qarshi hujumlar uyushtirgan. Daryoni kechib o‘tgan guruhdan faqatgina 9 kishi omon qolgan. O‘q-dorilar tugagan. J.Usmonovning taklifi bilan taraflarning qisqa tanaffusi vaqtida jang maydonidan o‘q-dorilar yig‘ib kelingan. Yig‘ilgan o‘q-dorilar yordamchi kuchlar yetib kelgunga qadar yetgan. Soj daryosi bo‘yidagi janglardan keyin J.Usmonov qisqa muddatli kichik leytenantlar harbiy kurslarini yakunlagan va o‘zining diviziyasiga batalyon yoshlar tashkilotchisi lavozimiga qaytib kelib, Dnepr daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi hamda Belorussiyani ozod qilish bo‘yicha janglarda ishtirok etgan. 1944-yilda gvardiya leytenanti J.Usmonov og‘ir yaralangan va Toshkent shahridagi 1264-sonli evakuatsiya gospitaliga yuborilgan. U yerda sog‘lig‘i yomonlashib, 1945-yil 14-fevralda vafot etgan. Ko‘rsatgan jasorati uchun J.Usmonovga Qahramon unvoni berilgan (1944-yil 15-yanvar). Manbalar: ru.wikipedia.org war-heroes.uz warheroes.ru Pirimqul Do‘st Muhammad. "Sirdaryo kecha va bugun" risolasi Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram | X | YouTube | Murojaat
Show all...
👏 1
⚡️Sirdaryoda ilk bora tuman (shahar)lar aro ommaviy “Yoshlar marafoni” loyihasiga start berildi
🟡 Sirdaryo viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda viloyat Sport boshqarmasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida barcha tuman va shaharlarda reja-grafik asosida “Yoshlar yugurish marafoni”ga start berildi. ⚡️ Shu munosabat bilan bugun Xovos tumanida ommaviy “Yoshlar marafon” loyihasi bo‘lib o‘tdi. 🟢Masofasi 3 km etib belgilangan marafonda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi barcha hodimlari, yoshlar yetakchilari, sportchilar hamda 500 nafardan oshiq xovoslik mahalla yoshlari ishtirok etishdi ⚡️Xovos tumani yoshlari boshlab bergan marafonni Yangiyer shahar yoshlari qabul qilib olishdi.
Ushbu ommaviy yugurish marafonida Siz ham qatnashing! Sog‘lom hayot, farovon kelajak uchun do‘stlaringiz va oilangiz bilan bir safda ishtirok eting!
🎙 Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring. 🇺🇿 Bizning sahifalarimiz: 🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#iqtibos📚
Yaxshi kitoblarni oʻqish — dunyoning eng dono kishilarining suhbatida boʻlish demakdir!
✍🏻Rene Deskartes Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Show all...
👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#iqtibos📚
Agar pul sizning mustaqillikka bo'lgan umidingiz bo'lsa, siz hech qachon unga ega bo'lmaysiz. Bu dunyoda inson ega bo'ladigan yagona haqiqiy xavfsizlik - bu bilim, tajriba va qobiliyat zahirasi!
✍️ Genri Ford Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Show all...
👍 1
⚡️Sirdaryoda 🖐Besh tashabbus olimpiadasi doirasida 🖌“Mushoira” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🟡G'oliblar bilan tanishing: 1–oʻrin:Mingboyeva Zulayho 2–oʻrin: Abdusalomova Zanjiloy 3–oʻrin:Keldiyorov Javohir g’oliblikni qo’lga kiritishdi. G'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ma'lumot uchun: Tanlovda 16-30 yosh toifasida tuman-shahar bosqichida g'olib bo'lgan 11 nafar yoshlar 3 ta shart bo'yicha: 1. She'r o'qib berish 2. She'r yozib berish 3. Adiblar ijodi shartlarida o'zaro bellashdi.
Bizning sahifalarimiz: 🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
Show all...
👍 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.