cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Jurnalist_Abdusalomova

Men oʻsha orzusi oydan oydin qiz 💫 Kanal Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Zanjiloy Abdusalomova tomonidan yuritiladi😇

Show more
Advertising posts
325
Subscribers
No data24 hours
+97 days
+1730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Mutolaa
Photo unavailableShow in Telegram
She’riy konsert davom etadi! Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi. • Dastur qahramoni: “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Shodmonqul SALOM • Mehmon: shoir va aktyor ERKIN BOZOROV 📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 20-sentabr (kuni) soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz. Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring: https://forms.gle/BJeQBMhLreJXnHj29 BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI! Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tun bo‘yi o‘yladim uxlamay shuni, Sayohat, ziyofat to‘ydir har kuni. Lek kemtik qalbimda og‘riq so‘nmagan, Men ko‘rgan joylarni otam ko‘rmagan. Ko‘chada yuraman ko‘ksimni kerib, Nechun g‘urur degani isyon qilmaydi. Onam sho‘rlik esa shu yoshga kirib, Men yegan taomni nomin bilmaydi. Vijdonim qiynalar, qiynaladi jon, Tanamni kuydirsin tomirdagi qon. Adolat deb doim jar solib o‘zim, Men qilgan adolat shumi otajon. Men ham farzandmanmi ayting onajon. @abdusalomova_gapiradi
Show all...
16👍 4😢 4🔥 3 1
Repost from Sirdaryolik Yoshlar
⚡️Sirdaryoda 🖐Besh tashabbus olimpiadasi doirasida 🖌“Mushoira” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🟡G'oliblar bilan tanishing: 1–oʻrin:Mingboyeva Zulayho 2–oʻrin: Abdusalomova Zanjiloy 3–oʻrin:Keldiyorov Javohir g’oliblikni qo’lga kiritishdi. G'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ma'lumot uchun: Tanlovda 16-30 yosh toifasida tuman-shahar bosqichida g'olib bo'lgan 11 nafar yoshlar 3 ta shart bo'yicha: 1. She'r o'qib berish 2. She'r yozib berish 3. Adiblar ijodi shartlarida o'zaro bellashdi.
Bizning sahifalarimiz: 🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
Show all...
👍 10 5🔥 5🍓 1
Repost from Sirdaryolik Yoshlar
⚡️Sirdaryoda 🖐Besh tashabbus olimpiadasi doirasida 🖌“Mushoira” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🟡G'oliblar bilan tanishing: 1–oʻrin:Mingboyeva Zulayho 2–oʻrin: Abdusalomova Zanjiloy 3–oʻrin:Keldiyorov Javohir g’oliblikni qo’lga kiritishdi. G'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ma'lumot uchun: Tanlovda 16-30 yosh toifasida tuman-shahar bosqichida g'olib bo'lgan 11 nafar yoshlar 3 ta shart bo'yicha: 1. She'r o'qib berish 2. She'r aytib berish 3. Adiblar ijodi shartlarida o'zaro bellashdi.
Bizning sahifalarimiz: 🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
Show all...
2
Photo unavailableShow in Telegram
Alloh xayrli qilsin🤲
Show all...
16🔥 5🏆 4🕊 3👍 1🎉 1🤩 1😇 1🤗 1
Repost from Sirdaryolik Yoshlar
⚡️LIVE 💠Ayni vaqtda viloyat Yoshlar markazi binosida 🖐 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida 🖌“Mushoira” tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Bizning sahifalarimiz: 🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
Show all...
10👍 6🔥 3👏 1🏆 1
⚡️Katta maqsadlar bilan Oliygoh ostonasiga qadam qoʻydingizmi talaba doʻstlarim ! Avvalo barchangizni tabriklayman. Talabalar, katta hayotga qadamingiz qutlugʻ boʻlsin! “Oʻqishga kirdim, missiya bajarildi", deb oʻylamang. Endi maqsadlaringiz eshigini ochdingiz. 1. Maqsadlar qo’ying. — universitetda 4 yilingizni qanday o’tkazmoqchiligingizni reja qiling. 4 yilni jim o’tkazib, oxirida “universitet hech nima qilib bermaydi” deyish yoki universitetga rahmat aytish. 2. Izlaning. — Kamida 1 yillik yo’l xaritasi tuzing. Sohangiz bo’yicha muvaffaqiyatli talabalar haqida o’rganing. Ularning muvaffaqiyat yo’li bilan tanishib, erishishingiz mumkin bo’lgan tanlov, musobaqalar ro’yxatini tuzib yuring. 3. Doim hurmat qiling. — Bilimidan qat’i nazar barcha ustoz va kursdoshlaringizni hurmat qiling. Muomalali va murosali bo’ling. 4. Til o’rganing. — Talab yuqori bo’lgan tillarni o’rganing. Biror tilni o’rtacha bilsangiz, yuqori darajaga ko’taring. IELTS va boshqa xorijiy sertifikatlaringizni kamida C1 ga ko’taring. 5. O’zingizni qiynang. — Shunchaki yashashga ko’nikib qolmang. Maqsadlaringiz uchun har qanday imkoniyat chiqsa, o’zingizni sinab ko’ring. Vaqtingizni doim reja qiling, vaqtida uxlang, vaqtida taomlaning. 6. Grantlarga topshiring. — Mana endi hamma imkoniyat aslida talabalar uchun ekanini bilasiz. Xalqaro dastur, loyiha va grantlarga topshiring. Ularni yutish siri esa shunchaki ularga topshirishdir. 7. Amaliyot qiling. — Sohangiz bo’yicha nufuzli kompaniya va tashkilotlarning amaliyot dasturlariga qatnashib, tajriba yig’ing. Tanish-bilish, do’stlar orttiring. 8. Baholarga e’tiborli bo’ling. — Baho hech nimani hal qilmaydi, deb o’ylamang. Hali ko’rasiz ham: baho nimalarni hal qilishi va nimalarda muhim ekanini. 9. Telefondan va tarmoqlardan unumli foydalaning. — O’qishga kirib qo’ydim-ku, deb xotirjam bo’lib qolmang. Aytishdan charchamayman: 4 yil juda tez o’tib ketadi va aynan shu yillar Sizni kelajak kasbingiz, karyerangizni hal qiladi. 10. Ishlang. — Ba’zilar 1-kursdanoq talaba ishlashi shartmas, deydi. Sharoitingizga qarab, o’z ilmingizga investitsiya qilish, rivojlanish, o’zingizni uddalash uchun Sizni o’stiradigan ishda ishlang. 🍀Oʻqishi oʻxshamay qolganlar boʻlsa, tushkunlikka tushmang. Allohning har ishida xayr bor. Oʻqing, maqsadingizga yetguncha to'xtamang. @abdusalomova_gapiradi
Show all...
🕊 9🔥 7👍 6 3🎉 3🤗 2🤩 1
Toshkentdagi maktablardan birida 1-sinf o‘quvchisi shunday she’r aytmoqda: Ko‘paysa changlar, gardlar, Kamayib ketsa mardlar, Kesilsa dov-daraxtlar Ko‘rib ko‘nglim to‘lmaydi, Hokim bo‘lgim kelmaydi … Ko‘zimga negadir yosh kelyapti. Biz uchun tadbirda she‘r ayta olish sharaf edi. Birinchi sinfligim boshlanishida sahnada aytgan she’rim yodimga tushdi: Yurtim senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Shoirlar bor o‘z yurtin butun Olam aro atagan tanho. Abdulla Oripov qalamiga mansub bu she’rni yoddan aytganimda shunday faxr, shunday gʻururni his qilardimki, tasavvur ham qilolmaysiz. Chunki men ishonardim: Vatanim dunyodagi tengsiz diyor ekanligiga, Podshohim adolatpesha, vijdon kishisi va o‘z xalqini, xususunan meni sevishiga… Ehh bolagina qalbim, ehhh murgʻak shuurim🥹 Naqadar begʻuborlik. Oradan yillar o‘tdi. Gardi dun aylandi. Bugun Toshkentdagi 1-sinf o‘quvchisi “Yurtim senga she’r bitdim bu kun” deya maktabni boshlamadi. U har kuni mitti o‘pkasi changga to‘layotganidan yozgʻirdi, Vatanini sevadigan mardlar kamayib ketgani ro‘yi-rost aytdi, jar soldi. Dov-daraxtlarni kesib oddiy o‘zbek hech qachon yashay olmaydigan qo‘sha-qo‘sha binolar uchun xalq yuragiga gard qo‘ndirgan “Vatanpar”ga tik boqdi va dedi: “Mening ko‘nglim to‘lmaydi, Hokim bo‘lgim kelmaydi!” Oooo, bolakay, buncha jasoratni qaydan topding? Sening jarangdor ovozing,mitti yuraging to‘ralarda yo‘qolgan uyat hissini uygʻota olarmikan? Bir zum bo‘lsa-da sening haqqing haqida o‘ylarmikan-a? Ha, azizlar, zamon rivojlanyapti. Bolalar tez o‘syapti, aqlli va zamonaviy bo‘lib bormoqda. Endi ularni aldash qiyin. Ha, bolakay, hokim bo‘lma, bo‘lma, ilohim. Sen kelajakda ham asl mardlar Vatanini qanday sevishi kerakligini hozirgidek ko‘rsatib qo‘y. @abdusalomova_gapiradi
Show all...
👍 13😁 3🍓 3❤‍🔥 2 2😢 1🎉 1🤗 1
00:14
Video unavailableShow in Telegram
IMG_0990.MP41.22 MB
👍 7😢 3 1🤩 1🤗 1
Qadrli ustozlar, aziz o‘quvchilar! 4-sentyabrdan ko‘pchilik yoshlarimiz hayotlaridagi yana bir katta yo‘lga otlanadilar. Sizlarni mana shu muhim kun – 2024/2025 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman. Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda malakali ustozlardan zamonaviy ta’lim olishingizda sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Yurt koriga yaraydigan mutaxassis bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman! @abdusalomova_gapiradi !
Show all...
14👍 3🏆 2🍓 2🔥 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.