cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking ยซAccept allยป, you agree to the use of cookies.

avatar

๐Ÿ’„๐‘บ๐’†๐’—๐’‚'หข ๐‘ญ๐’‚๐’๐’‡๐’Š๐’„๐’”๐Ÿโ€ข ๐—ฉ๐—น๐—ผ๐—ด๐Ÿ”Š

๐Ÿ’Qorong'u romantika๐Ÿ‘„ Qizlar uchun o'tkir psixologik maslahatlar๐Ÿ”ž Yumorga boy VLOG๐Ÿฆฅ Noreal qahramonlarga obsessionlik๐Ÿ›     ๐™Ž๐™š๐™ซ๐™– bilan uning dunyosida๐Ÿšฉ ๐Ÿ“œKatalog: @webtoons_fanfics_katalog ๐Ÿ“–Book vlog: @book_vlog_s Creator: @cats_books๐Ÿ•ธ๏ธ

Show more
Advertising posts
1 162
Subscribers
-124 hours
-287 days
+5730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
150+ fikrdan so'ng keyingi qismga harakat๐Ÿ’… #Seva๐Ÿฆ‹
Show all...
๐Ÿคฏ 63โค 10โคโ€๐Ÿ”ฅ 7๐Ÿคฉ 6๐ŸŽ‰ 5๐Ÿ”ฅ 3๐Ÿ’˜ 1
O'qib bo'lishila bilan fikr kommentda yomg'irini kutaman๐Ÿฆง. ((Tezroq o'qiyla paqat๐Ÿ—ฟ #Seva๐Ÿฆ‹
Show all...
๐Ÿซก 58โคโ€๐Ÿ”ฅ 13๐Ÿ™ˆ 8โค 6๐Ÿ•Š 3๐Ÿ’˜ 3๐Ÿ‘ 1
ning cho'ntagiga qistirib qizning qo'lidan mahkam tutdi-Ketdik. Mashina ichidagi sukunatdan zerikib ketgan qizaloq opasini turtib pichirladi. -U kim?...Opa siz boy yigitlar bilan uchrashyabsizmi? -U meni yigitim emas-pichirladi Sun Il.So'ng derazadan ko'z uzmay ketayotgan Myun Kanga o'girildi. -Bizni qayerga olib ketyabsiz? -Ko'chada tunamoqchimisan?-hamon qizga emas mashina oynasi ortidagi lippillab o'tayotgan manzaraga tikilgancha dedi erkak. -Mashinani to'xtating! Myun Kan vanihoyat o'tkir nigohini qizga olib o'tdi. -Men MASHINANI TO'XTATING DEDIM! Haydovchi boshlig'iga oyna orqali bir qarab qo'ydi. -U to'xtamaydi-vishshilladi erkak-Allaqachon yarim tun bo'ldi.Bunday vaqtda yosh qizlar ko'chada sanqib yurmagani ma'qul. -Men o'zimni eplay olaman! -U hammi? Yana ovozini ko'tarmoqchi bo'lgan Sun Il mashina o'rindig'iga suyangancha uxlab qolgan singlisini ko'rib mum tishladi.Ular chiroqlari yonib turgan kichik shaharchani eslatuvchi ulkan hovli yoniga kelib to'xtaganlarida Sun Ilning o'zi ham charchagan ko'zlarini arang ochib turardi.Myun Kan mashinadan tushishi bilan qizaloq Nan Ilni qo'liga olib yengilgina ko'tardiyu uni uyg'otib yubormagan holda ichkari kirdi. U qizlarni ikkinchi qavatga joylashtirdi.Sun Il singlisining ustini choyshab bilan yopib kiyimlarini yotoq chetiga qo'yarkan sokin buyruq yangradi . -Ortimdan yur. Qiz biroz shubhalanib erkakning ortidan ergashdi. -Qancha oylik maosh qoniqtiradi?-apelsinli sharbatdan ho'plab so'radi Myun Kan. -Hech qancha.Men sizda ishlamoqchi emasman. Erkakning qoshlari biroz ko'tarilib,jiddiylashdi. -Nima uchun? -Menga qilgan yordamingiz yetarlicha bo'ldi deb o'ylayman.Hech bo'lmaganda qarzimni o'zim topgan ishda ishlab uzmoqchiman.Hozir esa menga ruxsat bersangiz singlimni yoniga kirishim kerak.Ertalab uyingizdan ketamiz. Qiz stoldan turib ketarkan Myun Kan shoshib uning bilagidan tutdi. -Shoshma...-bu gaplarni kutmagani bois biroz dovdirab qoldi u-Men...Biron yomon narsa bo'ldimi?Nega birdan fikringdan qaytib qolding? Sun Il Janob Myun Kanning boyagi yigitga qanday yirtqichona qaragani va yo'l bo'yigi qiyofasini eslarkan savolga ochiq javob berolmadi.Siz qandaydir xavfli odamga o'xshayabsiz deydimi?Qolaversa u shunchaki boy emas u yashab turgan joyiga qaragan odamning ko'zi qamashib oqib tushadigan darajada boy.U bu yoshda bu boylikni qanday to'plashi mumkin?ALBATTA ODAMLARNI A'ZOLARINI SOTISH BILAN-DA!U Sun Il va uning singlisiga yordam berishiga boshqa sabab yo'q.U ularni tanasini yorib,ichak-chavoqlarigacha yaxshigina pullarga pullab yubormoqchi. Qiz erkakka manyakka qaragandek dahshat va nafrat bilan bir qarab qo'ydi-yu qo'llarini tortib oldi. -Hech narsa bo'lgani yo'q.Yordamingiz uchun rahmat-dedi u singlisi yotgan yotoqxonaga kirib ketarkan.Lekin negadir bu so'zlar Myun Kanga "Basharangga tuflashni iloji bo'lganda o'zim uni yaxshilab bejab qo'yardim,maraz!"degandek eshitildi.Erkak kursisiga tarvuzi qo'ltig'idan tushgan qiyofada qayta o'tirarkan o'ziga-o'zi ming'irladi: -Men chindan nimani noto'g'ri qildim?-asabiylashdi u-Yoki unga farroshlik lavozimi yoqmadimi?ANIQ SHUNDAY BO'LGAN!JIN URSIN SENI, BOSH XIZMATCHI NAM!!! 4-qism tugadi.
Show all...
๐Ÿคฃ 103โคโ€๐Ÿ”ฅ 16โค 7๐Ÿ‘ 3๐Ÿ•Š 3๐Ÿ† 2๐Ÿค— 2๐Ÿ’˜ 1
olib boring. Sun Il singlisini yupatishga urinib uni kutish xonasida qoldirmoqchi bo'ldi-yu qizaloq uning gaplariga quloq solmadi. -Oyimizga qo'ng'iroq qiling!-yolvordi qizcha-U bizga yordam berishi kerak!...U sizni olib qolishi kerak...Men bolalar uyiga borishni istamayman-tinimsiz hiqqillardi qiz. Politsiyachilardan biri qizaloqni qo'rqitish uchun agar idorada shovqin solishni bas qilmasa uni ham sovuq kameraga qamab qo'yishini aytgachgina Nan Il biroz tinchidi.Sekingina boshini ko'tarib politsiyachi amakiga yuzlandi. -Opam bilan birga tura olamanmi shunda? -Chindan ham qamalishni istaysanmi?Bular qanaqa qizlara o'zi?...Aybdorni olib keting. Sun Il o'ziga o'xshash juldur kiyingan ikki qiz va ko'kraklari yarmigacha ochiq,yuzlariga qarab bo'lmaydigan sovuq basharali uch ayol bilan bir kameraga tiqildi.Bir burchakka o'tirdi.Qontalash bo'lib ketgan lablarini battar siquvga olib o'ylashni boshladi.Nima qilish kerak?Yashab qolish uchun uning qo'lidan nima keladi yana?... Bir necha soat tuz ham totmay haykal kabi o'tirgan qiz kechga yaqin sapchib o'rnidan turib ketdi. -Qo'ng'iroq qilib olsam bo'ladimi?-panjara ortidan turib baqirdi u-Iltimos qo'ng'iroq qilib olishimga ruxsat bering!!! -Raqamni yoddan bilasanmi?-erinibgina so'radi qo'riqchi qizni huquqlaridan foydalanishiga to'sqinlik qilolmas ekan. -U telefonimda saqlangan bo'lishi kerak. -Besh daqiqa vaqting bor-ogohlantirdi politsiyachi. Sun Il telefonini qo'liga olib tezlik bilan chaqiruv qildi. -O'tinaman...o'tinaman go'shakni ko'taring...-yalinardi u raqam egasi yozilgan "Janob Myun Kan" ismiga qarab. -Nega ishga kelmading?-ovoz keldi go'shak ortidan. -Siz chindan boymisiz?-favqulodda savol berdi qiz. Go'shak ortidagi erkak biroz ikkilanib qoldi.U boy ekaniga shubha qilmaydi ammo bu savol va qizning ohangidagi titroq nimani anglatadi? -Ha-qat'iy javob berdi u. -Menga sakkiz yuz ming von kerak.Bera olsangiz men...qanday yo'l bilan bo'lmasin uni uzaman!So'z beraman!Qo'limdan barcha ish keladi.Farroshlikni ham yaxshi eplay olaman.Iltimos-bir qo'li bilan kiyimini g'ijimlarkan pichirladi qiz-Sizdan boshqa yordam bera oladigan tanishim yo'q.Agar kerak bo'lsa... -Qayerdasan? -Seul shahar politsiya idorasida.Menga yordam... Qiz gapini yakunlab ulgurmadi.Qo'ng'iroq o'chdi. Politsiyachi qizdan telefonni tortib olarkan mazax qilgandek kulib qo'ydi.Kim ham unga o'xshagan muammoli odam bilan o'ralashib yurishni hohlardi. Sun Il so'nggi umidini ham ko'mib kamerasiga qaytdi.Kamera burchagida qancha vaqt o'tirganini bilmaydi qo'riqchilardan birining ovozidan boshini ko'tardi. -Hoy Sen!-chaqirdi erkak-Ha Senga gapiryapman.Chiqishing mumkin. Qiz panjara yoniga kelarkan eshitgan gaplariga ishonolmadi. -Sen uchun garov puli to'lashdi-serrayib turgan qizni kutish xonasiga kuzatarkan yaxshiroq tushuntirdi qo'riqchi-Chindan omadlimisan yoki...-qizni qomatiga bir qarab qo'yib g'o'ldiradi erkak-Umuman senga o'xshaganlarga juda tez ilinishadi bu g'o'r yosh yigitlar. Sun Il quchog'iga otilgan singlisini bag'riga bosarkan atrofdan Janob Myun Kanning gavdasini qidirdi.O'rniga esa eshik yonidagi boyagi yosh janobni ko'rdi.Yigitcha ma'yus tabassum bilan qizlarga qo'l siltadi. -U yaxshi odam ekan, opa-jilmaydi Nan Il. -Bank raqamingizni yozib olaman-hijolatlikdan qizarib dedi qiz yigit bilan birga politsiya idorasidan chiqisharkan-Keltirilgan zarar va garov pulini albatta to'layman. -Hojati yo'q-rad etdi u. -Nega endi?U senga yoqib qoldimi? Yigitcha ortiga o'girildi.Ularga qarab kelayotgan erkak birmuncha madaniyatli kiyingan bo'lsada nigohlarida zo'ravonlik va bezorilik vahmi ufurib turardi. -Siz ularni taniysizmi?-hotirjam so'radi yigit. -Senchi?-yigitchani yeb yuborgudek g'azab va bir vaqtning o'zida mutlaqo bosiqlik bilan javob qaytardi erkak. Sun Il yomon hodisaning isini sezib nigohlar jangi uyushtirayotgan erkaklarning orasiga tushdi. -U meni bo'lajak boshlig'im-yigitga tushuntirish berdi u-Sizga minnatdorchilik bildirishim uchun iltimos karta raqamingizni aytsangiz. -Unga men to'layman-cho'ntagidan chek chiqarib yigitga uzatdi Myun Kan-Kamdek tuyulsa men bilan bog'lan-tashfir qog'ozini yigit
Show all...
๐Ÿ™ˆ 28โค 13โคโ€๐Ÿ”ฅ 8๐Ÿ‘ 2๐ŸŽ‰ 2๐Ÿ† 2
#Abadiy_quchoq๐Ÿซ‚ 4-qism Muallif:๐‘บ๐’†๐’—๐’‚๐Ÿฆ‹ Myun Kan uyg'onishi bilan bosh xizmatchini xonasiga chaqirtirdi. -Bizda bo'sh ish o'rni bormi? -Bo'sh ish o'rni?...-ha deyishini ham yo'q deyishini ham bilolmay o'ylanib qoldi sochiga oq oralagan,istarali qariya. -Men bir odamni ishga olmoqchiman-tushuntirish berdi erkak. -Yaqinda bir farroshimiz betobligi tufayli ishdan ta'til olgandi.Biz uning o'rnini hali to'ldirganimizcha yo'q biroq uning ishini ham mukammal darajada bajarishga astoydil harakat qilyapmiz,janob. -Demak farrosh...Men unga munosibroq ish taklif qilmoqchi edim.Lekin nima qipti-ovoz chiqarib o'yladi Myun Kan-Men shunchaki yordam bermoqchiman.O'g'ri qiz qanday bo'lmasin ish bilan ta'minlanishi ham u uchun katta ko'mak. Bosh xizmatchi o'zi anchadan buyon yaxshi biladigan Xo'jayinining "hayrli ish"boshlaganiga biroz ishonishi qiyin bo'ldiyu,yangi ishchini ish o'rni bilan tanishtirishni bo'yniga olib,bosh egib ta'zim qilgancha xonani tark etdi. Sun Il shoshib-pishib nonushta qilarkan ish joyi o'zgarganini singlisiga aytmay qo'ya qoldi.Unga Janob Myun Kanning bosh xizmatchisi qo'ng'iroq qilib uy farroshi bo'lishni taklif qilganida qiz hayratdan yoqa ushlamadi hisob.Uning boyligini kiyinish uslubi dan tortib o'taketgan dimog'dorligi ochiqdan-ochiq sotib turardi.Va u ham barcha boyvachchalar singari bechoralarga yordam qo'lini cho'zish bilan o'zini yanada qo'li uzun his qilsa ajab emas.Bugun Sun Il yangi ishi bilan tanishadi va Nan Il uchun yangi maktab ham ko'rishi kerak.Sun Il singlisini yolg'iz qoldirib har kungidek orqa derazadan sakrab ko'cha yo'liga chiqmoqchi bo'ldi-yu tashqarida eshitilgan shovqindan qotib qoldi. -Yuklaringizni ko'tarishga yordamlashaman,janob - ovoz keldi kirish eshigi ortidan.Sun Il Nan Il o'tirgan mehmonxonaga oshiqdi.Biroq u yetib borganida qizaloq qo'lidan multfilm qo'yilgan televizor pultini tushirib yuborgan va ostonada turgan yoshroq janob hamda uning yuklarini ko'tarib olgan erkak ham ulardan kam taajjubda emasdi... -Isming?-so'radi mahalliy politsiyachi. -Sun Il. -Senikichi? Qizaloq qo'rqa-pisa opasiga bir qarab qo'ydi. -Uning ismi Nan Il. -Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlaringiz?...Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar?!-qayta so'radi politsiyachi. Sun Il sekingina cho'ntagidan ikki hujjat chiqardi. Politsiyachi ma'lumotlarni sinchiklab ko'zdan kechirarkan noutbookini qiz tomonga surdi. -Bu senmisan? Qiz Haejun viloyati politsiyasi tomonidan o'z vaqtida jarima pulini to'lamaganligi uchun qidiruvga berilgani haqidagi e'lonni ko'rdi. -H..haa...-arang ovoz chiqardi u. Politsiyachi erkak xo'rsindi.Uy egasiga yuzlanib dedi: -Uyingizga bostirib kirganlar bir necha bor o'g'irlik bilan qamalgan.U yerda biron narsa o'g'irlanmaganini tekshirishimiz kerak. Yigitcha javob berishidan avval Sun Il shoshgancha baqirdi. -Men uydan hech narsa olganim yo'q.Biz faqat elektr toki va yeguliklardan foydalandik.Uyga umuman zarar yetmagan. -U haq-kutilmaganda tasdiqladi yigitcha. -Demak,ularning ustidan da'vo qilmaysiz. -Qarasam,bu uzoqqa cho'ziladigan ishga o'xshaydi-xushmuomalalik bilan javob berdi yosh janob-Men esa hozirgina uzoq yo'ldan horib kelgandim.(Yozuv-chizuv ishlariga esa toqatim yo'q,ichida qo'shib qo'ydi u).Iltimos bu ish yuzasidan protokol ochmay qo'ya qolsangiz. -Ammo siz ularga haddan tashqari mehribonlik qilyapsiz. -Ota-onangizni chaqirtiring-qizlarga yuzlandi yigit-Uydan qochib ketish muammolaringiz hal qilmaydi. -Ularning ota-onasi yo'q. Bir-birlarining qo'lidan tutgancha boshini ham qilib turgan qizlarning nomidan izoh berdi politsiyachi. -Arizangizni qaytib olsangiz ham ularning kattasini jarima undirilmagani uchun bir yillik qamoq jazosiga tortishga majburmiz.Kichigi esa...uni yetimxonaga jo'natish eng to'g'ri yo'l bo'ladi. -MEN HECH QAYOQQA BORMAYMAN-chinqirib opasining bag'riga yopishdi Nan Il.Sun Il singlisini jim qucharkan lablarining chetini tishlari orasiga oldi.U allaqachon shunday bo'lishini bilgandi.Lekin doimgidek u kutmayotgan bir paytda zarba keldi. Politsiyachi Janobni tashqariga kuzatib qo'yarkan yigit yetim opa-singillardan ko'z uzolmay mahkamani tark etdi. -Uni kameraga
Show all...
๐Ÿ™ˆ 29โค 17๐Ÿคฉ 6โคโ€๐Ÿ”ฅ 5๐Ÿ˜ข 4๐Ÿ’˜ 2๐Ÿ‘ 1๐Ÿ‘ 1
"Abadiy quchoq"๐Ÿซ‚ 4-qismini kutayotganlar bormi?๐Ÿ‘€Tashlayveraymi?๐Ÿฆฆ... #Seva๐Ÿฆ‹
Show all...
๐Ÿคฉ 53โคโ€๐Ÿ”ฅ 5๐Ÿ’ฏ 4โค 3๐Ÿ˜ 3๐Ÿ•Š 2
Bunisiyam uzuungina qism bo'ladiyov.Oldindan fikrlarni tayyorlab turila๐Ÿฉต #Seva๐Ÿฆ‹
Show all...
๐Ÿซก 54โคโ€๐Ÿ”ฅ 13๐Ÿคฉ 6๐Ÿ‘ 4๐ŸŽ‰ 4๐Ÿ™ˆ 2โค 1๐Ÿ’˜ 1
๐Ÿฉท๐Ÿฉท๐Ÿฉท ๐Ÿ”ฅ๐Ÿ”ฅ๐Ÿ”ฅ ๐Ÿ˜๐Ÿ˜๐Ÿ˜๐Ÿ˜๐Ÿ˜๐Ÿ˜๐Ÿ˜ ๐Ÿ˜๐Ÿ˜๐Ÿ˜ 1โƒฃoylik. 5โƒฃโ๏ธming 3โƒฃoylik. 8โƒฃ5โƒฃming 6โƒฃoylik. 1โƒฃ0โƒฃ5โƒฃming 1โƒฃyillik. 2โƒฃโ๏ธโ๏ธming Ulgirib qoling: ๐Ÿ˜๐Ÿ˜๐Ÿ˜๐Ÿ˜๐Ÿ˜ ๐Ÿ’ป @MurodovaM_23
Show all...
โคโ€๐Ÿ”ฅ 10โค 4๐Ÿ‘ 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.